O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
“ KI ” FAKULTETI
2 – BOSQICH ATS-11-20 GURUH TALABASINING
Elektronika va sxemalar 2
FANIDAN TAYYORLAGAN
2-Amaliy mashg’ulot
Bajardi Eshtemirov Lazizbek
Qabul qildi Abduvaliyev Asror
QARSHI-2022
Mavzu:Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli mantiqiy asoslari - Hozirgi paytda amaliyotda mantiqiy sxemalarni qurishda alohida-alohida ventillarni birlashtirgan modullardan iborat standart «qurilish» bloklaridan foydalaniladi. Ushbu qismda biz ana shunday standart bloklarni, ularni alohida-alohida ventillar yordamida qanday hosil qilishni va qanday qo‘llanilishini ko‘rib chiqamiz. Bunday qurilish bloklarining, ya’ni asosiy raqamli mantiqiy sxemalarning - kombinator va arifmetik sxemalar deb nomlanadigan xillari mavjud.
- 1.Kombinator sxemalar yoki kombinatsion sxemalar:
- multipleksorlar; - dekoderlar; - komparatorlar; - dasturlanadigan mantiqiy matritsalar. - 2.Arifmetik sxemalar:
- siljitish sxemalari - jamlagichlar; - arifmetik-mantiqiy qurilmalar. Asosiy mantiqiy sxemalar – integral sxemalar yoki mikrosxemalar degan umumiy nom bilan ham ataladilar. Integral sxema o‘lchamlari tahminan 5x5 mm (2x2 mm) ega kvadrat shaklidagi kremniy bo‘lagidan iborat bo‘ladi. Bunday bo‘laklarga kamida 1 tadan 10 tagacha ventillar joylashtirilishi mumkin bo‘ladi va ular kichik integral sxemalar deb ataladi. Kichik integral sxemalar odatda kengligi 5-15 mm, uzunligi esa 20- 50 mm ga teng bo‘lgan to‘g‘ri burchakli plastik yoki keramik korpuslarga joylashtirilgan bo‘ladi. Bunday mikrosxemalarning uzun tomonlarida, orasidagi masofa 2 mm (1 mm) ga yaqin qilib ishlangan chiqish oyoqchalariga ega bo‘ladi. Ushbu oyoqchalar yordamida integral sxema raz’yomga yoki bosma plataga o‘rnatiladi. Har bir chiqish oyoqchalari qaysidir ventilning kirishi yoki chiqishiga, ta’minot manbaiga yoki «erga» ulangan bo‘ladi. Tashqi qismida ikki qatorli chiqish oyoqchalariga ega bo‘lgan integral sxemalar rasmiy tarzda chiqishlari ikki qator qilib joylashtirilgan korpus (Dual Inline Package, DIP) yoki mikrosxema deb ataladi. Ko‘pincha korpuslar 14, 16, 18, 22, 24, 28, 40, 64 yoki 68 ta chiqishlarga ega bo‘ladi. Katta mikrosxemalar uchun esa chiqishlari to‘rttala tomonida yoki tagida joylashgan korpuslardan foydalaniladi (1.24-rasm). - Asosiy mantiqiy sxemalar – integral sxemalar yoki mikrosxemalar degan umumiy nom bilan ham ataladilar. Integral sxema o‘lchamlari tahminan 5x5 mm (2x2 mm) ega kvadrat shaklidagi kremniy bo‘lagidan iborat bo‘ladi. Bunday bo‘laklarga kamida 1 tadan 10 tagacha ventillar joylashtirilishi mumkin bo‘ladi va ular kichik integral sxemalar deb ataladi. Kichik integral sxemalar odatda kengligi 5-15 mm, uzunligi esa 20- 50 mm ga teng bo‘lgan to‘g‘ri burchakli plastik yoki keramik korpuslarga joylashtirilgan bo‘ladi. Bunday mikrosxemalarning uzun tomonlarida, orasidagi masofa 2 mm (1 mm) ga yaqin qilib ishlangan chiqish oyoqchalariga ega bo‘ladi. Ushbu oyoqchalar yordamida integral sxema raz’yomga yoki bosma plataga o‘rnatiladi. Har bir chiqish oyoqchalari qaysidir ventilning kirishi yoki chiqishiga, ta’minot manbaiga yoki «erga» ulangan bo‘ladi. Tashqi qismida ikki qatorli chiqish oyoqchalariga ega bo‘lgan integral sxemalar rasmiy tarzda chiqishlari ikki qator qilib joylashtirilgan korpus (Dual Inline Package, DIP) yoki mikrosxema deb ataladi. Ko‘pincha korpuslar 14, 16, 18, 22, 24, 28, 40, 64 yoki 68 ta chiqishlarga ega bo‘ladi. Katta mikrosxemalar uchun esa chiqishlari to‘rttala tomonida yoki tagida joylashgan korpuslardan foydalaniladi (1.24-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |