56
II bob. XALQARO BIZNES YURITISHNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
2.1. Xo‘jalik faoliyatini baynalmilallashtirishni motivatsiyalash
Xorijiy faoliyatning yuqori tavakkalchiligi firma oldida ochilayotgan
xorijda harakatlanishning keng imkoniyatlari bilan qoplanadi. XX asr
boshidayoq “ishlab chiqarish xarajatlari pastroq bo‘lgan joyda ishlab
chiqarish” qoidasiga asoslangan ishlab chiqarishning mutlaq va nisbiy
xarajatlari asosiy tamoyillariga Amerika avtomobilsozligi asoschisi Genri
Ford sotish bozori haqidagi “qayerda sotsam, shu yerda ishlab
chiqaraman” degan o‘z fikrini qo‘shdi. Bu bilan u qabul qiluvchi
mamlakatlarda xorijda ishlab chiqarilgan qismlar va detallardan yig‘ma
ishlab chiqarishga ega xalqaro ishlab chiqarish majmualari tashkil
qilinishiga asos soldi. Hozirgi sharoitlarda xorijiy tadbirkorlikni
rag‘batlantiruvchi omillarga quyidagilar kiradi:
– ichki milliy bozordagi faoliyatga nisbatan yuqori foyda olish;
– nisbatan yirik va qudratli firmaning ta’siri (masalan, uning
subyetkazib beruvchisi sifatida faoliyat yuritish). Bunga misol sifatida
AQShda Yapon kompaniyalarining avtomobil korxonalari qurilishini
keltirish mumkin. Bunda asosiy Yapon avtomobil kompaniyalari ketidan
ularning kichikroq firmalari – subyetkazib beruvchilari avtomobillarga
butlovchi detallarni ishlab chiqaruvchi korxonalar AQShda o‘rnasha
boshladi;
– hukumat va xalqaro tashkilotlarning tashabbusi. Rivojlangan
davlatlar hukumati yoki xalqaro moliyaviy tashkilotlar – Xalqaro
rekonstruksiya va taraqqiyot banki (XRTB), Xalqaro valyuta fondi (XVF),
Xalqaro
taraqqiyot
assotsiatsiyasi
(XTA)
va
boshqalarning
rivojlanayotgan
davlatlarga
kreditlari,
ko‘pincha,
rivojlangan
mamlakatlarning xususiy sarmoyadorlariga qabul qiluvchi davlatlarda
bevosita xorijiy investitsiyalar asosida korxonalarni qurish imkoniyatini
beradi;
– kompaniyalarning faoliyatini xorijga ko‘chirishga majbur qiluvchi
milliy bozordagi noqulay sharoitlar. Bunga davlatning tartibga solishi
bilan bog‘liq xarajatlar (masalan, federal va mintaqaviy soliqlar, atrof-
muhit muhofazasi bo‘yicha milliy me’yorlarga muvofiqlikka erishish
uchun tabiatni himoya qilishga sarflar) misol bo‘lishi mumkin. Tabiiy
resurslarning kamayishi yoki ularni qazib olish sharoitlarining
yomonlashuvi oqibatida ishlab chiqarish
xarajatlarining
o‘sishi,
57
shuningdek, milliy bozorda keskinlashayotgan raqobat, ichki bozorning
bir turdagi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish sharoitlarini
qiyinlashtiradi. Sig‘imli o‘sib borayotgan bozor mavjud bo‘lgan
mamlakatda tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil qilishga intilish
harakatchan kompaniyalar strategiyasining “mahalliy bozor uchun
mahalliy ishlab chiqarishni tashkil qilish” prinsipiga asoslanadi;
– qabul qiluvchi mamlakatda bozor sig‘imi, tabiiy resurslar va
malakali arzon ishchi kuchi hamda “inson kapitali” (yuqori malakali
mutaxassislar, muhandislar va olimlar)ning mavjudligi;
– eksport uchun proteksionistik to‘siqlar. Ular qabul qiluvchi
mamlakatga tayyor mahsulotlar olib kelishdan ko‘ra u yerda tovarlar va
xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish afzalroq bo‘luvchi sharoitlarni
yaratadi;
–qabul qiluvchi mamlakatda qimmatli axborotlarning mavjudligi;
– qaltisliklarning diversifikatsiyasi (masalan, bozorga yangi mahsulot
bilan chiqishda). Bunday holda qaltisliklarni xorijiy sherik bilan bo‘lib
olish maqsadga muvofiq;
– xorijda yangi texnologiya, xorijiy kapital va ishlab chiqarish hamda
sotishni tashkil qilish tajribasini egallash;
– tez o‘zgaruvchan bozor kon’yunkturasi keltirib chiqargan uzoq
muddatli talab va ko‘psonli qaltisliklarning noaniqligi sababli tovarlarni
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni diversifikatsiya qilish;
– tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga chiqish yo‘li bilan
raqobatbardoshlik darajasini saqlab qolish;
– qabul qiluvchi mamlakatda moliyaviy imkoniyatlardan (bankning
past foizi, mahalliy, xorij va xalqaro tashkilotlarning fondlari va
kreditlaridan) foydalanish;
– jahon bozorida kuchayib borayotgan raqobat sharoitlarida eksport
tovarlarining raqobatbardoshligini oshirishga imkon beruvchi xorijda
imtiyozli soliqqa tortish.
Xorijiy
tadbirkorlikni
rivojlantirishga
undovchi
sabablarning
yoritilishi
shuni
ko‘rsatadaki,
dinamik kompaniyalarning ishlab
chiqarishni xorijga o‘tkazishi faqat yakuniy foydani maksimallashtirish
maqsadida amalga oshirilmay, balki ishlab chiqarish kuchlarini
takomillashtirish
va
zamonaviylashtirish
zaruriyati
bilan
ham
tushuntiriladi
.
Bugungi kunda, qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy firmalarning
faoliyat yuritish sharoitiga moslashuviga
jahon moliyaviy inqirozining
ta’siri va oqibatlarini tahlil etadigan bo‘lsak, albatta xalqaro firmalar
58
faoliyatini bir oz susayganligini ko‘rish mumkin. Lekin “shu o‘rinda
O‘zbekistonda
moliyaviy-iqtisodiy,
budjet,
bank-kredit
tizimi,
shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining
barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada
mustahkam zaxiralar yaratilganini va zarur resurslar bazasi mavjud
ekanini ta’kidlash joiz”
3
.
Do'stlaringiz bilan baham: |