Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
«Matn» so‘zini izohlab bering.
Matn qanday qismlardan iborat bo‘ladi?
Ilmiy matnning uslubiy xususiyatlarini tushuntirib bering.
A D A B I Y O T L A R:
1.A b d u r a h m o n o v G‘. So‘z mulkining sultoni // O‘zbek tili va adabiyoti, 2002, 1-son.
2.L i x a ch ye v D.S. Tekstologiya. Kratkiy ocherk. – M.-L.: Nauka, 1964.
3.P r o x o r o v Ye.I. Tekstologiya. – M., 1966.
4.O‘zbek tili leksikologiyasi. – T., «Fan», 1981.
5.H a q q u l I. Ishq va komillik jazbasi // O‘zbek tili va adabiyoti, 2002, 1-son.
2-MAVZU: Atamalar va kasb-hunar so‘zlarining
ma’noviy- vazifaviy xususiyatlari
R e j a :
Atamalar va kasb-hunarga oid so‘zlar leksik birlik sifatida.
Atamalar ma’nosidagi chegaralanganlik va ularning baynalmilallik xususiyati.
Kasb-hunarga oid so‘zlarning vazifaviy uslublarda qo‘llanilishi.
Kasb-hunarga oid so‘zlarning ilmiy va rasmiy uslublardagi vazifasi.
-105-
Tayanch so‘z va iboralar : ta’rifi, atama va termin, tarixiylik, atamalar shakllanishining xalq tarixi bilan bog‘liqligi, «Devonu lug‘otit turk», sohaviylik, tor doira, jamiyat taraqqiyoti, atamalar va dunyo tillari, boyish yo‘llari, o‘zlashtirish, milliylashtirish, jadidlar, «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilingandan keyingi o‘zgarishlar, dubletlar, parallellar, o‘rin egallash, xalqaro atamalar, vaqt sinovi, vaziyat, so‘z valentligi va atama yasalishi, me’yor. Kasb-hunar atamalari, gilamchilik, kashtachilik, to‘qimachilik, me’morchilik leksikasi, sohaviy me’yorlashgan atamalar, determinasiya.
Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, ma’lum fan, ishlab chiqarish sohasidagina qo‘llaniladigan va asosan o‘sha soha kishilari tushunadigan maxsus so‘zlar terminlar – atamalar sifatida qaraladi.
«Hozirgacha termin tushunchasi tilshunoslikda turlicha talqin qilinmoqda. – deb qayd etishadi «O‘zbek tili leksikologiyasi» asarining mualliflari. – Ba’zi tilshunoslar terminga ilm va texnikaga oid so‘z va iboralarnigina emas, barcha uy-ro‘zg‘or asboblari nomlarini, ishlab chiqarishning hozirgi darajasidagi qurollarinigina emas, balki o‘tmishdagi ibtidoiy qurollarning barcha nomlarini, shuningdek kustarchilik kasb-hunarga oid so‘zlarni ham kiritadilar.
Agar masala shu taxlitda qo‘yiladigan bo‘lsa, har bir konkret predmet nomini termin deb atash lozim bo‘lar edi. Gap terminning aniq bir ma’noni ifodalashida emas, bu jihatdan qaraladigan bo‘lsa, kasb-hunar leksikasning ilmiy-texnikaviy terminlardan deyarli farqi yo‘q. …termin har qanday tushunchaning aniq atamasi sifatidagina emas, balki ilmiy tushunchani ifodalovchi vosita sifatida asosan yozma shaklda maydonga keladi» [6, 32-b.].
Demak, «atama» so‘zini «termin» tushunchasi ma’nosida qo‘llaganimizda, uni umuman narsa-predmetlar, voqyea-hodisalarning nomi sifatida emas, balki aniq bir ilmiy tushunchani ifodalaydigan va ma’lum bir fan sohasiga tegishli bo‘lgan birliklarni anglashimiz lozim.
Shu ma’noda kasb-hunarga oid so‘zlar atamalardan farqlanadi. Bu haqda quyiroqda to‘xtalamiz.
O‘zbek tilshunosligida atamalarni o‘rganishga doir ko‘pgina ishlar amalga oshirilgan. Ko‘plab ilmiy kitoblar, risolalar,
-106-
Do'stlaringiz bilan baham: |