Tavrot manbalari.
Yahudiy dini boshqa dinlar kabi o’zining muqaddas yozuvlariga ega. Uning asosan ikkita manbasi bo’lib, biri – mil. av. XIII asrda yashagan va Isroil xalqini Misrdan olib chiqib ketilishiga boshchilik qilgan Muso payg’ambarga Tur tog’ida berilgan Tora (Tavrot; Torah of Moses; Totah shebikhtav), ikkinchisi Tavrotdan keyinroq paydo bo’lgan yozma manba Talmuddir. Yahudiylikdagi bu ikki muqaddas sanaladigan manba xristian Bibliyasining tarkibiy qismlarini (aynan emas) tashkil etadi. Xristianlar va yahudiylar Bibliya so’zini turli tushunadilar. Yahudiylar uchun Ibriy Bibliyasi (Hebrew Bible) xristianlarning Qadimiy Ahdi (Old Testament). Yahudiylar Bibliya so’zi ostida ko’pincha o’zlarining Tanaxlarini (Tanakh) tushunadilar. Musoga tegishli bo’lgan besh kitob «Tavrot» deb ataladi va quyidagi kitoblarga bo’linadi: 1) «Borliq» yoki «Ibtido»; 2) «Chiqish»; 3) «Levit»; 4) «Sonlar»; 5) «Ikkinchi qonun».
Do'stlaringiz bilan baham: |