Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi oqoltin gidromelioratsiya va xizmat ko



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
Sana18.04.2020
Hajmi1,93 Mb.
#45663
Bog'liq
Aliyev Sh-QR kod uslubiy-конвертирован


© Sh.R.Aliyev  

 

- 0 - 



 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY  

VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

 

SIRDARYO VILOYAT KASBIY TA’LIMNI  

RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH 

HUDUDIY BOSHQARMASI 

 

 

OQOLTIN GIDROMELIORATSIYA VA XIZMAT KO’RSATISH 

KASB-HUNAR KOLLEJI 

 

 

“QR kodni – professional ta’lim tizimida 

qo’llash va o’quv adabiyotlarni 

raqamlashtirishning kreativ echimlari” 

 

 

 

 

Dasturlash fani o’qituvchisi:    Sh.Aliyev 

 

 

 

Sardoba sh. 2020 yil 

Mobil  apparat  qurilmasidan 



internet  danniyni  yoqing  va 

QR&Shtrix 

kod 

skaner 

ilovasini ishga tushiring hamda  

uslubiy  qo’llanma  ustidagi  QR 

kodga  tuting,  shunda  mobil 

apparatingizga 

uslubiy 

qo’llanma  va  taqdimotining  



elektron shakli yuklanadi 

© Sh.R.Aliyev  

 

- 1 - 



Uslubiy  qo’llanma  professional  ta’lim  muassasalari  axborot  –kutubxona 

mutaxassislari,  maxsus  fan  oqituvchilari  hamda  o’quvchilari  uchun  mo’ljallangan 

bo’lib,  unda  QR  kodni  –  professional  ta’lim  tizimida  qo’llash  va  o’quv  adabiyotlarni 

raqamlashtirishning kreativ echimlari haqida yoritilgan. 

Uslubiy  qo’llanma  Oqoltin  gidromelioratsiya  va  xizmat  ko’rsatish  kasb-hunar 

kolleji  pedagogik  kengashida  hamda  Sirdaryo  viloyat  kasbiy  ta’limni  rivojlantirish  va 

muvofiqlashtirish  hududiy  boshqarmasi  uslubiy  kengashi  qarorlariga  asoslanib 

professional ta’lim muassasalari ta’lim jarayonida ommalashtirish uchun tavsiya qilindi. 

(“___” __________2020 y. №___ sonli bayonnoma) 

(“___” __________2020 y. №___ sonli bayonnoma) 

 

 

 



 

 

Taqrizchilar:                



 

Tinchlikov Sulton, Guliston Davlat universiteti,  

Axborot 

texnologiyalar 

kafedrasi 

katta 


o’qituvchisi 

 

 



Larisa Egay, Sirdaryo viloyat Axborot kutubxona 

markazi o’quv metodik bo’limi mudiri 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


© Sh.R.Aliyev  

 

- 2 - 



Dunyoqarashni nima o‘zgartiradi – ilm, daromad, manfaat

Sh.Mirziyoyev 

So’z boshi 

Prezidentimiz  Sh.Mirziyoyev  2020  yil  24  yanvar  kuni  Oliy  majlisga  qilgan 

murojaatnomasida  2020  yil —  Ilm-ma’rifat  va raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish 

yili  deb  e’lon  qildi.  Ushbu  yilda   Nukus,  Buxoro,  Samarqand,  Guliston 

va Urganch shaharlarida  IT-parklar  tashkil  etiladi. «Elektron  hukumat» tizimining 

barcha tashkiliy va institutsional masalalari hal etiladi. Shuningdek, qurilish, energetika, 

qishloq  va suv  xo‘jaligi,  transport,  geologiya,  kadastr,  sog‘liqni  saqlash,  ta’lim  arxiv 

sohalarini  to‘liq  raqamlashtirish  ishlari  boshlanadi. Yaqin  ikki  yilda  barcha  qishloq 



va mahallalar  tezkor  internet  bilan  ta’minlanadi.  Ikki  oy muddat  ichida «Raqamli 

O‘zbekiston-2030» dasturi ishlab chiqilishi kerak.   Ishlarni tizimli tashkil etish uchun 

hukumatda  bosh  vazir  o‘rinbosari,  vazirlik  va idoralarda  hamda  hokimliklarda  esa 

alohida o‘rinbosar lavozimlari joriy etiladi. 

Ushbu  uslubiy  qo’llanma  Prezidentimizning  2019  yil  26  fevral  kuni  Sirdaryo 

viloyatida  tug’ilgan  5  ta  muhim  tashabbusning  aynan  uchinchi  “Aholi  va  yoshlar 

o’rtasida  kompyuter    texnologiyalari  va    internetdan  samarali  foydalanishni 

tashkil  etish”  va  to’rtinchi    “Yoshlar  ma’naviyatini  yuksaltirish,  ular  orasida 

kitobxonlikni  keng  targ’ib  qilish

  yuzasidan  talab  va  takliflariga  mos  ravishda 

tayyorlanib professional ta’limda qo’llash uchun tavsiya etildi. 

Oqoltin  gidromelioratsiya  va  xizmat  ko’rsatish  kasb-hunar  kolleji  viloyatdagi 

boshqa  ta’lim  muassasalaridan  axborot  kommunikasiya  texnologiyalari  bilan  yuqori 

darajada  ta’minlanganligi  bilan  ajralib  turadi.  Jumladan  hozirgi  kunda  kollejda  2  ta 

kompyuter  sinfida  33  ta  ,  axborot  –  kutubxonasida  9  ta,  ma’muriyat  xonalarida  10  ta 

zamonaviy  kompyuterlar,  maxsus  fan  xonalarida  so’ngi  rusumdagi  4  ta,  yo’l  harakati 

qoidalari xonasida 1 ta,  axborot – kutubxonada 1 ta proektor mavjud. Bundan tashqari 

“Avtomobil tuzilishi” xonasida avtomobilni boshqarish trenajyori o’quvchilarning kasb 

egallashlari  uchun  xizmat  qilmoqda.  Bundan  tashqari  skaner, faks, nusxa  ko’chiruvchi 

kabi  axborot  kommunikasion  texnologiyalardan  ham  foydalanib  kelmoqda.  Kollejning 

internet tizimidan samarali foydalanishi viloyatda reytingi judayam  yuqori.  


© Sh.R.Aliyev  

 

- 3 - 



Uztelecom  provayderi  orqali  4  ta  telefon  liniyasi  orqali  internetdan 

foydalanilmoqda.  Bundan  tashqari  2020  yilda  optik  tolali  yuqori  tezlikdagi  internetni 

kollejda  joriy qilish  ishlari  boshlab yuborilgan.  Axborot  –  kutubxonada  Wi-Fi  internet 

tizimidan o’quvchilar va o’qituvchi – xodimlar Tas-ix sahifalari orqali o’zlariga ta’luqli 

elektron resurslardan foydalanib kelmoqda.  

Prezidentimizning  2019 yil  6  sentabrdagi  “Professional ta’lim  tizimini  yanada 



takomillashtirishga  doir  qo’shimcha  chora  -tadbirlar“  to’g’risidagi  PF-  5812 

farmoniga  asosan  kasb-hunar  ta’limidan  professional  ta’limga  o’tayotgan  bir  vaqtda 

kollejda  kelajak  axborot  –  kutubxonasi,  innovatsiya  xonasi,  tikuvchilik  kasbi  bo’yicha 

maxsus fan xonasi, kelajak o’qituvchilar xonasi yaratildi.  

Endi  ta’limda  an’anaviy  usullar  va  texnologiyalar  emas  balki  yangi  ko’rinish, 

yangi loyiha, yangi ta’lim metodlari hamda yangi bilimlar qo’llanilishi zarur.  

Shunday loyihalardan biri QR kodni Axborot –kutubxonada hamda professional 

ta’limda  qo’llash  va  o’quv  adabiyotlarni  raqamlashtirishni  ilgari  surushni  maqsad 

qildim. Bu judayam samarali usul bo’lib foydalanuvchi o’z mobil ilovasidan shtrix-kod 



skaner  ilovasini  yuklayi,  internetni  yoqib  yoki  Wi-Fi  orqali  internetga  ulanib  o’quv 

adabiyotning  maxsus  yaratilgan  QR  kodiga  tutadi,  shunda  o’quv  adabiyoti  avtomatik 

tarzda foydalanuvchi mobiliga yuklanadi.  

Ushbu  uslubiy  qo’llanmada  o’qituvchi  yoki  axborot  -kutubxona  mutaxassisi 

foydalanuvchilarga  taqdim  etayotgan  adabiyotni  QR  kodini  yaratish  tartibini  yoritib 

o’tilgan.  Bu  jarayon  professional  ta’lim  tizimiga  o’tish  davrida  etishmayotgan 

adabiyotlarni  o’quvchiga  (foydalanuvchiga)  etkazishda,  ta’lim  sifatini  oshirishda 

ko’maklashadi.  

XXI asr –axborot texnologiyalari asrida har bir pedagog yo’ki axborot-kutubxona 

mutaxassisi 

adabiyotlarni 

raqamlashtirishni, 

axborot 

kommunikatsion 

texnologiyalardan, internet tizimidan samarali foydalanishni bilishi kerak bo’ladi.    

Professional  ta’lim  tizimiga  o’tish  davrida,  uning  kelajagi  ravnaqi  uchun   

o’zimning  g’oyam,  aqliy  salohiyatim,  mehnatim  bilan  o’quvchilarning  professional 

ta’lim  olishiga  ko’maklashib,  maqsadga  erishsak  o’zimizni  judayam  baxtiyor  his 

qilamiz. 


© Sh.R.Aliyev  

 

- 4 - 



Kirish  

Mamlakatimiz  aholisi  an'anaviy  shtrix  kodini  yaxshi  biladi,  bu  odatda  turli 

tovarlarni  qadoqlashda  qo'llaniladi,  bu  mahsulot  haqidagi  ma'lumot,  mamlakat,  tovar 

ishlab chiqaruvchisi va boshqalar shifrlangan. 

Aslida QR  kodi   an'anaviy  analog  hisoblanadi lineer  shtrix  (shtrix  kod)  kodi

lekin juda katta imkoniyatlarga ega. Turli ma'lumotlar ham bu erda shifrlangan. QR-kod 

rasmida deyarli barcha ma'lumotlarni kodlash mumkin, masalan: matn, telefon raqami, 

veb-saytga havola (alohida veb-sahifa) yoki tashrifnoma. 

QR  kodi  1994  yilda  Denso-Wave  yapon  kompaniyasi  tomonidan  ishlab 

chiqilgan  va  taqdim  etilgan.  Shtrixli  kodlarning  Yaponiyada  juda  mashhurligi,  ularda 

shifrlangan  ma'lumotlarning  tez  orada  ushbu  sohaga  mos  kelmay  qolishiga  olib  keldi. 

Yaponlar  grafik  rasmda  oz  miqdordagi  ma'lumotlarni  kodlashning  yangi  zamonaviy 

usullari bilan tajriba o'tkazishni boshladilar.    

Yupqa nur bilan skaner qilingan eski shtrix-koddan farqli o'laroq, QR kodi sensor 

yoki  kamera  tomonidan  ikki  o'lchovli  tasvir  sifatida  aniqlanadi.  Tasvirning 

burchaklaridagi  uchta  kvadrat  va  kod  ichidagi  kichik  sinxronlashtiruvchi  kvadratlar 

tasvir  o'lchamini  va  uning  yo'nalishini,  shuningdek  sensorning  tasvir  yuzasiga 

joylashgan  burchagini  normallashtirishga  imkon  beradi.  Ballar  chexum  chexlari 

yordamida ikkilik raqamlarga aylantiriladi. 

QR kodini asosiy afzalligi uni skanerlash uskunasi yordamida oson tanib olishdir, 

bu esa uni savdo, ishlab chiqarish va logistika sohasida ishlatishga imkon beradi.  

"Kvadratchalar"  dan  foydalanishning  ikkinchi  misoli  -  URL-manzillarni 

shifrlashdir.  Tasavvur  qiling-a,  ko'chada  yurib,  filmni  tarqatish  yangiliklarini  aytib 

beraylik. Afishaning pastki qismida bu juda QR kodi - rasmiy saytga borish va batafsil 

ma'lumot  olish  uchun  taklif.  Shunday  qilib,  siz  ushbu  havolani  qo'lda  haydashingizga 

hojat  yo'q,  faqat  telefoningiz  kamerasi  bilan  suratga  olishingiz  kerak,  qolgan  ish  esa 

maxsus dasturga aylanadi. 

Ushbu  qo’llanmada  QR  kodning  imkoniyatlari,  ishlash  tezligi,  o’quv 

adabiyotlarning raqamlangan shaklini kodlash va yuklash hadida tushunchalar beriladi. 

 


© Sh.R.Aliyev  

 

- 5 - 



1.  QR –kodi (quick response) nima va nima uchun kerak? 

 

QR-kodi (quick response) nima? 

Bugungi kunda QR kodlari ko’pchilik uchun allaqachon oddiy narsaga aylangan, 

lekin ko’pchilik aslida u haqida tushunchaga ega emas, lekin kunda oq fonda sirli qora 

kvadratchalar  bilan  tasvirlar  reklama  afishasi  yoki  plakatining  burchagida,  paketlarda, 

jurnal  sahifalarida  va  hatto  biznes  kartalarida,  tovarlar  etiketkalarida,  kommunal 

to’lovlar  kvitansiyalarida  yoki  saytlar  sahifalarida  ham  ko’radilar.  Xo’sh,  bu  belgi 

nimava u nima uchun kerak? Mana shu QRk oddir. QR kod mazmun mohiyatiga asosan 

ingliz    tilidan  olingan  bo’lib  “Quick  Response”  so’zlarining  qisqartirmasidir.  Uning 

mazmuni “tezkor javob” ma’nosini beradi.  

 

QR kod nima uchun kerak? 

QR kodini  ishlatishni  bilmagan  har  bir  kishi  bu  savolni  berishi  tabiiydir.  QR 

kod juda  ko’p  ma’lumotni  yetkazishda yoki  undan  foydalanish uchun ayniqsa 

qulay hisoblanadi. 

QRkod 1994-yilda  Yaponiyaning  “Denso Vave”  kompaniyasi  tomonidan ishlab 

chiqilgan  ikki  o’lchovli  shtrix  kodi  (matris  kodi).  2953  baytlik  ma’lumotni  bitta 

kichkina kvadratga, ya’ni 7089 ta raqam yoki 4296 ta harf (A4 formatidagi 1-2 sahifa), 

1817 iyeroglif joylashtirish imkonini beradi. 

Bu  kodning  bosh afzalligi shundaki,  u  skanerlovchi  uskuna  (mobil  telefon, 

fotoapparat  yoki  qo’l  skaneri)  yordamida  oson va tez  o’qish hamda kodlash  imkonini 

beradi: 


 

QR  kod  qo’llanishining  asosiy  tamoyili shundaki,  u giperhavola  tarzida  ishlay 

oladi. Bu birdaniga ko’p ma’lumot haqida xabar berish zarur bo’lgan holatlarda yoki uni 

soddalashtirish  kerak  bo’lganda  juda  qulay  vosita  sanaladi.QR  kod  elektron 

ma’lumotlar  uzatish  prinsipiga  asoslanadi.  Bu,  ayniqsa,  ko’p  miqdordagi  axborotni 


© Sh.R.Aliyev  

 

- 6 - 



uzatish yoki undan foydalanishni soddalashtirishda qo’l keladi. QR kod surati mahsulot 

yoki  xizmatni  tanlash  jarayonini  yengillashtirishga  yordam  beradi,  axir  qadoq  yoki 

reklama  plakatidagi  mana  shu  kichik  kvadratchada  4296  tagacha  belgi  sig`diriladi.  U 

aloqa  jarayonini  optimallashtirishga  ham  xizmat  qiladi, masalan,  aksariyat  holatlarda 

tashrif qog`ozidagi nishonchada birgina tugmani bosish bilan kontaktlaringiz ro’yxatiga 

qo’shiladigan  telefon  raqami  shifrlangan  bo’ladi.  Shu  bilan  birgalikda,  QR  kodlar 

yordamida havoladan o’tish, elektron xat, SMS yuborish, manzil joylashuvini bilish va 

boshqa ko’plab amallarni bajarish mumkin. 

Bugungi  kunda  butun  dunyoda  elektron  to’lovlarni  amalga  oshirishda ham 

mazkur texnologiyadan faol ravishda foydalanilmoqda.   

Masalan,  Yaponiyada  do’konlarda  sotiladigan  deyarli  barcha  mahsulotlarga                

QR  kod qo’llaniladi,  savdo  tarmoqlarida  xarid  qilishda  yoki  xizmatlar  uchun  to’lovni 

amalga  oshirishda  bank  kartasidan  foydalanmasdan  mazkur QR  kodlar  yordamida 

hisob-kitob qiladi. 

Hisob-kitobning  bunday  usuli  xaridor  uchun  ham,  sotuvchi  uchun  ham  oddiy 

bank  plastik  kartasidan  to’lovni  amalga  oshirishdan  ko’ra  qulayroq.  Chunki  ushbu 

holatda  kartani  qabul  qilish  uchun  terminalga  hojat  qolmaydi  va  xaridor  uchun  ham 

kartalarni  cho’ntakda  olib  yurishning  keragi  bo’lmaydi  –  smartfon  ularning  o’rnini 

bosadi.  

Shuningdek, QR kodlar  reklama kitoblari va ma’lumotnomalarga joylashtirilgan. 

QR kod bilan hatto turli musobaqalar va rol o’ynash o’yinlari ham tashkil etiladi. 

Lvov  (Ukraina)  tadbirkorlar  uyushmasi  Lvovning  80  ta  sayyohlik  saytlariga                  

QR kodlarni joylashtirdi. Bu sayyohni ukrain tilini bilmasa ham osonlikcha shahar bilan 

tanishishiga imkon beradi, chunki QR kodlari bir nechta tillarda o’rnatilgan.  

O’zbekistonda  ham  Somoniylar  maqbarasi,  Ark  qo’rg`oni  va  boshqa  tarixiy 

ob’ektlarda QR kodlar o’rnatildi. Poytaxtga tashrif buyuruvchi xorijiy hamda mahalliy 

sayyohlarga  qulayliklar  yaratish  maqsadida  Toshkent  shahar  turizmni  rivojlantirish 

departamenti  tashabbusi  bilan  diqqatga  sazovor  turizm  maskanlariga  QR  kodlar 

o’rnatilmoqda. Jumladan, QR kodlar Abulqosim Shayx madrasasi, Suzuk ota majmuasi, 

Iso payg`ambarning Muqaddas yuragi bosh cherkovi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat 



© Sh.R.Aliyev  

 

- 7 - 



Akademik  katta  teatri,  San’at  muzeyi,  O’zbekiston  tarixi  Davlat  muzeyi,  Toshkent 

teleminorasi,  Amaliy  san’at  muzeyi,  Temuriylar  tarixi  davlat  muzeyi,  Toshkent 

hayvonot  bog`i  hamda  Ikuo  Xirayama  nomidagi  Xalqaro  madaniyat  karvonsaroyiga 

o’rnatildi. Ushbu QR kodlar tashrif buyuruvchilarga telefondagi dastur orqali QR kod 

o’rnatilgan  ob’ekt  va  boshqa  turistik  infratuzilma  ob’ektlari  haqida  ingliz,  rus  hamda 

o’zbek tillarida ma’lumot olish imkonini beradi. 

 

QR kodlar dunyodagi eng ko’p quyidagi formatlarda tarqalgan: 

 

Internet-manzil (QR  kodlari  Internet  resurslari  bilan  bog`lanishni  o’z  ichiga 

oladi. Kodni  o’qish  foydalanuvchini  kerakli  saytga  yo’naltiradi.  brauzerning  manzil 

satrida ko’plab belgilarni diqqat bilan kiritish zarurligini bartaraf etadi). 

Aloqalar  ma’lumotlari (kod biznes  kartalari  juda keng tarqalgan,  kodni skaner 

qilib telefon yoki kompyuterning manzillar kitobida aloqani saqlash mumkin).  



SMS (Ko’pincha, tadbirda, aksiyada, o’yinda ishtirok etish uchun SMS yuborish 

talab qilinadi. SMS yuborishda QR kodlari sizni yozishdan xalos qiladi. Buning uchun 

siz kodni skaner qilishingiz va yuborishingiz mumkin bo’ladi).  

Geografik  ma’lumotlar (QR  kodi  shifrlangan  bo’lishi  mumkin.  Bu  sizga  bir 

yoki bir nechta joyni ko’rish imkonini beradi, masalan, “Google xaritalar”da).  



Matn (bu format turli maqsadlar uchun javob beradi, masalan, axborot, ma’lumot 

olish uchun). 



Elektron  pochta  manzili (QR  kodi  elektron  pochta  manzilni  va  qabul 

qiluvchining nomini o’z ichiga olishi mumkin).  



Telefon raqamlari (QR kodini skanerlashda telefon raqamini ham ko’chirib olib, 

darhol qo’ng`iroq qilishingiz mumkin).  

 

 

 



 

 


© Sh.R.Aliyev  

 

- 8 - 



2.  Raqamli axborotni (adabiyotni) yaratish, izlash va topish hamda joylash. 

 

O’quv  yoki  badiiy  adabiyotlarning  elektron  shaklini  yaratish,  izlash  va  topish 

maxsus  internet  manziliga  joylash  jarayonini  bugungi  kunda  professional  ta’lim 

tizimidagi barcha o’qituvchi –xodimlari bilishi kerak bo’ladi. 

 

-  mavjud  o’quv  yoki  badiiy  adabiyotlarning  (raqamlashtirish)  elektron  shaklini 



yaratishda skaner (skaner- bu rasm yoki matnni kompyuter xotirasiga tushuruvchi yani 

raqamlovchi  qurilma)  qurilmasi  orqali  adabiyotni  kompyuter  xotirasiga  tushurishimiz 

mumkin bo’ladi. 

Bugungi  kunda  skanerning  bir  nechta  zamonaviy  turlari  mavjud.  Lekin  odatda 

jamiyatda Canon rusumli skanerlar ko’p tarqalgan. 

Skaner qilingan adabiyotni Adobe Fine Reader dasturi yordamida *.pdf shakliga 

keltirib  olishimiz  va  adabiyotlarning  elektron  shakli  saqalanayotgan  papkaga  qo’shib 

qo’yishimiz mumkin bo’ladi. 

 

-  sizning  adabiyotlar  fodingizda  foydalanuvchi  izlagan  adabiyot  mavjud  bo’lmasa 



usbu adabiyotni internetdan izlashingiz kerak bo’ladi.  

Buning  uchun  simli  yoki  simsiz  internet  tizimidan  brouzerlar  (opera,  chroom, 



mozilla, explorer kabi) google.com web sahifasi yuklanadi hamda qidiruv joyida kitob 

nomi  yoziladi  va  davomidan  pdf  yoziladi  (masalan:  ikki  eshik  orasi  pdf).  Kitob 

ochilgandan  so’ng  uni  yuklab  olish  zarur  bo’ladi.  Yuklangan  kitob  Downloads 

papkasiga  kelib  tushadi.  Shunda  siz  ushbu  kitobni  bemalol  adabiyotlarning  elektron 

shakli saqalanayotgan papkaga qo’shib qo’yishimiz mumkin bo’ladi. 

 

Opera internet 



brauzeri 

© Sh.R.Aliyev  

 

- 9 - 



 

 

 



google.com 

qidiruv sahifasi 



Ikki eshik orasi pdf 

deb izlaymiz, 

topilgan eng ma’qul 

sahifaga sichqoncha 

chap tugmasini 

bosamiz, masalan 



ziyonet sahifasi  

 belgisiga sichqoncha 

tugmasi bosiladi

shunda ushbu kitob 

quyidagicha yuklanadi 


© Sh.R.Aliyev  

 

- 10 - 



 

 

-  zarur  bo’lgan  adabiyotlarni  internetga  joylash  uchun  quyidagilarga  e’tibor 



berishingiz mumkin bo’ladi: 

Birinchidan  gmail.com  web  sahifasini  yuklab  ro’yxatdan  o’tishingiz  hamda 

o’zingiz uchun akkaunt yaratish kerak bo’ladi.   

 

 



Yuklangan ma’lumotlar 

Download yoki Загрузки 

papkalariga avtomatik 

tarzda joylashadi. Keyin 

ushbu kitobning elektron 

shaklini xoxlagan yoyga 

ko’chirish yoki bulit 

diskga joylash mumkin.   

gmail.com 

sahifasini 

yuklash bilan 

yangi 


akkaunt 

yaratish zarur 

buladi, 

buning uchun 



создать 

аккаунт 

tugmasini 

bosishimiz 

va kerakli 

ma’lumot-

larni yozib 

ro’yxatdan 

o’tish kerak 

bo’ladi. 


© Sh.R.Aliyev  

 

- 11 - 



3.  Adabiyotning  QR –kodini yaratish hamda foydalanuvchiga taqdim etish.  

 

QR kodini bir necha usulda o’qishingiz mumkin: 

Hozirda  QR kodni  o’qish  uchun  juda  ko’p  dasturlar  mavjud.  Ulardan  eng  ko’p 

tarqalganlari:  iPhone  qurilmalari  uchun Bakodo, Android tizimida  ishlovchi  qurilmalar 

uchun  esa Barcode  scanner.   QR kodga  aylantirib  beruvchi  bepul  onlayn  saytlar: 

www.qr-code-generator.com , www.qrcoder.ru , www.qrmania.ru sahifalari  mavjud.  

Agar  rasm  Internetdagi  veb-saytga  joylashtirilgan  bo’lsa,  siz  uni  maxsus online 



dasturi  orqali  QR  kodini  skaner  qilish  orqali  o’qishingiz  mumkin.  Lekin  bu  uncha 

qulay  usul  emas. Hozirgi  kunda  kameraga  ega  zamonaviy  telefonlar  kvadrat 

ko’rinishdagi tasvir ostida yashiringan ma’lumotlarni oson o’qish imkoniyatini beradi. 

Buning uchun bor-yo’g`i telefon kamerasini QR kodga yo’naltirgan holda, maxsus ilova 

orqali  kodni  tushurib  olib  o’qish  ancha  qulaydir.  Masalan, QR  kodi orqali  narxni 

aniqlashingiz  va  boshqa  mahsulotning  xususiyatlari  bilan  taqqoslash  uchun  (QR  kodi 

rasm sifatida) telefoningizga saqlab qo’yingiz ham mumkin.  

 

 



 

www.qr-code-generator.com

 sahifasini yuklab bulut diskdagi adabiyot yoki boshqa 

sahifadagi adabiyotning manzilini kiritiladi hamda СОЗДАТЬ QR КОД belgisida 

sichqoncha tugmasi bosiladi hamda o’ng tomondagi QR kod ko’chiriladi

 


© Sh.R.Aliyev  

 

- 12 - 



- Mobil telefoningizga joylashtirilgan dasturlar

QR kodini o’qish uchun iPhone va iPAd dasturi Bakodo — 

https://itunes.apple.com/app/bakodobarcode- scanner-qr/id371932548/ 

Scan — http://itunes.apple.com/app/scan/id411206394 

QR kodini o’qish uchun Android dasturi Barcode Scanner — 

https://play.google.com/store/apps/details?id=com.google.zxing.client.android 

QuickMark Lite QR Code Reader — 

https://play.google.com/store/apps/details?id=tw.com.quickmarklite/ 

QR kodini o’qish uchun har xil platformadagi dastur QuickMark QR Code Reader 

—http://www.quickmark.com.tw/En/basic/downloadmain.asp 

i-nigma — http://www.inigma.com/Downloadi-nigmaReader.html 

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda professional ta’lim uchun tayyorlanayotgan 

darsliklarning yangi avlodini yaratishga ilk qadam qo‘yildi.  

Ayni  paytda  professional  ta’lim  uchun  zamonaviy  darsliklar  nashr  etish, 

qo‘shimcha  adabiyotlarni  chop  etish  uchun  professional  ta’limga  o’tish  davrida 

kitoblarni  ko‘tarib  yurish,  topish  va  boshqa  muammolarni  yuzaga  keltirishi  kabi 

muammolarni  hal  qilish  maqsadida  hamda  ta’lim  tizimiga  zamonaviy  innovatsion 

axborot  resurslarni  kiritishni  yo‘lga  qo‘yish  maqsadida  o’quv  adabiyotlarga  QR-kod 

belgisi joylashtirilishi lozim.  

Kelgusida  boshqa  darsliklarga  ham  QR-kod  belgisini  o‘rnatish  va  shu  orqali 

internet  resusrlariga  bog‘lash  mumkin  va  ularni  bitta  saytda  jamlash  (masalan, 

markaz.uz web sahifasiga) doimiy to‘ldirib borilishi mumkin.  

Mazkur  loyihaning  amalga  oshirilishi  bosma  darsliklarni  internet  resurslariga 

bog‘lash,  o‘quvchilarni  qo‘shimcha  qiziqarli  yangiliklardan  matn,  audio,  video 

shakllarida  xabardor  qilib  turish,  bosma  nashrlarga  sarf  bo‘layotgan  mablag‘larni 

iqtisod qilish, ularni elektron resurslar bilan boyitish imkoniyatini yaratadi.  



        QR-kod belgisini topadigan dasturning nomi nima? Uni qayerdan topsa bo`ladi? 

Agarda  Siz  google.com  tizimidan  ro`yxatdan  o`tmagan  bo`lsangiz,  ro`yxatdan 

o`tishingiz  kerak  bo`ladi.  Bu  keyinchalik  ham  Sizga  zarur  dasturiy  ta`minotlarni 

topishingizda juda zarur bo`ladi.  



© Sh.R.Aliyev  

 

- 13 - 



1.  Android mobil qurilmangizni internet tarmog`ini yoqing. 

2.  Tegishli brauzeringiz orqali google.com saytiga kiring. 

3.  Saytga  kirganingizdan  so`ng,  ekranning  o`ng  tomonidan  yuqoridagi  KIRISH  degan 

yozuvni bosing va tegishli tartibda ro`yxatdan o`ting. 

4.  Google.com dan ro`yxatdan o`tib bo`lgach, android mobil telefoningizga o`rnatilgan 

PLAY  MARKET  dasturiga  google.com  dan  ro`yxatdan  o`tgan  e-mailingiz,  login  va 

parollaringiz  orqali  kirib,  izlash  bo`limiga  (поиск)  QR-kod  degan  yozuvni  kiritsangiz 

Siz  uchun  kerakli  QR-kod  belgisini  o`qiydigan  dasturlar  ketma-ketlikda  ekranda 

ko`rinadi. Shu dasturlardan birini tanlang va telefoningizga o`rnating.  

5. Skaner QR-kod dasturi mobil telefoningizda yuklanadi.    

Skaner  QR-kod  dasturini  ochib,  darslikning  o`zingiz  tanlagan  mavzu  yonidagi 

QR-kodga  telefonni  to`g`ri  tuting.  Dastur  avtomatik  ravish  ishga  tushib,  Siz  tanlagan 

mavzu bo`yicha qaysi havolaga kirishingiz haqidagi ma`lumot ko`rinadi.  

 

 



Ekranda ko`ringan havolani bosing.  

ESLATMA: Skaner  QR-kod  dasturidan  to`liq  va  samarali  foydalanish  jarayonidan 

Internet  tarmog`i  yoniq  holatda  bo`lishi  talab  etiladi. Mobil  apparatingizda                           



Skaner QR & Shtrix-kod dasturini o’rnatishingiz zarur bo’ladi. 

 

 



Mobil aparatingizda 

internet danniy 

yoqiladi hamda              



QR & shtrix-kod 

ilovasi yuklanadi va 

adabiyotning QR 

kodiga tutiladi. 

Shunda adabiyotning 

electron shakli 

avtomatik tarzda 

telefon 

apparatingizda 

yuklanadi. Buning 

QR kodni 

o’quvchilarigiz 

daftariga  elemlab 

qo’yishingiz 

mumkin! 


© Sh.R.Aliyev  

 

- 14 - 



Bugungi  kunda  internetda  ko'pgina  onlayn  xizmatlar  mavjud QR  kod  tasvirini 

yaratish. Masalan, bu xizmatlardan biri: QR Coder.ru. 

Siz  har  qanday  matnni  kodlashingiz,  saytga  bog'lashingiz,  tashrifnoma,  SMS-

xabarni  yuborishingiz  mumkin.  Bu  erda  hamma  narsa  oddiy.  Kerakli  ma'lumotni 

kiriting,  rasm  hajmini  tanlang  va  tugmasini  bosing: CREATE  CODE.  O'ng  oynada, 

QR  kodi  tasviri  va  saytga  (blogga)  ulanish  uchun  ishoratlar  yaratiladi.  Misol  uchun, 

o'ngdagi  QR  kodidagi  rasmda  men  haqimda  ma'lumot,  mening  Kontaktlarim 

shifrlangan. 

Keyinchalik,  sichqonchaning  o'ng  tugmasi  bilan  yaratilgan  tasvirni  bosing  va 

quyidagini  tanlang: "Tasvirni  saqlash  ..."   .  GIF  formatidagi  rasm  sizning  shaxsiy 

kodingiz  bilan  kompyuteringizga  saqlanadi  va  ushbu  tasvirni  o'zingizning  xohishiga 

ko'ra  ishlatishingiz  mumkin:  uni  veb-saytlarga  (bloglarga)  joylashtirish,  reklama 

risolalarida chop etish, ommaviy axborot vizitkalarini va hokazo. Masalan, shifrlangan 

va pastki qismga joylashtirilganman:   Bizning bog'lanishlarimiz

Agar  xohlasangiz,  Internetda  siz  ko'plab  o'xshash  QR  kodlarini  topishingiz 

mumkin.  QR  kodlarining  rangli  tasvirlarini  yaratishga  imkon  beruvchi  xizmatlar  ham 

mavjud. 


Sizga eng yaxshi narsa. 

So'nggi  paytlarda  Rossiyaning  yirik  shaharlarida  istiqomat  qiluvchi  odamlar 

reklama  rasmlari,  tovarlar  paketlari,  g'alati  "simvolizm"  kartochkalari  -  qora  va  oq 

kvadratlarning turli o'lchamlari haqida xabar berishni boshladilar. Ba'zilari ularga e'tibor 

bermaydi,  boshqalari  juda  sog'lom  qiziqish  ko'rsatadilar,  bu  yangi  fenomenda 

dushmanning keyingi entrikalarini ko'rganlar ham bor. Xo'sh, bu aslida nima? 

QR  kodlarini  xavfsizlikda  qo'llashning  yana  bir  misoli.  Ma'lumki,  yaqinda 

Microsoft  nisbatan  foydalanuvchi  hisoblarini  himoyalashga  kirishdi.  Endi  parolni 

kiritganingizdan so'ng foydalanuvchi o'z mobil telefonida tasdiq kodini oladi. 

Bu  raqamlardan  iborat  oddiy  kod  yoki  ehtimol  QR  kodi  bo'lishi  mumkin.  QR 

kodini  ishlatishning  ekzotik  usullari  ham  bor. Misol  uchun, odatdagi  sana  va  vaqtning 

o'rniga, QR kodining yozuvlarini tomosha qilishning egasi bo'lgan elektron soatda.  



© Sh.R.Aliyev  

 

- 15 - 



 

Biz  endi  QR  kod  nima,  uni  qaerda  uchratish  mumkin,  uning  qanday 

imkoniyatlari  mavjud  hamda  biz  uni  professional  ta’limda  qo’llashimiz  mumkinmi 

degan  savollarga  javob  topa  olamiz.  Bundan  tashqari  biz  mavjud  adabiyotlarni 

raqamlashtirish, mavjud emaslarini internetdan izlash, topish hamda  internetga joylash 

tartibini  ham  bilib  oldik.  Qolaversa  adabiyotning  QR  kodini  yaratish,  uni  chop  etish 

hamda foydalanuvchilarga tarqatish yoki QR kodlar doskasiga elimlash kerakligini ham 

bilamiz.  Endi  foydalanuvchilarga  yoki  o’quvchilarga  zarur  adabiyotlar  QR  kodini 

o’quvchi daftari yoki QR kodlar doskalarga yelimlanishi, adabiyotga ehtiyoj tug’ilganda 

mobil apparat interneti yoqilgan holda QR & shtrix kod ilovasi ishga tushirilib ushbu 



QR  kodga  tutish  kerakligini  ta’kidlaymiz  yoki  adabiyotlarnin  QR  kod  doskasiga 

yuqoridagi yo’riqnomani elimlashimiz zarur. 

Maxsus  fan  o’qituvchisi  tomonidan  o’quvchilarga  tushuntirilayotgan  darsning 

elektron  shakli, mavzular  kesimida  taqdimoti qolaversa video  yoki  audio  resurslarning 

QR  kod  tasviri  yuqoridagi  ko’rsatmalar  asosida  yaratilib  o’quvchi  daftariga  yeliblab 

qo’yilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bu jarayon o’quvchilarning o’quv adabiyotlarga 

bo’lgan ehtiyojini qoplashga yordam beradi. 

 

 



© Sh.R.Aliyev  

 

- 16 - 



Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.  “Infolib”  juranali  №3  son  2019  yil  mart.  “Молодежь  читающая”  maqolasi 

Larisa Egay Sirdaryo viloyat Axborot kutubxona markazi o’quv metodik bo’limi 

mudiri 51-bet.  

 

Internet manbalari:  

1.  www.qr-code-generator.com  

2. 

www.qrcoder.ru 



 

3. 


www.qrmania.ru

 

4.  https://itunes.apple.com/app/bakodobarcode- scanner-qr/id371932548/ 



5.  http://itunes.apple.com/app/scan/id411206394 

6.  https://play.google.com/store/apps/details?id=com.google.zxing.client.android 

7.  https://play.google.com/store/apps/details?id=tw.com.quickmarklite/ 

8.  http://www.quickmark.com.tw/En/basic/downloadmain.asp 

9.  http://www.inigma.com/Downloadi-nigmaReader.html   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


© Sh.R.Aliyev  

 

- 17 - 



 

© Sh.R.Aliyev  

 

- 18 - 



 

 

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish