5.Tayanch axborotlarni boshqarish vositalari.Ushbu tizimda tayanch
axborotlar sifatida kompyuter tizimi va tarmog‗ida qo‗llaniladigan barcha
kriptografik kalitlar tushuniladi. Bu xolda kalitlarni generatsiyalash, saqlash va
taqsimlash kabi boshqaruv funktsiyalarini ajratishadi.
Kriptografiya nuqtai-nazaridan shifr – bu kalit demakdir va ochiq
ma‘lumotlar to‗plamini yopiq (shifrlangan) ma‘lumotlarga o‗zgartirish
kriptografiya o‗zgartirishlar algoritmlari majmuasi hisoblanadi.
Kalit – kriptografiya o‗zgartirishlar algoritmining ba‘zi-bir parametrlarining
maxfiy holati bo‗lib, barcha algoritmlardan yagona variantini tanlaydi. Kalitlarga
nisbatan ishlatiladigan asosiy ko‗rsatkich bo‗lib kriptomustahkamlik hisoblanadi.
Kriptografiya himoyasida shifrlarga nisbatan quyidagi talablar qo‗yiladi:
• yetarli darajada kriptomustahkamlik;
• shifrlash va qaytarish jarayonining oddiyligi;
• axborotlarni shifrlash oqibatida ular hajmining ortib ketmasligi;
• shifrlashdagi kichik xatolarga ta‘sirchan bo‗lmasligi.
Hozirgi vaqtda kompyuter tarmoqlarida tijorat axborotlari bilan almashishda
uchta asosiy algoritmlar, ya‘ni DES, CLIPPER va PGP algoritmlari
qo‗llanilmoqda. DES va CLIPPER algoritmlari integral sxemalarda amalga
oshiriladi. DES algoritmining kriptomustahkamligini quyidagi misol orqali ham
baholash mumkin: 10 mln. AKSh dollari xarajat qilinganda DES shifrlash ochish
uchun 21 minut, 100 mln, AQSh dollari xarajat qilinganda esa 2 minut sarflanadi.
CLIPPER tizimi SKIPJACK shifrlash algoritmini o‗z ichiga oladi va bu algoritm
DES algoritmidan 16 mln. marta kuchliroqdir.
PGP algoritmi esa 1991-yilda Filipp Simmerman (AKSh) tomonidan yozilgan
va elektron pochta orqali kuzatiladigan xabarlarni shifrlash uchun ishlatiladigan
PGP dasturlar paketi yordamida amalga oshiriladi, RGP dasturiy vositalari Internet
tarmog‗ida elektron pochta orqali axborot jo‗natuvchi foydalanuvchilar tomonidan
shifrlash maqsadida keng foydalanilmoqda.
PGP (Pretty Good Privacy) kriptografiya dasturining algoritmi kalitli, ochiq
va yopiq bo‗ladi.
Ochiqkalit bevosita Web-sahifalarda yoki elektron pochta orqali ochiqchasiga
yuborilishi mumkin. Ochiq kalitdan foydalangan jo‗natilgan shifrli axborotni
axborot yuborilgan manzil egasidan boshka shaxs o‗qiy olmaydi. PGP orqali
shifrlangan axborotlarni ochish uchun, superkompyuterlar ishlatilganda bir asr ham
kamlik qilishi mumkin.
Bulardan tashqari, axborotlarni tasvirlarda va tovushlarda yashirish dasturlari
ham mavjud. Masalan, S-toots dasturi axborotlarni BMP, GIF, WAV kengaytmali
fayllarda saqlash uchun qo‗llaniladi.
Kundalik jarayonda foydalanuvchilar ofis dasturlari va arxivatorlarni qo‗llab
kelishadi. Arxivatorlar, masalan, PkZip dasturida ma‘lumotlarni parol yordamida
shifrlash mumkin. Ushbu fayllarni ochganda ikkita, ya‘ni lug‗atli va
to‗g‗ridanto‗g‗ri usuldan foydalanishadi. Lug‗atli usulda bevosita maxsus fayldan
so‗zlar parol o‗rniga qo‗yib tekshiriladi, to‗g‗ridan-to‗g‗ri usulda esa bevosita
belgilar kombinatsiyasi tuzilib, parol o‗rniga qo‗yibtekshiriladi.
Ofis dasturlari (Word, Excel, Access) orqali himoyalash umuman taklif
etilmaydi. Bu borada mavjud dasturlap Internet da to‗siqsiz tarqatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |