1992-yili Tatariston o‘z davlat mustaqilligini e’lon qildi.
1999-yilga kelib, Rossiyaning tashqi qarzi 130 mlrd dollardan oshib ketdi.
Tatariston prezidenti etib saylangan M. Shaymiyev voqealar rivojini o‘z qo‘liga olishga erishdi. Tatariston 1994-yilda federal hokimiyat bilan vakolatlarni taqsimlash to‘g‘risida shartnomani imzoladi.
Checheniston markaz bilan har qanday shartnomalar tuzishni rad etish yo‘lidan bordi. U bilan munosabatlar fojiali xarakter kasb etdi. 1996-yili Checheniston bilan federal markaz o‘rtasida boshlangan urush 2000-yilgacha davom etdi. Bu urush Ikkinchi jahon urushi- dan so‘ng SSSR hududida yuz bergan eng katta harbiy to‘qnashuv bo‘ldi. Urush Rossiyaga bir necha mlrd dollar zarar yetkazdi, ikki tomondan 120 mingdan ortiq kishi qurbon bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |