Рўйхатга олинди №


- MAVZU: G’AZNAVIYLAR VA SALJUQIYLAR DAVLATI



Download 5,85 Mb.
bet21/36
Sana24.02.2022
Hajmi5,85 Mb.
#244984
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
Bog'liq
2semestr

5 - MAVZU: G’AZNAVIYLAR VA SALJUQIYLAR DAVLATI

REJA:
1.G’aznaviylar va saljuqiylar sulolasining tashkil topishi.


2.G’aznaviylar va saljuqiylar sulolasining boshqaruv tizimi.
3.G’aznaviylar va saljuqiylar davrida madaniy hayot.
X asrda G’azna shahrining mavqei ortib, turkiy sarkardalarni o`ziga jalb eta boshladi. Movarounnahrda somoniylar hukmdorlik qilgan davrda G’azna hukmdori alohida mustaqil davlat bo`lib ajralib chiqishga urina boshlaydilar. Bu borada birinchi bo`lib somoniylardan chiqqan sarkarda, asli nasabi turkiy g’ulomlarga tegishli bo`lgan Alptegin 962 yilda mahalliy hokimiyatni ag’darib tashlab, viloyatda o`z hukmronligini o`rnatdi. 977 yilda g’ulom Sabuqtakin G’aznani o`z qo`liga olishga urinib ko`rdi.
Nasr Buxoroni egallagan kezlarda G’aznada Sabuqtakinning o`g’li Mahmud G’aznaviy amir edi. O`sha 999 yili Mahmud G’aznaviy Bag’dod xalifasi Qodirdan «Yaminuddavli va aminulla»-«Davlatning qo`li va millatning ishonchi» unvonini hamda Xurosonda hukmronlik qilish xujjatini olgan edi. Bunga javoban Mahmud uning nomini xutbaga qo`shib o`qita boshlaydi. 1001 yili Mahmud Qoraxoniylar va G’aznaviylar davlatlari o`rtasidagi chegaralarni belgilashda Nasr bilan shartnoma tuzdilar.
Mazkur shartnomaga ko`ra ular o`rtasidagi asosiy chegara Amudaryo daryosi bo`lib qoldi. Buning natijasida esa somoniylar davlati o`rnida Qoraxoniylar davlati bilan shimoliy Hindistondan Kaspiy dingizi janubiga qadar cho`zilib, hozirgi Afg’oniston va shimoli-sharqiy eronni o`z ichiga olgan G’aznaviylar davlati paydo bo`ldi. Vujudga kelgan dastlabki kunlardanoq G’aznaviylar davlati va O`rta Osiyo tarixida katta ahamiyat kasb eta boshlaydi. Mahmud G’aznaviy bosqinchilik yurishlarini tashqi siyosatning asosi qilib oldi. Shu maqsadda u yaxshi qurollangan qo`shin tuzib, shimoliy Hindistonning Panjob, kashmir va boshqa viloyatlariga 17 marta yurish qildi.
G’aznaviylar hukmronlik davri boshqaruv tizimi o`zining murakkabligi bilan diqqatni jalb etadi. U ko`p jihatdan somoniylar, qoraxoniylar zamonidagi davlat boshqaruvi tizimlariga yaqin. G’aznaviylar hukmronligi ostida bo`lgan Xuroson, seyiston, Qobul, G’azna kabi viloyatlar mintaqaning ajralmas tarkibiy qismlari bo`lsa, boshqaruvchilik tarqqiyotida o`xshashliklar ma`lum bo`ladi.
Boshqaruv tizimining markazida dargoh va devonliklar (vazirliklar) turgan. Dargohga oliy hukmdor (g’aznaviy hukmdorlar «amir» unvoniga ega bo`lganlar) hayoti va faoliyati bilan aloqador xizmatlar, amallar kirgan. Ular orasida «xotiblik» xizmati alohida e`tiborpga loyiq. G’aznaviylar davri bo`yicha manbalarda biz xotiblikning quyidagi shakllariga duch kelishimiz mumikin:
Ulug’ xotib, saroy xotibi, navbatchi xotib, xotib-jonador. Ulug’ xotib nafaqat boshqa xotiblar orasida, balki umuman mamlakat va davlat hayotida alohida mavqega ega bo`lgan.
Dargoh faoliyatida sipohdar (saroy xizmatchisi), davotdor (oliy hukmdorning shaxsiy xujjatlari, yozuv-chizuvi bilan bog’liq ishlarga bosh-qosh bo`lib yuruvchi xizmatchi) pardador (mahram, sir saqlovchi), martabador, farrosh, xazinachi, shomaxona boshlig’i kabi mansab va xizmatlarni ham o`z o`rni bo`lgan.
Devonlar ijroya idoralari bo`lgan. Manbalarda bu devonlarni beshtasi aytilgan. Vazir devoni, harbiy ishlar devoni, xujjatlarni rasmiylashtirish devoni, moliya deoni, pochta xabar devoni.
Viloyat boshlig’ini «voliy» deb ataganlar. Ularni oliy hukmdorlar tayinlaganlar. Viloyat ijroya boshqaruv ishlarini Amid olib borgan. Shahar boshlig’ini rais deb ataganlar. G’aznaviylar ayniqsa, Mahmud davrida qudratli qo`shinga ega bo`lganlar. Oliy hukmdorning o`z ixtiyorida bo`lgan. Bosh qo`mondonlikka esa sulolaning eng ishonchli, asosan, shu xonadon namoyondasi tayinlangan. Maslan, mahmud bunday mansabga ukasi Muhammad Yusufni loyiq topgan.
Yuqori darajadagi harbiy lashkarboshilar salor, o`rta darajadagilari sarxang, oxirgilari esa xayllga boshchilik qilganlar. G’aznaviylarning saralangan jangovar qismlari dargoh ixtiyorida bo`lgan.
G’aznaviylar tashqi aloqalari masalasida ikki narsaga e`tibor beradilar. Ularni mintaqa hududidagi munoabatlari va tashqaridagi aloqalari.
Mahmud G’aznaviy ko`proq uzoqni o`ylaydigan, mintaqadagi umumiy siyosiy vaziyatni yaxshi biladigan siyosatchi bo`lgan. Shimoliy Hindistonda keyinchalik Xorazmda erishilgan siyosiy-harbiy yutuqlardan so`ng esa g’aznaviylar qoraxoniylar bilan nafaqat tengma-teng raqobatlashgan, balki, undan ustunroq bo`lgan. Saljuqiylar bilan munosabatda ham Mahmud uzoqni ko`zlab ish tutadi.
G’aznaviylarning mintaqadan tashqaridagi aloqalarida Arab xalifaligi bilan munosabat alohida o`rin egallaydi. G’aznaviylar shu zamonga kelib avvalgi qudratini yo`qotgan xalifalik hurmatini o`rniga qo`yganlar. Xalifalikda g’aznaviylarga qarshi harbiy xavf-xatar yo`q edi.
G’aznaviylar davlatining mintaqa madaniy hayotida tutgan o`rni katta bo`lgan. XI asr fan va madaniyatini taraqqiyoti va olamshumul yutuqlarida ular hukmfarmo bo`lgan makon va zamonning o`rni katta bo`lgan.
Mahmud G’aznaviy ona tilisi turkiydan tashqari paxlaviy, fors, arab tillirini mukammal bilgan, she`rlar yozgan. Shuning uchun ham Mahmud va umuman g’aznaviylar hukmronlik qilgan markazlar o`z davrining madaniy muhitida eng oldingi o`rinda turganlar.
Farruxiy, Unsuriy, mansuriy, utbiy, gardiziy, Boyxaqiy, nosir Xusrav kabi mashhur shoirlar tarixnavislar, olimlar g’aznaviylar xomiyligida faoliyat ko`rsatganlar. Buyuk ajdodimiz Abu Rayxon Beruniy ham g’aznaviylar saroyida ilm bilan shug’ullanib, o`zini ko`plab mashhur asarlarini, shu jumladan «Hindiston», «Geodeziya», «Xorazmning mashhur kishilari», «Minerologiya», «Saydana» asarlarini mana shu G’azna shahrida yozgan.
G’aznaviylar bilan yana bir mashhur madaniyat arbobining nomi bog’liq. Fors adabiyotining daho shoirlaridan hisoblanmish Abulqosim Firdavsiy hammaga ma`lum va mashhur. «Shoxnoma» asarini 30 yildan ortiq vaqt ichida yozib tugatib, o`sha zamon tartib qoidalariga ko`ra davr sultoni Mahmudga taqdim etgan.
Firdavsiy o`z xalqi farzandi va kuychisi sifatida tabiiy ravishda eronzamin va eron xalqini madh etadi. G’aznaviylar davrida qurilish, ma`rifiy ishlarga ham katta e`tibor berilgan. G’azna, Balx, nishopur, Shimoliy Hindiston shaharlarida madrasalar, masjidlar, xonaqohlar, saroylar ko`plab qurilganligi manbalarda o`z aksini topgan. Madrasalarda turli sohadagi fanlardan dars berilgan, ilm toliblariga o`z zamonasida boy hisoblangan kutubxonalarni eshiklari ochiq bo`lgan.
G’aznaviylar sulolasi:
1.Alptegin (962-963).
2.Ishoq (963-965).
3.Bilgategin (966-972).
4.Piriy (973-976).
5.Sabuktegin (976-997).
6.Ismoil (997).
7.Mahmud G’aznaviy (998-1030).
8.Muhammad (1030).
9.Mas`ud (1030-1041).
10.Mavlud (1041-1049).
11. Mas`ud ibn Mavlud (kunlar).
12.Ali ibn Mas`ud ibn Mavlud (1049).
13.Abdurashid (1050-1051).
14.Farruxzod ibn Mas`ud (1051-1058).
15.Ibroxim ibn Mas`ud (1058-1099).
16.Mas`ud III (1099-1115).
17.Sherzod (1115-1116).
18.Arslonshoh (116-1119).
19.Bahromshoh (119-1153).
20.Xisravshoh (1153-1160).21. Xisravmalik (1160-1187).

Download 5,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish