2. Elektron soat va Taymer ilovasi. Elektron soat ilovasini yaratamiz.
Yangi ilova yaratib, uning sarlavhasini elektron soatga o‘zgartiramiz. Ilova oynasiga ikkita obyekt: Label va Timer joylaymiz. Label ning Font (shrift) xossasini ikki marta bosib, shrift muloqot oynasida shrift o‘lchamini 24 ga teng qilib o‘rnatamiz:
T imer obyektini ikki marta bosib, uning protsedurasiga
Label1.Caption:=TimeToStr(Now); operatorini kiritamiz. Bu operatorda
ikkita standart funksiyadan foydalanilayapti. Ulardan birinchisi Now (hozir)
bo‘lib, uning qiymati kompyuterning soati bu funksiya ishga tushgandagi vaqtiga teng:
Taymer ilovasi. Yangi ilova yaratib, uning oynasiga Label, Button,
SpinEdit va Timer obyektlarini joylaymiz. Label va Button sarlavhalarini
QOLGAN VAQT: va START larga o‘zgartiramiz.
SpinEditning xossalarini quyidagicha o‘rnatamiz:
SpinEdit1.MaxValue:=100; SpinEdit1.Value:=30;
SpinEdit1.Enabled:=False; Button tugmasini ikki marta bosib, uning protsedurasiga Timer1.Enabled:=True; operatorini kiritamiz. Timerni ikki marta bosib, TForm1.Timer1Timer protsedurasiga quyidagi dastur kodini kiritamiz:
SpinEdit1.Value:=SpinEdit1.Value-1;
if SpinEdit1.Value=0 then
begin
Timer1.Enabled:=False;
ShowMessage('VAQT TUGADI.');
Form1.Close;
end;
Do'stlaringiz bilan baham: |