Robotlarning tashqi koʻrinishi ham, xattiharakatlari ham odamni eslatadi, yaʼni ular antropomorf (odamsimon) mashinalar hisoblanadi va boshqa mashinalardan shu xususiyati bilan farq qiladi. R.lar texnikasining asosiy 2 yoʻnalishi mavjud: sanoatda ishlatiladigan va favqulodda (ekstremal) sharoitda ishlatiladigan R.lar texnikasi. Sanoatda ishlatiladigan R., Mas, R.manipulyatorda "mexanik qoʻllari" va tashqi boshqarish pulti yoki oʻziga oʻrnatilgan dasturli boshqarish qurilmasi, EHM (kompyuter) boʻladi. Operator P. qoʻllarining harakatini bevosita yoki televizor ekranidan kuzatib boshqaradi. Koʻpincha R. avtomatik boshqarish tizimi bilan jihozlanadi. R.manipulyatorlar, asosan, kishi salomatligi uchun xavfli boʻlgan (ekstremal) sharoitlarda qoʻllaniladi. R.lar jarayonlarni avtomatlashtirishning eng samarali vositasi hisoblanadi. foydalanish sohalari borgan sari kengayib bormokda. Mac, Yaponiyada 6 ming metrgacha chuqurlikda ishlay oladigan R."geolog", notani "oʻqib" elektr gitara chaladigan R."mashshoq", Avstraliyada qoʻy junini qirqadigan R."sartarosh", AQSH da suv ostida ishlay oladigan R."gʻavvos" yaratilgan. Germaniyada esa R.lar politsiyada ishlaydi (ularga portlovchi moddalar oʻrnatilgan mashinalarni ochish vazifasi topshiriladi). Avtomobilsozlik rivojlangan barcha mamlakatlarda (shu jumladan foydalanish sohalari borgan sari kengayib bormokda. Mac, Yaponiyada 6 ming metrgacha chuqurlikda ishlay oladigan R."geolog", notani "oʻqib" elektr gitara chaladigan R."mashshoq", Avstraliyada qoʻy junini qirqadigan R."sartarosh", AQSH da suv ostida ishlay oladigan R."gʻavvos" yaratilgan. Germaniyada esa R.lar politsiyada ishlaydi (ularga portlovchi moddalar oʻrnatilgan mashinalarni ochish vazifasi topshiriladi). Avtomobilsozlik rivojlangan barcha mamlakatlarda (shu jumladan Oʻzbekistonda) R.lar mashinalarni yigʻishda (ayniqsa, payvandlash ishlarida) qatnashadi. Ixtirochilar avtomobilni boshqara oladigan R.ni yasash bilan shugʻullanishmokda. Bunday R.ning varianti Volkswagen (VW) zdida (Germaniya) yaratilgan. "Klaus" laqabli ushbu R. 2000 yilda namoyish qilingan. U boshqa R.lar kabi 2 qoʻl va 2 oyokdi emas, balki 3 qoʻl va 3 oyoqqa ega. Bu R. 2002 y.gi koʻrgazmada ham ishtirok etdi, lekin hali amalda qoʻllanilganicha yoʻq. Bunday R.lar ustida Yaponiyada ham tajribalar olib borilmoqda. "Soni" kompaniyasi (Yaponiya) sunʼiy intellektli "Aybo" ("Oʻrtoq") nomli R.ni yaratdi (2004). U uydagi koʻp ishlarni (mebelni surish, oynani artish, telefon jiringlaganda uy egasini chaqirish va boshqalarni) bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |