Reja:
SQL so’rovlar tili
SQL so’rovlar tilining asosiy komponetlari
SQL (Structured Query Language) tili strukturalashgan so’rov tili deyilib, u ma’lumotlar bazasi bilan a’loqa o’rnatish uchun xizmat qiladi. SQL tili 70 yillar oxirida IBM firmasi tomonidan Sytem r nomli ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining tajribaviy loyihasini ishlab chiqish doirasida yaratildi. Keyinchalik IBM firmasi tomonidan Sytem r ga yaqin bo’lgan yana ikkita sistema - SQL/DS i DB2 sistemalari ishlab chiqildi. Bu tilning xalqoro standarti 1986 yili ishlab chiqildi va u 1989 yilga kelib yanada kengaytirildi, lekin uning to’liq xalqaro standarti 1992 yil qabul qilindi. 1995 yilga kelib SQL92 standarti yangi komponentalar bilan to’ldirildi. Birinchi bo’lib SQL dan foydalanish Oracle MBBTda ishlatildi. Hozirgi kunda ko’pgina ishlab chiqilgan relyatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) SQL92 standartini ishlatmoqda. Hozirgi kunda bu standart ham kengaytirilib SQL:2003, SQL:1999 -standartlari ishlatilmoqda. Bu standart tillari ancha murakkab bo’lib, u «asosiy» (entry), «oralik» (intermediate) va «tulik» (full) pogonalariga bo’linadi..
SQL quyidagi komponentalarni o’z ichiga oladi:
-adminstrativ ma’lumotlar vositasi;
-tranzaksiyalar balan boshqarish vositasi;
-DLL (Data Definition Language) ma’lumotlarni aniqlash tili;
-DML (Data Manipulation Language) ma’lumotlar ustida manipulyatsiya qilish (murakkab harakatlar bajarish) tili;
-DQL (Data Query Language) ma’lumotlar bazasiga so’rovlar tili.
Adminstrativ ma’lumotlar - ma’lumotlar bazasini yaratish, unga kirishga ruxsat berish va parollarni o’zgartirishda kerak bo’ladi.
Tranzaksiya - bu ma’lumotlar bilan monipulyatsiya qilib ketma-ket operatsiyalar yordamida MBBTga ta’sir etishdir. Tranzaksiya yoki to’liq bajariladi va ma’lumotlar bazasini bir butun holatdan ikkinchi bir butun holatga o’tkazadi, yoki agar ma’lum sababga ko’ra tranzaksiyaning biror holati bajarilmaydigan bo’lsa yoki sistemada biror xatolik yuz bersa, ma’lumotlar bazasi boshlang’ich holatiga qaytadi.
Ma’lumotlarni aniqlash tili - ma’lumotlar bazasi jadvalini tuzish, o’zgartirish yoki o’chirish, indeks tashkil qilish (ma’lumotlarni tez izlab topish vositasi), har xil foydalanuvchilar bilan ishni tashkil qilish va boshqa kabilarni amalga oshiradi.
Ma’lumotlar ustida manipulyatsiya qilish tili - ma’lumotlar bazasiga yozuvni qo’shish, o’chirish yoki yangilash imkonini beradi.
So’rovlar tili - foydalanuvchi tamonidan berilgan kriteriyalar asosida kerakli ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasidan tanlab olishni tashkil etib beradi.
SQL- bu relyatsion bazalardagi ma’lumotlarni shakillantirish va ularni qo’llab- quvvatlash uchun maxsus yaratilgan tildir. SQL umum yo’nalishga mo’ljallangan dasturiy til emas, lekin ayrim kuchli vositalar nuing tarkibida mujassamlashgan.
Ma’lumotlarni aniqlash tili (DDL) – SQL tilining bu qismi ma’lumotlar bazasini yaratish, uning strukturasini o’zgartirish va unga ehtiyoj qolmaganda uni o’chirish imkonini beradi. Bu elementlar tarkibiga jadvallar, sxemalar, kataloglar, klasterlar va boshqalar kiritilishi mukin. Bu bo’limda konteynerli iyerarxiya to’g’risida fikr yuritilib, u yuqoridag elementlarni bir-biri bilan bog’lab, ma’lumotlar bazasi elementlari yordamida bajariladigan buyruqlarni ko’rib chiqadi.
Ma’lumotlar bazasining jadvallari massiv ko’rinishida bo’lib, ular satr va ustunlardan iborat bo’ladi. Jadvalni SQL tilining CREATE TABLE ( jadvalni tuzish) buyrug’i bilan tuzish mumkin. Buyruqda har bir ustunning nomini va ma’lumot turini ko’rsatib o’tish kerak.
Jadval tuzilgandan keyin uni to’ldirishga kirishish mumkin. Ma’lumotlarni kiritish - bu DML va DDL tilining vazifasiga kiradi. Tuzilgan jadvalning strukturasini ALTER TABLE (jadvalni o’zgartirish) buyrug’i bilan amalga oshirish mumkin. Keyinchalik bu jadval foydasiz va ayrim bir sabablarga ko’ra eskirib qolishi mumkin. Agar jadval eskirganda uni DROP (uchirish) buyrug’i orqali amalga oshirish mumkin.
Ko’pchilik ma’lumotlar bazasining ma’lumot jadvallarini grafik asbob- uskunalar yordamida tuzish mumkin. Lekin bunday jadvallarni SQL tili yordamida tuzish ham mumkin.
Tasavvur qiling sizning olidngizda o’z korxonangizning ma’lumotlar bazasini tuzish kerak degan masala qo’yilgan. Siz shijoat bilan bu bazani tuzish uchun kirishib, SQLtili yordamida CREATE buyrug’ini kiritmoqdasiz.
Aniqrog’i bu noto’g’ri yondashishdir. SHoshilinch paytda tuzilgan, puxta o’ylanmagan ma’lumotlar bazasi keyinchalik samarasiz bo’lib qoladi. Bazani tuzishdan oldin, uni puxta o’ylab, kerakli joylarni qog’ozga yozib olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |