Qishloq xo‘jaligi. Rossiya katta yer fondiga ega (1705 mln. ga), biroq qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar atigi 209,0 mln. gektami tashkil etadi (qishloq xo‘jaligi yerlarining maydoni bo‘yicha jahonda Xitoy, AQSH dan keyingi 3-o‘rinni egallaydi).
Qishloq xo‘jaligi ikki asosiy - dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlaridan iborat. Rossiyaning har bir rayonida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turining ma’lum to‘plami joylashgan bo‘lib, u ushbu rayon ixtisosligini belgilaydi. Farqli tomonlari tabiiy sharoitga (o‘simliklaming yorug‘lik, issiqlik va namlik bilan ta’minlanganiga) bog‘liq bo‘ladi. Qishloq xo’jaligida dehqonchilik 40, chorvachilik 60 % mahsulotni beradi. Asosiy ekinlar: bug’doy, qandlavlagi, kungaboqar, kartoshka, sholi, arpa.
1986 yili qishloq xo’jaligining yalpi mahsuloti 1998 yilgiga nisbatan 18% o’sdi. Qishloq xo’jaligiga yaroqli erlar 218,5 mln.ga. shu jumladan haydaladigan erlar 134,0 mln.ga ( 60% dan ziyod) pichanzorlar 23,7 mln.ga yaylovlar 59,4 mln.ga. Haydalgan erlarning 4g’5qismi Markaziy va Markaziy qoratuproq rayonlariga. Volga bo’yi, Shimoliy Kavkaz, Ural va G’arbiy Sibirga to’g’ri keladi. Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 39% dan ziyodini dehqonchilik. Qariyib 61% ni chorvachilik beradi. 1986 yili qishloq xo’jalik ekinlari maydoni 119,2 mln.ga bo’lgan. Asosan qishloq xo’jalik ekinlari g’alla, qand lavlagi, kungaboqar. Kartoshka, zig’ir Volga bo’yi, Shimoliy Kavkaz, G’arbiy Sibir’, Ural va Markaziy qoratuproq rayonida bug’doy, Markaziy rayon va Shimoliy G’arbiy rayonda zig’ir, va Shimoliy Kavkaz, Volga bo’yi, markaziy qoratuproq rayonida kungaboqar, markaziy qoratuproq rayoni va Shimoliy Kavkazda qand lavlagi etishtiriladi. 1986 yili sug’oriladigan erlar 7,3 mln.ga ni tashkil etgan.
Chorvachiligi go’sht-sut va go’sht-jun etishtirishga ixtisoslashgan. Mamlakatning Evropa qismida o’rmon-o’rmon dasht zonalarida hamda Sibirda sersut qoramollar boqiladi. Cho’chqachilik dehqonchilikdan keladigan em xashak va oziq-ovqat sanoati chiqitlari hisobiga rivojlangan. Shu sababli cho’chqachilik kartoshka, qand lavlagi ko’p ekiladigan rayonlarda markaziy qora tuproqli oblastlarda va yirik shahar atroflarida to’plangan. Bug’uchilik chekka Shimolda rivojlangan.
Rossiyada transportning barcha turlari rivojlangan. Biroq, so‘nggi yillarda RF yuk tashish oboroti qisqardi, uning tarkibi ancha o‘zgardi. Masalan, umumiy yuk tashish aylanmasida dengiz (13,0%) va quvur (29,0%) transportining hissasi birmuncha ko‘paydi, temiryo‘l (52,7%) va daryo (3,7%) transportiniki esa kamaydi. Yo‘lovchi tashish qisqardi, biroq uning tarkibida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Tarmoq uchun muhim bo‘lgan bir qator iqtisodiy va texnologik ko‘r- satkichlar, jumladan, yo‘llaming holati yomonlashdi va sifati pasaydi. Transport mashinasozligi mahsulotlarini (magistral teplovozlar, yuk vagonlari, yuk av- tomobillari va boshqalar) ishlab chiqarishning qisqarishi texnik parkning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |