Rivojlanishi tarixidan



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/96
Sana09.08.2021
Hajmi1,33 Mb.
#143581
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   96
Bog'liq
urbanizatsiya majmua

VI 
 bo'lim «Jamoat tashkilotlari» deb nomlangan va bu hujjatlar 596, 27, 
81, 268, 611, 34, 8, 595, 76, 490 va 279- fondlarda saqlanmoqda. 
VII 
 bo'lim  «Diniy  nazorat  fondi»  deb  nomlangan.  Bu  haqdagi 
ma'lumotlar arxivning 182, 85-fondlarida saqlanmoqda. 
Ko'rsatkichga ilova sifatida VIII bo'limda geografik va shaxsiy ko'rsatkichlar, 
sharq tillaridagi ayrim so'z va terminlarga izohlar ham berilgan. 
O'zbekiston Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan bu bebaho hujjatlar XIX 
asrning  ikkinchi  yarmidan  to  XX  asrning  boshlari  gacha  bo'lgan  O'rta  Osiyo,  shu 
jumladan,  o'zbek  xalqlari  tarixini,  ayniqsa  jonajon  o'lka  tarixini  o'rganishda  katta 
manba bo'lib xizmat qiladi. 
Arxiv ishlari, uni tartibga solish va rivojlantirish faqat 20- yillardan keyingina 
to'liq  amalga  oshirila  boshlandi.  Dastlabki  kunlardan  boshlab  arxiv  ishlarini 
tartibga solish  va qayta qurish tadbirlari amalga oshirildi. 1918 yil 1  iyunda sobiq 
Sovet  hukumatining  «RSFSRda  arxiv  ishlarini  qayta  qurish  va  markazlashtirish 
to'g'risida»  deb  chiqargan  dekreti  asosida  Turkiston  ASSRda,  so'ng  O'zbekiston 
SSRda ham arxiv ishlari qayta ko'rib chiqildi va markazlashtirildi. 
1931  yil  20  mayda  O'zbekiston  Markaziy  Ijroiya  Qo'mitasining  qaroriga 
asosan  O'zbekiston  SSR  Markaziy  davlat  arxivi  tashkil  etildi.  O'sha  paytgacha  20 
—  30-  yillarga  doir  hujjatlar  O'zbekiston  SSR  Markaziy  arxiv  ishlari 
boshqarmasining xar xil sektsiyalarida saqlanib kelinar edi. 
Tarix  va  madaniyat,  yuridik  va  iqtisodiy  bo'limlardagi  122  ta  fonddagi  188 
710  ta  (ed.  xr.)  ish  yoki  hujjat  1926  yilga  qadar  arxiv  ishlari  boshqarmasining  3 
sektsiyasida saqlanib keldi. 
1924  yili  O'rta  Osiyoda  milliy  davlat  chegaralanishi  o'tkazilishi  munosabati 
bilan  Turkiston  ASSR,  Buxoro  va  Xorazm  Sovet  Xalq  Respublikalari  tugatilib, 


ularning  o'rnida  O'zbekiston  SSR  tashkil  topgach,  soha  arxivlaridagi  barcha 
hujjatlar  O'zbekiston  Markaziy  davlat  arxiviga  topshirildi  va  arxiv  fondlari  shu 
hujjatlar  hisobiga  boyidi.  SHundan  so'ng,  O'zbekiston  SSRning  barcha 
tashkilotlaridagi hujjatlar muntazam ravishda Markaziy arxivga kela boshladi. 
Ministrlar  Sovetining  1958  yil  20  noyabrdagi  750-  sonli  qaroriga  asosan 
Markaziy  Davlat  arxivi  qayta  tuzilib,  uning  fondlari  asosida  o'lkani  industrlash 
bo'limi  tashkil  qilindi.  1959  yilning  1  yanvariga  kelib  bu  bo'limdagi  fondlar  soni 
1527  taga  va  undagi  hujjatlar  soni  503  604  taga  etdi.  Bu  esa  O'zbekistonda  arxiv 
ishlarining  nihoyatda  rivojlanib  ketayotganligidan  darak  beradi.  Hozirgi  kunda 
juda  ko'p  sonli  hujjatlar  tartibga  solingan,  chiroyli  qilib  tematika  asosida  batartib 
taxlab  qo'yilgan  har  bir  fonddan  xech  qiynalmay  foydalanish  mumkin  bo'lgan 
ko'rsatkichlar,  har  bir  mutaxassislik  bo'yicha  maxsus  sistematik  kataloglar  tuzib 
chiqilgan.  Har  bir  fondga  obzorlar  berilgan.  Xullas,  arxivda  saqlanayotgan  juda 
ko'p  va  turli-tuman  sohalarga,  tarmoqlarga  bo'lingan  bu  xujjatlardan  kerakligini 
osongina  topib  foydalanish  imkoniyati  yaratilgan.  Bu  bo'limda  Turkiston  ASSR, 
Buxoro  va  Xorazm  Xalq  respublikalari  va  O'zbekiston  SSRning  tashkil  topgan 
davrdan  boshlab  to  hozirgi  kungacha  bo'lgan,  davlat,  jamoat  va  kooperativ 
muassasalari,  respublika  ahamiyatiga  molik  bo'lgan  tashkilotlar:  sud  va 
prokuratura  organlari,  ilmiy-tadqiqot,  o'quv-tarbiya,  madaniy-maishiy,  ma'rifat  va 
maorif,  kasaba  soyuz  va  jamoat  tashkilotlari  hamda  ayrim  shaxsiy  fondlar  ham 
mavjud. 
Bu  hujjatlar  1917  yil  fevral’  oyidan  to  hozirgi  kungacha  bo'lgan  davrni  o'z 
ichiga oladi. 
Markaziy  arxiv  fondlaridan  joy  olgan  bu  hujjatlar  faqat  o'zbek  xalqining 
tarixinigina  emas,  balki  turkman,  tojik,  qirg'iz,  qozoq  va  boshqa  qardosh  xalqlar 
tarixini ham chuqur va har tomonlama o'rganishda katta ahamiyatga egadir. 
O'zbekiston  Markaziy  davlat  arxivi  fondlarida  ham  tadqiqotchilarning  qo'li 
tegmagan  Turkiston  xalqlarining  1918—1920  yillarda  olib  borgan  milliy  ozodlik 
va erk uchun kurashlari. Turkiston Sho'rolar hukumatining Turkiston muxtoriyatini 
tan olmaganligi, uni ag'darib tashlagani va yo'q qilganligi, milliy mustaqillik uchun 
kurash  olib  borgan  Qo'qon,  Andijon,  Marg'ilon,  Namangan  kabi  shaharlar 
aholisining  sho'rolar  tomonidan  shafqatsizlik  bilan  qirib  yuborilganligi,  milliy 
siyosatni amalga oshirishda sho'rolar hukumatining yo'l qo'ygan xatolari natijasida 
birgina  Farg'ona  vodiysida  180  dan  ortiq  shaharlarning  shafqatsizlik  bilan  yo'q 
qilib yuborilganligi haqida juda qimmatbaho hujjatlar mavjud. 
O'zbekiston  Markaziy  arxivi  Chilonzor  ko'chasidagi  to'rt  qavatli  hashamatli 
binoda joylashgan. Bu bino arxiv saqlashga moslab qurilgan uning arxiv hujjatlari 
saqlanayotgan  xonalaridan tortib, to o'quv  zaligacha  hozirgi zamon talabiga javob 
beradigan qilib jihozlangan. Uning o'quv zali bilimga tashna bo'lgan insonlar bilan 
har doim to`la. 
Arxiv  hujjatlari  asosida  juda  ko'p  ilmiy  ishlar  qilindi.  Hozirgi  kunga  qadar 
shu materiallar asosida 200 dan ortiq dissertatsiya yoqlandi. 
O'zbekiston  Fanlar akademiyasi tarix  va arxeologiya instituti  ilmiy  xodimlari 
to'rt  jildli  «O'zbekiston  SSR  xalqlari  tarixi»ni  arxiv  hujjatlari  asosida  yaratdilar. 
«O'zbekiston  xalqlari tarixi»  ning  uch jildligini  yaratishda  ham arxiv  hujjatlaridan 
keng  foydalanadilar.  Nashrdan  chiqqan  ko'pgina  yirik  ilmiy  ishlar  shu  arxiv 
hujjatlaridan  foydalangan  holda  maydonga  keldi.  O'tgan  davrda  o'zbek  xalqi 
erishgan  yutuq  va  kamchiliklar  haqida  ma'lumotlar  olishda  arxiv  materiallaridan 
juda ko'p foydalanildi va yirik ilmiy ishlar qilindi. 
Arxiv hujjatlaridan foydalanish va o'rganishga bo'lgan qiziqish kundan kunga 
ortib  bormoqda.  Hozirgi  kunlarda  pedagogika  institutlarining  tarix  fakul’tetlariga 
«O'lkashunoslik»  kursining  kiritilishi  talabalarning  arxiv  hujjatlarini  o'rganishga 
bo'lgan  qiziqishini  yanada  kuchaytirdi.  Ko'pgina  talabalar  o'zlarining  kurs  ishlari 


va diplom ishlarini mana shu arxiv materiallari asosida yozmoqdalar. 
Arxiv  hujjatlaridan  foydalanishni  osonlashtirish  maqsadida  «Ko'rsatkich» 
(Putevoditel’)lar  nashr  qilingan.  Bular  esa  arxivda  saqlanayotgan  fondlarning 
mano  va  mazmunini ochib  beradi,  hujjatlarni  o'rganuvchilarga qulaylik tug'diradi. 
Ko'rsatkich 8 bo'limdan  iborat bo'lib, ular tarmoqlar va sohalarga  moslashtirilgan. 
Har  bir  bo'lim  va  boblarda  voqealar  tartib  bilan  tavsiflangan  va  xronologiyaga 
asoslangan.  Ko'rsatkichda  ayrim  fondlarning  ilmiy  jihatdan  muhimligigni  aks 
ettiruvchi  individual  xarakteristikalar  ham  berilgan.  Har  bir  individual 
xarakteristika  to'rt  qismdan,  ya'ni  fondning  nomi,  fond  haqidagi  spravka-
ma'lumotlar,  fondning  tashkil  qilingan  vaqti  va  materiallarning  sahifalari,  fond 
materiali  haqida  annotatsiya  qismlardan  iborat.  Ma'lumotnomadan  fondning 
raqami,  fondi  saqlanayotgan  ishning  hajmi,  hujjat  yozilgan  yil,  ilmiy-axborot 
apparatlarining 
hammasi 
ko'rsatkichga 
kiritilgan. 
Annotatsiyalar 
fond 
materiallarining asl mohiyatini, qisqacha mazmunini, faolligini ochib beradi. 
O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Davlat  arxivining  «Turkiston  ASSRning 
tashkil  topishi»  degan  bo'limidagi  fondlarni,  shu  davr  uchun  nashr  qilingan 
Ko'rsatkich bo'yicha ko'rib va tanishib chiqamiz. 
Ko'rsatkichning birinchi bo'limi «Turkiston hududida Muvaqqat hukumatning 
tuzilishi  va  ishchi-soldat  deputatlari  Soveti  (oktyabrgacha»)  deb  nomlangan. 
Bunda  Vaqtli  hukumatning  Turkiston  Qo'mitasi  xaqidagi  hujjat  (1760-fondda)  va 
Turkiston o'lka soldat va ishchi depuuatlari Soveti (1-chaqirig'i) haqidagi hujjatlar 
(1613-fondda) saqlanmoqda. 
«Davlatning oliy organlari va davlat boshqarmalari» deb nomlangan ikkinchi 
bo'lim ham o'z navbatida 5 bobdan iboratdir. Birinchi bob — Turkiston ASSRning 
davlat  organlari  va  davlat  boshqarmalari  deb  atalgan  hujjatlar  (17,  13,  16,  25,  20, 
18,  111,  39,  621,  38,  35,  606,  34,  208,  33,  37,  337,  29,  182,  184,  215,  41  va  21- 
fondlarda); II bob — «Buxoro Xalq Respublikasi davlat organlari» (46, 47, 48, 49, 
50,  1616,  56,  57,  61,  63,  58,  62,  51,  52,  68-  fondlarda  saqlanmoqda);  III  bob  — 
«Xorazm  Xalq  Resiublikasi  davlat  hokimiyati  organlari  va  boshqarmalari»ga  doir 
hujjatlar (71, 72, 73, 74, va 75- fondlarda); IV va V boblar — «O'zbekiston Davlat 
organlari  va  davlat  boshqarmalari  faoliyati»ga  doir  hujjatlar  (87,  86,  225,  837, 
1807,  85,  95,  81,  2027,  1,  9,  11-fondlarda);  Adliya  va  sud  organlari»  deb 
nomlangan  uchinchi  bo'lim  hujjatlari  904,  344,  343,  354,  345,  1713  va  1714- 
fondlarda asralmoqda. 
«Xalq xo'jaligi tashkilotlari, muassasalari va korxonalarining faoliyati»ga doir 
to'rtinchi bo'limning o'zi xam 7 bobga bo'linadi. Birinchi bob — «Planlashtirish va 
statistika»  deb  ataladi  (88,  10  va  boshqa  fondlarda);  «Moliya»  deb  nomlangan 
ikkinchi bobdagi hujjatlar 93, 1680, 335, 634, 2086, 430, 333, 332, 436- fondlarda; 
«Sanoat»  degan  uchinchi  bobdagi  hujjatlar  89,  283,  103,  1977,  2117,  109,  2113, 
87, 132, 1867, 1023, 2097, 2105, 2106 va 2038- fondlarda; «qishloq xo'jaligi» deb 
nomlangan  to'rtinchi  bobdagi  ma'lumotlar  90,  611,  233,  226,  674,  218,  756,  473, 
301-fondlarda  saqlanmoqda;  «Savdo,  ta'minot  va  tayyorlov  tashkilotlari»  deb 
atalgan  beshinchi  bobdagi  materiallar  91,  274,  320,  701,  141,  272,  1753,  293  va 
1943-  fondlarda;  «Transport  va  aloqa»  bobi  233,  608,  2,  235,  244,  2085  va  5 
fondlarda  va  nihoyat  ettinchi  —  «Loyihalash  va  qurilish»  bobidagi  xujjatlar  169, 
170, 610, 114, 2061, 2048, 2092 va 1956- fondlardan joy olgan. 
Beshinchi bo'lim «Madaniy va maishiy tashkilotlar» deb ataladi va bunga oid 
hujjatlar  ham  4  bobdan  iborat.  Birinchi  bob  —  «Xalq  maorifi  va  fan»,  bundagi 
materiallar 94, 368, 375, 374, 633, 414, 364, 632, 631, 630, 361, 2091, 2082, 743, 
394, 412, 1876- fondlarda va «Matbuot» deb nomlangan boblar esa 402, 431, 155, 
405,  404,  403,  408,  409-  fondlarda  saqlanadi.  «San'at»  bobidagi  hujjat  lar  2087, 
2062,  2088,  2089  va  417-  fondlarda;  «Sog'liqni  saqlash»  sohasidagi  to'rtinchi 
bobga doir hujjatlar 131, 350 va 2096-fondlardan joy olgan. 


«Mehnat  va sotsial ta'minot tashkilotlari»  deb nomlangan oltinchi bo'limdagi 
hujjatlar  arxivning  97,  328,  96,  419  va  421-  fondlarida  saqlanadi.  «Kasaba 
uyushmalari va jamoat tashkilotlari» deb nomlangan bo'lim ham uch bobdan iborat 
bo'lib, birinchi bobga «Kasaba soyuzlar» haqidagi hujjatlar arxivning 735, 805, 20, 
747,  792-  fondlarida  saqlanadi.  “Jamoat  tashkilotlari”  nomli  bobdagi  hujjatlar  44, 
245,  126,  406,  840,  423,  239,  348  va  424-  fondlarga  kiradi.  «Sport 
tashkilotlarining  hujjatlari»  2043,  2053,  2047-  fondlarda  va  nihoyat  «SHaxsiy 
fond» deb nomlangan oxirgi bo'lim 7226, 1591-fondlarda saqlanadi. 
O'lkashunoslikning  asosiy  manbalaridan  biri  hisoblangan  arxivshunoslik 
Vatan  tarixini,  shu  jumladan,  o'z  o'lka  tarixini  har  tomonlama  va  chuqur 
o'rganishda talabalarga katta yordam beradi. 
SHuni  ta'kidlab  o'tish  kerakki,  respublikamizning  hamma  rayonlarida  va 
oblastlarida  rayon  va  oblast’  davlat  arxivlari  mavjud.  Rayon  arxivlari  o'z  qo'l 
ostidagi  barcha  muassasa  va  tashkilotlardagi  davlat  ahamiyatiga  ega  bo'lgan 
hujjatlarni yig'ib oladi va ma'lum muddatdan so'ng ularni oblast’ davlat arxivlariga, 
ular esa o'z soha va tarmoqlari bo'yicha respublika arxivlariga  yoki boshqarma  yo 
vazirliklarga,  ular  xam  o'z  navbatida  bir  qancha  muddat  saqlaganlaridan  so'ng 
Markaziy  davlat  arxivining  qonun-qoidalariga  rioya  qilgan  holda  hujjatlarni 
tayyorlab, so'ng Markaziy davlat arxiviga topshiradi. O'zbekiston Markaziy davlat 
arxividagi  hujjatlar  o'z  ahamiyatiga  qarab  bir  umr  yo  bir  necha  yil  saqlanadi  yoki 
akt qilib yoqib tashlanadi. 
Bundan  tashqari,  Toshkentda  respublika  partiya  tashkilotlari,  ya'ni  rayon, 
oblast’,  respublika  partiya  tashkilotlarining  ham  maxsus  arxivlari  mavjud.  Bu 
arxivlarda  boshlang'ich  partiya  tashkiloti  hujjatlari  saqlanadi.  Bu  arxivlardan 
tashqari yana bir necha tarmoqlarni o'z ichiga olgan arxivlar ham bor. 
O'qituvchi  arxiv  hujjatlaridan  muntazam  ravishda,  har  bir  mavzuni  bayon 
etish  jarayonida  o'rinli  va  unumli  foydalanishi  uchun  oldindan  qaysi  arxivning 
qanday  fondidan  qaysi  mavzuni  o'tishda  qo'llash  mumkin  bo'lgan  materiallarni 
aniqlab olishi zarur. 
Agar  o'qituvchi  partiyaning  agrar  siyosatini  o'quvchilarga  tushuntirayotgan 
vaqtida  O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Davlat  arxivining  1,  9,  25,  29,  167, 
218, 301, 473, 674, 754- kabi  fondlarida saqlanayotgan 1917—1920  yillarda xalq 
xo'jaligini  qayta  qurish  va  tiklash,  kooperativ  rejani  amalga  oshirish  uchun  olib 
borilgan  kurash,  meliorativ  shirkatlar  va  «Qo'shchilar  soyuzi»ning  ish  faoliyati 
xalq  xo'jaligini  rayonlashtirish,  irrigatsiya  va  suv  xo'jaligini  qayta  qurish  va 
takomillashtirish,  erlarning  meliorativ  holatini  yaxshilash,  paxta  mustaqilligi  va 
yakka  hokimligining  kelib  chiqish  sabablari  o'sha  hujjatlardan  foydalangan  holda 
bayon qilinsa juda maqsadga muvofiq bo'lar edi. 
Buning  uchuy  o'qutuvchining  o'zi  arxivdan  foydalanish  yo'llarini  yaxshi 
bilishi shart. 
Arxiv  hujjatlari  har  bir  darsning  g'oyaviy,  siyosiy  tomonlarini  faktik 
materiallar  bilan  boyitishdan  tashqari,  uning  ta'limiy  va  tarbiyaviy  ahamiyatini 
oshiradi,  yosh  yvlodni  esa  vatanparvarlik,  ajdodlarimiz  merosini  o'rganishga 
bo'lgan qiziqishini ta'minlaydi. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish