Rossiya Federatsiyasi
Rossiya, Rossiya Federatsiyasi (RF) — Yevropaning sharqida, Osiyoning shim.da joylashgan davlat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. R. hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika okeani), Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shim. Muz okeani), Bering , Oxota, Yapon dengizlari (Tinch okean), shuningdek, hech bir okeanga tutashmagan Kaspiy dengizi bilan oʻralgan. Mayd. 17,1 mln. km2. Axrlisi 145,3 mln. kishi (2002). Poytaxti — Moskva sh. Maʼmuriy jihatdan 89 subʼyekt: 21 respublika [Adigeya, Boshqirdiston, Buryatiya, Dogʻiston, Ingushiya, KabardaBalka riya, Kareliya, Komi, Mariy El, Mordoviya, Oltoy, Saxa (Yakutiya), Tatariston, Tuva, Udmurtiya, Haqasiya, Checheniston, Chuvashiya, Shim. Osetiya, Qalmoq, QorachoyCherkasiya], 6 oʻlka (Krasnodar, Krasnoyarsk, Oltoy, Primorye, Stavropol, Xabarovsk), 49 viloyat (Amur, Arxangelsk, Astraxon, Belgorod, Bryansk, Vladimir, Volgograd, Vologda, Voronej, Ivanovo, Irkutsk, Kaliningrad, Kaluga, Kamchatka, Kemerovo, Kirov, Kostroma, Kurgan, Kursk, Leningrad, Lipetsk, Magadan, Moskva, Murmansk, Nijniy Novgorod, Novgorod, Novosibirsk, Omsk, Orenburg , Oryol, Penza, Perm, Pskov, Rostov, Ryazan, Samara, Saratov, Saxalin, Sverdlovsk, Smolensk, Tambov, Tver, Tomsk, Tula, Tyumen, Ulyanovsk, Chelyabinsk, Chita, Yaroslavl), 2 federal shahar (Moskva, Sankt-Peterburg), 1 muxtor viloyat (Yahudiylar), 10 muxtor okrug [Aga Buryatlari, KomiPermyaklar, Koryaklar, Nenetslar, Taymir (DolganNenets), UstOrdinskiy Buryatlari, XantiMansi, Chukotka, Evenklar, YamalNenets]ga boʻlinadi. R.da 1091 shahar, 1922 shaharcha bor. 2000 y. Markaziy, Shim.
Gʻarbiy, Jan., Volga boʻyi, Ural, Sibir, Uzok, Shark, federal okruglari tashkil etildi.
Davlat tuzumi[tahrir]
R. — boshqarishning respublika shakliga ega boʻlgan demokratik federativ respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1993 y. 12 dek.da qabul kilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 y.dan V. V. Putin), u umumiy, teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan R. fuqarolari tomonidan 4 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi — 2 palata (Federatsiya Kengashi va Davlat dumasi)dan iborat Federal majlis (parlament). Ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Hukumat raisini Davlat dumasi bilan kelishgan holda prezident tayinlaydi.
Tabiati[tahrir]
R. hududi meridian boʻylab 2,5—4 ming km ga, gʻarbdan sharqqa 9 ming km ga choʻzilgan. Mamlakatning eng gʻarbiy nuqtasi Polsha bilan boʻlgan chegarada (Kaliningrad viloyati), sharqiy nuqtasi Bering boʻgʻozidagi Ratmanov o.da, chekka jan. nuqtasi Ozarbayjon bilan boʻlgan chegarada, chekka shim. nuqtasi FransIosif Yeri arxipelagidagi Rudolf o.da, R. hududining 45% oʻrmon, 4% suv, 13% q.x.ga yarokli yerlar, 19% bugʻu yaylovlari, 19% boshqa yerlardir.
Relyefi. R. maydonining qariyb 70% tekislik. Gʻarbda Sharqiy Yevropa (yoki Rossiya) tekisligi joylashgan. Unda bal. 250—400 m li Valday, Oʻrta Rossiya, Volgaboʻyi, BugulmaBelebey, Yuqori Kama va b. qirlar OkaDon, Kaspiyboʻyi va b. payettekisliklar bilan tutash. Undan sharkda Ural tog tizmasi, soʻng Gʻarbiy Sibir tekisligi boshlanadi. Yenisey va Lena daryolari oraligʻida Oʻrta Sibir yassitogʻligi, sharkda Markaziy Yakutiya payettekisligi bor. Mamlakat sharqi va jan .da togʻliklar koʻproq. Yevropa qismida Katta Kavkaz togʻining shim. yon bagʻrida tizma togʻlar (Rossiyadagi eng baland nuqta — Elbrus togʻi, 5642 m) joylashgan. Sibirdagi togʻ tizmalari — Oltoy, Kuznetsk Olatovi, Gʻarbiy Sayan togʻlari, Tuva, Baykalboʻyi, Baykal ortidagi togʻlar va Stanovoy tizmasi R.ning jan. chegarasi boʻylab oʻtadi. Sibirning shim.sharqi (Verxoyansk va Cher tizma togʻlari), Uzoq Sharq (Chukotka va Koryak togʻlari)da oʻrtacha balandlikdagi tizmalar koʻproquchraydi. Tinch okean soxili boʻylab choʻzilgan Kamchatka va Kuril o.laridagi togʻlarda harakatdagi vulkanlar otilib turadi.
Geologik tuzilishi.R. hududi Sharqiy Yevropa platformasining anchagina qismini, butun Sibir platformasini, Gʻarbiy Sibir plitasini, Jan. Sibir, VerxoyanskChukotka burmali obl., Koryak yassitogʻligi, Kamchatka, Kuril o.lari, Primorye va Saxalin burmali obl.larini egallaydi. Qad. platformalar yuqori proterozoy davrigacha boʻlgan kristalli fundament (zamin)dan iborat boʻlib, dengiz tubidagi qad. choʻkindi va vulkan jinslaridan tashkil topgan va keyinchalik burmalanib, metamorfizmga uchragan. Kareliya burmalanish davri tugagach, Sharqiy Yevropa va Sibir platformalari zaminining yuzasi denudatsiya natijasida tekislanib, choʻkindi jinslar ostida qolgan. Proterozoy davri oʻrtalarigacha qad. platformalarni oʻrab turgan burmali obl.lar oʻrnida okean boʻlib, asta-sekin geosinklinal tizimlari tarkib topa boshlagan va turli yoshdagi burmalangan obl.lar — baykal, kaledon, gersin, kimmeriy burmalanishlari hosil boʻlgan. Kavkazda geosinklinal rivojlanish jarayoni Alp burmalanish davrida tugagan. Kuril va Komandor o.larida, Oxota, Bering dengizlari botiqlarida geosinklinal rivojlanish hali tugamagan.
Mineral resurs lari . R. juda boy mineralxom ashyo zaxiralariga ega boʻlgan mamlakat. Dunyodagi 7 ta eng yirik koʻmir havzasidan 5 tasi R.da joylashgan. R.da dunyodagi temir rudasi, berilliy zaxirasining 30%, neftning 17—18%, gaz, olmos, niobiy, tantalning 70—75%, palladiyning 50%, nikelning 40% dan koʻprogʻi, uranning 10% mavjud. Jumladan, Uralda boksit, Shim. Kavkaz, Oʻrta va Jan. Ural, Sharqiy Sibirda mis, Krasnoyarsk oʻlkasi shim.da misnikel, Zabaykalye va Uzok, Sharkda ruxqoʻrgʻoshin, Ural, Oltoy, Zabaykalye va Kola ya.o.da qimmatbaho toshlar, marmar, granit, bazalt, Saxada olmos konlari, shuningdek, turli joylarda volfram, molibden, surma, simob, oltin, kumush, platina, kobalt, slyudamoskovit, asbest va sh.k. foydali qazilmalarning katta konlari bor.
Iqlimi deyarli hamma joyda kontinental (chekka shim.gʻarbda dengiz ikdimi), Sibir va Uzoq Sharq shim. da keskin kontinental, jan.da musson iklim (qishi sovuq, qor kam yogʻadi, yozi moʻʼtadil iliq). Qishda P. hududi ustida yuqori atmosfera bosimi (sharqaa Osiyo antitsikloni) hukmron boʻladi. Yanv.ning oʻrtacha trasi Yevropa qismining gʻarbida va Kavkaz shim.da 0—5°, Saxa sharqida —40°, —50°, jumladan, Oymyakonda — 72,2° gacha. Yozda atmosfera bosimi pasayadi, shu sababli bu mavsum nisbatan iliq, jan.da issiq, iyulning oʻrtacha trasi G dan (Sibir shim.) 24—25° gacha (Kaspiyboʻyi pasttekisligida) yetadi. Eng koʻp yogʻingarchilik Kavkaz togʻlarida (yiliga 3200 mm gacha), Uzoq Sharq jan.da (1000 mm gacha) va Sharqiy Yevropa tekisligining oʻrmon zonasida (850 mm gacha). Kaspiybuyi pasttekisligining yarim choʻl joylarida juda oz — yiliga 170 mm ga yaqin yogʻin tushadi. Qor qoplami mamlakat jan.da 60—80 kun davom etsa, Chekka shim.da 260—280 kunga boradi.
Ichki suvlari. R.da uzunligi 10 km dan oshadigan 120 mingga yaqin daryo bor. Daryolarning aksariyati Shim. Muz okeani havzasiga (Shim. Dvina, Pechora, Ob, Yenisey, Lena, Yana, Indigirka, Kolima va b.), Tinch okean havzasiga (Amur, Anadir, Penjina va b.), Atlantika havzasiga (Don, Kuban, Neva va b.) mansub. Yevropaning eng uzun va sersuv Volga daryosi, shuningdek, Ural va Terek Kaspiy dengiziga quyiladi. Ularning kupi suv transporta va yogʻoch oqizishda, shahar va sanoat korxonalarini suv bilan taʼminlashda, ekinzorlarni sugʻorishda katta ahamiyatga ega. R.da 2 mln.dan ortiq chuchuk va shur suvli kul bor. Eng yiriklari: Baykal (dunyodagi chuchuk suv zaxirasining ‘/5 qismi), Kaspiy dengizkoʻli, Ladoga, Onega, Taymir. R.da 1200 ga yaqin suv ombori bor. Yirik suv omborlari: Bratsk, Krasnoyarsk, Zeya, UstIlim, Boguchan, Baykal (Irkutsk), Volgograd, Ribinsk va b.
Tuproq va oʻsimliklari tekisliklarda tabiat zonalariga karab oʻzgaradi. Shim. Muz okeani orollari va Taymir ya.o. sohilida ibtidoiy arktika tuprogʻi tarqalgan boʻlib, asosan siyrak lishaynik, mox va kup yillik gulli usimliklar uchraydi. Tundra zonasida nordon tundra (gleylangan) tuprogʻi tarqalgan. Oʻsimlik turi koʻp: mox va lishayniklardan tashqari past boʻyli butalar (pakana qayin va tol), har xil oʻt, mevali usimliklar (brusnika, golubika) uchraydi.
Oʻrmon zonasining shim. qismi (tayga zonachasi)dagi podzol tuproqlarda ignabargli daraxtlar — qoraqaragʻay, oqqaragʻay, kedr va qaragʻay oʻrmonlari, Yeniseydan sharqdagi taygatoʻng tuproklarda igna bargli tayga daraxtlari — sibir va dauriya tilogʻochlari, Uzoq Sharqda esa, qoraqaragʻay va oqqaragʻay oʻsadi. Tayga zonachasida (ayniqsa, Gʻarbiy Sibirda) botqoqlik koʻp. Taygadan jan.rokda, Sharqiy Yevropa tekisligida aralash oʻrmonlar bor. Chimli podzol tuproqlarda oqqayin va togʻterak, eman, zarang , qayragʻoch, Sharqiy Yevropa tekisligi urmon zonasining chekka jan.
da eman, juka va b. keng bargli daraxtlar oʻsadi. Sharqiy Yevropa va Gʻarbiy Sibirda qora va toʻq kashtan tuproq, Kaspiybuyi pasttekisligida och kashtan va qoʻngʻir, shoʻrxok tuproqlar uchraydi.
Hayvonot dunyosi juda xilmaxil. Arktika muz sahrosi va tundrada shim. tulkisi, lemming , shim. bugʻusi, qutb boyqushi, tundra kakligi; oʻrmon zonasida los, qoʻngʻir ayiq, silovsin, suvsar, tulki, tiyin, burunduq, malla quyon, Uzoq Sharq jan.da ussuri yoʻlbarsi, qora ayiq, harza, yenotsimon it, toʻngʻiz, qushlardan karqur, qur,^ qizilishton, bulduruq va b. yashaydi. Oʻrmonli dasht zonasida kemiruvchilar, turli qushlar, ondatra, tulki, suvsar, moʻynabop hayvonlarning , los, shim. bugʻusining xillari koʻp. Dengizlarda baliq (treska, seld, kambala, skumbriya, sudak, losos, osetr va b.), dengiz sut emizuvchilari (kit, morj, tyulen, dengiz mushugi) ovlanadi.
Oʻziga xos noyob tabiat hamda hayvonot dunyosini saklab qolish va urganish maqsadida turli zonalarda 100 ta davlat tabiiy qoʻriqhonasi (mayd. 33,3 mln. gektar) va 5 ta milliy bogʻ (mayd. 6,7 mln. gektar) tashkil etilgan. Eng yiriklari: Oltoy, Astraxon, Barguzin, Kavkaz, PechoraIlich, Teberda va b.
Aholisi[tahrir]
R.da 100 dan ortiq millat va elat yashaydi. R.ning asosiy aholisi — ruslar jami aholining 81,5% ni tashkil etadi. Ukrainaga yondosh viloyatlarda, Tyumen viloyati, Moskva, Shim. Kavkaz, Ural va Sibir jan.da ukrainlar, Kaliningrad viloyati, Moskva va Moskva viloyati, Sankt-Peterburg va Kareliyada beloruslar, Krasnoyarsk oʻlkasi, Moskva va Sankt-Peterburgda litvalar va latishlar (shuningdek, Omsk viloyatida latishlar, Kaliningrad viloyatida litvalar), Omsk, Novosibirsk, Orenburg viloyatlari, Krasnoyarsk va Oltoy oʻlkalarida nemislar, Moskva, Sankt-Peterburg ,. Yekaterinburg , Samara, Nijniy Novgorod, Chelyabinsk, Rostov, Saratov, Novosibirsk sh.larida yahudiylar, Rostov viloyati va Krasnodar oʻlkasida moldovanlar, Stavropol va Krasnodar oʻlkasida greklar, Krasnodar va Stavropol oʻlkalarida va Rostov viloyatida armanlar ham yashaydi. Shuningdek, ozarbayjonlar, uzbeklar (1994 y.da 58 ming), gruzinlar, qozoqlar va b. yashaydi. R.ning Yevropa qismi shim.
da karellar, vepslar, ijorlar, saamlar (loparlar), komi va komipermyaklar, Oʻrta Volga boʻyida mari, udmurt va mordvalar, Volgaboʻyining boshqa joylari va Jan. Uralda turkiy tillarda soʻzlashuvchi chuvashlar, boshqirdlar, tatarlar, shuningdek, kalmoklar yashaydi. Osetin, qorachoy, bolqor, qoʻmiq, noʻgʻaylar Shim. Kavkazning tub joy aholisidir. Sibir va Uzoq Sharqda turkiy gillarga mansub saxalar, oltoy, shor, haqas va tuvalar, mongol tilida soʻzlashuvchi buryatlar, shuningdek, xanti va mansilar, nenets, chukcha va eskimoslar istiqomat qiladi.
Davlat tili — rus tili; R. tarkibidagi milliy respublikalarda tub joy aholisining tili ham shu respublikaning davlat tili hisoblanadi. R. aholisining 73% shaharlarda yashaydi. Din, dorlarning aksariyati xristianlar (asosan, pravoslavlar), qolganlari — musulmonlar, yahudolar, buddaviylar va b. Yirik shaharlari: Moskva, SanktPeterburg , Nijniy Novgorod, Novosibirsk, Samara, Yekaterinburg va b.
Tarixi[tahrir]
R. hududida oʻrta paleolit davrida, milodgacha 100—35 ming i. avval Quyi Volga, Oʻrta Uralda dastlabki manzilgoxlar paydo boʻlgan. Soʻnggi paleolit davrida odamlar qutb doirasidan oʻtib, Sibirning bir qismiga joylasha boshlagan. Mil. av. 3—2ming yilliklarda Shim. Kavkazda jez, Ural, Gʻarbiy Sibir, Yuqori Volga boʻylarida turli metallardan buyumlar tayyorlangan. Dasht, oʻrmondasht mintaqalarida chorvachilik, dare vodiylarida dehqonchilik rivojlana boshlagan. Mil. av. 1ming yillikda shahardavlatlar, Bospor davlati, Skiflar davlati mavjud boʻlgan. Mil. 3-a.da Sharqdan koʻchmanchi gotlar va 4-a.da gunnlar bostirib kelgan. 4—8-a.larda Shim. Kavkazda alanlar birlashgan. 552—745 y.larda R. hududining bir qismini turkiy xalqlarning qabilaviy ittifoqidan iborat Turk xoqonligi egallab turgan. 7-a. 1-yarmida Azov boʻyida Buyuk Bulgʻoriya davlati paydo boʻldi, ammo bulgʻorlar Xazar xoqonligidan magʻlubiyatga uchrab, Dunay, Volga va Kama daryolari boʻyiga kelib joylashdi. 10-a.da VolgaKama Bulgoriyasi davlati paydo boʻldi, Oʻrta Volga boʻyi xalqlari shu davlatga birlashdi. 6-a.da Sibir, Yenisey daryosining oʻrta oqimida hoz. haqaslarning ajdodlari hisoblangan Qirgʻizlar davlati, 8-a. — 10-a. boshlarida Uzok. Sharkda Boxay davlati hukm surdi.
9-a.da sharqiy slavyan qabilalarining birlashuvchi asosida Qad. Rus davlati tashkil topdi; sharqiy slavyanlarning ikki markazi — Novgorod bilan Kiyev Ryurikovichlar sulolasiga mansub knyazlar hokimiyatiga birlashdi. Taxm. 988 y. knyaz Vladimir Vizantiyapravoslav shaklidagi xristianlikni R.ning davlat dini deb qabul qildi, bu voqea davlatchilikni mustahkamlash va Sharqiy Yevropadagi slavyan, balt, ugorfin va b. qabilalarni jipslashtirishga koʻmaklashdi. Qad. rus elati tarkib topdi. Pecheneg (bijanak) va qipchoqlar hujumini qaytargan Kiyev Rusi Sharqiy Yevropadagi yirik davlatga aylandi. Vladimir Svyatoslavich va Vladimir Monomaxdan keyin davlatni idora qilgan Mstislav Vladimirovich vafoti (1132 y.)dan soʻng Kdd. Rus davlati parchalanib ketdi. Kiyev Rusidan Novgorod respublikasi, VladimirSuzdal, GalichVolin, Ryazan knyazliklari va b. davlatlar ajralib chiqdi. 13-a.da ularga Sharqsan moʻgʻullar, Gʻarbdan shvedlar va nemislar hujum qildilar. 1223 y. rus knyazliklari moʻgʻullar bilan Kalka daryosi boʻyidagi jangda magʻlubiyatga uchradi. 1236 y. moʻgʻullar VolgaKama Bulgʻoriyasini, 1237 y. Ryazan va b. shaharlarni vayron qildi. 1240 y. esa shvedlar bostirib keldi. Aleksandr Nevskiy rahbarligidagi rus qoʻshinlari oʻsha yili Neva jangida shvedlarni, 1242 y. Muz ustidagi jangda nemislarni tormor qildi. Ammo tarqoq holdagi rus knyazliklari salkam 250 y. mobaynida moʻgʻullar zulmi ostida qoldi.
14-a.ning 2-yarmida Moskva knyazligining mavqei oshib, u moʻgʻullarga qarshi kurashda rahbarlik qildi va rus yerlarini asta-sekin birlashtirish markazi boʻlib qoldi. 1380 y.gi Kulikovo jangiaya Dmitriy Donskoy kumondonligidagi birlashgan rus qoʻshinlarining moʻgʻul koʻshinlari ustidan qozongan gʻalabasi Shim.sharqiy rus yerlarini birlashtirish uchun zamin yaratdi. Moskva buyuk knyazlik hokimiyati 15-a. oxiri — 16-a. boshlarida rus yerlarini birlashtirishni asosan tugalladi. 1478 y. Novgorod, 1485 i. Tver, 1510 y. Pskov, 1514 y. Smolensk, 1521 y. Ryazan Moskva buyuk knyazligiga qoʻshib olindi. 1480 y. moʻgʻullar zulmi barham topdi.
Birinchi rus podshosi Ivan IV Vasilyevich Grozniy (1533—84; 1547 y.dan podsho) davlatni markazlashtirishga kirishdi. Kozon va Astraxon xonliklari qoʻshib olindi, shu tarika Ural orti va Gʻarbiy Sibirni zabt etish uchun yoʻl ochildi. 17-a.da Sibirning qolgan hududlari ham birinketin qoʻshib olindi. 15-a. oxiri — 16-a. boshlarida rus xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetdi, "Rossiya" degan nom tarqala boshladi.
Gʻarbda Boltiqdengiziga chiqish uchun boʻlgan Livon urushiiing choʻzilib ketishi (1558—83) natijasida mamlakat 16-a. oxiri — 17-a. boshlarida ogʻir iqtisodiy va siyosiy ahvolga tushib qoldi. Xalq ommasining ahvoli yomonlashdi. Jamiyatning turli tabaqalarida norozilik kuchaydi. Natijada qoʻzgʻolonlar boʻlib oʻtdi (eng kattasi Bolotnikov koʻzgʻoloni). Boyarlar va dvoryanlar oʻrtasida ham kurash keskinlashdi. 700 y.dan ortiq xukmronlik qilgan Ryurikovichlar sulolasi tugadi. Mamlakatning ogʻir ichki ahvolidan foydalangan polyaklar va shvedlar 1604 y.da Rossiyaga bostirib kirdilar. Polsha qoʻshinlari Moskvani egalladi. Faqat 1612 y. K. 3. Minin va D. M. Pojarskiy rahbarligidagi xalq lashkarlari Moskvani ozod qildi, biroq mamlakatning gʻarbiy va shim.gʻarbiy hududi bir qismi Rech Pospolita va Shvetsiya qoʻl ostida qoldi. 1613 y.dan R.da Romanovlar sulolasi xukmronlik kila boshladi.
17-a.dan R. oʻz tarixida yangi bosqichga oʻta boshladi. 17-a. oxiriga kelganda tashqi siyosat masalalari va sinfiy kurash keskinlashgan paytda davlat va dvoryanlar hukmronligini mustahkamlash uchun iqtisodiyot, davlat tuzumi, madaniyat tizimini qayta qurishga zaruriyat tugʻildi. Bu oʻzgarishlarni Petr I hukumati amalga oshirdi. Petr I ning islohotlari tufayli (17-a. oxiri — 18-a. 1choragi) mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy va madaniy taraqqiyoti jadallashdi. Shim. urush yillari (1700—21)da muntazam armiya va harbiy dengiz floti tuzildi. Yirik gʻalabalar qoʻlga kiritildi. R.ning Boltik dengiziga chiqishi uchun yoʻl ochildi. 1721 y. mamlakat Rossiya imperiyasi deb eʼlon qilindi. Sanoat rivojlana boshladi, ayniqsa, Uraldagi konchilik sanoati tez oʻsdi. Savdosotiq rivojlanib, tashqi savdo kuchaydi. Madaniyat sohasida katta oʻzgarishlar amalga oshirildi, dunyoviy maktablar ochildi, Gʻarbiy Yevropa madaniyati bilan aloqa kengaydi, matbaachilik rivojlandi, FA taʼsis etildi (1725), yangi kalendarga oʻtildi (1700). 18-a. 2-yarmida tovarpul munosabatlari rivojlandi. Yekaterina II davri (1762—96)da dvoryan yer egaligi yanada rivojlandi. Davlat yer fondini koʻpaytirish maqsadida 1764 y. cherkovga qarashli yerlarning bir qismi tortib olindi. Dehqonlarning ommaviy noroziligi Pugachyov qoʻzgʻoloni va b. ichki mojarolar kelib chiqishiga sabab boʻldi.
Tashqi siyosat sohasida podsho hukumati dvoryan va savdogarlarning Qora dengiz orqali qulay savdo yoʻllariga boʻlgan intilishlarini hisobga olib, jan. chegaralarning xavfsizligi uchun kurashni davom ettirdi. Turkiya bilan boʻlgan urushlarda R. gʻalabaga erishgach, Qrim xonligi (1783) va umuman Qora dengizning shim. qirgʻogʻi R. imperiyasi tasarrufiga oʻtdi. Chegara Dnestr daryosi boʻylab belgilandi. 70—90-y.larda Ukrainaning oʻng qirgʻogʻi va Belorussiya batamom R.ga qoʻshib olindi.
19-a. boshlarida Aleksandr I imperator boʻlgan davr (1801—25)da bir qancha islohotlar oʻtkazildi, davlat apparatani zamonaviylashtirishga harakat qilindi. Urushlar natijasida va diplomatik faoliyat yoʻli bilan 1801 y. Sharqiy Gruziya, 1809 y. Finlyandiya, 1812 y. Gʻarbiy Gruziyaning bir qismi va Bessarabiya R. imperiyasi tarkibiga kiritildi. 1805 va 1806—07 y.larda R. Napoleon Fransiyasiga qarshi koalitsiya urushida qatnashdi. 1812 y. Napoleon armiyasi R.ga bostirib kirdi, oʻsha yil 26 avg . (7 sent.)dagi Borodino jangida fransuz qoʻshinlari katta talafot koʻrdi va chekindi. 1814—15 y.lardagi Vena kongressi qarorlariga binoan, Polsha qirolligi R.ga oʻtdi.
Maʼrifatchilik gʻoyalarining yoyilishi, 18-a. oxiridagi Fransuz inqilobining taʼsiri, rus armiyasining 1813—14 va 1815 y.lardagi chet el yurishlari davrida Yevropa mamlakatlaridagi davlat va jamiyat tuzilishi bilan tanishuv natijasida R. jamiyatida chuqur ijtimoiy va siyosiy oʻzgarishlar qilish zarurligi haqidagi fikrlar paydo boʻldi. 1816—23 y.larda R.dagi davlat va ijtimoiy-siyosiy tuzumni qayta qurish maqsadini koʻzlovchi yashirin jamiyatlar vujudga keldi. Shim. va Jan. jamiyat aʼzolarining qurolli isyonlari (1825 y.dekabristlar qoʻzgʻoloni) bostirildi. Kavkaz urushining choʻzilib ketishi va unda Shim. Kavkaz xalqlarining qattiq qarshilik koʻrsatishi, 1853— 56 y.lardagi Qrim urushida R.ning magʻlubiyatga uchrashi imperator Nikolay 1 hokimiyati siyosiy tuzumining inqirozini kuchaytirdi. Ana shu omillar tazyiqi ostida imperator Aleksandr II bir qancha islohotlar oʻtkazishga majbur boʻldi. Jumladan, 1861 y. dehqonlar isloqoti oʻtkazilib, 17-a. oʻrtalarida joriy etilgan krepostnoylik huquqi bekor qilindi. 1860—70 y.lardagi islohotlar mamlakat iqtisodiyotini yangilash va kapitalistik munosabatlarni rivojlantirishga yoʻl ochdi. Ayni vaqtda R. bosqinchilik urushlarini davom ettirib, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyo yerlarining talaygina qismini bosib oldi, mahalliy xalqlar boshiga behisob kulfatlar soldi, bu yerlarda mustamlakachilik tartiblarini oʻrnatdi.
19-a.ning 2-yarmida mamlakatning turli ijtimoiy qatlamlarida inqilobiy kayfiyat kuchaydi. 70—80-y.larda bir qancha inqilobiy tashkilotlar ("Yer va erk", "Xalq irodasi" va b.) tuzilib, ular R.da samoderjaviyeni agʻdarib tashlash vazifasini maqsad qilib oldi. 1881 y.da "Xalq irodasi" tashkiloti aʼzolari tomonidan Aleksandr II oʻldirildi.
19-a. oxiri — 20-a. boshlarida inqilobiy siyosiy partiyalar: Rossiya sotsialdemokratik ishchi partiyasi (RSDRP) (bu partiya 1903 y.da bolsheviklar va mensheviklardan iborat ikki fraksiyaga boʻlindi) va Inqilobchi sotsialistlar (eserlar) partiyasi tuzildi. 1904-05 y.lardagi rusyapon urushidagi magʻlubiyat R.dagi vaziyatni keskinlashtirdi, bu esa 1905— 07 y.lardagi inqilobga olib keldi. Inqilob davomida R. konstitutsiyali monarxiyaga oʻta boshladi; Davlat dumasi taʼsis etildi, yangi siyosiy partiyalar (Konstitutsion-demokratik, 17 okt. ittifoqi, Rus xalqi ittifoki va b.) maydonga chikdi. 1914—18 y.lardagi ljahon urushida R. Antanta tarkibida qatnashdi. Bu urush 1917 y. Fev. inkilobiga olib kelgan yana bir ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy inqirozning asosiy sabablaridan boʻldi. Bu inqilob samoderjaviyeni agʻdarib tashladi. Muvaqqat hukumat tuzildi, 1917 y. 1 sent.da R. respublika deb eʼlon qilindi. 1917 y. 25 okt .da Okt. inqilobi sodir boʻldi. V. I. Lenin boshchiligidagi bolsheviklar hokimiyat tepasiga chikdi. Ishchi, soldat va dehqon deputatlari soveti hokimiyati eʼlon qilindi. 1918 y. yanv.da Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (RSFSR) tuzildi, shu yil iyulda sobiq imperator Nikolay II otib tashlandi. 1917 —22 y.lardagi Fuqarolar urushi va harbiy intervensiya tufayli mamlakatdagi bolsheviklar partiyasidan tashqari barcha siyosiy partiyalar taqiklandi, jamiyat va davlatni tashkil etishning harbiykommunistik prinsiplari ("harbiy kommunizm") joriy etildi, amalda Kommunistik partiya diktaturasi oʻrnatildi. 1921 y. "yangi iqtisodiy siyosat" eʼlon qilindi. 1922 y. 30 dek.
da Sibirdagi Lena daryosi. sobiq Rossiya imperiyasi hududida tashkil topgan RSFSR, Ukraina, Belorussiya va Zakavkazye respublikalari (Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya) birgalikda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR)ni tuzdilar. RSFSR xalqlari ham SSSRning butun tarixi davomida mamlakatni industriyalash, q.x.ni kollektivlashtirish ogʻirligini, 20—40-y.
lardagi ommaviy qatagʻonlar kulfatlarini boshdan kechirdilar, 2-jahon urushidagi gʻalabaga, 60—70-y.lardagi Texnika inqilobiga katta hissa qoʻshdilar. 70-y.
lar oxiri va, ayniqsa, 80-y.larda iktisodiyotda salbiy tamoyillar sezila boshladi. Koʻp jihatdan mudofaa mahsulotlari i.ch.ga qaratilgan sanoat mamlakatning ommaviy ehtiyoj mollari i.ch.ga boʻlgan talabini qondira olmas edi. Mehnat unumdorligining pastligi, uni oshirishga qiziqtiruvchi omillarning yoʻqligi, butun jamiyatda toʻrachilik avj olganligi va b. illatlar oʻz taʼsirini koʻrsatdi. 1985 y. "qayta qurish" siyosati eʼlon qilindi. Biroq tez orada roʻy bergan siyosiy mojarolar iqtisodiyotga qattiq zarba berdi. 1990 y. 12 iyunda RSFSR ning davlat suvereniteti toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qilindi. 1991 y. 25 dek.
da RSFSR Oliy Kengashi R. davlatining rasmiy nomi Rossiya Federatsiyasi (Rossiya) deb atalishini tasdiqladi. 1991 y. martida RSFSR prezidenti lavozimi taʼsis etildi (1991 y. iyunda B. N. Yelsin RSFSR prezidenti etib saylandi). 1991 y. avg . boʻhronidan keyin oʻsha yil dek.da RSFSR, Belorussiya va Ukraina rahbarlari Belaya veja pushchasi bitimini imzolab, SSSR tugatilganini va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) tuzilganini eʼlon qildilar. R. SSSR ning huquqiy vorisi boʻlib qoldi. 1992 y. yanv.da maʼmuriybuyrukbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga oʻtish maq^ sadini koʻzlovchi iqtisodiy islohot boshlanishi eʼlon qilindi. Islohotni oʻtkazishdagi xatolar va noizchillik sababli iqtisodiyot tarmoqlarida tanglik holatlari roʻy berdi, bu esa aholining turmush darajasi pasayishiga olib keldi. 1993 y. sent. okt. inqirozi davomida Prezident farmoni bilan Sovetlar tizimi tugatildi. Oʻsha yil dek.da Federal majlisga saylov oʻtkazildi. 1996 y. B. Yelsin 2navbatga prezident etib saylandi. 2000 y.da prezident lavozimiga saylangan V. Putin yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlarini koʻra boshladi. U prezident sifatidagi xorijiy safarini Oʻzbekistondan boshlaganligi diqqatga sazovordir. R. — SSSR ning huquqiy vorisi sifatida 1945 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1992 y. 20 martda tan olgan va diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari — 12 iyun — Suverenitet haqida deklaratsiya qabul qilingan kun (1990), 7 noyab. — Kelishuv va inoqlik kuni (1996), 12dek. R. konstitutsiyasi kuni (1993).
Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va b. jamoat tashkilotlari. "Yagona Rossiya" partiyasi,2003 y. asos solingan; Liberaldemokratik partiya, 1992 y. roʻyxatga olingan; "Yabloko" demokratik partiyasi, 2001 y. tashkil etilgan; "Oʻng kuchlar ittifoqi" partiyasi, 2001 y. tuzilgan; RF Kommunistok partiyasi, 1993 y. roʻyxatga olingan; shuningdek, R. demokratok partiyasi, "Yevraziya", "Internatsional R.", R. konservativ partiyasi, RF Xalq partiyasi, R. xalqvatanparvarlik partiyasi, R. xalqrespublikachilar partiyasi, "Liberal R." partiyasi, "Tadbirkorlikni rivojlantirish partiyasi", R. Mehnat partiyasi, Pensionerlar partiyasi, R. sotsialdemokratik partiyasi va b. partiyalar; "Urush faxriylari — tinchlik uchun", "Askar onalari", "Qadrqiymat va mehrmuruvvat" va b. harakatlar faoliyat koʻrsatadi. R. mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi koʻpgina tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi.
Xoʻjaligi[tahrir]
R. — industrialagrar mamlakat. Uning hududi 12 yirik iqtisodiy rn (Shim., Shim.Gʻarbiy, Markaziy, VolgaVyatka, Markaziy qoratuproq, Volgaboʻyi, Shim. Kavkaz, Ural, Gʻarbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq va Kaliningrad viloyati)ga boʻlingan. Milliy daromadda sanoatning ulushi 44,5%, q.x. ulushi 10%, qurilish 11,5%, transport, aloqa, moddiytexnika taʼminoti, tayyorlov va b. tarmoqlarning ulushi 34%. Iqtisodiyotda davlatga qarashli korxonalar bilan bir katorda xususiy, aralash korxonalar ham bor.
Sanoati[tahrir]
R. kumir, neft, tabiiy gaz qazib olishda, elektr energiya, mineral oʻgʻit, gazlama, poʻlat, prokat, sement i.ch.da dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Mamlakat eksporti va yoqilgʻienergetika balansida neft hamda tabiiy gazning ahamiyati katta. Neftning koʻp qismi VolgaboʻyiUral regionida, Gʻarbiy Sibir, R. Yevropa qismi shim., Saxalin va b. joylarda qazib olinadi. Neft xom ashyosining aksariyat qismi "LUKoyl", "Slavneft", "Rosneft", "Bashneftexim" kompaniyalarining korxonalarida kanta ishlanadi. R.da qazib olingan neftning 99,5% "Transneft" birlashmasining magistral kuvurlari (jami uz. 48,5 ming km) orqali tashib beriladi. Aniqlangan gaz zaxiralari boʻyicha R. dunyoda 1oʻrinda (32% dan koʻproq) turadi va dunyoda qazib olinayotgan gazning 30% ni taʼminlaydi. Tabiiy gazning asosiy qismi YamalNenets muxtor okrugidagi Urengoy, Yamburg , Zapolyarye, shuningdek, Orenburg konlaridan olinadi. Jami gazning 94% ni "Gazprom" birlashmasi qazib chiqaradi. Magistral gaz quvurlari uz. — 150 ming km. Ichki bozorga yetkazib beriladigan gazning 15% kommunalmaishiy sohaga, shu jumladan, aholi ehtiyojiga, qolgan qismi sanoat i.ch.ga ishlatiladi. Kumir zaxiralari 22 yirik koʻmir havzasida va 115 ta alohida konda joylashgan. Kuzbass va Pechora, KanskAchinsk, Jan. Yakutiya havzalari R.ning eng yirik kumir konlaridir. R.da 72 aksiyadorlik jamiyati va 6 davlat unitar korxonasi koʻmir qazib olish bilan shugʻullanadi. Ular tarkibida 114 shaxta va 125 ochiq kon bor. 68 boyitish va 1 briket fkasi ishlaydi. Neft va gaz bilan bir qatorda kumir R.da elektr va issiklik energiyasi i.ch.ning asosiy manbalaridan biri; metallurgiya, kimyo va b. sanoat tarmoklari uchun tengsiz xom ashyodir. 2001 y. R.da 888 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilindi. Barcha elektr stansiyalar R. tutash elektr energetika tizimiga birlashgan. Unga qarashli magistral elektr liniyalari va elektr podstyalarini R. energetika va elektrlashtirish ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati ("EES Rossiya") boshkaradi. Kimyo va neft kimyosi sanoatida plastmassa, kimyoviy tola, mineral oʻgʻit, sulfat kislota, sintetik smola va kauchuk, avtopokrishka, lokbuyoq, agrosanoat majmuasi va tibbiyot sanoati uchun turli moddalar ishlab chiqariladi. Uning yirik korxonalari xom ashyo manbalariga yaqin joylar — Perm viloyati, Kola ya.o., Tatariston, Boshqirdiston, Gʻarbiy Sibir, Uralda qurilgan. Keyingi vaqtlarda xom ashyo manbalaridan uzoqroq bulsa ham, isteʼmolchilarga yaqin joylarda kimyo korxonalari kurila boshladi. Bu korxonalar "Akron" (Novgorod viloyati), "Yaroslavl shina zdi", "Stavropolpolimer", "Voskresensk mineral ugʻit" (Moskva viloyati), "Era" va "Fosforit" (Leningrad viloyati), "Kuybishevazot" va "Volgapromxim" (Samara viloyati) aksiyadorlik jamiyatlari hamda Angara neft kimyosi kompaniyasi va b.lar tarkibiga kiradi. Metallurgiya mamlakat sanoatining eng rivojlangan tarmoklaridan biridir. Uning tuliq siklli korxonalari Ural (Magnitogorsk, Chelyabinsk, Nijniy Tagil), Markaziy iqtisodiy rnlarida (Lipetsk, Tula) va Gʻarbiy Sibirda (Novokuznetsk) joylashgan bulib, chuyan, pulat, tayyor prokat ishlab chiqaradi. Kalay, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, alyuminiy, volfram, nikel, molibden rangli metallurgiyaning eng muhim mahsulotlaridir. Uning asosiy markazlari: Norilsk, Krasnoyarsk, Irkutsk, Sayanogorsk va b. Mashinasozlik va metall ishlash sanoati korxonalari R.ning hamma iqtisodiy rnlarida mavjud. 20-a. oxiri — 21-a. boshlarida energetika, transport, kimyo, neft mashinasozligi, aviatsiya va raketakosmos sanoati, radioelektronika, elektrotexnika sanoati mashinasozligi, priborsozl i k, elektron sanoati va kemasozlik ayniqsa tez rivojlandi. Stanoksozlik va asbobsozlik sanoati yangi turdagi serunum asbobuskunalar i.ch.ni koʻpaytirdi. R.ning 72 subʼyektida mudofaa sanoati tarmoklarining 1700 korxona va tashkiloti bor. Dunyodagi yogʻoch zaxiralarining 22% R.ga toʻgʻri keladi. R. oʻrmon sanoati yogʻoch tayyorlash, yogʻochsozlik, sellyulozaqogoz, gidroliz va yogʻoch kimyosi tarmoklarini uz ichiga oladi. Arxangelsk, Siktivkar, Yenisey, Bratsk, Amur urmon sanoati majmualari barpo etilgan. Qurilish materiallari sanoati markazlari: Ural, Volgabuyi, Shim. Kavkaz va Markaziy iqtisodiy rnlaridir.
Yengil sanoatda toʻqimachilik yetakchi oʻrinda. Uning yirik markazlari boʻlgan Ivanovo, Moskva, Yaroslavl, OrexovoZuyevo, Tver sh.larida ip, zigʻir, shoyi, jun gazlamaning aksariyat qismi ishlab chiqariladi. Barcha iqtisodiy rnlarda aholining ehtiyojlariga qarab va xom ashyo manbalari imkoniyatlariga mos ravishda oziq-ovqat sanoati rivojlantirilgan. Goʻsht, sariyogʻpishloq, konserva, qand, yogʻ zdlari qurilgan. Shim. va Uzoq Sharqsa, Qora, Azov va Kaspiy dengizlari atrofida yirik baliq sanoati korxonalari mavjud.
Qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar 197,6 mln. gektar; shundan 85,4 mln. gektari haydaladigan yer, qolgan qismi pichanzor va yaylov. Haydaladigan yerlarning 4/5 qismi Markaziy, Volgabuyi, Shim. Kavkaz, Ural va Gʻarbiy Sibir iqtisodiy rnlariga toʻgʻri keladi. Q.x. yalpi mahsulotining 47,2% ni dehqonchilik va 52,8% ni chorvachilik beradi. Asosiy ekinlari: gʻalla, qand lavlagi, kungaboqar, kartoshka, sabazavot, zigʻir va b. Volgabuyi, Shim. Kavkaz, Gʻarbiy Sibir, Ural va Markaziy rnlarda bugʻdoy, Shim., Shim.Gʻarbiy va Markaziy rnlarda zigʻir, Shim. Kavkaz, Volgabuyi, Markaziy rnlarda kungaboqar, Markaziy va Shim. Kavkazda kand lavlagi yetishtiriladi. Turli rnlarda meva, rezavor va uzumzorlar bor. 4,29 mln. gektar yer sugʻoriladi (asosan, Shim. Kavkaz va Volgabuyida).
R.ning iqtisodiy va tabiiy sharoiti chorvachilikning barcha tarmoklarini rivojlantirish uchun qulay. Volgabuyi, Gʻarbiy Sibir, Shim. Kavkaz, Ural, Markaziy iqtisodiy rnlarda qoramol koʻproq boqiladi. Yirik shaharlar atrofida sut chorvachiligi va choʻchqachilik, Chekka Shim.
da bugʻuchilik va hayvonotchilik rivojlangan. Koʻpgina joylarda parrandachilik, asalarichilikka katta ahamiyat beriladi. 20-a.ning 90-y.laridan q.x.da ham islohatlar oʻtkazila boshladi, yerga egalik qilishning yangi shakllarini joriy etishga kirishildi.
Transporti[tahrir]
R.da zamonaviy transportning hamma turlari rivojlangan. T.y. uzunligi — 139 ming km (86 ming km magistral t.y.), qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. — 754 ming km, kema qatnaydigan ichki suv yoʻllari uz. — 84,6 ming km (Belomor—Boltik, kanali, Moskva nomli kanal, Volga—Don kanali, Volga— Boltiqsuv yoʻli va b.), magistral neft va gaz quvurlari uz. — 213 ming km. T.y.larning eng serqatnov va kup yuk tashiladigan magistrallari elektrlashtirilgan. Mamlakat yuk aylanmasining 70% t.y. transportiga toʻgʻri keladi. Ichki yuklarning bir qismi avtomobil va dare transportida, tashqi savdo yuklarining aksariyati dengiz transportida tashiladi. Dengiz savdo flotining hajmi — 8,3 mln. tonna dedveyt. Eng yirik dengiz portlari: Sankt-Peterburg , Vanino, Kaliningrad, Murmansk, Novorossiysk, Arxangelsk, Vladivostok. Yirik avtomobil yoʻllari kesishgan shaharlar: Moskva, SanktPeterburg , Novosibirsk, Xabarovsk, Adler, Mineralniye Vodi. Havo transportining ahamiyati katta. Barcha iqtisodiy rnlar, yirik shaharlar oʻrtasida, yaqin va olis xorij mamlakatlari bilan aviatsiya qatnovi yulga qoʻyilgan. Moskva, Sankt-Peterburg , Novosibirsk, Yekaterinburg , Irkusk, Vladivostokda yirik xalqaro aeroportlar bor. Moskva, SanktPeterburg , Novosibrsk, Nijniy Novgorod, Samara, Yekaterinburg sh.larida metropoliten kurilgan.
Tashqi savdosi[tahrir]
R. — dunyodaqudratli eksport va import imkoniyatlariga ega boʻlgan davlatlardan biri. U chetga mashina va uskunalar, transport vositalari, metall, qimmatbaho toshlar, neft, tabiiy gaz, kumir, kimyoviy moddalar, yogoch, kauchuk, xom teri, toʻqimachilik mahsulotlari va b. eksport qiladi. Chetdan elektronika, roʻzgʻor texnikasi, xalq isteʼmol mollari, q.x. mahsulotlari va xom ashyosi sotib oladi. MDH, Boltiq boʻyi mamlakatlari, Italiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Polsha, Niderlandiya, Turkiya, Xitoy va b. davlatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi — rubl.
Tibbiy xizmati[tahrir]
Aholining sogʻligʻini saqlash tizimi 20-a.ning oxirlarida isloh qilina boshladi. Davlat poliklinikalari va kasalxonalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham ochildi, muqobil tibbiy xizmat shakllari rivojlana boshladi. 90-y.larning oʻrtalarida R.da 12 mingga yaqin kasalxona muassasasi boʻlib, ularda 4 mln.ga yaqin xodim, shu jumladan barcha ixtisosdagi 650 ming vrach ishladi. Har 10 ming aholiga kasalxonalarda 135 oʻrin toʻgʻri keldi. Tibbiyot sohasidagi ilmiy faoliyatni R. tibbiyot FA muvofiqlashtirib turadi. R.da 7 mingga yaqin sanatoriy va b. dam olish muassasalari bor. Vrachlar har bir iqtisodiy rndagi tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida tayyorlanadi.
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. R.da taʼlimning barcha turlarini takomillashtirishning maqsad va vazifalari 2000 y.da kabul etilgan RF Milliy taʼlim doktrinasi va 2010 y.gacha boʻlgan davrda taʼlimni modernizatsiyalash konsepsiyasida belgilangan. Kelgusida ham umumiy taʼlim maktabi yosh avlodga taʼlim va tarbiya berishning asosiy boʻgʻini boʻlib qoladi. 2000 y. mamlakatda 68804 maktab boʻlib, uning 635 tasi xususiy maktab edi. Ularda 1748 ming oʻqituvchi 20879 ming oʻquvchiga taʼlim beradi. R.da hunartexnika taʼlimi beradigan texnika kollejlari, tijorat bilim yurtlari, markazlar, biznesmaktablar va b bor. 2000 y.da 2589 davlat oʻrta maxsus oʻquv yurtida 2312 ming oʻquvchi taʼlim oldi. Oliy oʻquv yurtlari tarkibiga unt, oʻquv akademiyalari, oliy bilim yurtlari, konservatoriya va intlar kiradi. 2000/2001 oʻquv yili R.dagi 965 oliy oʻquv yurtida 4742 ming talaba oʻqidi, shu jumladan, 358 nodavlat oliy oʻquv yurtida 471 ming talaba taʼlim oldi. Moskva, SanktPeterburg , Samara, Yekaterinburg untlari eng qad. va yirik untlar hisoblanadi. R. Fanlar akademiyasi mamlakatdagi i.t. ishlariga rahbarlik qiladi, uning intlari ilmfanning eng muhim sohalarida i.t. olib boradi. Bundan tashkari, R. tibbiyot FA, R. taʼlim akademiyasi, qishloq xoʻjalik FA, R. badiiy akademiyasi (1992) ham faoliyat yuritadi.
R.da 130 mingdan koʻproq kutubxona bor. Eng yiriklari: R. davlat kutubxonasi (42 mln. asar), R. milliy kutubxonasi (33 mln. asar), M.I.Rudomino nomidagi umumrossiya davlat chet el adabiyoti kutubxonasi (4,4 mln. asar), Davlat ommaviy tarix kutubxonasi (3,2 mln. asar), Davlat ijtimoiy-siyosiy kutubxonasi (2,2 mln. asar) va b. 2000 i. mamlakatda 1664 muzey ishladi. Mashhurlari: Ermitaj, Petergof, Kunstkamera, Moskva Kremli, Davlat tarix muzeyi, Tretyakov galereyasi, "SpasskLutovinovo", "Tarxanlar" va b.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. R.da 5758 nomda gaz. nashr etiladi; shundan 333 tasi umumrossiya gaz.lari boʻlsa, qolganlari milliy respublikalar, muxtor viloyatlar, oʻlka va viloyatlar, okrug , shaqar, tumanlar miqyosida chiqadigan va tarmoq gaz.lari va b. Eng yiriklari: "Izvestiya" ("Axborot", 1917 y.dan), "Pravda" ("Haqiqat", 1912 y.dan), "Trud" ("Mehnat", 1921 y.dan), "Komsomolskaya pravda" ("Komsomol haqiqati", 1925 y.dan), "Nezavisimaya gazeta" ("Mustaqil gazeta", 1990 y.dan), "Obshaya gazeta" ("Umumiy gazeta", 1997 y.dan), "Novie izvestiya" ("Yangi xabarlar", 1997 y.dan), "Selskaya jizn" ("Qishloq hayoti", 1918 y.dan), "Ekonomicheskaya gazeta" ("Iqtisodiy gazeta", 1918 y.dan), "Uchitelskaya gazeta" ("Oʻqituvchilar gazetasi", 1924 y.dan), "Literaturnaya gazeta" ("Adabiyot gazetasi", 1925 y.dan). 2781 nomda jur. chiqariladi; eng yirik adabiy jur.
lar: "Noviy mir" ("Yangi dunyo", 1925 y.dan), "Znamya" ("Bayroq", 1931 y.dan), "Oktyabr" (1924 y.dan), "Inostrannaya literatura" ("Xorijiy adabiyot", 1955 y.dan), "Novoye vremya" ("Yangi davr", 1943 y.dan; 1899—1943 y.larda "Ogonyok"), "Rabotnitsa" ("Ishchi ayol", 1923 y.dan), "Krestyanka" ("Dehqon ayol", 1922 y.dan) va b.
R. davlat teleradio sektori PO kanal va 120 ga yaqin radiostyadan iborat (2001). Tijorat telekanallari va radiostyalari ham bor. RATATASS axborot agentligi, Rossiya "Novosti" axborot agentligi, "Interfaks" axborot agentligi faoliyat yuritadi.
Adabiyoti[tahrir]
Xalq qoʻshiqlari asosidagi ogʻzaki ijod 11 — 17-a.larda yuqori bosqichga koʻtarildi. Dastavval dehqonlar mehnatini va ularning krepostnoylikka qarshi kayfiyatini aks ettiruvchi asarlar, 18-a.dan ishchilar hayotini ifodalovchi qoʻshiqlar yaratildi. Dostonlarda vatan dushmanlariga karshi kurashgan Ilya Muromets, Dobrinya Nikitich, Vasiliy Buslayev kabilarning qahramonligi madh etildi.
Qad. rus adabiyotining (10-a. oxiri — 17-a.lar) dastlabki yozma yodgorliklari Kiyev Rusida yaratildi. Rus xalqining birligi masalalari bu davr adabiyotining asosiy mavzui edi. "Igor polki jangnomasi" 12-a. oxiridagi salmokli adabiy yodgorlikdir. 14—15-a.larda koʻpgina afsonaviytarixiy qissalar yaratildi ("Novgorodlik va suzdalliklar jangi haqida afsona", Novgorodlik Ionn xaqidagi afsonalar turkumi, "Smolensklik Merkuriy qissasi", "Temur haqida qissa" va b.). 15—16-a.
lar adabiyotida siyosiy afsona va publitsistika rivojlandi. 17-a.da adabiyot turmush bilan yaqinlashdi, nasriy asarlarda insonning ahvolruhiyatini taxlil qilishga asosiy eʼtibor berila boshladi. Rus adabiyoti siyosiy turmush va ijtimoiy kurashning ayrim sohalarini aks ettirish orkali dunyoviy mavzularni yoritishga oʻtdi. 18-a.da qissa, sevgi lirikasi, ijtimoiy-siyosiy sheʼriyat va hajvchilik rivoj topdi (V. Trediakovskiy, M.Lomonosov, A. Sumarokov ijodi). D.Fonvizin, I.Krilov haqqoniy pyesalari, Ya.Knyajnin, G. Derjavin sheʼrlari, N. Karamzin va A. Radishchev nasri shuhrat qozondi. 19-a. boshlarida V.Jukovskiy romantizm ruhida ijod kila boshladi. Romantizmning isyonkorlik yoʻnalishi yosh A.S.Pushkin hamda dekabristshoirlar K.Rileyev, V.Kyuxelbeker, A.BestujevMarlinskiy, A. Odoyevskiy va b. ijodida namoyon boʻddi. A. Pushkin yangi rus adabiyotiga asos soldi. M. Lermontov uning anʼanalarini davom ettirdi. N. Gogol asarlari rus adabiyotida tanqidiy realizm uzilkesil qaror topganligini tasdikladi. 19-a.ning 40-y.larida V.Belinskiy ilmiyadabiy tanqidchilik asoslarini yaratdi. A.Gersen, N. Chernishevskiy, N. Dobrolyubov, D. Pisarev publitsistikasi jamiyat illatlarini fosh etdi. 19-a.ning 2-yarmida tanqidiy realizm barqurdi (F.M.Dostoyevskiy, A.F.Pisemskiy, I.S. Turgenev, I.A.Goncharov, A.P.Chexov va b. ijodi). L. Tolstoy "Urush va tinchlik" romanida keng qamrovli tarixiy voqealar va insoniy taqdirlar xilmaxilligining badiiy tasviri namunasini yaratdi. A.P.Chexov ijodi ijtimoiy oʻzgarishlarni aks ettirdi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida A.M.Gorkiy, I.A.Bunin, V.V.Veresayev adabiyotga kirib keldi. Soʻng simvolistlar, akmeistlar, futuristlar paydo boʻldi. V.Ya.Bryusov, A.A.Blok, N.V.Gumilyov, A.A. Axmatova, O.E.Mandelshtam, S.A.Yesenin, B.L.Pasternak va b. ijodi adabiyotni gʻoyat jonlantirib yubordi. V.V.Mayakovskiy notiklik sheʼriyatini yuqori pogʻonaga koʻtardi. 20-a.ning 1-yarmida M.M.Zoshchenko xikoyalari, A.P.Platonov, K.A.Fedin, V.A.Kaverin, M.A.Sholoxov, M.A.Bulgakov, A. Tolstoy romanlari nasr janrini rivojlantirdi. 2-jahon urushi va undan keyingi davrda koʻpchilik adiblar (I.G.Erenburg , A.T.Tvardovskiy, Ye.A.Yevtushenko) insoniyat boshiga tushgan kulfatlarni tasvirlovchi va tinchlik hamda insonparvarlikka chaqiruvchi asarlar yaratishdi. M.A. Sholoxov, M.Kalinin, G.Baklanov, Yu.Bondarev, B. Vasilyev asarlarida urush manzaralari keng koʻlamda aks ettirildi. 50-y.larning oʻrtalarida shaxsga sigʻinish qoralanishi tufayli boshlangan "iliqlik" davrida V.D.Odinsevning "Nonning oʻzi rizqroʻz emas" romani, V.V. Ovechkinning "Rayonning oddiy kunlari" qissasi, A.Ya.Yashinning "Pishanglar" hikoyasi, P.F. Nilinning "Shafqatsizlik" va "Sinov muddati" qissalari, S.Antonov va V.F.Tendryakovning nasriy asarlarida mafkuraviy aqidalar rad qilindi, toʻrachilik tanqid ostiga olindi, qishloqdagi qoloqliklar fosh etildi. Ammo siyosiy "iliqlik" haqiqiy ijodiy erkinlikka olib kelmadi. 60-y.
lar oʻrtalarida adabiyot ustidan siyosiy nazorat kuchaydi. Koʻpgina qalam sohiblari (A.Soljenitsin, V.Voynovich, B.Pasternak, S.Sokolov va b.)ning siyosiy qatagʻonlar davri dahshatlarini insonlar taqdiri misolida tasvirlagan va jamiyat illatlarini hajv qilgan asarlari R.da nashr etilishiga ijozat berilmadi. Ularning airimlari chet ellarda bosilgan boʻlsa, "qayta qurish" davrida R.da ham dunyo yuzini koʻrdi. "Qayta qurish" davrida "fosh qiluvchi" asarlar koʻplab dunyoga keldi, ayniqsa, publitsistika rivoj topdi. Rasmiy sotsialistik mafkura qobigʻiga sigʻmaydigan asarlar (Bulgakovning "It yurak" qissasi, Pasternakning "Doktor Jivago" romani, Soljenitsin, V. V. Nabokov va b. adiblarning asarlary) ham nashr etildi.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[tahrir]
Kad. rus sanʼati sharqiy slavyan kabilalari badiiy madaniyati yutuqlari asosida, qoʻshni davlatlar, ayniqsa, Vizantiya madaniyati taʼsirida shakllangan. Kiyevdagi ayoSofiya ibodatxonasi (1030—40) saqlangan. 13 gumbazli bu ibodatxona andozasida Novgorodda ham Sofiya sobori (1045—50) undan soddaroq qilib qurildi. 1036 y.ga oid qoʻlyozmada Chernigovdagi Spas Preobrajeniye sobori tilga olingan. 12—13-a.larda rus madaniyati ravnak, topdi, yirik bino (ibodatxona, monastir, saroy)lar qurildi, ular freska, mozaika bilan bezatildi, ikona sanʼati, kitob miniatyurasi yuqori darajaga koʻtarildi. 19-a.da Moskva Kremli dastlab emandan (1339), keyin oqtoshdan (1367) qurildi. 15-a. 2-yarmida markazlashgan rus davlatining tashkil topishi tufayli Moskva yirik madaniy markazga aylandi. 16-a.
da bu yerda tosh ibodatxonalarning oʻziga xos shakli — chodirsimon tomli minoralar (Kolomenskoye qishlogʻidagi Vozneseniye cherkovi, Moskvadagi Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi va b.) barpo etildi. Nijniy Novgorod, Tula, Kolomna, Zaraysk, Smolensk, Serpuxovda kremllar kurildi. Turar joylarning aksariyati yogochdan ishlandi. 14-a. oxiri — 15-a. boshlarida rus rassomligi yangi pogʻonaga koʻtarildi, Moskvada Feofan Grek, Andrey Rublyov kabi atokli rassomlar ijod qildi. 15-a. oxiri va 16-a. boshida Dionisiy ibodatxona devoriga ishlagan avliyolar rasmlari bilan shuxrat qozondi. 17-a. tasviriy sanʼati dunyoviy mazmun bilan boyidi. Shim. Kavkazda toshdan xristian ibodatxonalari, keyinroq masjidlar koʻplab kurildi, metallni badiiy ishlash sanʼati yuksak darajaga kutarildi.
18-a. — 19-a.ning 1-yarmida Yevropa bilan aloqa kuchayishi tufayli u yerdan koʻpgina rassomlar R.ga keldi; rus rassomlari Gʻarbda taʼlim oldi. 1757 y. Peterburgda Yevropa toifasidagi badiiy akademiyaga asos solindi. Shaharsozlikka eʼtibor kuchaydi, rus meʼmorligi Gʻarbiy Yevropa uslubida rivojlandi, barokko, klassitsizm uslublari kirib keldi. R. shaharlarini kayta qurishning 400 ga yaqin loyihasi ishlab chiqildi. M.F. Kazakov, A.N .Voronixin, A. D. Zaharov, K.I.Rossi kabi atokli meʼmorlar yetishib chikdi. Bu davr tasviriy sanʼatida portret janri yuksaldi. 18-a.ning 2-yarmida D.G.Levitskiy, V.L.Borovikovskiy, F.I.Shubinlarning ijodi rus tasviriy sanʼatida salmoqli oʻrin oldi. O.A.Kiprenskiy, V.A.Tropinin, K.P.Bryullov kabi rassomlar zamondoshlar ahvolruhiyatini zoʻr mahorat bilan ifodaladi. 19-a. oʻrtalarida maishiy janr yuksala bordi. Meʼmorlik bilan hamohang tarzda amaliy sanʼat ham rivojlandi. Yogʻoch oʻymakorligi, keramika, kashtachilik sohasida nafis buyumlar tayyorlash urf boʻldi. 19-a.ning 2-yarmida yangi binokorlik materiallari (metall konstruksiyalar)dan foydalanib sanoat va transport inshootlari barpo etila boshladi, bank, kasalxona, mehmonxona, koʻp qavatli turar joylar qurilishi avj oldi. 20-a. boshlarida tasviriy sanʼat rivoj topdi: I. Ye. Repin, I. N. Kramskoy, N.A.Yaroshenko, S.V.Ivanov kabi rassomlar jozibador asarlar yaratdilar.
1917 y. okt. toʻntarishi sanʼat ahlini ikkiga boʻlib yubordi. K.S.Malevich, Ye.Ye.Lansere oʻzlarini "inqilob kuychisi" deb atadilar. A. A. Benua, K.A.Somov kabi mashxur rassomlar esa chet ellarga bosh olib ketdilar. Sovet davrida milliy bisotni saklash haqidagi dekretlarga qaramay, faqat inqilobga xizmat qiladigan sanʼat asarlarigina saqlab qolindi, boshqalari vahshiyona yoʻq qilib tashlandi. Inkilob hamda fuqaro urushi voqealari va qahramonlarini tasvirlovchi racm va haykallar yaratish ragʻbatlantirildi. Meʼmorlar baxaybat shahar va inshootlar loyixalarini chiza boshladilar. 40-y.larning 2-yarmi va 50-y.
larda 2-jahon urushida vayron boʻlgan shaharlarni qayta tiklash va yangi sanoat markazlarini barpo etishga kirishildi. Stalingrad (Volgograd), Smolensk, Kursk, Novgorod kabi shaharlar yangidan qurildi. Moskvada baland binolar (Moskva un-ti, meʼmorlar L.V.Rudnev, S.Ye.Chernishev, P.V.Abrosimov, A.F. Xryakov; mehmonxonalar), Kishloq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi kabi mahobatli inshootlar, meʼmoriy majmualar, koʻp qavatli turar joylar barpo etiddi. Zamonaviy loyihalar asosida industrial qurilish usullaridan, yigʻma temirbeton va b. yangi qurilish materiallaridan foydalanishga oʻtiddi.
Rassomlikning barcha janrlari rivojlandi. Maishiy janrda A.A. Milnikov, F.P.Reshetnikov, A.A.Plastov, portret janrida M.S.Saryan, V.M.Oreshnikov, karikaturada B.I.Prorokov, Kukrinkslar, V.N.Goryayev, estampda G.S.Vereyskiy, Yu.I.Pimenev, haykaltaroshlikda N.V.Tomskiy, L.Ye.Kerbel, Ye.V.Vuchetich, M.K.Anikushin, teatr va kino rassomligida V. Rindin, N.Zolotaryov, E.Stenberg , rangtasvirda N. Andronov, V.Popkov, T. Salaxov jozibador asarlar yaratdilar. Keyingi yillarda ijtimoiy xayotga qiziqish kuchaydi. Xalq hunarmandchiligining yogʻochsozlik, kulolchilik, kandakorlik, sirkorlik, suyak oʻymakorligi, toshtaroshlik, kashtachilik, gilamdoʻzlik kabi turlari rivojlandi.
Musiqasi[tahrir]
Qad. rus musiqasi oʻz mazmuni, janri, shakl va ifoda vositalariga koʻra xilmaxil boʻlib, mehnat, marosim, qahramonlik, hazil va sevgi qoʻshiklaridan iborat. Xalq xorida geterofoniyata asoslangan koʻp ovozli musiqa shakli rivojlandi. Asosiy musiqa asboblari — gusli, domra, keyinchalik balalayka, gitara, garmon, bayan va b. Skomoroxlar sanʼati xalq ijodiga yaqin boʻlgan. 10-a. oxirida xristianlik qabul qilingach, cherkov xonandaligi rivojlandi, musiqa yozuvi oʻzlashtirildi. 17—18-a.larda cherkov xonandaligida koʻp ovozlilik paydo boʻlishi bilan birga koʻp ovozli dunyoviy qoʻshiklar ham tarqaldi, jamiyat hayotida musiqaning roli oshdi, zamonaviy professional musiqa janrlari yaratildi. Peterburg va Moskvada opera teatrlari paydo boʻldi. Ye. Fomin, V. Pashkevich, I.Xandoshkin, D.Bortnyanskiy kabi kompozitorlar yetishib chiqdi.
19-a.ning 2choragida M. Glinka rus musiqasini jahon madaniyati yutuqlari darajasiga koʻtardi. Uning anʼanalarini A. Dargomijskiy davom ettirdi. 1859 y. A. Rubinshteyn tashabbusi bilan Peterburgda R. musiqa jamiyati tuzildi. Peterburg (1862) va Moskva (1866) konservatoriyalari tashkil topdi. Kompozitorlarning "Qudratli tuda" ijodiy guruhi (M.Balakirev, A.Borodin, M. Musorgskiy, N. RimskiyKorsakov va b.)ning faoliyatida davr nafasi aks etdi. P. Chaykovskiyning simfonik va kamer asarlari, opera va baletlari 19-a. jahon musiqasi rivojida muhim bosqich boʻldi. S. Raxmaninov, A. Skryabin ijodi 20-a. boshlariga toʻgʻri keldi. Ular ketidan yetishib chiqqan. S.Prokofyev, D.Shostakovich, N.Myaskovskiy, A. Xachaturyan, T.Xrennikov va b. turli musiqiy janrlarda salmokli asarlar yaratdi. 20-a. boshlarida ijrochixonandalar F. Shalyapin, L. Sobinov, A.Nejdanova, pianinochilar F. Safonov, K. Igumnov, G. Neygauz, skripkachi L. Auer, 20-a.ning 2-yarmida dirijyorlar — A.M. Pazovskiy, N.S. Golovanov, Ye. Mravinskiy, Ye. Svetlanov, G. Rojdestvenskiy, S.S.Samosud, pianinochilar — E. Gilels, S.Rixter, skripkachi — D.F. Oystrax, L.B.Kogan, V.V. Tretyakov, V.T.Spivakov, violonchelchilar — D.B.Shafran, I.Rostropovich, N. Gutman, xonandalar — N.A. Stepanova, Ye.V.Obrazsova, I. S.Kozlovskiy, S.Ya.Lemeshev, V.A.Atlantov va b. mashhur boʻldilar. 20-a.ning oxirgi oʻn yilliklarida R. Shchedrin, A. Petrov, B. Tishchenko, E.V.Denisov, S.A.Gubaydulina, A.G.Shnitke kabi kompozitorlar opera, simfoniya va vokalsimfonik janrlarda ijod qildilar. G.V. Sviridov rus mumtoz musiqasi anʼanalarini davom ettirdi. Estrada musiqasi rivoj topdi. Mualliflik qoʻshigi deb atalgan yoʻnalish (B. Okudjava, A.Galich, V.Visotskiy, Yu.Vizbor) shuhrat qozondi. Eng mashhur estrada, jaz va rok qoʻshiqchilar orasida I. Kobzon, L. Zikina, A. Gradskiy, A.Pugachyova, F.Kirkorov, Yu. Antonov, L. Leshchenko, B. Soy, L. Dolina, V. Leontyev va b. bor. 2-jahon urushi yillari Leningrad konservatoriyasi Toshkentga evakuatsiya qilindi. Bu yerda uning ijrochilari hamda mahalliy ijrochilar tomonidan D. Shostakovichning "Leningradnoma" simfoniyasi ilk bor (1942 y. 22 iyun) ijro etiddi. Moskva konservatoriyasi va uning huzurida faoliyat koʻrsatgan Moskva oʻzbek opera studiyasi oʻzbek milliy opera sanʼati kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishga katta hissa qoʻshgan.
Turli davrlarda L. Sobinov, A. Nejdanova kabi opera solistlari, L. Oborin, G. Ginzburg , M. Rostropovich, G. Grodberg , D. Shafran, Yu. Bashmet, L. Kogan singari sozandalar, D. Shostakovich, A. Xachaturyan, T. Xrennikov kabi kompozitorlar, 3. Doluxanova, I. Arxipova, T. Milashkina, I. Kobzon, A. Pugachyova singari xonandalar, V. Spivakov rahbarligidagi "Moskva virtuozlari" kamer orkestri, Ye. Svetlanov rahbarligidagi R. simfonik orkestri, "Katta teatr" xonanda va raqqosalari va b. Oʻzbekistonda gastrolda bulishgan.
Teatri[tahrir]
Teatr sanʼati unsurlari mehnat jarayoni va diniy marosimlar, xalq oʻyinlari, bayramlar bilan bogʻliq holda yuzaga kelgan. Teatr madaniyatining dastlabki namoyandalari skomoroxlardir (ular birinchi bor 1048 y. yilnomalarda tilga olingan). 1648 y. ularning tomoshalarini cherkov taqiqlab qoʻydi (spektakllarda cherkov va hokimiyatni hajv qiluvchi koʻrinishlar boʻlgan). Skomoroxlarning anʼanalarini qoʻgʻirchoq teatri davom etgirdi.
16-a. 2-yarmida maktab teatriga asos solindi, cherkov, saroy teatrlari vujudga keldi. R.da yevropacha shakldagi drama teatri 17-a. oxirida paydo boʻddi. 1703 y. podshoh Petr I ning buyrugʻi bilan Moskva Qizil maydonida teatr binosi qurildi, unda tomoshalar koʻrsatildi. 18-a. boshlarida havaskorlik teatrlari, Moskva un-ti huzurida teatr tashkil etiddi. A. Sumarokov rus professional dramaturgiyasiga asos srddi, uning nazariyotchisi va amaliyotchisi boʻldi. 1776 y. Peterburgda birinchi doimiy teatr ishlay boshladi, shu teatr "asosida 1780 y. Petr teatri, 1776 y. Moskva Bolshoy teatri (Katta teatr), 1824 y. Maliy teatr (Kichik teatr) tashkil topdi. 1832 y. Peterburgda Aleksandr (hoz. Pushkin nomidagi) teatr binosi kurildi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida krepostnoy teatrlari keng yoyildi.
1812 y. Vatan urushidan keyin rus sahnasida U. Shekspir, F. Shiller, D. Fonvizin, V. Kapnist, I. Krilov, V. Ozerov asarlari koʻrsatildi. Koʻngilochar tarjima asarlarini A.Griboyedov, N. Gogol, A. Pushkin, A. Ostrovskiy pyesalari siqib chiqardi. G.N.Fedotova, A.I.Yujin, V.N.Davidov kabi aktyorlar sahna madaniyatini yuqrri koʻtardilar. 1898 y. K.S.Stanislavskiy bilan V.I.NemirovichDanchenko tomonidan Moskva Badiiy teatri tashkil etildi. 20-a. boshlarida Moskva va Peterburgda bir qator yangi teatrlar, tajriba teatr studiyalari, viloyatlarda turli yoʻnalishdagi teatrlar ish boshladi. 20-y.lar oxiri — 30-y.lar boshlarida ishchi yoshlar teatrlari ommalashdi. Koʻpchiligi havaskor va yarim professional jamoalardan iborat boʻlgan bu teatrlar keyinchalik professional teatrlarga negiz boʻldi. Ayniqsa, 30-y.lar sahnasida inqilobiytarixiy pyesalar ustunlik qildi. 2-jahon urushi yillarida koʻpgina teatrlar sharqqa koʻchirildi, front teatrlari va artistlar brigadalari tashkil etildi. Urushdan keyingi yillarda teatr sanʼatining rivoji notekis va ziddiyatli boʻldi. Bu sohaga hokimiyatning aralashuvi koʻpgina teatr jamoalari, ayrim sanʼat arboblari va aktyorlar ijodiga asoratli taʼsir qildi.
50-y.lar oxiri — 80-y.larda rus mumtoz adabiyoti va dramaturgiyasi asarlarini yangicha talqin qiluvchi spektakllar paydo boʻddi. F.M.Dostoyevskiy, L.N.Tolstoy, A.P.Chexov, J.B.Molyer pyesalari bilan bir qatorda B.L.Vasilyev, F.A.Abramov, V.M.Shukshin, V.N.Voynovich kissalari sahnalashtirildi. 80-y.larda teatrlarning faoliyat sharoiti tubdan oʻzgardi, senzura bekor qilindi, spektakllarning rahbar organlar tomonidan "qabul kilinishi" barham topdi. Yu. P. Lyubimov, G.A. Tovstonogov, L.Ye.Xeyfets, R. Simonov, P.O.Xomskiy, Yu.I.Yeryomin kabi rej.lar tarixiy va zamonaviy mavzulardagi asarlarni zoʻr mahorat bilan sahnalashtirdilar, aktyorlardan — Yu.K.Borisova, K.Yu.Lavrov, I.M.Smoktunovskiy, M.A.Ulyanov va b. teatr taraqqiyotiga muhim hissa qoʻshdilar. R.da opera va balet sanʼati, shuningdek, qoʻgʻirchoq teatri, sirk sanʼati ham rivojlangan. Yuqorida sanab oʻtilgan teatrlardan tashqari Moskvada Ye. Vaxtangov nomidagi, Mossovet nomidagi, Sankt-Peterburgda V. Komissarjevskaya nomidagi teatr, A. Raykin nomidagi satira teatri, Moskvada S. Obrazsov nomidagi qoʻgʻirchoq teatri, "Kreml baleti" teatri va b. teatrlar mashxur. Teatr uchun kadrlar R. teatr sanʼati akademiyasi, B.Shchukin nomidagi, M. Shchepkin nomidagi teatr bilim yurtlari, teatr badiiytexnika bilim yurti, sirk va estrada sanʼati bilim yurti va b. oʻquv yurtlarida tayyorlanadi.
Kinosi[tahrir]
1908 y.dan SanktPeterburgda A. Drankovning , Moskvada A. Xanjonkov va I. Yermolyevning kino firmalari tashkil etildi. Ilk kinochilar xalq qoʻshikdari, mumtoz adabiyot asarlari asosida filmlar yaratishdi ("Stenka Razin va knyaz qizi", rej. V.F.Romashkov, 1908; "Sevastopol mudofaasi", rej. V.M.Goncharov va A. A. Xanjonkov, 1911). 1910-y.larda "Dvoryanlar uyasi" (rej. V.R.Gardin), "Qargʻa motkasi" (rej. Ya. Protazanov) filmlari suratga olindi. 20—30-y.larda rej.
lardan S.Eyzenshteyn, A. Ivanovskiy, G. Roshal, V. Pudovkin, D. Vertov tarixiy va hajviy filmlarni tomoshabinlarga taqsim etdi. "Hayotga yoʻllanma" nomli birinchi ovozli badiiy film (rej. N. Ekk) 1931 y. yaratildi. Shundan keyin "Aleksandr Nevskiy" (rej. Eyzenshteyn), Petr 1 (rej. V. Petrov) kabi tarixiy, "Quvnoq yigitlar", "VolgaVolga" (rej. G. Aleksandrov), "Traktorchilar" (rej. I. Piryev) kabi hajviy filmlar ekranga chiqarildi. 2-jahon urushi va undan keyingi yillar kinematografiyasining koʻpchilik asarlari vatanparvarlik, fantexnika inqilobi, jumladan, kosmosni zabt etish mavzulariga bagʻishlandi ("U vatanni himoya qiladi", rej. F. Ermler; "Turnalar uchmokda", rej. M. Kalatozov; "Inson takdiri", rej. S. Bondarchuk; "Olovning boʻysundirilishi", rej. D.L.Xrabrovitskiy va b.). Mumtoz adabiyot asarlarini ekranlashtirish doim katta oʻrin olib keldi. Jumladan, F. Dostoyevskiyning "Jinoyat va jazo" (1970, rej. L.A.Kulijanov), M. Gorkiyning "Yegor Bulichev va boshqalar" (1973, rej. Yu. Solovyev) va "Vassa" (1983, rej. G. Panfilov), M. Bulgakovning "Qochish" (1971, rej. A.Alov, V. Naumov), Chexovning "Dasht" (1977, rej. S. Bondarchuk), I. Goncharovning "I.I.Oblomov hayotining bir necha kuni" (1980, rej. N. Mixalqov), A. Tolstoyning "Petrning yoshligi" (1981, rej. S.Gerasimov) asarlari suratga olindi. Rej. V. Menshovning "Moskva koʻz yoshlarga ishonmaydi" va A. Mittaning "Ekipaj" filmlari R. kinematografiyasida ijtimoiy va maʼnaviy yoʻnalishga eʼtibor kuchayganidan darak berdi. 60—80-y.larda G.Chuxray, V. Shukshin, G. Panfilov, N. Mixalqov, E. Ryazanov kabi rej.lar barakali ijod qildilar. 90-y.larda voyaga yetgan rej.lar avlodi keksa kino arboblari bilan ijodiy bahs yuritib, mafkura sohasidagina emas, badiiy vositalar, ifoda usullari borasida ham yangi yoʻllarni izlay boshladi. R.da hujjatli, ilmiyommabop va multiplikatsiya kinosi ham rivojlangan.
R.da "Mosfilm", "Lenfilm", "M. Gorkiy nomidagi kinostudiya", "Soyuzmultfilm" studiyasi, turli viloyatlarda badiiy va hujjatli filmlar studiyalari bor. Rej., operator va b. kadrlar Moskvadagi Davlat kinematografiya intida, ssenariychi va rej.lar 2 y.lik oliy kurslarda tayyorlanadi. Bundan tashqari, Sankt-Peterburg , RostovDon, Qozon, Voronej, Zagorskda kinotexnikumlar bor.
Uzbekistan—R. munosabatlari. Oʻzbekiston — R. aloqalari uzok, tarixga ega. Oltin Oʻrda davlati sohibqiron Amir Temur zarblari ostida barham topganidan keyin Rus davlati bilan Oʻrta Osiyo oʻrtasida elchilik munosabatlari oʻrnatishga harakat boshlandi. Mac, 1464 y. Rus hukumati oʻz elchilarini bu yerga yubordi. 1490 y. temuriy Sulton Husayn Boyqaroning elchilari Moskvaga bordi. 16-a. oʻrtalarida Rus davlati Ashtarxon (Astraxon) va Kozon xonliklarini bosib olganidan keyin ikkala tomon birbiriga chegaradosh va qoʻshni boʻlib qoldi. Rus davlati ham Buxoro va Xiva xonliklari bilan aloqalardan manfaatdor edi.
16-a.ning 2-yarmi, 17—18-a.larda ikki oʻrtada diplomatok va savdosotiq alokalari faollashgan. Rossiya yilnomalarida koʻrsatilishicha, Buxoro amirligi, Xiva, Qoʻqon xonliklaridan elchilar savdosotiqni koʻpaytirish taklifi bilan Peterburgga borgan. 19-a.ning 60-y.laridan Urta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingach, bu yerlar Rossiyaning xom ashyo manbai boʻlib qoldi. Oʻrta Osiyodan paxta, ipak va b. yuborish va bu yerga sanoat mollari keltirish yoʻlga qoʻyiddi. 1917 y. okt. toʻntarishidan keyin Oʻzbekiston — R. alokalari Sovet xukumati siyosati doirasida yagona iktisodiyot rejasiga binoan, i.ch.ni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash yoʻlida amalga oshiriddi.
20-a.ning 90-y.laridan ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar oʻrnatila boshladi. Oʻzbekiston Prezidenti I. Karimovning 1998, 2001 va 2004 y.larda R.ga qilgan tashriflari, R. Prezidenti V.Putinning 2000 va 2003 y.larda Oʻzbekistonda boʻlgan vaqtida erishilgan bitimlar va imzolangan hujjatlar ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy, ilmiy va madaniy hamkorlikka huquqiy asos yaratdi. 1998— 2007 y.larga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlikni chukurlashtirish haqidagi shartnoma bu asosni yanada kengaytirdi. RF bilan OʻzR oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya asosiy muvofiqdashtiruvchi organ vazifasini bajaradi. U ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarning ustun yoʻnalishlarini belgilash, qulay hamkorlik shartsharoitlarini vujudga keltirishga, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarni xususiylashtirish jarayenlarida ishtirok etishiga, Oʻzbekiston va R. regionlarining hamkorligiga koʻmaklashish bilan shugʻullanadi. 2003 y. Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 1 mlrd. 149,1 mln. AKSH dollariga yetdi. UzR dan R.ga paxta tolasi, yengil avtomobil, mevasabzavot mahsuloti va b. yuboriladi. R.dan mexanik va elektr mashinauskuna, transport vositalari, qora metall, plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, doridarmon, yogʻoch, kimyo sanoati mahsulotlari va b. keltiriladi. Ikki mamlakat ishbilarmonlarining hamkorligi tufayli OʻzR da 520 ta qoʻshma korxona barpo etilgan. Ular orasida R. sarmoyasi 100% boʻlgan oʻnlab korxona bor. Ular oziq-ovqat, toʻqimachilik, yogʻochni qayta ishlash, doridarmon i.ch., mashinasozlik, q.x. mahsulotlarini qayta ishlash sohasida faoliyat yuritadi. R.ning salkam 40 ta kompaniyasi, jumladan, "Aeroflot", "Avtovaz", "Zarubejneftgaz", "LUKoyl", "Texmashimpeks" va b. oʻz vakolatxonalariga ega. R.da oʻzbek rezidentlari ishtirokida tashkil etilgan 167 korxona, shu jumladan, 72 qoʻshma korxona bor. I.ch. sohasida, ayniqsa, aviasozliqda avvalgi kooperatsiya aloqalari sakdanib qolgan. Oʻzbek gazini R. orqali oʻzga davlatlarga oʻtkazish, shuningdek, yangi neft va gaz manbalarini qidirib topish, ularni qazib olish va qayta ishlash sohasida oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. R.ning "Gazprom" aksiyadorlik jamiyatlari birlashmasi bilan "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi oʻrtasida strategik hamkorlik qilish toʻgʻrisida hamda "Oʻzbekneftgaz" bilan "LUKoyl" oʻrtasida mahsulotni taqsimlashga oid bayonnoma tayyorlash hakida imzolangan hujjatlar bu borada muhim voqea boʻldi. Ikki mamlakat regionlarining iqtisodiy hamkorligi uzluksiz rivojlanmokda. Moskva sh. va viloyati, Sankt-Peterburg , Yaroslavl viloyati, Boshqirdiston, Mordoviya, Tatariston respublikalari, Sibir va Ural regionlarining ishbilarmon doiralaridan OʻzR ga delegatsiyalar kelib turadi, ular OʻzR xoʻjalik yurituvchi subʼyektlari bilan oʻzaro manfaatli shartnomalar tuzdi. Chkalov nomidagi aviatsiya i.ch. birlashmasi, "UzDEUavto", "Oʻzavtoyoʻl" bilan tuzilgan shartnomalar shu jumlaga kiradi.
Ilmiy hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Supa platosida Xalqaro radioastronomiya rasadxonasini barpo etish toʻgʻrisidagi hukumatlararo shartnomani amalga oshirish boʻyicha olimlar hamkorligi bunga misol boʻladi. Ikki mamlakat FA lari va ularning intlari ilmiy aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. 2001 y. fev.da Toshkentda ochilgan R. xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazi ("Roszarubejsentr")ning vakolatxonasi zimmasiga aniq gumanitar masalalarni hal qilish vazifasi kjlatilgan. "Roszarubejsentr" bilan Oʻzbekiston BA oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan turli tadbir, kecha va koʻrgazmalar oʻtkazish odat tusiga kirgan. Madaniyat va sanʼat, xususan, tasviriy va amaliy sanʼat vakillari oʻzaro ijodiy aloqa qilib turadilar, jumladan, 2003 y. Moskvada J. Umarbekov va b. oʻzbek rassomlarining koʻrgazmalari uyushtirildi. 1997 y.dan boshlab Oʻzbekiston BA Moskvadagi Rassomlar markaziy uyida har yili oʻtkaziladigan nufuzli xalqaro koʻrgazmaning doimiy ishtirokchisidir. OʻzR dagi Rus madaniyat markazi va "Uzbekistan—Rossiya" doʻstlik jamiyatining faoliyati madaniy aloqalarni rivojlantirish va kengaytirishga yordam beradi.[1]
Rossiya (rus.: Российская Федерация/Россия, talaffuzi: Rossiyskaya Federatsiya / Rossiya) sharqiy Evropa va shimoliy Osiyodajoylashgan davlat. Rossiyaning poytaxti — Moskva. Rossiyaning davlat tili — rus tili. Rossiyaning 140 milliondan ortiq aholisi mavjud.
Mamlakat tuzilishi[tahrir]
Do'stlaringiz bilan baham: |