Rivojlantirish instituti j. J. Jalolov, I. A. Ahmedov, I. S. Hotamov korxona tashqi iqtisodiy



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/120
Sana20.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#124196
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   120
Bog'liq
korxona tashqi iqtisodiy faoliyati va marketing kasb-hunar kollejlari talabalari uchun oquv qollanma

Ustama baho — to‘lov mahsulotning sifati standartda
ko‘rsatilganidan ko‘ra yaxshiroq ishlangani uchun to‘lanadi.
Masalan, tarkibida temir ko‘proq bo‘lgan temir rudasi, kul
kamroq bo‘lgan toshko‘mir va hokazolar yetkazib berilgani
uchun bunday ruda va toshko‘mirga ustama baho qo‘yiladi.
Skidka sifati pasaytirilgan mahsulotga belgilanadi. U
mahsulot sifatini pasaytirgan yetkazib beruvchiga moddiy ta’sir
ko‘rsatish va iste’molchining bu mahsulotni qayta ishlashda
sarf qiladigan ortiqcha xarajatlarini qoplashga imkon berishi
kerak. Skidkaning asosiy turlari to‘rtta: sifat, standart va texnik
shartlarni nazarda tutilgan darajadan pasaytirilgani uchun
qilinadigan skidka; tejamsiz hajmdagi materiallar yetkazib berilib,
natijada uni iste’mol qilishda texnologiya jarayoni qiyinlashgan
yoki chiqit ko‘paygan taqdirda qilinadigan skidka. Franko-
mahsulot tushiriladigan stansiya bahosi belgilangan mahsulotni
boshqa shahardagi iste’molchi o‘z transport vositalari bilan tashib
olgan taqdirda qilinadigan skidka. Mahsulot yetkazib
beruvchidan turli baholardagi materiallar olingan taqdirda
marketing, ta’minot-sotish organlariga beriladigan skidka. Har
bir materialga rejada baho hisoblab qo‘yiladi. Korxona ulgurji


2 1 2
bahosi, ustama baho va skidka taqsim qilingandan keyin
mahsulotni tashish xarajatlari hisoblab chiqiladi.
Mahsulotlarni tashish xarajatlari transport turiga, masofaga,
tashish xarakteriga, tashiladigan materiallarning xossalari va
xarakteriga (hajmi, og‘irligi va hokazolarga) bog‘liqdir. Temir
yo‘l, avtomobil va suv transportidagi kira haqi tarif qo‘llanmasida
ko‘rsatiladi. So‘ngra yuk ortish-tushirish xarajatlari va marketing
ta’minot-sotish organlarining ustama baholari hisoblanadi. Yuk
ortish-tushirish xarajatlari joriy baho va normalar asosida
belgilanadi. Marketing va ta’minot-sotish organlarining ustama
baholarini yuqori rahbar organlari tasdiqlaydi. Omborlar olib
boradigan ishlar yuzasidan belgilanadigan ustama baholar
marketing va ta’minot-sotish organlarining mahsulotlarni
omborlarga tashib keltirish, ularni saqlash, ishlov berish va sotish
bilan bog‘liq xarajatlarini qoplashi va rentabellikning zarur
darajasini ta’min etishi lozim. 
Baholarning o‘sish sabablari
quyidagilardan iborat (18-chizma):
— talabning taklifdan o‘sib ketishi;
— mehnat haqining mehnat unumdorligi va tovarlar ishlab
chiqarish darajasidan oshib ketishi;
— asosiy kapital, asbob-uskuna, ishchi kuchi va yerdan
foydalanish samarasining pastligi;
— xaridorlarning mavjud tovarlarni ommaviy ravishda sotib
olishi;
— sotuvchilarning yuqori narx qo‘yishi;
— davlatning ma’lum bir favqulodda faoliyati (budjet
tanqisligi), moliya-kredit bozoridagi nosozliklar sabab bo‘lishi
mumkin.
Baholarning pasayishiga ta’sir etuvchi omillar esa
quyidagilardan iborat:
— taklifning talabdan oshib ketishi;
— daromadlar va mehnat unumdorligining tovarlar ishlab
chiqarishning o‘sishiga teng bo‘lishi;
— asosiy kapital, ishchi kuchi va yerdan foydalanish samara-
sining oshganligi;
— xaridorning tovarni sotib olishga xohishi yo‘q bo‘lganda;
— budjet balanslashgan va bank ulushlari oshganda va h.k.
Marketingli baholarni tashkil qilish siyosati firmalarga
obyektiv siyosiy qonun va jarayonlarga tayanib baholar
o‘zgarishiga «toqat qilishga» imkon beradi.


2 1 3
Davlat tomonidan narx-navoni tashkil qilish jarayoni va
firmalarning baho siyosatiga aralashuvi ba’zi bir tovarlar
bozorlariga ancha kuchli ta’sir o‘tkazadi. Ishlab chiqarishning
yiriklashuvi va markazlashuvi qanchalik kuchli bo‘lsa, davlatning
bozor mexanizmiga aralashuvi kuchsiz bo‘ladi. Biroq baholarni
o‘rnatish jarayonida raqobat kuchga kiradi. Bu ayniqsa, sanoat
tovarlari bilan yaqqol namoyon bo‘ladi. Natijada, bir xil tovarga
turlicha baholar o‘rnatilishi jarayoni yuzaga keladi. Agar tayyor
sanoat mahsulotlari va xomashyo tovarlarini solishtirar ekanmiz,
birinchi guruh tovarlari assortimentining yangilanishi, fan-
texnika taraqqiyotining yuqoriligi tovarlar bozorining harakat-
chanligi, raqobatning imkoniyatlari va ko‘lamining yuqoriligi,
baholar xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bunga qarama-qarshi
o‘laroq yoqilg‘i, xomashyo tovarlarining bahosi davriy,
umumxo‘jalik va konyunktura tebranishlari va bozordagi
chayqovchilik omillariga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Shuning
uchun yuksalishlar va pasayishlar qazib olish tarmoqlari
xo‘jaligidagi baholarning keskin ravishda o‘zgarishi bilan
kuzatiladi.
Firma bahoning darajasini aniqlar ekan, avvalo, mavjud bozor
baholariga yoki ishlab chiqarish xarajatlariga yoki maqsadli foyda
normasi deb ataluvchi usulga tayanadi. Birinchi usul — erkin
bozor sharoitida keng tarqalgan vaziyatdir. Bu sharoitda tovarlar
assortimenti ancha barqaror (ularning yangilanib turishi ham
inkor etilmaydi), bozorda sotuvchi ham ko‘p, xaridor ham. Bu
yengil sanoat mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, asbob-
uskunalarining ba’zi bir turlari bozori uchun xarakterlidir.
Bunday sharoitda baho bozordagi hal qiluvchi omil hisob-
lanmaydi. Avtomobillar, qora va rangli metallar, neft va neftni
qayta ishlash mahsulotlari kabi bozorlarda, qayerdaki ishlab
chiqarishga yakkahokimlik kuchli bo‘lgan joyda ahvol butunlay
boshqacha. Bu mahsulotlar bozorida baholar xarajat va foydaga
tayanib o‘rnatiladi. Baho bu vaziyatda firma yoki davlat baholar
siyosatida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Yuqoridagilardan faqat baholargina bozor rivojini harakatga
keltirar ekan, deb tushunish kerak emas. Baholar darajasi ishlab
chiqarish va sotish miqdoriga ham bog‘liq bo‘ladi. Ishlab
chiqarish miqdori kamaysa yoki zaxira ko‘paysa, tovar taklifi
kamayadi. Ishlab chiqarish miqdori oshsa, yoki jamg‘arilgan
zaxiradan foydalanilsa, tovar taklifi oshadi. Birinchi usulda firma


2 1 4
foydani saqlab turishga harakat qiladi yoki foydani oshirish
maqsadida baholarni oshiradi yoki saqlab turishga harakat qiladi.
Ikkinchi usuldan firma bozorda o‘z o‘rnini saqlab turish uchun
foydalanadi. Albatta, baholarga talab ham ta’sir qiladi. Talab
qanchalik yuqori bo‘lsa, baho ham shunchalik yuqori bo‘ladi
yoki aksincha. Lekin firma ko‘pchilik hollarda talabni baho
orqali emas, balki reklama yordamida yoki boshqa maxsus usullar
bilan tartibga solishga harakat qiladi.
Baholardagi real nisbatlar (proporsiyalar) va ularning mumkin
bo‘lgan chegaralari, eng avvalo, bozordagi mavjud va ancha
barqaror darajaga ega bo‘lgan baholar bilan aniqlanadi. Bunda
bozordagi o‘zgarishlar, mahsulot yetkazib beruvchilarning
xarajatlari o‘zgarishi va mavjud raqobatning darajasi katta
ahamiyatga ega. Marketingda baho siyosatini boshqarishning
ahamiyati qanchalik darajada ekanligini bahoni tashkil etuvchi
omillardan bilib olsa bo‘ladi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish