Rivojlantirish instituti



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/244
Sana21.05.2021
Hajmi0,98 Mb.
#65114
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   244
Bog'liq
Terapevtik Stomatologiya

Jag‘ periostiti — bu alveola o‘simtasini yopib turuvchi pardasining
o‘tkir abssessli yallig‘lanishidir. Bunda o‘tkir kuchayuvchi og‘riqlar bo‘lib,
ular quloqqa, chakkaga, ko‘zga tarqaladi. Tishga tekkanda o‘tkir yoki
qaytalangan surunkali periodontitga nisbatan kamroq og‘riq paydo
bo‘ladi. Issiqli chayqashlar og‘riqni pasaytiradi yoki ko‘paytiradi. Bu
ekssudat turiga bog‘liq: zardobli ekssudatda og‘riq pasayadi, yiringli bo‘lsa
og‘riq kuchayadi. Bemor kasal tish joylashgan yuz tomoni shishganligiga
shikoyat qiladi, buni shifokor ham ko‘radi. Tana xarorati 36,7—37,8°C
yoki 38—39°C bo‘lishi mumkin va bu ko‘pincha bemor tanasining
qarshilik ko‘rsatish kuchiga bog‘liq.
Umumiy zaxarlanish alomatlari — bosh og‘rig‘i, holsizlik, tajanglik
kabi holatlar kuzatiladi. Kollateral (yallig‘lanish joydan nariroqda)
joylashgan yumshoq to‘qimalarning shishganligi periostit uchun ko‘proq
xosdir, chunki periodontitda bu hol bo‘lmaydi. Periodontitdagi kollaterial
shishlar milklar bilan kifoyalanadi, yuz yumshoq to‘qimalariga
tarqalmaydi. Shuning uchun, periostitda yuzning asimmetriyasi (yuzning
bir tomonini shishganligi) kasallik joylashgan tomonida yaqqol ko‘rinib
turadi. Agar kasallik jarayoni pastki jag‘da kechsa, unda pastki lab,
lunjning pastki qismi, iyakosti va jag‘osti qismlar shishadi. Periostitda
teri rangi o‘zgarmagan, xarakati yaxshi bo‘ladi.
Obyektiv ko‘rishda va paypaslab ko‘rganda og‘iz daxlizi tomonda
qizarganlik va suyakni yopib turgan to‘qimalarning diffuz qalinlashuvi,
keyinchalik esa ma’lum joy yumshayib, unda flyuktuasiya (barmoq bilan
bosganda suyuqligi bor bushliq) aniqlanadi. O‘tkir yiringli yoki surunkali
qaytalangan periodontitlarda esa, suyak ustida tekis, silliq, shish,
paypaslaganda unda og‘riq-bu suyak ustki pardasida reaktiv yallig‘lanish
(periodont to‘qimasidan zaxarlanganlik) o‘zgarishlari bo‘ladi. Periodon-
titda chegaralangan, periostitda esa tarqalgan yallig‘lanish, periodontitda
1—2 tishda perkussiya og‘riqli bo‘lsa, periostitda bu og‘riqlar kamroq,
regionar limfa tugunlari (ularni guruhlari) ko‘proq periostitda shishgan,
paypaslab ko‘rganda og‘riqli bo‘ladi. Yuqori jag‘da joylashgan o‘tkir
kechadigan yiringli periostitlar, qattiq tanglayda tanglay abssesslarini
yuzaga keltiradi. Bunda qattiq tanglayda aylanasimon yoki ovalsimon


1 8 8
shishlar, ular va atrofdagi to‘qimaning qizarishi, keyinchalik esa, tanglay
burmalarining tekislanishi, qattiq og‘riqlar, yumshoq to‘qimalarning
suyakdan ajralishi va yanada og‘riqlar kuchayishi, lo‘kkilovchi og‘riqlar
paydo bo‘lishi mumkin.
Qon tarkibini tekshirib ko‘rganda, unda leykositoz (10—14 ming),
neytrofiloz (70—80%), tayoqchasimon neytrofillar ko‘payishi (14—17%),
eritrositlarning cho‘kmaga tushishining tezla-shuvi (16—30 mm 1 soatda)
kabi o‘zgarishlar qayd etiladi
Odatda, 5—6 kundan keyin bemorni qiynaydigan og‘riqlar pasaya
boradi, chunki ekssudat atrofdagi to‘qimalarga tarqalib, abssess ichidagi
bosim kamayadi, asta-sekin yiring alveola o‘simtasining shilliq qavati
ostiga o‘tadi. Perkussiya uncha og‘riq olib kelmaydi, yakin kunlarda
abssess og‘iz bo‘shlig‘ida o‘z-o‘zidan yoriladi.
Rentgenologik tekshiruv yiringli periostitda aytarli suyak o‘zgarishlari
yo‘qligini ko‘rsatadi, bu esa periostitni osteomiyelitdan farqi bo‘lib
xisoblanadi.
O‘tkir osteomiyelitda suyakda aniq va qo‘pol o‘zgarishlar borligi rent-
genogrammada ko‘rinib, suyakda chirish va ba’zi qismlarda sekvesterlar
hosil bo‘lish bilan xarakterlanadi. Klinik kechishida esa, o‘tkir, to‘xta-
masdan, go‘yoki uzib olganday qattiq chidab bo‘lmas darajada og‘riq,
tana xaroratining 39—40°C gacha ko‘tarilishi, et uyushishi, alaxsirash,
uyqusizlik, ishtaxa yo‘qolishi, yutishning qiyinlashuvi kabi umumiy tana
o‘zgarishlari borligi qayd etiladi. Nafas olish va puls tezlashadi.
Obyektiv ko‘rishda, shifokor bemorning umumiy ahvoli ancha og‘ir-
lashganligi, yuzining asimmetriyasi, tilning qarashlanganligi, og‘izdan
qo‘lansa xid kelishi, milk qizarib shishganligi, og‘iz burmasining tekislan-
ganligi, bir necha tish qimirlab qolganligi va ularda perkutor og‘riqlar
borligi, ya’ni patologik jarayon tarqalganligi kabi alomatlarni ko‘rishi
mumkin. Bir vaqtning o‘zida yuzda kollateral shishlar, regionar limfa
bezlarini shishganligi, ularni paypaslab ko‘rganda og‘riqli bo‘lishlari
yuzaga keladi.
Qon tarkibida leykositoz (20—28 ming), eritrositlar cho‘kish reaksiyasi
soatiga 40—70 mm, eozinofillar yo‘qolishi, limfositlar sonining kamayishi
(10—15%) kabi o‘zgarishlar bo‘lishi qayd etiladi. Oksil fraksiyalari
albuminni kamayishi va a1 va a2 — globulinlarni ko‘payishi bilan
xarakterlanadi. Kasallik boshlangandan keyin 7—10 kunda rentgenologik
o‘zgarish paydo bo‘la-boshlaydi. Bunda osteomiyelit satxiga to‘g‘ri
keladigan suyakda emirilish borligi aniqlanadi.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish