Dars o'tish uslubi: o'qituvchi materialni bayon qilishda suhbat usulidan
foydalanadi, o'quvchilarni ijodiy izlanishga undaydi, toponimik materallarni topib,
ularning ma'nosini mustaqil echishga o'rgatadi.
Suhbat uchun savollar: 1. Arablar hukmronligining qulashiga asosiy sabab
nima? 2. Somoniylar davlati qachon tashkil topdi va unga kim asos soldi? 3.
Xo'jalikning yuksalishiga nima sabab bo'ldi? Qanday feodal shaЛarlarni bilasiz?
YAngi mavzuning konspekti. VIII asr oxiri — IX asr boshlarida xalifalik
og'ir siyosiy tanglikka uchradi. Bo'ysundirilgan xalqlarni itoatda tutish arab
xalifalari uchun tobora qiyin bo'lib qoldi. O'rta Osiyo xalqlarining tez-tez
qo'zg'olon ko'tarib turishi, xalfalikning o'z ichidagi feodal urushlar arab xalifaligini
zaiflashtirib qo'ydi va mustaqil mahalliy davlatlarning paydo bo'lishiga olib keldi.
Xalifaning Xurosondagi noibi Tohir ibn Husayn (u mahalliy oqsuyak er egalari
orasidan chiqqan) 821 yilda o'zini mustaqil hokim deb e'lon qildi. SHu tariqa
Tohiriylar sulolasi (821 —873) ga asos solindi va bu sulola Xurosonda yarim
asrdan ko'proq hukm surdi. Tohiriylar davrida O'rta Osiyoning ayrim viloyatlarini
819 yildan boshlab Somon xonadonining avlodlari — Somoniylar idora qila
boshladi. Bir vaqtlar Somoniylar xalifalikka qarshi ko'tarilgan xavfli qo'zg'olonni
bartaraf etishda xalifaga yordam bergan edilar, o'sha qo'zg'olon Samarqandda
boshlanib, butun O'rta Osiyoga yoyilgan edi.
Tohiriylar sulolasining xalqqa qilgan jabr-zulmi mehnatkashlarni qo'zg'olon
ko'tarishga majbur etdi. Qo'zg'olonga shahar hunarmandlaridan misgarlar
(safforiylar) boshchilik qildi. 837 yilda Tohiriylar ag'darilib, Xurosonda Safforiylar
davlati barpo qilindi. Buxoro Safforiylarga tobe bo'lishni istamadi. U somoniylarga
murojaat etib, Buxoroni o'z qo'l ostiga olishni iltimos qildi. Nasr Somoniy 875
yilda ukasi Ismoilni Buxoroga hokim qilib yubordi.
«Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni o'z qo'l ostida kuchli davlat qilib
birlashtirdi. Xurosondagi Safforiylar davlatiga barham berdi va bu o'lkani o'z
davlatiga qo'shib oldi. Ismoil Somoniy zamonida bu davlat har tomonlama
kuchaydi. SHunday qilib, IX asr oxirlarida O'rta Osiyo arablar istibdodidan
tamoman xalos bo'ldi. Poytaxti Buxoro bo'lgan mustaqil feodal davlat tashkil topdi
va bu davlatni Somoniylar sulolasidan bo'lgan amirlar X asrning oxirlariga qadar
idora qilib keldi.
Arablar hukmronligi davrida mehnatkash kadovarlarni arablar va mahalliy
feodallar talab keldilar. Aholidan turli soliq va jarimalar undirib olish uchun xalq
ommasi xonavayron qilindi. SHahdrlar vayron bo'lib, huvillab qoldi. Mamlakat
xo'jaligi orqaga ketdi. Xonavayron bo'lgan ming-minglab kadovarlar shaharlarda
ish qidirib yurardilar. Lekin mamlakat arab istilochilari hukmronligidan xalos
bo'lgandan keyin har holda ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi uchun
imkon tug'ildi. YAngi-yangi kanallar, to'g'onlar, suv omborlari qurilib, minglab
gektar erlar o'zlashtirildi, mamlakat chegaralari mustahkamlandi, dehqonchilik va
hunarmandchilik: degrezlik, miskarlik, temirchilik, kulolchilik, to'qimachilik,
shuningdek, konchilik ancha rivojlandi. YAqin SHarq mamlakatlari, Rus davlati,
xazarlar, Volgabo'yi bulg'orlari hamda Xitoy bilan savdo-sotiq ishlari olib borildi.
Bu davrda Buxoro, Samarqand, Toshkent, Urganch, Kesh (SHahrisabz), Marv
va boshqa shaharlar xo'jalik va madaniyatning yirik markazlariga aylandi. SHahar
mahdllalarining markaziy qismida hukmdorlar xonadoni a'zolari xamda boy
savdogarlar, ruhoniylar va boshqa oqsuyaklar xashamatli hovli-joylar qurdilar,
podsholikning qurol-yarog', asbob, egar-jabduq ishlab chiqaradigan maxsus
ustaxonalari tashkil topdi. SHaharlarning qiyofasi o'zgarib bordi: yangi imoratlar,
hukumat idoralari, katta ustaxonalar, karvonsaroylar, machit, madrasa va boshqa
binolar qurildi. Hunarmandchilik do'konlari, savdo rastalari ko'paya boshladi.
SHaharlarga atrof qishloqlardan kosiblar, savdogarlar va boshqalar kelib joylashdi.
O'rta asr shaharlari uch qismdan iborat edi: shaxar markazidagi o'rda (ark),
uning tevaragini o'rab olgan ichki shahar (shahriston) xamda tashqi shahar
(rabotlar)dan tashkil topgan edi. Bir qancha rabotlar tez orada kattalashib, obod
joyga aylandi. Rabotlarda katta-katta imoratlar qad ko'tardi, bozorlar va
hunarmand-kosiblar mahallalari paydo bo'ldi. Bu erda zargarlar, sarroflar,
to'quvchilar, kulollar, shishagarlar va boshqa shu singari kosib- hunarmandlarning
uylari va do'konlari joylashgan edi.
SHaharlar bilan bir qatorda qishloqlar ham mamlakatning iqtisodiy hayotida
katta rol’ o'ynaydigan bo'lib qoldi. Movarounnaxr va Xorazm vohalaridagi
ko'pgina qishloqlar to'qimachilik, kulolchilik miskarlik, duradgorlik va boshqa xil
hunarmandchilikda muhim o'rin egalladilar. CHunonchi, Buxoro viloyatidagi
hozirgi Zandona qishlog'i Somoniylar zamonida «zandonacha» deb atalgan ip
gazlamasi bilan O'rta Osiyoda va ko'pgina xorijiy mamlakatlarda nom chiqargan
edi. Har ikki o'lkaning, ya'ni Movarounnahr bilan Xorazmning qishloq va
shaharlarida sirlangan sopol idishlar, chiroyli va nozik qilib ishlangan shisha
idishlar yasaldi.
Mamlakatning iqtisodiy jihatdan rivojlanishi ichki va tashqi savdoning
kengayishiga olib keldi. Paxtadan yigirilgan ip va to'qilgan gazlamalar, kunjut va
chigit moyi, mayiz, o'rik va boshqa quruq mevalar uzoq mamlakatlarga olib ketilar
edi. Dashti qipchoq, Janubiy Sibir’ va Mo'g'ulistondagi ko'chmanchi
chorvadorlarga egar-jabduq, kiyim-kechak, o'q-yoy, qilich, bo'yoq zargarlik
buyumlari, dori-darmon, idish-asbob va boshqa narsalarni etkazib berishda
Movarounnahr asosiy rol’ o'ynaydigan bo'ldi.
Farg'onaning hunarmandchilik mahsulotlari — egar-jabduq, kiyim-kechak,
shisha va sopoldan yasalgan nozik buyumlar, mevalar va G'arb mamlakatlaridan
keltiriladigan zeb-ziynat buyumlari, qurol-yarog'lar o'sh va o'zgan shaharlari va
tog' dovonlari orqali Koshg'arga, undan Xitoyga olib borilardi. Movarounnahr
bozorlari orqali YAqin va o'rta mamlakatlariga ipak, kumush, teri, jun, qo'y,
qoramol, tuya kigiz, asal, turli xil mo'ynalar olib borilardi.
Xorazmdan Ustyurt va Dashti qipchoqning g'arbiy rayonlari orqali Volga
bo'yiga, undan Novgorodga boriladigan karvon yo'lida quduqlar qazilib, har bir
bekatda rabotlar bino qilingan edi. Volganing yuqori oqimidagi Bulg'or va quyi
oqimidagi Hazar davlatlariga hamda Rusga Xorazm orqali O'rta Osiyodan guruch,
quruq meva, paxta va jundan to'qilgan kiyimlar, shirinliklar, gilam va shu kabi
narsalar, Xitoy, Hindiston, eron, Turkiya, Iroq, Afg'oniston va boshqa
mamlakatlardan olib kelinadigan mollar chiqarilar edi. Bulg'or va Xozar
davlatlaridan esa O'rta Osiyoga po'stinbop qimmatbaho terilar, mum, o'q-yoy,
baliq elimi, kastorka moyi, bulg'ori charm, qarchig'ay, qo'y, sigir, asal, baliq va
boshqa mollar olib kelinar edi. O'rta Osiyoda ishlangan va chet davlatlardan
keltirilgan hunarmandchilik mollarining ko'p qismi O'rta Osiyo shaharlaridagi
bozorlarda sotilardi. Savdo muomalasida Tohiriylar va Somoniylarning kumush
dirhamlari yuritilar edi.
Somoniylar davrida ariq ochish, suv omborlari va to'g'onlar qurish, qal'alar va
mudofaa inshootlari qurish kabi katta qurilishlar avj oldirilishi munosabati bilan
mexnatkash aholining ahvoli yanada og'irlashdi. Bunday qurilishlarda har
xonadondan bir kishi yiliga bir necha oy hasharchi sifatida safarbar etilib, tekinga
ishlab berishga majbur edi. Masalan, Buxoro vohasini ko'chmanchi qabilalarning
talonchilik xurujlaridan mudofaa etish uchun shu voha atrofi 783 — 831 yillarda
baland devor bilan o'rab olindi. Bu inshoot «Devori kampirak» nomi bilan
mashhur bo'lib, qariyb 400 km uzunlikda bo'lgan va uni qurishda ko'p ming
hasharchi 49 yil mehnat qilgan. Uning qoldiqlari hozirgi kunga qadar saqlanib
qolgan. SHunga o'xshash uzun mudofaa devorlari VIII asrda Samarqand va
Toshkent vohalarining atrofida ham bino qilingan.
Mehnatkash xalqni shafqatsiz ezish va jabr-zulm o'tkazish pirovardida
xalqning sabr kosasini to'ldirgan. Xalq milliy zulmga chiday olmay g'alayon
ko'tara boshlagan. Masalan, 961 yilda Buxoroda novvoy Abubakir rahbarligida
Do'stlaringiz bilan baham: |