6 1
Kreditga hisob-kitob qilish veksel kreditini, to‘lov muddatini
kechiktirishni yoki ochiq schyot bo‘yicha kreditlashni nazarda
tutishi mumkin.
Shartnomada to‘lovni kechiktirish haqida kelishib olinganida,
tomonlar avans va inkasso shaklidagi qisman naqd to‘lashni
nazarda tutishlari mumkin. Kreditlanadigan qismning hajmi,
kredit berish shartlari va kreditni to‘lash tartibi shartnomada
atroflicha tasvirlanishi kerak.
Misol. Ushbu shartnoma bo‘yicha to‘lovlar quyidagi hajmlarda
amalga oshiriladi:
— shartnoma buyurtmasining 5 % shartnoma kuchga kirgan
sanadan boshlab 30 kun davomida naqd pulda to‘lanadi;
— buyurtmaning 5 % dastlabki loyiha taqdim etilgan sanadan
boshlab, 30 kun ichida naqd pulda to‘lanadi;
— buyurtmaning 5 % oxirgi loyiha taqdim etilgan sanadan
boshlab, 30 kun ichida naqd pulda to‘lanadi;
— buyurtmaning 5 % — hujjatlarni inkassoga qabul qilib
olinganidan keyin 45 kun ichida har bir yetkazib berishning
bahosidan kelib chiqib naqd pul bilan to‘lanadi;
— 5 % —
kafolatli summa;
— shartnomaning 75 %
hajmidagi qolgan summasi
buyurtmachi tomonidan baravar hajmdagi o‘nta yarim yillik
badallar bilan to‘lanadi.
Xalqaro savdoda
veksel kreditini berishda perevodli veksellar
(trattalar) keng qo‘llaniladi. Ular ancha qulayroq, chunki to‘lov
vositasi sifatida ishlatilishi mumkin.
Veksel xalqaro savdoning ko‘plab ishtirokchilari tijorat
kreditlarining asosiy shakli hisoblanadi. Eksportchi importchi
nomiga qisqa muddatli trattalar yozib beradi va tovarlarni
taqsimlash hujjatlari bilan birga ularni bankka topshiradi. Xaridor
faqat tratta akseptiga qarshi, ya’ni veksellarni to‘lash uchun
qabul qilinganligini tasdiqlaganidan keyin o‘z
bankidan
hujjatlarni oladi.
Kredit shartlari odatda shartnoma qiymatining 80—85 %ni
qoplaydi, qolgan qismi importchi tomonidan naqd pullar bilan,
jumladan, bo‘nak shaklida to‘lanadi.
Misol. Ushbu shartnoma bo‘yicha to‘lovlar quyidagi hajmlarda
amalga oshiriladi:
— shartnoma buyurtmasi umumiy qiymatining 5 % Sotuvchi
tomonidan Xaridorga Toshkent shahridagi Tashqi iqtisodiyot
6 2
banki quyidagi hujjatlarni... inkassoga olganidan keyin 30 kun
ichida to‘lanadi...
— shartnoma umumiy qiymatining 10 % Xaridor tomonidan
har bir yetkazib berishning bahosiga mutanosib ravishda,
Toshkent shahridagi Tashqi iqtisodiyot banki quyidagi hujjat-
larni... inkassoga
olgan sanadan boshlab, 30
kun ichida
to‘lanadi...
— shartnoma umumiy qiymatining 80 % Xaridor tomonidan
5 yilga berilgan tijorat krediti shartlari asosida, o‘nta barobar
yarim yillik bo‘naklar bilan to‘lanadi.
Xaridor Sotuvchiga kreditdan foydalanganligi uchun yillik...
% da oddiy foizlar to‘laydi.
Tijorat kreditini to‘lash perevod veksellari (trattalar) bilan
amalga oshiriladi. Bunda har bir perevodli veksel asosiy qarzning
bir qismi summasi va unga tegishli foizlarning summasini o‘z
ichiga olishi kerak.
Shartnomaning tijorat shartlarida nazarda tutilgan muddatda
Sotuvchi Xaridorga aksept
uchun perevod veksellarining
komplektini beradi va ularni
Toshkent shahridagi Tashqi
iqtisodiyot bankiga taqdim etadi.
Xaridor yuqorida ko‘rsatilgan perevod veksellarini tasdiqlashi
va ularni olgan sanadan boshlab, 30 kun ichida Tashqi iqtisodiyot
bankiga taqdim etishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: