Rivojlantirish orqali kasbiy


Pedagogik mahoratni egallash vositalari



Download 192,5 Kb.
bet7/9
Sana08.02.2022
Hajmi192,5 Kb.
#434880
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15-mavzu

4. Pedagogik mahoratni egallash vositalari


Yosh o‘qituvchilarning, shuningdek, ta’lim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo’lgan о‘qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo’lishlari o‘zlarini kasbiy jihatdan takomillashtirib borish yo’lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga rivojlanib boradi. Ularni quyidagi vositalar asosida yanada rivojlantirish mumkin:

    • Mustaqil o‘qib-o‘rganish.

    • Tajribali ustoz o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish.

    • Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari va institutlarida kasbiy malaka va ko‘nikmalarni oshirib borish.

    • Doimiy ravishda ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etish.

    • Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida o‘z tajribalarini oshirish, kasbi bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlarni o'rganish.

Hozirgi paytda 0‘zbekiston Respublikasida yosh o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish maqsadida qizg’in faoliyat olib borilmoqda. Xususan, 0‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida respublika hududlarida masofadan o‘qitishning “Ta’lim-resurs” Markazlari tashkil etilgan. Ushbu faoliyat natijasida yosh o‘qituvchilarning xorijiy mamlakatlarda kasbiy malakalarini oshirish imkoniyati tug’ildi. Maktablarga yosh o‘qituvchilarni jalb etish va ularga har tomonlama amaliy yordam berish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish maqsadida 2009-yildan boshlab “Respublika yosh o‘qituvchilar assotsiatsiyasi” o‘z faoliyatini boshladi.
Mustaqillikka erishgach, Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi bilan
1 oktabr - 0‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Mamlakatimizda an’anaviy ravishda “Yilning eng yaxshi pedagogi” Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda. Umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog xodimlar orasidan ilg‘or va tashabbuskor o‘qituvchilar aniqlanib rag‘batlantirilishi, yosh o‘qituvchilarda o‘z kasbiga nisbatan hurmat va ehtirom uyg'otadi. 2006-yiidan boshlab esa, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko'rik tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda. “Yil maktabi” - Respublika ko‘rik-tanlovi o‘qituvchilarga jamoa asosida ta’lim muassasasida qo’lga kiritilayotgan yutuqlarni targ’ib etish uchun sharoit yaratmoqda.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da alohida ta’kidlangan milliy model 0‘zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilg‘or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis) - barkamol inson va yetuk mutaxassis qiyofasini o‘zida to’laqonli aks ettiruvchi namunadir.
0‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amalga oshirish jarayonida asosan o‘qituvchi kadrlarning roli nihoyatda beqiyos. XXI asr bolasini o‘qitish va tarbiyalash, ularni barkamol inson va yetuk malakali mutaxassis kadrlar darajasiga etkazish vazifasini faqat yuksak tajribaga ega XXI asr o‘qituvchisigina uddalay oladi.

Download 192,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish