4-mavzu: Inflyatsiya va aksinflyatsiya siyosati
Inflyatsiya nima?
–umumiy narxlar darajasi ko`tarilishi natijasida pulning qadrsizlanishi
Deflyatsiya nima?
–umumiy narxlar darajasining pasayishi
Narxlar o`sish sur`atlariga ko`ra inflyatsiya qanday turlarga bo`linadi? –mo`tadil inflyatsiya, yuguruvchi inflyatsiya va giperinflyatsiya
Kelib chiqish sabablariga ko`ra inflyatsiya qanday turlarga bo`linadi? –talab va taklif inflyatsiyasi
Talab inflyatsiyasi nima?
-ortiqcha talab orqali kelib chiqadigan inflyatsiya
5-mavzu: Yalpi talab va yalpi taklif modeli
AD-AS modeli nima?
-makroiqtisodiy muvozanatning asosiy modeli
Makroiqtisodiy muvozanat nima?
-narxlar darajasi va milliy ishlab chiqarishning real hajmi o‘rtasidagi muvozanat
Jami taklif nima?
-iqtisodiyotda har qanday mumkin bo‘lgan narxlar darajasida ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishga tayyor bo‘lgan milliy ishlab chiqarishning real hajmidir
Yalpi taklif egri chizigʻining qaysi kesmasi iqtisodiyotni nisbatan qisqa muddatda amal qilishini xarakterlaydi.
-Keyns
Yalpi talab formulasi qanday?
-AD=S+I+G+Hn
6-mavzu: Iste`mol, jamg`arish va investitsiya funksiyalari
Makroiqtisodiy tahlil jarayonida iste’mol va jamg’arish funktsiyalarini yanada to’laroq bilish uchun …
- iste’mol va jamg’arishga o’rtacha moyillik va chegaralangan moyillik tushunchalarini mohiyatini anglab olishimiz lozim.
APC nima?
-(average propensity to consume) iste’molga o’rtacha moyillik
APS nima?
-APS (average propensity to saving) – jamg’armaga o’rtacha moyillik
MPC nima?
-(marginal propensity to consume) – iste’molga cheklangan moyillik
MPS nima?
-(marginal propensity to saving) – jamg’arishga cheklangan moyillik
7-mavzu: Pul-kredit siyosati
Pul nima?
–maxsus xususiyatga ega bo’lgan tovar hisoblanib, ayirboshlashning rivojlanishi natijasida paydo bo’lgan
Nima uchun pul ideal vosita hisoblanadi?
-likvidlilik xususiyatiga ega bo’lganligi uchun
Tovar ayirboshlashni, ya’ni oldi – sotdi jarayonini engillashtirish, tezlashtirish va ixchamlashtirishga xizmat qiluvchi kredit pullar nima deb ataladi?
-veksellar, banknotlar, cheklar, sertifikatlar va hakozolar
Bank nima?
-tijorat tashkiloti bo’lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadi nima?
-milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash
8-mavzu: Byudjet-soliq siyosati
Davlat byudjeti bu…
-davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbaalarining yillik rejasi
Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi nima orqali o`tadi?
-davlat byudjeti
Yalpi ichki mahsulotni davlat byudjeti orqali taqsimlash bir vaqtning o’zida, o’zaro bog’langan va ma’lum darajada mustaqil bo’lgan nechta bosqichga ega?