m Buxoro davlat universitet filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili) fakulteti 6-1 uzb 18 guruh talabasi Saytnazarova Darmonjonning Javlon Jovlievning “Qo’rqma” asariga yozgan
Taqriz
Roman voqealarini qisqacha so’zlar bilan ifoda qilib bo’lmaydi. Barchasi shu qadar tig’izki, shoshirib qo’yadi. Majoz, obraz, ifoda, hech kimnikiga o’xshamagan lirizmni his qilasiz. Milliyat, sof muhabbat, ko’rinmas va oshkor fojialar, tarix, bugun va ertaning bir-biriga kavsharlangan halqasi, rostlik da’vosidagi yolg’onlar, ruh va qondagi paradokslar sizni o’tmish va kelajak navolariga asir qiladi, o’ylatadi, yig’latadi va achchiq-achchiq kuldiradi. O’tgan asrda Olmoniyada o’qigan talabalar, ular masligi va fojiali qismati bugungi yoshlar maqsadi bilan bir taroziga tortiladi.
“Qo’rqma” romanining uzoq (balki juda yaqin) o’tmishda ochilgan jarohatlarni topib tilgan, ichidan juda achchiq haqiqat yiringlarini sirqitib chiqargan asarligiga guvoh bo’ldim. Asarni o’qirkanman, uyquda ekanligimni, go’yoki shunday daxshatli va qo’rqinchli tushlar ketma-ketligida yurgandek his qildim o’zimni…Asriy g’aflat…Oniy sotqinlik..Odamga tashna eshakqurtlar(odamqurtlar balki, aslida ular). Qonni tozalaydigan jigar (millatning qurib bitgan jigari..) Yetmish nafar Germaniyaga tahsil olgani ketgan mard o’zbekning o’g’il-qizlari. Abaduvahob Murodiy, Xayriniso Majidxonova, Xosiyat Tillaxonova, Sattor Jabbor, Maryam Sultonmurodova,Tohir Shokirov kabilar
Bosh obraz tushida bu talabalar bilan uchrashadi, ularning uchrashuvlarida qatnashadi, Olmoniyadagi talablar sardori Abduvahob Murodiy bilan do’st tutunadi. Ularning o’zaro majlislarida ishtirok etadi.
Talabalarning ko’zlarida olov uchqunlarini sochib turgan vatan otashi, dillaridagi ona yurtni qullikdan qutqarish so’ginchi bosh obrazni hayratga va hasratga soladi. Ko’nglida o’tli fig’on yoqadi. Bu yetmish qorako’zning orzusi yurtni bilimli va ma’rifatli qilish edi…
Asarning har bir satrida o’zgacha umuman yangi hissiyot, yozuvchi shunday bir kuy topib satrlarni unga tizganki, soda va ravonligi bilan birga qalb va aqlni ham unga qo’shib tebrata oladi. Modernizm ruhida yozilgan adabiyot namunasi. Qanday qilib shuncha dard, shuncha tarix bir qalam sohibining qalbiga sig’diyu dunyoga “Qo’rqma” bo’lib keldi.
Ona bitta Vatan ham bittadir.
Muhabbat bitta bo’ladi Vatan kabi .Nega Vatanimiz har yonidan eshakqurtdek kemirildi, nega bizning kelajagimiz tug’ildiyu toptaldi. Nega? NIma uchun? Javoblari qani bu savollarning? Men asarni shunchaki o’qimadim, unda uyqudagi o’zimni qidirdim, uyg’otishga urundim. Men Vatanni kimi edim o’zi?
Har sahifasi har satri larzaga soldi, har jumlada o’zimni yo’qotib qo’ydim, yig’lash kerak derdimu, yig’isi kulguga almashgan asar qahramoni singari zaharli kuldim
Romandagi ba’zi jumlalar insonni hayol dunyosiga yetaklaydi. Jumladan, “Aslida, insonning ulg’ayishi haqidagi barcha hikmatlar yolg’on. Insonning mushaklari kattaradi,xolos, yuragi emas.” Bu fikr qanchalik haqiqat ekan. Siz ham o’ylab ko’ring-a?
Do'stlaringiz bilan baham: |