1. Mehnat bozorining xilma-xilligi.
Har bir mamlakatda ishchi kuchi
tarkibi va unga qilinadigan xarajatlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib,
transmilliy kompaniyalar turli mamlakatlar ishchi kuchi bozoriga bemalol
kira olishlari tufayli bundan foyda ko‘rishlari mumkin. Masalan,
AQShning “General motors” korporatsiyasining Meksikada joylashgan
yordamchi korxonasida , asosan, past malakali ishchilar ishlaydi, “IBM”
korporatsiyasining Shveysariyadagi ilmiy-tadqiqot bo‘limida aksincha,
yuqori malakali fizik mutaxassislar ishlaydi. Kompaniyalar xorijiy resurs
va bozorlarga kirganlarida, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan ayni bir
turdagi mahsulot mehnat bozorlaridagi mavjud tafovutlar ta’sirida
turlicha bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |