Roman haqida



Download 24,11 Kb.
bet2/3
Sana04.02.2022
Hajmi24,11 Kb.
#430224
1   2   3
Bog'liq
amerika fojrasi

Roman haqidaMashhur amerikalik yozuvchi Teodor Drayzer qalamiga mansub “Amerika fojiasi” romani 1925-yilda nashr etilgan. Bu roman asar chiqishidan 19 yil oldin sodir bo‘lgan Chester Gilletning sevgilisi Greys Braun qotiliga aylangani haqidagi real voqeaga asoslangan. Mafkuraviy nuqtai nazardan “Amerika fojiasi” XX asr boshlarida AQShda nashr etilgan yengil-yelpi, mamlakat aholisiga mashhur “amerikacha orzusi”ni amalga oshirish usullarini ertakona qilib uqtirgan romanlarga badiiy javob edi. “Bir yigit badavlat oiladan bo‘lgan qiz bilan sevishib, unga uylanadi va jamiyatda yuqori mavqeni egallaydi” kabioldi-qochdi syujetlarga to‘lib ketgan Amerika ommaviy adabiyotiga Drayzer realizm janridagi romani orqali zarba berib, u syujetlar oddiy Amerika voqeliklariga nomuvofiqligini ushbu asari bilan ochib bergan edi (e’tibor bersangiz, hozir o‘sha oldi-qochdi bachkana syujetlar bizning zamonaviy adabiyot va ayniqsa kinoda o‘z aksini topmoqda).
SyujetKanzas-Siti, yozning issiq oqshomi. Ota-ona va to‘rt bola ko‘chalarda diniy qo‘shiqlar kuylaydi va odamlarga diniy mazmundagi risolalarni tarqatadi. Katta yoshdagi bola Klayd, u majburan bajarayotgan bu ishlarni yoqtirmaydi, ammo ota-onasi astoydil harakat qilishar, ularni xayolida bu ularga faqat ma’naviy qoniqish olib kelardi. Bu oiladagi ota – Eys Griffits juda lapashang edi, oilasi esa zo‘rg‘a kun ko‘rar edi.
Yosh Klayd Griffits bu zerikarli kichkina dunyodan qochishga intiladi. U dorixonada sotuvchining yordamchisi bo‘lib, keyin esa Green Davidson mehmonxonasida xabarchi sifatida ishlaydi. Mehmonxonada ishlash hech qanday maxsus ko‘nikmalarni talab qilmaydigan, ammo yaxshigina choychaqa olib keladigan ish edi. Bu esa Klaydga oilaviy budjetga hissa qo‘shibgina qolmay, o‘zi uchun yaxshi kiyimlar sotib olishga, ya’ni o‘zi uchun ham pul jamg‘arishga imkon beradi.
Hamkasblari Klaydni yaxshi qabul qiladi. U uchun quvnoq hayot boshlanadi. Tez orada Klayd Gortenziya Brigs ismli chiroyli sotuvchi ayol bilan tanishadi. Bu ayol aslida moddiy manfaat uchungina yosh Klaydning boshini alantirib yuradi. Gortenziya 115 dollar turadigan urfga kirgan ko‘ylak kiyishni xohlaydi. Klayd uning xohishiga qarshi turishi juda qiyin edi...
Ko‘p o‘tmay, Klayd do‘stlari bilan hashamatli Packard mashinasida safarga chiqadi. Ushbu avtomobilni Klaydning do‘stlaridan biri Sparser otasi xizmat qiladigan boy odamning garajidan ruxsatisiz olib ketgan edi. Kanzas-Sitiga qaytayotganlarida ob-havo yomonlasha boshlaydi, qor yog‘adi va juda sekin yurishga to‘g‘ri keladi. Klayd va o‘rtoqlari mehmonxonadagi ishlariga kech qolayotgan edi. Shu sababli Sparserdan tezlikni oshirishni iltimos qilishadi. U shunday qiladi va yo‘ldan chiqib qolgan qizchani urib yuboradi. Keyin politsiyachilardan qochayotib boshqaruvni yo‘qotadi. Haydovchi va qizlardan biri pachoqlangan mashinada hushidan ketib qolib ketadi, qolganlar esa voqea joyidan qochadi.
Ertasi kuni gazetalar voqea haqida xabar tarqatadi. Mashinada urib yuborilgan qiz vafot etgach, hibsga olingan Sparser boshqa barcha ishtirokchilarining ismlarini oshkor qiladi. Hibsga olinishdan qo‘rqib, Klayd va guruhning boshqa a’zolari Kanzas-Siti shahrini tark etadi. Uch yil davomida Klayd uydan uzoqda soxta nom bilan yashaydi, iflos va og‘ir ishlarni qiladi va buning uchun arzimagan pul oladi. Ammo kunlardan bir kuni Chikagoda o‘sha mash’um avtohalokatda u bilan birga bo‘lgan do‘sti Retererni uchratadi. Reterer uni Union klubiga xabarchi sifatida ishga taklif qiladi. Yigirma yoshli Klayd yangi hayotidan juda mamnun.
Kunlarning birida klubda Nyu-York shtatining Likurg shahrida yashaydigan va ko‘ylak yoqalari ishlab chiqaradigan zavodga egalik qiladigan amakisi Samuel Griffits paydo bo‘ladi. Qarindoshlar uchrashuvining natijasida amakisi unga oltin tog‘larni va’da qilmasa-da, fabrikadan ish joy va’da qiladi. Klayd uchun badavlat qarindoshlar bilan aloqalar Union klubida ishlashdan ko‘ra istiqbolli ko‘rinadi, garchi u bu yerda yaxshi pul topayotgan bo‘lsa ham.
Samuelning o‘g‘li Gilbert amakivachchasini uncha hushlamay kutib oladi. Klaydning foydali bilim va ko‘nikmalarga ega emasligiga ishonch hosil qilib, uni yerto‘lada joylashgan ustaxonaga juda og‘ir va kam maoshli ishga tayinlaydi. Klayd arzon yotoqxonadan xona ijaraga oladi va ertami-kechmi muvaffaqiyat qozonishiga umid qilib, ishni boshlaydi.
Oradan bir oy o‘tadi. Klayd doimo unga yuklangan barcha narsani sidqidildan bajaradi. Samuel o‘g‘lidan Klayd haqida fikri qanday ekanligiga qiziqib ko‘radi. Ammo Gilbert kambag‘al qarindoshi paydo bo‘lishi yoqmagani ortidan otasiga Klayd hech qanday ma’lumotga ega emasligi, juda lapashang ekanini aytadi. Biroq Samuelga Klayd yoqar va u jiyaniga o‘zini ko‘rsatishga imkoniyat berishga tayyor edi. Gilbertning xohishiga qarshi o‘laroq, Klayd uyga oilaviy tushlik uchun taklif qilinadi. Bu yerda u nafaqat qarindoshining oilasi bilan, balki Likurg shahrining maftunkor vakilalari – yosh Bertina Krenston va Sondra Finchli bilan ham uchrashadi, ularga chiroyli va tarbiyali bu yigitcha juda yoqib qoladi.
Nihoyat, otasining talabiga binoan Gilbert Klayd uchun yengilroq va obro‘li ishni topadi, u endi hisobchi edi. Biroq Gilbert uni “ayol ishchilar bilan munosabatlarda odob-axloq qoidalariga rioya qilish” kerakligi haqida ogohlantiradi. Klayd ish beruvchilarining barcha qoidalarini sodiqlik bilan bajarishga tayyor bo‘lib, ba’zi qizlarning u bilan munosabatlar o‘rnatishga urinishlariga qaramay, ularning noz-karashmalariga e’tibor bermaydi.
Ko‘p o‘tmay fabrika ko‘ylak yoqasi uchun qo‘shimcha buyurtma oladi va bu, o‘z navbatida, korxonada shtat kengayishini talab qiladi. Zavodga Roberta ismli yosh qiz keladi. Robertaga Klaydning barnoligiga qarshi turish oson emas edi. Ular uchrasha boshlaydi, Klaydning sevgisi tobora kuchayib boradi va qat’iy qoidalar ostida tarbiya ko‘rgan qiz Roberta ham chegaralarni unutib boradi.
Ayni paytda, Klayd Sondra Finchli bilan yana uchrashadi va bu uchrashuv uning hayotini tubdan o‘zgartiradi. Boy merosxo‘r, mahalliy aristokratiyaning vakili Sondra bu yigitga samimiy qiziqish ko‘rsatib, uni Likurgning boy yoshlari to‘planadigan raqslar kechasiga taklif qiladi. Yangi tajribalar to‘qnashuvi ostida Klaydning ko‘zi oldidan kambag‘al va jozibali Roberta yo‘qolib boradi. Qiz Klayd endi unga e’tibor bermayotganini his qiladi, sevgisini yo‘qotishdan qo‘rqadi va bir kuni vasvasaga berilib, o‘zini va bokiraligini Klaydga topshiradi.
Ammo Sondra Finchli Klaydning hayotidan g‘oyib bo‘lmaydi. Aksincha, u Klaydni o‘z davrasi bilan tanishtiradi va jozibali istiqbollar uning boshini aylantiradi. Bu Roberta e’tiboridan chetda qolmaydi va u hasad va rashkning og‘ir azoblarini boshidan kechiradi. Buning ustiga, u homilador ekani ma’lum bo‘ladi. Roberta buni Klaydga aytadi va u vaziyatdan chiqish yo‘lini topishga harakat qiladi. Ammo dorilar kerakli natija bermaydi, ular qiyinchilik bilan topgan shifokor esa abort qilishni qat’iyan rad etadi.
Vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li Robertaga uylanish edi. Lekin bu yo‘l Klaydga yoqmaydi. Chunki bu yo‘l Sondra bilan boy va yorqin kelajak haqidagi orzulari bilan xayrlashish kerakligini anglatar edi. Roberta umidsiz edi. U Klaydning amakisiga nima bo‘lganini aytib berishga ham tayyor edi. Bu Klayd faoliyatining yakunini va Sondra bilan ishqiy munosabatlariga chek qo‘yilishini anglatar edi. Klayd Robertaga shifokor topishga va agar u ikki hafta ichida topolmasa, unga uylanishga hamda Roberta ish boshlaguniga qadar birmuncha vaqt davomida uni qo‘llab-quvvatlashga va’da beradi.
Biroq keyin Klaydning ko‘zi Pass daryosidagi fojia haqida yozilgan gazetaga tushib qoladi. Unda yozilishicha, “Bir erkak va bir ayol daryoda sayr qilish uchun ijaraga qayiq olgan, lekin ertasi kuni qayiq ag‘darilgan holda topilgan, undan ayolning jasadini topishgan, erkakni topishning iloji bo‘lmagan”. Bu voqea unda juda katta taassurot qoldiradi, ayniqsa ota-onasinikiga ketgan Robertadan boshqa kutishni xohlamasligi va Likurgga qaytib, hamma narsani Samuel Griffitsga aytib berish haqida xat olgach. Klayd vaqti oz qolganligini va tezroq qandaydir qaror qabul qilishi kerakligini tushunadi.
Klayd Robertani ko‘lga sayohatga taklif qiladi va unga uylanishga va’da beradi. Shunday qilib, dahshatli qaror qabul qilinganga o‘xshaydi, lekin uning o‘zi rejalarini amalga oshirish uchun kuch topishiga ishonmaydi. Xayolda va hayotda qotillik qilish boshqa-boshqa narsalar edi.
Mana Klayd va Roberta ko‘lda suzmoqda. Klaydning o‘ychan va burushgan nigohi Robertani qo‘rqitadi va unga yaqinlashib nima bo‘lganini so‘ramoqchi bo‘lganida uni fotokamera bilan uradi, qiz muvozanatni yo‘qotib yiqilib tushadi. Qayiq ag‘dariladi, uning bir tomoni Robertaning boshiga uriladi. U Klayddan qutqarishini so‘rab yolvoradi, lekin u yordam bermaydi. Uning bir necha bor o‘ylagan rejasi amalga oshgan edi. U qirg‘oqqa Robertasiz yolg‘iz o‘zi qaytadi.
Ag‘darilgan qayiq va Robertaning jasadi tezda topiladi. Tergovchi Xeyt va prokuror Meyson ishtiyoq bilan ish boshlaydi va tez orada Klaydning iziga chiqadi. Dastlab u tan olmaydi, ammo tajribali prokuror uchun uni burchakka siqish qiyin emas edi. Klaydd hibsga olinadi – endi uning taqdirini sud hal qiladi.
Albatta, Samuel Griffits sodir bo‘lgan voqeadan hayratda qoladi, biroq u yaxshi advokatlarni yollaydi. Ular imkon qadar bor kuchlarini sarflaydi, ammo Meyson o‘z ishini yaxshi bilar edi. Uzoq va shiddatli sud jarayoni Klayd o‘lim jazosiga hukm etilishi bilan yakunlanadi. Boy qarindoshlari Klaydga yordam berishni to‘xtatadi va faqat onasigina unga biron yordam qilish uchun besamar yelib-yuguradi.
Klayd “O‘lim uyi” deb nomlangan Obern qamoqxonasiga ko‘chiriladi. O‘g‘lining hayoti uchun kurashni davom ettirish maqsadida onaning pul topishga bo‘lgan umidsiz urinishlari muvaffaqiyat keltirmaydi. Jamiyat esa bir zamonlar ular bilan birga bo‘lishga, ular kabi yashashni xohlagan, bugun esa mahkumga aylangan Klaydga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotadi. Endi hech narsa davlat o‘lim mashinasi bo‘lmish elektr stuli tomonidan ishni yakunlashga to‘sqinlik qila olmaydi...
Tahlil
Roman bosh qahramoni – Klayd Griffits – “hayotga amerikacha nuqtai nazar bilan qaraydigan tipik yosh amerikalik” edi. Bolaligidan u moddiy qadriyatlarni ma’naviy qadriyatlardan yuqori qo‘ygan ko‘plab vatandoshlariga to‘liq o‘xshashga va ularning standartlariga intildi. Green Davidson mehmonxonasida xabarchi bo‘lib ishlash juda dindor, va’zgo‘y oilada o‘sgan yigit uchun yangi, jozibali dunyo kabi ko‘rindi. Bu yerda katta daromad va ota-onasining muayyan faoliyati tufayli bolalikda topa olmaslikdan qo‘rqqan haqiqiy do‘stlar topdi. U bilan vaqt o‘tkazishga rozi bo‘lgan chiroyli qizlar bor. Bunda u uchun avvalgi turmush tarziga ko‘ra ijtimoiy axloq yo‘l qo‘ymaydigan – restoranlarda ziyofat qilish va ishratxonalarga tashrif buyurish kabi ko‘ziga chiroyli ko‘ringan narsalar ochildi. Klayd haqiqiy hayot bilan to‘qnashishi bilan uni ortidan keladigan qiyinchiliklarga qarshi tura olmaydi: yo‘lda qizning o‘limida tasodifiy jinoyatchiga aylanganidan so‘ng o‘n yetti yoshli yigit hamma narsani tashlab, Kanzas-Siti shahridan qochib ketadi. Asarning birinchi qismida muallif o‘quvchini bosh qahramon xarakterining asoslari bilan tanishtiradi. Bunda pulni va o‘yin-kulgini sevuvchi, ayollarga suyagi yo‘q, real hayot haqida umuman tushunchaga ega bo‘lmagan yosh yigitcha tasvirlangan edi.
“Amerika fojiasi”ning ikkinchi qismi yigitning amakisi boy sanoatchi Samuel Griffitsga tegishli bo‘lgan fabrikaning oddiy ishchisi Klayd Griffits va Roberta Olden o‘rtasidagi munosabatlar voqeasini hikoya qiladi. Uchinchi qism – bu asarning yuridik qismi bo‘lib, ikkinchisining uzviy davomi – bunda jinoyat chuqur tahlil qilinadi, sud bo‘lib o‘tadi, va hukm o‘qilganidan keyingi Klayd ongidagi ma’naviy o‘zgarishlarni ko‘rsatib beradi.
Bosh qahramonning fojiaga olib kelgan asosiy kamchiligi, uning advokatlari Belnep va Jeffson tomonidan sudga olib chiqilgan edi. Advokatlar o‘zlarining himoyasini, mijozining “aqliy va ma’naviy qo‘rqoq” ekani atrofiga quradi. Kitobda bu haqda to‘g‘ridan to‘g‘ri aytilmagan, ammo o‘quvchining o‘zi o‘ylab ko‘rsa, agar Klayd biroz aqlli, mas’uliyatli va jasoratli yigit bo‘lganida, u o‘zini burchakka taqab qo‘ymas edi: Roberta bilan munosabatlarni chuqurlashtirishdan avval o‘ylab ko‘rishi, qizning ertangi taqdiri uchun javobgarlik hissi borligini sezishi kerak edi.
Klayd bilan sodir bo‘lgan fojia tasodifiy va muqarrar bo‘lgan bir qator omillarga asoslangan. Buning ostida uning bolalikda qattiqqo‘l ota-ona tarbiyasini olgani, sodda va orzularga beriluvchan yoshda ekani, boy oilaning kambag‘al a’zosi ekani, yuqori jamiyat tomonidan rad etilgan va ular bilan aloqa qila olmagani sabablari yotadi. Klayd Robertani chindan sevarmidi? Yoki ichki yolg‘izligi sabab va Kanzas-Siti shahrida jozibali Gortenziya Brigs tomonidan uyg‘otilgan ayol bilan jismoniy yaqinlikka bo‘lgan ehtiyoj tufayli yoqtirarmidi? O‘ylaymanki, u Robertani rostdan ham yoqtirar edi, lekin boy qarindoshining ishonchini yo‘qotish, chiroyli va boy Sondra Finchli bilan xayrlashish qo‘rquvi uning muhabbatini qabohatga aylantirdi. Kambag‘al va o‘ziga ishonchi yo‘q yigit boy oiladan chiqqan qiz bilan uchrashib, uning qo‘li va yuragiga ega chiqishiga ishonish mumkinligini anglab yetgach, oddiy ishchi qizga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ldi.
Qat’iy axloqiy qadriyatlariga muvofiq tarbiyalangan Roberta ham, mehribon yuragiga qaramay, uning boshiga tushgan baxtsizliklar oldida o‘jar va shafqatsiz bo‘lib qoladi. Agar u yanada moslashuvchan bo‘lganida, Klaydsiz farzand ko‘rish va undan pul olish haqidagi taklifiga rozi bo‘lganida, yoki unga boshqa yo‘llar orqali ta’sir o‘tkazishga harakat qilganida, balki bu fojialar ro‘y bermasmidi? Roberta Oldenning fojiasi shundaki, u ota-onasi va jamiyat oldida juda katta qo‘rquvni his qiladi va gunohini tan olishdan qo‘rqadi. Jamiyatning, odamlarning fikri uni qo‘rqitdi, shaxsiy hayotini jamiyat boshqaruviga topshirgan holda, jamiyat uchun oppoq ko‘rinish maqsadida undan voz kechishga tayyor turgan yaramas insonning ortidan qolmadi.
Sondraga bo‘lgan muhabbati tufayli Klaydga, gazetadagi maqola orqali qotillik g‘oyasi keladi, lekin... U jinoyat qilishni xohlaydimi yoki yo‘qmi? Buni na u, na boshqalar va na kitobxon roman oxirigacha tushunmaydi, toki qatl qilinish uchun ketayotgan Klayd yoniga kelgan rohib Mak-Millan va’zida dahshatli hikoyaga yakuniy nuqtani qo‘ymagunicha. Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, yigit qotillikni avvalo o‘z yuragida sodir etib bo‘lgani uchun ham aybdor edi.
Klaydning ichki kechinmalari bir qator faktlardan boshqa narsa emas: u Robertadan qutulmoqchi edi, uning fikricha, boy va baxtli yashashi uchun bundan boshqa yo‘l yo‘qligidan g‘azab va nafrat tufayli qizni urdi; qizni cho‘kib ketishdan qutqarmadi, chunki u buni butun umr orzu qilgan ishlarga yetkazadigan yagona tez yo‘l deb bildi.
Qatl qilinishidan oldin “Amerika fojiasi” qahramoni qo‘rquv va yolg‘izlik ta’sirida ruhiy inqilobni boshdan kechiradi, bu o‘sha mash’um ko‘lda sodir bo‘lgan voqeani haqqoniy aytib berishga imkon beradi. Drayzer o‘z romanida nafaqat jinoyatchining va o‘limga hukm qilingan shaxsning ichki his-tuyg‘ularini ochib bergan mukammal psixolog, balki Amerika jamiyatining tuzilishini – uning eng yuqori pog‘onasidagi muhtojlik nimaligini bilmagan boylar va butun umr muhtoj yashaydigan kambag‘al qatlamning uzviy bog‘liq hayotini, hamma narsa, hattoki sud tizimi ham o‘zaro manfaat uchun qurilgan toza kapitalistik jamiyatni tasvirlab bergan ajoyib rassom ham edi (asardagi prokuror ham sudya rutbasiga erishish uchungina ishni tezroq ochishga harakat qiladi, haqiqatni yuzaga chiqarish ikkinchi o‘rinda edi. Kecha bizda xokimlar, prezident aytgani uchungina va o‘z o‘rnini saqlab qolish uchungina xalqdan uzr so‘raganlari kabi).
Xulosa
“Amerikacha orzu” har doim ham muvaffaqiyat hikoyasi emas. Ba’zan bu tush fojia bilan tugashi ham mumkin. Asarda muvaffaqiyat, yaxshi ish, pul, boy xotin qanday qilib qahramonni jinoyatga va qatlga olib borishi yoritilgan. Muallif o‘sha davr Amerika dunyosini boricha, hech qanday romantikasiz ko‘rsatib bergan. Asardagi qahramonlar xarakterining mohirona ochib berilishi ham bu qahramonlar taqdiri qanday rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Masalan, Roberta; albatta, har qanday odam bu qizga achinadi, lekin, shu bilan birga, tushunasizki, uning o‘zi oqibatlari haqida o‘ylamasdan “amerikacha orzu”ga erishmoqchi edi. Muallif Klayd kabi yigitlarni shunchalik mohirona tasvirlaganki, yoqmasa-da, uning xatti-harakatlari o‘quvchiga tushunarli.
XX asr boshlarida yashagan, hech qanday qobiliyatga ega bo‘lmagan oddiy amerikalik yigitcha go‘yo go‘zal hayot haqidagi orzusini ro‘yobga chiqarish uchun faqatgina intilish va omad kerak deb hisoblar edi. Ammo bu maqsadlarga erishishda insoniylik, vijdon, iroda, axloq, odob kabi tushunchalarni kerakmas deb bildi. U bolaligidanoq bu xayollarni mahkam ushlagan edi. Ushbu xayolotlar asta-sekin, lekin doimiy ravishda butun jamiyat tomonidan ilhomlantirildi. Xayolot odamni o‘zini anglashdan uzoqlashtiradi va jar yoqasiga olib keladi. Kuchli irodaga ega bo‘lmagan, ehtiros va xayollar bo‘roniga bo‘ysungan Klayd Griffits aslida “amerikacha orzu”ni amalga oshirish o‘rniga yolg‘izlik, tahqirlanish, nafrat va qotillik iskanjasida qoladi.
Romanda hamma narsa amerikaliklarga xos. Ayol va erkak o‘rtasidagi munosabatlar, dinga bo‘lgan munosabat, iqtisodiyotga, ishga, siyosiylashtirilgan sud jarayonlari va albatta “amerikacha orzu”. Jamiyatni boy bo‘lish, har qanday holatda ham oson hayot kechirish uchun o‘zlarining “oftob tagidagi joy”ini olish istagigina boshqaruvchi o‘sha davr Amerikasining tasviri asarda moxirona o‘z ifodasini topgan. O‘quvchida roman qahramoni Klayd Griffitsga bo‘lgan munosabat kitob davomida bir necha bor o‘zgaradi. Avvaliga yoqimtoy va kulgili yigitcha bo‘lib ko‘ringan Klaydga asar o‘rtasida nafratingiz qo‘zg‘asa, asar so‘ngida balki rahmingiz kelishi ham mumkin...

Download 24,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish