Rivojlantirish instituti


Paradontitning klinikasi, tashhisi va qiyosii tashhisi



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/244
Sana21.05.2021
Hajmi0,98 Mb.
#65114
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   244
Bog'liq
Terapevtik Stomatologiya

Paradontitning klinikasi, tashhisi va qiyosii tashhisi
Paradontit aloxida mustaqil nozologiya paradont kasalligi xisoblanadi.
Joylashishiga qarab maxalliy — bir necha tish atrofida va tarqalgan —
barcha yoki deyarli barcha tishlar atrofida bo‘lishi mumkin. Paradontit-
bu barcha paradont to‘qimalarining yallig‘lanishi demakdir.


2 3 2
Mahalliy paradontitning kelib chiqishida maxalliy — joyli salbiy
ta’sirotlar: plomba ashyosining yoki mishyak-margimushning tishlar
oralariga tushishi, tishlar-prikusning buzilishi, turli jarohatlar, yomon-
noto‘g‘ri tayyorlangan ortopedik va ortodontik moslamalar, protezlar
va shunga o‘xshash omillar sabab bo‘lishi mumkin.
Tarqalgan, umumiy paradontitning rivojlanishiga paradont to‘qima-
sining ximoya, to‘siq vazifasining buzilishi va organizmda immunologik
qarshilik ko‘rsatish kuchi-reaktivligining buzilishi hamda maxalliy salbiy
ta’sirotlar sababchi bo‘lishlari mumkin. Ko‘pincha uzoq davom etib,
tana quvvatini pasayishiga, modda olmashish jarayonini buzilishiga sabab
bo‘luvchi, ichki a’zo va tizim kasalliklari (yurak-qon tomir, oshqozon-
ichak, endokrin tizimlari kasalliklari) natijasida organizmda immun tizi-
mining ishi buzilishi paradont kasalliklarini kelib chiqishida katta rol
o‘ynaydi (E.E. Platonov, 1969, I. Novik va boshq., 1969, V.S. Ivanov,
1989)
Paradontit kataral gingivit, gipertrofik gingivitdan keyin boshlanadi.
Jarayon davomida tish-milk boylami butunligi, tishni bog‘lab turgan
apparat buziladi, suyak to‘qimasi suriladi (rezorbsiya), tish-milk patologik
cho‘ntagi paydo bo‘ladi (E.E. Platonov, 1969, I.). Novik va boshq.,
1969, V.S. Ivanov, 1989 va boshq.).
Paradontitda bo‘ladigan patologik jarayonlar o‘z vaqtida davolanib
to‘xtatilmasa, doimiy ravishda chuqurlasha boradi, xususan, alveola suyak
to‘qimasidagi so‘rilish va atrofiya davom etadi.
E.V. Borovskiy va boshq. (1989) paradontitga quyidagilar xos deb
xisoblaydilar.
1. Paradontit asosan 30-40 yoshdagi odamlarda uchraydi.
2. Bemorlar anamnezida bir necha yildan beri milklardan qon oqishi
borligi.
3. Milk cho‘ntagi yoki paradontal cho‘ntak borligi.
4. Milkning kataral, yarali yoki proliferativ-gipertrofik yallig‘lanish.
5. Tishlararo alveola suyagida rentgenologik tuzilishni buzilish-
destruktiv o‘zgarishlar borligi.
6. Milkda turli yallig‘lanish, destruktiv o‘zgarishlar (tishlarni qimirlab
qolishi, ularning joylashishnni o‘zgarganligi, og‘riq, funksiya buzilishlari
va boshqalar).
7. Surunkali paradontitni qaytalanishi, xususan, abssessli paradon-
titlarda organizmni umumiy buzilishlari-tana xaroratining ko‘tarilishi,
noxushlik, qon tarkibini o‘zgarishi kabilar bo‘lishi.
8. Tish karashlari, toshlari, ovqat qoldiqlari tishlarda, milkda bo‘lishi
kabilar.
Paradontitda subyektiv-bemor sezgilari milkdan qon oqishi, ayrim
tishlarni turli darajada qimirlab qolganligi, og‘riqlar, tishlar bo‘yin qis-
mini issiq, sovuqdan og‘rishi, milk-tish cho‘ntaklaridan yiring chiqishi,
ayrim paytlarda milkda abssesslar bo‘lishi, og‘iz bo‘shlig‘idan qo‘lansa


2 3 3
xid kelishi bilan xarakterlidir. Undan tashqari, bemorlarni ruxiy tushkun-
likka tushishi, uyquni buzilishi va shu kabi noxush sezgilar bezovta qiladi.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish