Tadqiqot obyekti: maktab o’quvchilari
Tadqiqot predmeti: bolalardagi qo`rquv va xavotirlanish emotsional xolatlari.
Kurs ishining amaliy ahamiyati:
Tadqiqot ishi materiallari ta’lim muassalalari talabalari uchun amaliy va mustaqil faoliyatda qo‘llashda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishi tuzilishi: Tadqiqot ishi quyidagi qismlardan iborat:
Kirish
I bob. Bolalarida qo`rquv va xavotirlanish xolatlarining psixologik alomatlari
Ii bob. Bolalarda qo`rquv va xavotirlanish xolatlarini tuzatishda qo’llaniladigan terapevtik usullarning samaradorligi
Xulosa va tavsiyalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
I BOB. BOLALARIDA QO`RQUV VA XAVOTIRLANISH XOLATLARINING PSIXOLOGIK ALOMATLARI
1.1-§. Qo`rquv va xavotirlanish emotsional sferaning ko`rinishi ekanligi
Kishi idrok etish, xayol surish va fikrlash jarayonlarida faqat voqelikni bilib qolmay, balki shu bilan birga hayotdagi u yoki bu narsalarga qanday bo`lmasin munosabat bildiradi. Unda ularga nisbatan u yoki bu tarzda xis-tuyg`u paydo bo`ladi. Bunday ichki shaxsiy munosabatning manbai faoliyat va munosabat jarayonlari bo`lib, u ana shunday jarayonlarda ro`y beradi, o`zgaradi, barqaror tus oladi yoki yo`qoladi (vatanparvarlik, nafratlanish, bar lahzalik, mamnunlik).
Xis-tuyg`ular – kishining o`z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg`ul bo`layotganiga nisbatan o`zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir.
Xis-tuyg`uni boshdan kechirishning turli shakllari – emotsiya, affekt, kayfiyat, turli hayajonlanish (stress holati) mavjud. Ehtiros, va nihoyat, tor ma`nodagi so`z bilan aytganda, xis-tuyg`ular – shaxsning emotsional sohasini tashkil etadiki, ular kishi xulq-atvorini tartibga solib turadi, bilishning jonli manba, odamlar o`rtasidagi murakkab va ko`pqirrali munosabatlarning ifodasi bo`lib hisoblanadi.
Xis-tuyg`ular ba`zan har qanday psixik jarayonning faqat yoqimli, yoqimsiz yoki aralash asorati tarzida boshdan kechiriladi. Bu o`rinda ular o`z xolicha anglanilavermaydi, aksincha, narsa va harakatlarning xususiyati tarzida anglaniladi va biz yoqimli kishi, yoqimsiz ta`m, kulgili ifoda, nafis mato, quvnoq sayr va hokazolar deb gapiramiz. Ko`pincha bunday hissiy tus oldingi kuchli kechinmalarning oqibati, o`tmish tajribaning aks-sadosi bo`lib chiqadi.
Ba`zan u narsaning kishini qanoatlantirishi yoki qanoatlantirmasligi, uning faoliyati muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz o`tayotganligi belgisi sifatida xizmat qiladi.
Xis-tuyg`ular shaxs ehtiyojlariga javob beradigan narsalarni aniqlab olishga yordam beradi va ularning qondirilishiga qaratilgan faoliyatga omil baxsh etadi.
Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xil shaklni kasb etadigan o`ziga xos kechinmalarni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |