Rizakom-1” va “serhosil” biopreparatlari asosida tomchilatib sug’orish texnalogiyasi qo’llab g’o’za o’simligining o’sishi rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini o’rganish. Ismailhodjayev B. Sh- b f. d professor Xolmatjonov Ravshan – tiqxmmi



Download 23,93 Kb.
bet2/3
Sana13.05.2022
Hajmi23,93 Kb.
#602692
1   2   3
Bog'liq
Xolmatjonov Ravshan 2-kurs magistr. Maqola

TADQIQOT METODI.

Tadqiqotlar Farg’ona viloyati Dang’ara tumani Yo’ldoshev Mashrabjon fermer xo’jaligida, gidromorf tuproqda eksperimental asosda olib borildi. Tadqiqotlarda asosan 2ta ilmiy uslubdan foydalanildi:
*dala tajribalari tadqiqot uslubi- Paxtachilik ITI uslubi asosida,
*fenologik kuzatuvlar uslubi, xosildorlikni aniqlash va boshqalar.
Dala tajribalarini o’tkazish, fenoligik kuzatuvlar olib borish, o’simlik namunalarini olish va tahlil qilish “Методика полевых опытов” (Б.А.Доспехов, 1985), “Dala tajribalarini o’tkazish uslublari” (Sh.Nurmatov va boshqalar,2007) qo’llanmalari asosida o’tkazildi.
III. Tajriba natijalari.
Dala tadqiqotlari 2021-yil 5-aprelda boshlandi. G’o’za ekishdan 1 sutka oldin Namangan-77 navi “RIZOKOM-1” biopreparati qo’shib ivitib qo’yildi. Ekishdan oldin 1 soat davomida shamollatib so’ng ekildi. Ko’chatlar 2ta dalaga odatiy holda va biz ivitgan urug’lar ekildi. Tajriba dalasida ko’chatlar 4-5 kunda unib chiqdi ya’ni 1-2 kun oldin. Chigitlar unib chiqqanidan so’ng go’za o’simligining o’sishi va rivojlanishi har oyda solishtirib kuzatib borildi.
8-iyun kuni “SERHOSIL” biopreparati tajriba dalasiga sepildi. 11-iyun kuni tajriba va nazorat dalalarida 1-sug’orish amalga oshirildi. Birinchi va uchinchi sug’orishlar o’rtasidagi davrga kelib, g’o’zaning shonalash va gullash davrida “RIZOKOM-1” va “SERHOSIL” biopreparatlarining tuproq namligiga ko’rsatgan ta’sirining ijobiy natijalari tajriba dalasidagi ko’chatlarning saqlanib qolgan sonlari va bir ko’chatdagi hosil tuguvchi elementlarning sonidagi farqda aks etgan. 1hafta o’tgach ikkinchi sug’orish amalga oshirildi. Shu asosda daladagi namlikka va ob havoga qarab daladagi sug’orish amalga oshirib borildi.
8-iyul kuni Serhosil biopreparati ikkinchi marotaba tajriba dalasiga sepildi. 8-avgust kuni Serhosil biopreparati uchinchi marotaba tajriba dalasiga sepildi.
Tajriba va nazorat dalalaridagi ko’chat qalinligining solishtirma ko’rsatkichi.

Dalalar

Tajriba

Nazorat

Ko’chat qalinligi ming.dona/ga

88.8

83.6

Go’zaning o’sishi va rivojlanishidagi farq may oyining ohirlariga kelib sezila boshladi. Birinchi sug’orishdan 1kun oldin olib borilgan kuzatishlarga qarab ko’chat sonida va o’sishida farq 1-2 sm ni tashkil qildi.
3-sug’orishdan oldin tajriba va nazorat dalalaridagi ko’chat va hosil tuguvchi elementlarning solishtirma sonlari.

Ko’rsatkichlar

Tajriba

Nazorat

11.7 p.m da ko’chatlar soni, dona

9-10

6-7

11.7 p.m da hosil tugish elementlari soni,dona

75-95

55-60

23-avgust kuni o’tkazilgan natijalar. 1p.m egat uzunligidagi o’simlik va shonalar hamda bitta o’simlikdagi ko’saklar soni.

Ko’rsatkichlar

Tajriba dalasi

Nazorat

1p.m. o’simlik soni,dona

20

18

1p.m. shonalar soni,dona

100

84

1ta o’simlikdagi ko’saklarning soni, dona

24

20

6-sentabr kuni dalaga defelyatsiya sepildi. Hosil yeg’iladigan kunga kelib tajriba dalasida har bir ko’chatdagi ko’saklar soni o’rtacha 25 tani tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich nazorat dalasida 18tani tashkil etdi. Ochilgan chanoqlar soni esa 20tani va 17 tani tashkil etdi. Ochilmay qolgan ko’saklar soni 11-sentabrga kelib, tajriba dalasida 6tani va nazorat dalasida 4tani tashkil etdi. Umimiy olganda tajriba dalasidagi o’rtacha bitta ko’chatdagi ko’saklar soni 25-27 va nazorat dalasida ushbu ko’rsatkich 20-22 tani tashkil etdi.
Tajriba va nazorat dalalaridagi hosildorlik ko’rsatkichlari.

Ko’rsatkichlar

Tajriba dalasi

Nazorat

Bitta ko’chatdagi ko’saklar soni

25-27

20-22

Hosildorlik

50.7s/ga

46.5s/ga

Tadqiqot natijalarining statistik tahlili o’rganilayotgan texnalogiyaning go’za hosildorligiga ta’siri ijobiy bo’lishini ko’rsatdi. Tajriba dalalaridagi paxta hosildorligi 50.7s/ga bo’lib, nazorat dalasidagiga nisbatan 4.2 s/ga yuqori bo’lishi aniqlangan. “RIZAKOM-1”va “SERHOSIL” biopreparatlari asosidagi tomchilatib sug’orish texnalogiyasi g’o’za o’simligining o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ijobiy ta’siri kompleks xarakterda bo’ldi.
Xulosa
Biz o’tkazilgan tajribalar asosida shuni aytishimiz mumkinki g’o’za ekinidan yuqori hosil olish uchun birinchi navbatda zamonaviy sug’orish texnalogiyasidan ya’ni tomchilatib sug’orishdan va tabiiy biopreparatlardan keng foydalanishimiz zarur. Chunki kimyoviy preparatlar yerga ko’p sepilgani bilan uning zararli tomonlari ham juda ko’p. Tajriba natijalarimiz shuni ko’rsattiki tabiiy biopreparatlarni qo’llab ham hosil miqdorini oshirish mumkin ekan. Bunda tabiiy biopreparatlar yer ustida ingichka plonkaga o’xshagan sirt hosil qiladi va tuproqdagi namlikni ushlab turishga ozgina miqdorda bo’lsa ham yordam beradi. Bizga ma’lumki g’o’zaga asosiy suv uning gullash va shonalash davrida kerak bo’ladi. Shu vaqtlarda tuproqdagi namlikni ushlab tura olsak va tabiiy biopreparatlarni vaqtida bera olsak hosil biz o’ylaganday hosil ola olamiz. Bu tajribalarni faqatgina g’o’zada emas balki boshqa turli hildagi o’simliklarda ham amalga oshirishimiz mumkin.


Download 23,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish