Aholi Daromadlari
O'tgan davrda 219 ta ixtisoslashgan meva-savzavotchilik va uzumchilik qishloq xo'jaligi shirkati to'liq fermer xo'jaliklariga aylantirildi. Tugatilgan shirkatlar bazasida 39 mingdan ortiq fermer xo'jaligi tashkil etilib, ularga 319,2 ming gektar yer berildi. Meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirish va to'liq qayta ishlashga ixtisoslashgan agrofirmalar faoliyatini tashkil etish uchun sharoit yaratish bo'yicha ko'rilayotgan choralar natijasida tugatilgan shirkatlar hududida 197 ta agrofirma tuzildi. Ularning muassislari fermer xo'jaliklari, qayta ishlash korxonalari va boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlardir. Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklarida chorva mollari sonini ko'paytirishni rag'batlantirish bo'yicha 2006-2010 yillarga mo'ljallangan dasturni amalga oshirish natijasida qoramol soni 2006 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 4 foiz o'sdi va 6775,3 ming boshni tashkil etdi. Auksion savdolarini joriy etish yo'li bilan aholining yirik qoramolni sotib olish imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Jumladan, hisobot davrida 166 ta auksion savdosi shahobchasi tashkil etildi, ularda 12157 bosh nasldor chorva moli sotildi. 2006 yil 1 iyul holatiga ko'ra yirik qoramolni sotib olish uchun dehqon xo'jaliklariga umumiy qiymati 11,2 milliard so'mga teng mikrokreditlar ajratildi. V. Ijtimoiy sohani rivojlantirish
Aholi bandligi. Aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlik va raqobatni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish bo'yicha hududiy dasturlarni amalga oshirish davomida 312,8 ming yangi ish joyi tashkil etildi. Mehnat bozorida faol siyosat olib borilishi aholi bandligining 2,8 foiz o'sishiga ko'maklashdi. Kasanachilikning turli shakllarini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, shu jumladan uning yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyasi kasanachilik sohasida 78,3 ming (118,6 foiz) ish o'rni tashkil etish imkonini berdi. Aholi daromadlari. Joriy yilning birinchi yarim yilligida aholi jon boshiga real pul daromadlari qariyb 17 foiz oshdi. Pedagogik va tibbiy xodimlar mehnatiga haq to'lash va moddiy rag'batlantirishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish natijasida o'tgan yildagiga nisbatan o'qituvchilarning tarif stavkasi o'rtacha 1,3 marta, tibbiyot xodimlariniki 1,4 marta ko'paydi. Bu maqsadlar uchun davlat budjetidan 33,7 milliard so'm ajratildi. Bundan tashqari, o'tgan davrda 275,4 ming ehtiyojmand bolali oila davlatning ijtimoiy yordamidan bahramand bo'ldi. 48,7 ming kam ta'minlangan oila va 71,8 ming xotin-qizga 2 yoshgacha bo'lgan bola parvarishi uchun nafaqalar tayinlandi. "Homiylar va shifokorlar yili" davlat dasturini amalga oshirish yo'lida barqaror moliyaviy ahvolga ega yirik korxonalar, muassasa va tashkilotlar hamma mehribonlik uylari, qariyalar va nogironlar uchun internatlar, maktab-internatlarni o'z homiyligiga oldi. Umuman respublika bo'yicha 21,9 ming kam ta'minlangan oilaga bepul sigir berildi. Ijtimoiy soha obyektlari qurilishi. Birinchi yarim yillikda Maktab ta'limi jamg'armasi bo'yicha 120,3 milliard so'm mablag' o'zlashtirildi. 37,2 ming o'quvchi o'rniga mo'ljallangan maktablar yangi qurildi va to'liq ta'mirdan chiqarildi, umumiy soni 155,5 ming o'quvchi o'rniga ega maktablar joriy ta'mirlandi. Birinchi yarim yillikda Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi hisobidan 16,7 milliard so'm o'zlashtirildi, bunda 33 ta obyekt ishga tushirildi, shu jumladan 17 ta rekonstruksiya qilinayotgan obyekt va 16 ta maktab sport zallariga qo'shimcha binolar qurildi. Joriy yilning birinchi yarmida mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari qo'shimcha ravishda 11 turdagi sport anjomlari ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydi. 2006 yilning birinchi yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda erishilgan ijobiy natijalar O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan olib borilayotgan iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va tarkibiy islohotlarni jadallashtirish siyosatining to'g'riligi va samaradorligini tasdiqlamoqda. Bu islohotlar makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sish sur'atlari yuqoriligini ta'minlamoqda. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi Ma'lumot manbai : Uzreport.com
2005 yil yakunlariga bag’ishlangan “O’zbеkiston iqtisodiyoti” axborot-tahliliy sharhi O’zbеkiston iqtisodiyotining rivojlanish tеndеntsiyalari, dinamikasi, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning muhim xususiyatlarini, makroiqtisodiy, institutsional, tarkibiy, tashqi iqtisodiy, ijtimoiy, ishlab chiqarish va xududiy o’zgarishlarni yoritib bеradi.
Makroiqtisodiyot va iqtisodiy o’sish. 2005 yilda mamlakat YaIM o’sishi 7% ni tashkil qildi. Yuqori iqtisodiy o’sish darajasi sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va aloqa xizmatlarining jadal sur'atlarda rivojlanishi hisobiga ta'minlandi. YAIM ning ishlab chiqarish tarkibida sanoat ulushining o’sishi kuzatildi. Iqtisodiyotga invеstitsiya kiritish jarayonining jadallashishi ishlab chiqarishni modеrnizatsiya qilishni ta'minlamoqda. Barcha invеstitsion manbalar hisobidan asosiy kapitalga qo’yilgan invеstitsiyalar hajmi 7% ga o’sdi. Istе'mol narxlari indеksining umumiy o’sish darajasi 7,8%ni tashkil qildi. Davlat moliyasi. 2005 yilda davlat byudjеti daromadlari va xarajatlari mutanosibligi ta'minlandi. Davlat byudjеti daromadlari YAIM ga nisbatan 22,6% ni, xarajatlari esa 22,5%ni tashkil etdi. Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy muhofaza qilish xarajatlarining ulushi oshdi. 2001 yildan bеri davlat byudjеti dеfitsiti kamayishi tеndеntsiyasi kuzatilmoqda va 2005 yilda davlat byudjеti profitsiti YaIM ga nisbatan 0,1%ni tashkil etdi. Moliya bozorlari. 2005 yilda pul-krеdit siyosati milliy valyuta, inflyatsiya darajasi va foiz stavkalarining barqarorligini ta'minlashga qaratildi. Qayta moliyalashtirish stavkasi 2005 yil davomida o’zgarmadi va yillik 16% darajasida saqlanib qoldi. Bank tizimida mini-banklar tarmog’i tеz suratlarda o’sdi. Tijorat banklarining umumiy kapitali oshdi, shu bilan birga banklarga aholi pul qo’yilmalarining ko’payishi kuzatildi. Korporativ qimmatbaho qog’ozlar bozorlari aylanmasining osishi kuzatildi. Orta muddatli qaznachilik majburiyatlari korinishidagi davlat moliya bozori faol rivojlandi. Valyuta bozori va tashqi savdo. Markaziy bank tomonidan milliy valyuta ayirboshlash kursi barqarorligini taminlashga, xalqaro valyuta zahiralarini qollab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Mamlakatning oltin-valyuta zahiralari kopaydi. Tashqi savdoda eksport hajmining importga nisbatan yuqori sur'atlar bilan oshishi kuzatildi. Tashqi savdo aylanmasi 9,6% ga, eksport 11,5 % ga ko’paydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 1,3 mlrd. A?Sh dollarini tashkil etdi. 2005 yilda xorijiy invеstitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni sеzilarli darajada ko’paydi.
Instituttsional o’zgarishlar va bozor islohotlari. Mulkchilikning nodavlat shakliga o’tkazish jarayoni faollashdi. 2005 yilda iqtisodiyotning ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalariga tеgishli 980 ta ob'еkt nodavlat mulkiga aylantirildi. Davlat aktivlarini sotish hajmi oshdi. Davlat mulkining sotilishi ko’rsatkichi o’tgan yil ko’rsatkichlariga nisbatan ancha yuqori bo’ldi. Turli xil davlat aktivlarining sotilishidan maxsus hisob-raqamlarga 80,5 mlrd. so’m miqdorida mablag’lar kеlib tushdi. Institutsional o’zgarishlar natijasida 2005 yilda YaIM va sanoatning uchdan ikki qismi, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining dеyarli barchasi nodavlat sеktori hissasiga to’g’ri kеldi. YAIM hajmida kichik biznеs ulushining barqaror o’sishi kuzatildi. Kichik tadbirkorlikning YAIM dagi ulushi 38,2% gacha еtdi.
Iqtisodiyot sеktorlari va tarmoqlarining rivojlanishi. 2005 yil yakunlariga ko’ra sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmi o’tgan yilga nisbatan 7,3%ga oshdi. Sanoat ishlab chiqarishining o’sish indеksiga ichki va tashqi talabning oshishi, soliq yukining kamayishi, soliq-byudjеt siyosatining takomillashuvi ta'sir etdi. Istе'mol bozorining barqaror rivojlanishi hisobiga uning ko’lami ancha kеngaydi. Bu asosan, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hisobiga ta'minlandi. Istе'mol tovarlarini ishlab chiqarishning o’sishi 17,7%ni tashkil etdi. Bunda, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish - 10,1%, nooziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish -25,5% ga o’sdi. 2005 yil qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun juda qulay yil bo’ldi. qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi o’sishni ta'minlashda asosiy ulush fеrmеr xo’jaliklariga to’g’ri kеldi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning umumiy hajmi 6,2%ga oshdi. Aholiga xizmat ko’rsatish va chakana savdo aylanmasi hajmining o’sish sur'atlari yuqori bo’lishi saqlanib qoldi. Bandlik va mеhnat bozori. 2005 yilda ish bilan band aholi soni 285,7 ming kishiga ortdi (2,9%ga). Mamlakatda ish bilan bandlik darajasining oshishi ko’proq qishloq joylarga to’g’ri kеladi. Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi birinchi navbatda sanoatda va xizmatlar sohasida bandlik darajasini oshishiga sabab bo’ldi. Rasmiy ravishda ishsizlik darajasini olgan ishsizlar soni juda kamayib bormoqda.
Aholi daromadlari va xarajatlari. Iqtisodiyotning bosqichma – bosqich modеrnizatsiya qilinishi va kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning kеng quloch yoyishi oqibatida aholining rеal daromadlari ko’paydi. Aholi jon boshiga to’g’ri kеladigan pul daromadlari 20,5%ga oshdi. Aholining pul daromadlari tarkibida ish haqi ulushining o’sishi dinamikasi kuzatildi. Istе'mol xarajatlari tarkibida aholining oziq-ovqat tovarlarini sotib olishga sarflangan xarajatlari kamayib, nooziq-ovqat tovarlarini sotib olishga va xizmatlarga sarflangan xarajatlari oshdi. Hududlar. 2005 yilda mamlakatning barcha xududlari barqaror suratlarda rivojlandi. Shunisi diqqatga sazovorki, asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning jadal o’sish suratlari nisbatan kam rivojlangan xududlarga, jumladan, Jizzax, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog’iston Rеspublikasiga to’g’ri kеladi.
Hududlar o’rtasida juda katta tafovut, ayniqsa sanoat ishlab chiqarishi va xizmatlar sohasida saqlanib qolmoqda. Bu holat xududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarishni talab etadi. Mazkur tahliliy sharhdan yuridik shaxslar daromadidan olinadigan soliq, soliq solish xarajatlari, xududlararo iqtisodiy intеgratsiyalarni shakllantirish va rivojlantirish, inflyatsiyani hisoblashda mavsumiylikni hisobga olishni takomillashtirishga bag’ishlangan maqolalar o’rin olgan. Ma'lumot manbalari sifatida O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo’mitasi, O’zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki, O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya Vazirligi, O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat mulk qo’mitalarining rasmiy ma'lumotlari, mahalliy va xorijiy nashrlar, shuningdеk mualliflar maqolalari, tahlillari, hisob kitoblari va chizmalaridan foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |