Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

Bozordagi nisbiy ulush 
 
Sotuvlarning
o‘sish darajasi 
 
“Yulduzlar” 
“?” 
“Yovvoyi 
мushuklar” 
 
“Yulduzlar” 
 
“Itlar” 


21 
bo‘lib, uning mohiyati foydaning 20 foizini beruvchi ushbu tovarlar yoki 
xizmatlar xalqaro menejerlarning 80 foiz vaqtini oladi. Bu tovarlar yoki 
xizmatlarning ishlab chiqarilishini saqlab turish katta investitsiyalar bilan 
bog‘liq bo‘lib, kompaniya ulardan faqat zarar ko‘radi. Jahon bozoriga 
yangi tovar yoki xizmat bilan chiqish “Boston matritsasi” sxemasi 
bo‘yicha “savol belgisidan” boshlanadi, chunki tez rivojlanayotgan 
bozorlar uchun tovarlar yoki xizmatlarning assortimentini to‘g‘ri tanlash 
taqozo etiladi. 
Qulay bozor kon’yunkturasida tovarlar yoki xizmatlar asosiy 
iste’molchilarning talablariga javob bergan vaqtdagina raqobatbardosh 
bo‘ladi, ularning sotuvlar hajmi o‘sadi, bozordagi ulushi asosiy raqibga 
qaraganda yuqori va ular “yulduzlar” kvadratiga o‘tadi. 
Ushbu turdagi tovarlar yoki xizmatlarga talab yetuklik bosqichiga 
yetganda, sotish hajmining o‘sish sur’atlari qisqaradi, bu tovarlar yoki 
xizmatlar “sog‘in sigirlar” kvadratiga o‘tadi, kompaniyaga katta foyda 
keltiradi. Xaridorlar jahon bozorida yangi, yanada jozibaliroq tovarlarni 
uchratganda, avvalgi tovarlar yoki xizmatlar “sog‘in sigirlar” kvadratidan 
“itlar” kvadratiga o‘tadi va xalqaro kompaniyaning sotish tizimidan olib 
tashlanadi. 
Boston matritsasining tuzilishi global menejerga joriy vaziyatni va 
qabul qiluvchi mamlakatdagi xorijiy filial ishlab chiqarayotgan tovarlar 
yoki xizmatlarni jahon bozorida sotish istiqbollarini aniq ko‘rish va 
baholash imkoniyatini beradi. 
Matritsa 
menejerga 
jahon 
bozorida 
sotish 
jarayonida 
raqobatbardoshligini ko‘tarish uchun zarur bo‘lgan birinchi navbatdagi 
tovarlar yoki xizmatlarni tanlashga ko‘maklashadi. Bundan tashqari, 
xalqaro menejer “Boston matritsasi” asosida TMK tizimi firmalarining 
kuch-quvvatlarini 
jahon 
bozorida 
tovarlar 
yoki 
xizmatlarning 
raqobatbardoshligini oshirishga va xalqaro kompaniyaning moliyaviy 
resurslarini uning xorijiy filiallari o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlashga 
yo‘naltirish vazifasini hal qilishi mumkin. 
Qator hollarda xalqaro menejerlar jahon bozorida raqobatchilarning 
firmalari bilan bellashmaslikka, buning o‘rniga birdamlikni namoyon 
qilish va raqobatchilar bilan bozorni bo‘lib olish haqida kelishishni yoki 
boshqa raqiblar bilan raqobat kurashida kuch-quvvatlarini birlashtirishni 
lozim topadi. Ular bu bilan innovatsion faoliyatni rag‘batlantiruvchi va 
iqtisodiyotni hamda pirovard natijada aholi farovonligining o‘sishini 
ta’minlovchi raqobat mexanizmining harakatini chegaralaydi. Davlatning 
ma’muriy organlari raqobatning bunday cheklanishiga qarshi tegishli 


22 
iqtisodiy siyosat bilan kurashadiki, bu siyosatning xususiyatlarini xalqaro 
menejer hisobga olishi lozim bo‘ladi. Masalan, Germaniyada raqobatning 
cheklanishiga qarshi qonun davlatning ichki va tashqi tadbirkorlikni 
tartibga solishning to‘rtta asosiy sohasini ko‘zda tutadi: 
– kelishuvlarni, kelishilgan xulq-atvorni, raqobatni cheklashga 
qaratilgan bir tomonlama tadbirlarni taqiqlash; 
– bozorda hukmronlik qiluvchi korxonalarning ehtimoliy
suiste’mollarini nazorat qilish; 
– korxonalar birlashishini nazorat qilish; 
– alohida qoidalarning harakat sohalari. 
Xalqaro menejerning xorijiy faoliyati muvaffaqiyatining asosiy 
omillaridan biri qabul qiluvchi mamlakat qonunlarini bilish va ularga 
rioya etish hisoblanadi. XX asrning oxirgi o‘n yilliklarida ko‘pchilik 
davlatlarning 
milliy 
qonunchiligida 
va 
xalqaro 
tashkilotlarning 
konvensiyalarida raqobatga munosabat nuqtayi nazaridan cheklovchi 
ishga doir amaliyot shakllari yetkazib beruvchilar va xaridorlar o‘rtasida 
bozorlarni 
taqsimlash, 
baholarni 
o‘rnatish, 
eksporterlarning 
diskriminatsion (kamsituvchi) baholar va tijorat shartlaridan foydalanishi, 
savdo sherigining ishlab chiqarishga va raqobatlashayotgan tovarlarni 
sotishga nisbatan cheklovlarning qabul qilinishiga asoslangan tovar 
yetkazib berish, “yuklama” bilan yetkazib berish va boshqalar qoralanadi. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish