Ajratish asboblari bilan ishlash.
To’g’ri shaklli fragmentlar ajratish
Ma’lum maydon ajratish
Asboblar panelida shaklida Rectangular Marquee Tool asbobi mavjud, shu asbobni tanlaymiz►kursor shaklini oladi►kerakli maydonni ajratamiz.
Eslatma Agar kursorni Rectangular Marquee Tool asbobiga sihqonchani ushlab tursak, shu asbobning yanayam kengaytirilgani ochiladi.
Masalan: Single Row Marquee Tool asbobi gorizontal chiziqni ajratadi. Uning kengligi 1pixel (px) ga teng bo’ladi.
Single Column Marquee Tool Kengligi 1px ga teng bo’lgan ustunni ajratadi.
Elliptic Marquee Tool asbobi ellips shaklida maydon ajratadi
Shift tugmasi bosib turilsa, aylana shaklida maydon ajraladi.
Alt tugmasi bosib turilsa, ajralish xuddi yuqoridagilar kabi emas, balki markazdan ro’y beradi.
Ixtiyoroi shaklli fragmentlar ajratish
Lasso tool asbobi haqida
Lasso Tool asbobi maydonni ihtiyoriy shaklda ajratadi.
Lasso Tool asbobi tanlanadi►rasmni ixtiyoriy shaklda ajratib, uchini uchiga tekkizamiz va yopiq maydon hosil bo’ladi.
Ixtiyoriy burchak bilan ajratish
Lasso Tool ning tarkibidagi Polygonal Lasso Tool ni faollashtiramiz►rasmni ixtiyoriy ko’pburchak shaklda ajratamiz va oxirini uch-uchiga tekkizamiz, natijada yopiq soha ajraladi.
Magnetic Lasso Tool
Ushbu asbob rasmda mavjud konturlarni aniq qilib ajratadi. Xuddi magnit kabi, yani kontur bo’ylab olaveradi. Ma’lum yopiq sifatli maydonni ajratib olgandan so’ng, oxiriga bitta shiqillatamiz.
Magic Wand Tool
Ushbu asbobning ishlash prinsipi rang bo’ylab bir-biriga yaqin yotgan nuqtalarni ajratib beradi. Nuqtalarning yaqinlik darajasini esa, biz o/zimiz sozlashimiz mumkin. Asboblar atributidagi Tolerance asbobini tanlab bajaramiz.
Masalan: oynachadagi son qancha kichik bo’lsa, shuncha kichik maydonni qabul qiladi.. Oynachadagi son qancha katta bo’lsa, shuncha kattaroq maydonni qabul qiladi.
Ajratish bo’ylab asbobolar atributlari
Yuqorida aytib o’tgan edik, asboblar atributlari tanlangan asboblarga mos ravishda o’zgarib turadi.
New selection Har doim bitta yangi maydonni alratadi, undan oldingisini bekor qilish hisobiga.
Add to selection Ajratilgan maydonga umuman boshqa joydan yangi maydonni ajratib qo’shaveradi.
Substract from selection Ajratilgan maydonni kamaytiraveradi.
Intersection with selection. Ajratilgan maydon ajralmasligi, ajratilmagan maydon ajralishi kerak.
Inverse tugmasi
Rectangular Marquee Tool asbobini faollashtiramiz►ma’lum maydonni ajratamiz►”Select” menyusi►Inverse (obratnыy, protivopolojnыy) Natilada: Ajratilgan maydondan teskari maydon ajraladi.
Agarda sichqoncha tugmasini chap tugma bilan maydonning ajralgan qismidan qistirib ekran bo’ylab harakatlantirsak, ajratilgan maydon o’zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |