Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi karmana tuman kasb-hunar maktabi



Download 16,35 Mb.
bet28/144
Sana11.01.2022
Hajmi16,35 Mb.
#339978
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   144
Bog'liq
ma'ruzalar matni kasb-hunar maktabi infor

Belgili ma’lumotlar. Har qanday belgili ma’lumotning qiymati ixtiyoriy uzunlikdagi alifbo – raqamli belgilar majmuidan iborat masalalan, «5», «Vatan», «10+25», …). Ma’lumotlarni bunday ifodalash eng ko‘p tarqalgan. Belgili ma’lumotning qiymati «1055» gat eng bo‘lsa, mashina bu qiymatni osongina songa aylantirib olishi ham mumkin.

Ko‘pgina tizimlarda belgili ma’lumotning uzunligi 255 belgi bilan chegaralangan. Lekin ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi axborotlar tizimi yaratuvchilariga keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Hozirgi paytda ikki o‘lchamli jadvallardan, ba’zi tizimlarda belgili ma’lumot qiymati sifatida uzunligi 30 yoki 40 belgi bo‘lgan biror turdagi fayl nomini yozish imkoniyatlari mavjud.

Bu nom orqali ixtiyoriy uzunlikdagi obyektning biografiyasining o‘z ichiga olgan matnli fayl yoki obyektning fotosuratini ko‘rsatuvchi grafik fayl ochish mumkin.

Bundan tashqari hozirgi zamon tizimlarida belgili ma’lumot sifatida ixtiyoriy tuzilish va uzunlikdagi (shu jumladan, tasvir va ovoz) obyektlar saqlanishi mumkin.



Sonli ma’lumotlar. Bunday turdagi ma’lumotlarga faqat sonlar misol bo‘ladi. Axborotlar tizimi foydalanuvchilari uchun bunday ma’lumotlar faqat o‘lchami (raqamlar soni) va uning aniqligi (nuqtadan keyingi raqamlar soni)ning ahamiyati katta.

Mantiqiy ma’lumotlar. Bu turdagi ma’lumotlar (ba’zida bunday ma’lumotlar Bul qiymatlari deyiladi) bir-birini inkor qiluvchi TRUE (rost) «1» yoki FALSE (yolg‘on) «0» qiymatlarni qabul qiladi.

Ulardan tizimda ko‘zda tutilgan maqsadni amalga oshirish uchun biror obyektning holatini ko‘rsatishda foydalanish mumkin. Masalan, «lampa yoniq» (TRUE) yoki «lampa o‘chirilgan» (FALSE). Mantiqiy ma’lumotlarning informatikadagi ahamiyati beqiyos ekanligini informatika kursidan yaxshi bilasiz.

Oldingi mavzulardan birida o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi telefon ma’lumotnomasi jadvali berilgan edi. Lekin kundalik hayotda ancha murakkab tuzilishga ega bo‘lgan ma’lumotlar ombori bilan ish ko‘rish to‘g‘ri keladi. Berilgan axborotning mazmuni va undagi ma’lumotlarga ko‘ra ular turli ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin.

Ma’lumotlarni uch xil ko‘rinishda ifodalash mumkin: iyerarxik (shajaraviy), tarmoqli va relyatsion (jadvalli).

Bu turlarning har birini alohida ko‘rib chiqamiz.

Iyerarxik tizim jadvallardan tashkil topgan bo‘lib, unda axborotni izlash jarayoni oldindan berilgan tartibda «ko‘rib» chiqiladi. Iyerarxik tizimda elementlarni joylashtirishda dasturlashgan tartib mavjud. Har bir guruhda biror element asosiy, qolganlari unga nisbatan ikkinchi darajali xususiyatga ega bo‘ladi. Kerakli elementni tanlashi ma’lum ketma-ketlikda olib boriladi.

Ma’lumotlarning daraxtsimon joylashishiga ma’lumotlarning iyerarxik modeli deyiladi.

Ma’lumotlarning iyerarxik modeliga mos holda yaratilgan ma’lumotlar omboriga ma’lumotlarning iyerarxik ombori deyiladi.

Ma’lumotlarning iyerarxik tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning iyerarxik tizimi deyiladi.

Quyidagi misol orqali iyerarxik tizimni ifodalash mumkin:


Iyerarxik tizimli jadvalning birinchisida qator nomeri unda joylashgan mahsulot turini izlashda kerar bo‘ladi. Ikkinchi va uchunchi sathdagi jadvalga esa har bir mahsulotning narxi haqidagi ma’lumot berilgan. Ma’lumotlar omborini iyerarxik tizim tartibida tashkil qilish foydalanuvchi uchun ma’lum qulayliklar yaratadi.



Tarmoqli tizim. Tarmoqli tizimli iyerarxik tizimga nisbatan ancha qulayliklarga ega, chunki bu tizimda ma’lumot (fayl) lar o‘rtasida ko‘p yo‘nalishli aloqalar o‘rnatish mumkin. Bunday aloqalar foydalanuvchiga kerakli ma’lumot (fayl) shajaraning yuqori sathlaridagi fayllarga murojaat bilmasdan topish imkonini beradi. Masalan, do‘kondagi mahsulotlar jadvali bilan mahsulotlar narxi jadvallari orasida bog‘liqlik o‘rnatilib, u kerakli mahsulot narxini topish imkon beradi.

Bir pog‘onadagi ma’lumotning boshqa pog‘onadagi ma’lumot bilan ikki yoki undan ortiq marta bog‘lanadigan turiga ma’lumotlarning tarmoqli modeli deyiladi.

Ma’lumotlarning tarmoqli tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning tarmoqli tizimi deyiladi.


Download 16,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish