Rivojlantirish instituti s. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O. N. Karimova


- MAVZU: Hujjatlar va ularning turlari



Download 458,78 Kb.
bet66/89
Sana30.12.2021
Hajmi458,78 Kb.
#192205
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89
Bog'liq
Rivojlantirish instituti s. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O.-fayllar.org

4- MAVZU: Hujjatlar va ularning turlari
Reja:
1. Hujjat yuritishning huquqiy asoslari.

2. Davlat ishlarining hujjat yuritish asosida tartibga solinishi.

3. Ish yuritishni tartibga soluvchi chora-tadbirlar va hukumat qarorlari.

4. «Ish yuritish» qo‘llanmasi va uning amaliy ahamiyati.

5. Hujjatlar va ularning turlari.
Tayanch so‘z va iboralar: ijtimoiy munosabatlar, huquqiy asoslar, savodxonlik, an’ana, nutqiy madaniyat, mukammallik, hukumat qarorlari, rasmiy va shaxsiy hujjatlar, ariza, annotasiya, bayonnoma, bildirishnoma, buyruq, guvohnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, modemogramma, nizom, rezyume, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimai hol, taqriz, telegramma, telefonogramma, faksogramma, tilxat, tushuntirish xati, farmoyish, shartnoma, hisobot, til va uslub, tinish belgilari.
Ijtimoiy munosabatlar doirasida odamlar, idoralar va tashkilotlar, korxonalar va muassasalar o‘rtasida o‘zaro ish yuritishning ma’lum huquqiy asoslari mavjud bo‘lib, ular tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish tarzida amalga oshiriladi.

Hujjatlarning mukammallik darajasi ular bilan ish ko‘radigan kishilarning savodxonlik darajasi, davlatchilik tarixi va davlat ishlarini yuritishdagi mavjud an’analar, ma’lum darajada kishilar


-142-
o‘rtasida shakllangan nutqiy madaniyat, ayni paytda, bu hujjatlarga bo‘ladigan zaruriyat bilan bog‘liq bo‘ladi.

Hujjatlarni yuritish asosan davlat ishlarini huquqiy asoslarga qo‘yish tarzida amalga oshiriladi. Demak, u davlat yoki davlatlararo bo‘ladigan ma’lum talablar darajasida amalga oshiriladi va dunyoviy an’analarni ham o‘zlashtiradi. Hujjatlarning mukammalligi davlat ishlarini yuritish takomilidan dalolat beradi.

Davlat tizimining barcha bo‘g‘inlarini hujjatlarsiz mutlaqo tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki uning faoliyati aynan ana shu hujjatlar yordamida tartibga solib turiladi va harakatga keltiriladi. Shuning uchun ham vaqti-vaqti bilan ish yuritishni takomillashtirishga qaratilgan hukumat qarorlari qabul qilinib boriladi. Masalan, shunday qaror O‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy qo‘mitasi tomonidan 1924 yilning 31 dekabrida qabul qilingan bo‘lib (№ 48) «Ishlarni o‘zbek tilida yurgizish ham O‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy komiteti huzurida markaziy yerlashdirish hay’ati va mahallalarda muzofot yerlashdirish hay’atlari tuzilish(i) to‘g‘risida» deb nomlangan.

Yurtimizning mustaqilligi arafasida (1989 yil 21 oktyabr) «Davlat tili haqida» Qonunning qabul qilinishi bu masalani ham huquqiy asosga qo‘ydi. Yangi tahrirdagi Qonunning 9-moddasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ishning davlat tilida yuritilishi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi alohida ta’kidlab o‘tildi. Mustaqillikdan keyin esa ish yuritishni takomillashtirish, uni milliy asosga qo‘yish masalasiga yana ham jiddiy e’tibor berildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 18 avgustdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi viloyat, shahar va tumanlar hokimlari apparatlarida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma», O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi 140-son qaroriga ilova qilingan «O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari davlat qo‘mitalari, idoralari, korporasiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalarida va boshqa markaziy muassasalarida, apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma» lar fikrimizning dalilidir. N.Mahmudov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, N. Aminovlarning «O‘zbek tilida ish yuritish (munshaot)», yana shu mualliflarning «Ish yuritish» amaliy qo‘llanmalari esa o‘zbek tilida ish yuritishning me’yoriy asoslarini belgilab berishda g‘oyatda muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda.


-143-
Chunki mualliflarning ish yuritish borasida bergan yo‘l-yo‘riqlari xodimlarning faoliyatida metodik yordam beradi, hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalarini o‘rgatadi, ish qog‘ozlarining hamma joyda bir xil bo‘lishini ta’minlaydi.

Ammo shunday qo‘llanmaning mavjudligiga qaramasdan undan foydalanish talab darajasida deb bo‘lmaydi. Chunki 2000 yilda 10000 nusxada chop etilgan bu kitob bilan hamma o‘quv yurtlari ham yetarli darajada ta’minlangan emas. Vaholanki, bu kabi qo‘llanmalar bilan har bir kollej va lisey talab darajasida ta’minlanishi va har bir talabaning qo‘lida bo‘lishi maqsadga muvofiq. Ma’lum ma’noda mazkur qo‘llanma o‘rta maxsus o‘quv yurtlari doirasida ushbu vazifani bajarishi mumkin.

Shunday qilib, ish yuritishning tarkibiy qismi bo‘lgan hujjatlarni ikki qismga bo‘lib o‘rganish to‘g‘ri bo‘ladi:


  1. Rasmiy hujjatlar.


2. Shaxsiy hujjatlar.

Rasmiy hujjatlar xizmat hujjatlari deb ham yuritilib, ular doirasida idoralar va mahkamalar, korxonalar va tashkilotlar hamda muassasalar o‘rtasida olib boriladigan yozishmalar tushuniladi. «Ish yuritish» qo‘llanmasining mualliflari bu hujjatlarning tasnifi haqida quyidagilarni yozishadi: «Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqyeiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanishi mumkin: tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlari, ma’lumot-axborot hujjatlari, xizmat yozishmalari» (20-bet).

Alohida shaxs, jamoa tashkilotlari o‘rtasidagi aloqaning huquqiy jihatlarini qamrab oluvchi tashkiliy hujjatlarga guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnoma singari hujjatlar; tashkilot yoki muassasa rahbarining ish faoliyati doirasida amal qiladigan farmoyish hujjatlariga buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabi hujjatlar; ma’lumot-axborot hujjatlariga ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimai hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot tarzidagi hujjatlar; alohida shaxs yoki tashkilotning faoliyatini qamrab oladigan xizmat yozishmalariga taklifnoma, telegramma, telefonogramma, modemogramma va turli mazmundagi xatlar kiradi.

Ma’lum bo‘layaptiki, ma’muriy-boshqaruv faoliyati doirasida amal qiladigan bu hujjatlarning aksariyat qismi rasmiy mazmunga ega. Demak, kim tomonidan yozilganlik, ya’ni
-144-
tegishlilik nuqtai nazaridangina ariza, vasiyatnoma, tarjimai hol, tushuntirish xati, tilxat, ishonchnoma singarilarni shaxsiy hujjatlar deyishimiz mumkin. Aslida ular ham rasmiy mazmunga ega. Hujjat deyildimi, uni rasmiy tushunish va qabul qilish to‘g‘ri bo‘ladi.

Quyida litsey va kollej bitiruvchilari ish faoliyati doirasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan eng zarur hujjatlarning rasmiylashtirilish tartibi to‘g‘risida ma’lumot beramiz va bunda yuqorida nomi tilga olingan «Ish yuritish» qo‘llanmasidagi ko‘rsatmalarga tayanamiz.




Download 458,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish