Arpapoya so'zi aslida arpaning poyasi yoki arpa ekiladigan joy bo'lmasa
kerak. H. Hasanov ma'lumotiga ko'ra, Aropa deganda o'rda chetidagi xandaq
tushunilgan. Aropa asta- sekin Arpapoya bo'lib o'zgarib ketgan bo'lishi mumkin.
Aropa (Arofa) «balandlik» ma'nosidagi «arfa» so'zining ko'pligi bo'lishi ham
mumkin.
Anhor atamasi arabcha nahr (daryo, kanal) so'zining ko'pligi. Akademik YA.
G'. G'ulomovning fikricha, Bo'zsuv kanali shahar ichkarisiga kirgan hozirgi
Semashko nomli shifoxona yonida g'arbga — Kaykovus nomi bilan, janubga —
Anhor nomi bilan ikkiga bo'linib ketgan. Har ikkala kanal milodning V — VI
asrlari mobaynida qazilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |