Buxoro — qadimiy, tarixiy, yodgorliklarga boy shahar. Narshaxiy
Buxoroning Numijkat, Bumiskat, Madinat us — Sufriya, ya'ni «Mis shahar»,
Madinat o't — tujjor, ya'ni «Savdogarlar shahri» degan nomlari borligini aytadi:
«Buxoro, — deb davom etadi tarixchi,— degan nom u nomlarning hdmmasidan
ma'qulroqdir. Xuroson shaharlaridan birontasi ham bunchalik ko'p nomga ega
emas. Bir xddisda Buxoro nomi Foxira bo'lib qolgan. CHunki «Qiyomat» kuni
Buxoro shahri o'zida shahidlarning ko'pligi bilan faxr qiladi» (BT, 28-bet).
Buxoroning Foxira deyilishi dinga qorilgan afsona, albatta, ikkinchidan, arab
grafikasi oqibatidir. Buxoro nomi «Abdullanoma» va boshqa bir qator asarlarda
«Vixara» tarzida keltirilib, otashparastlar ibodat qiladigan joy ta'riflanadi. Uning
etimologiyasi xam bor.
Xalqda Buxoro — Bog'ora degan rivoyat ham bor. Buxoro so'zining
etimologiyasi aniq
emas.
Buxoro — sanskritcha vixara so'zidan olingan bo'lib, «ibodatxona» ma'nosini
bildiradi, degan fikr bor. V. A. Livshitsning fikricha, vixara so'zi so'g'd tilida
parxar shaklida kirgan. Hofizi Tanish Buxoriyning yozishicha, «Buxoro» so'zi
buxor so'zidan kelib chiqqan bo'lib,O'tparastlar tilida «ilm makoni» demakdir. Bu
talaffuz uyg'ur va xitoy butparastlarining tiliga yaqindir, chunki (ularda) sig'inish
joylari bo'lgan ma'budalarni «buxor» deb ataydilar. Buxoro shaxrining nomi aslida
Lumijkat bo'lgan (Hofizi Tanish Buxoriy, «Abdullanoma», 1- jild. T., 1966, 273-
bet).
Buxorotoponimi yolg'iz emas. XI — XII asrlarda Balx shahri atrofida
Navbahor ibodatxonasi bo'lgan. Navbaxor «erta bahor» emas, balki «YAngi
ibodatxona» demakdir. Buxoro shahri etimologiyasi bilan Hindistondagi Bixar
shtatining etimologiyasi birdir (V. A. Nikonov). V. V. SHostakovich Sibirdagi
Buxoro nomli daryoni tilga oladi.
Buxoro yaqinida dul Buxoro (Jul Buxoro) nomli qishloq bo'lgan. Buxoro
viloyatlaridan biri Buxorxitfar (Najar — xatfar) deb atalgan. (Buxoro hokimlari
«buxorxudot» deyilar edi.) Bekobod yaqinida Buxorolik, Janubiy Uralda
Buxorocha degan soy, Qashqadaryo viloyatida (Kitob, G'uzor) Buxor —go'por,
Buxori, Xo'jaburxori nomli mahalla, joylar bor. SHunday qilib, Buxoro
komponentli toponimlar bir qanchadir. Qadimgi turkiy runik yozuvida (Kulteginga
bag'ishlangan yodgorlikda) Vuqarak degan joy nomi uchraydi (Buqaraq so'zi ulis
— Buxoro edi). Bu joy nomiga S. E. Malov bemalol Buxoro deb izoh bergan.
Akademik B. YA. Vladimirtsov o'sha yodgorlikda So'g'd nomi ham uchrashini
aytadi va Buqaraq haqiqatan Buxoro degan so'z bo'lsa, o'yrat (oltoy) qahramonlik
eposlarida buxarin cherik, ya'ni «Buxoro qo'shinlari» degan so'zlar uchraydi, deb
yozadi (B. YA. Vladimirtsov, «Geograficheskie imena orxonskix nadpisey,
soxranivshiesya v mongol’skom», Dokladn Akademii Nauk SSSR, Leningrad,
1929, Dokladn AN SSSR, № 10, 171-bet). Ba'zi bir tadqiqotchilar Buxoro so'zi
sanskritcha emas, balki eftalitcha bo'lsa kerak, deb hisoblaydilar. Bunda ular
so'g'diy yozma hujjatida Buxoro so'zining bosh harfi «P» bilan yozilganini dalil
qilib keltiradilar (V. A. Livshits, K. V. Kaufman, I. M. D’yakonov. «O drevney
sogdiyskoy pis’mennosti Buxarn». Vestnik drevney istorii, §- 1, 1954, 150-163-
betlar).
Buxoro o'zining ko'p asrlik tarixi mobaynida bir necha bor yuksalish va
inqiroz davrlarini boshidan kechirdi, chet el istilochilarining qurboni bo'ldi.
Moddiy madaniyat va san'atning shunchalik xilma-xil va turli davrga oid
yodgorliklari to'plangan bunday shaharlar juda oz. SHahar SHarq me'morlari
yaratgan nodir arxitektura yodgorliklari bilan butun dunyoga ma'lumdir.
Buxoroning birinchi tarixchilari yozib qoldirgan afsonalardan birida Buxoro
qal'asi Siyovush tomonidan qurilgan deb aytiladi. Siyovush qadim zamonlarda
ilohiy shaxs sifatida hurmatlangan, keyingi davrlarda yaratilgan she'riy afsonaga
ko'ra, eron shohi va turk malikasining farzandi bo'lgan Siyovush Turon shohi
Afrosiyob tomonidan o'ldirilgan.
VI asrda shahar, yuqorida ta'kidlanganidek, so'g'dcha nom bilan Numijkat deb
atalgan bo'lsa, VII — VIII asrlarda Puxo, Buxo, Buge deb ham nomlangan. VII
asrning ikkinchi yarmida arab istilochilari O'rta Osiyoga, shu jumladan, Buxoroga
bostirib kira boshlaydilar. Amudaryoni birinchi bo'lib kechib o'tgan Ubaydulla ibn
Ziyod 674 yilda Toshkentni egallab, Buxoroga bostirib kirady. 709 yilda Qutayba
ibn Muslimning katta lashkari boy va yaxshi mustahkamlangan Buxoroni
egallaydi. O'sha paytgacha shaharning to'rt, keyinchalik ettita darvozasi bo'lgan.
VIII — IX asrlarda Buxoroda katta o'zgarishlar yuz berdi. 849 — 850 yillarda
shahar atrofi II darvozali devor bilan o'raldi. IX asrda mahalliy Buxoro boyonlari
Ismoil Somoniy (892 — 907) boshchiligida tashabbusni o'z qo'llariga oldilar. Ular
nisbatan markazlashgan, amalda xalifalikdan mustaqil bo'lgan feodal davlat
tuzdilar. IX — X asrlarda u iqtisodiy va madaniy jihatdan o'rta va YAqin
SHarqning asosiy shaharlaridan biriga aylandi.
Bu davrlarda ijod qilgan 30 ga yaqin shoirning nomi tarixda saqlanib qolgan.
Abu Abdullo Rudakiy o'sha davrning eng ulug' shoiri bo'lgan. Rudakiyning bizga
ma'lum bo'lgan eng ajoyib asarlaridan «SHarob onasi», «Qarilikka qasida» larni
tilga olish, qayd etish lozim. O'rta asrning buyuk entsiklopedist olimlaridan biri
buxorolik Abu Ali ibn Sino (980—1037 yillar) edi. Ibn Sinoning asosiy asarlari
bo'lgan «Tib qonunlari», «SHifo kitobi», «Donishnoma» va b. q. asarlarida uning
tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari ifoda etilgan.
1220 yilning fevralida Buxoro CHingizxon qo'shinlari tomonidan zabt etildi.
1370 yilda esa Temur imperiyasi tarkibiga kirdi. XIV — XV asrlar mobaynida
Buxoro diniy markaz vazifasini bajardi. Ulug'bek tomonidan Buxoroda (1417 yil)
va G'ijduvonda (1433 yil) qurilgan madrasalar feodal hukmdorning ruhoniylarga
e'tiqodi bilangina emas, balki uning olim sifatyda madaniy-ma'rifiy faoliyati bilan
ham bog'liqdir.
XVI — XVII asrlarda Buxoro sezilarli darajada gullab-yashnadi. SHahar
tubdan qayta qurildi, me'morchilik ansambllari paydo bo'ldi. Bu inshootlarning
ko'plari bizning zamonimizgacha saqlanib qolgan. Noyob inshootlar shaharda
o'ziga xos me'morchilik maktabi vujudga kelganligidan dalolat beradi.
Qoraxoniylar davrida qurilgan Jome' masjidi xarobalari o'rnida Kalon masjidi
(1514), uning qarshisida esa Mir Arab madrasasi (1530—1536 yillar). Baland
Masjidi va Xo'ja Zayniddin masjidlari barpo etildi. KO'hna Buxoroning eskirib
qolgan ko'plab monumental binolari qayta tiklandi va qisman ta'mirlandi.
CHSHahar chekkalarida ulkan CHor Bakr ansambli, xovuzlar, sardobalar,
ko'priklar, karvonsaroylar va Bahovuddin qishlog'ida maqbaralar qurildi. Qad'a
devoridan tashqaridagi Fayzobodda ajoyib xonaqoh (1598—1599 yillar) qurildi. U
chiroyli gumbazga, ichki tomoni esa ikki qavat, ganchga o'yilgan go'zal naqshlar
bilan bezatilgan.
Buxoro jahondagi eng ko'hna shaharlardan biri. Olimlar taxminida, ayrim
yozma manbalarda shaharning «yoshi» har xil ko'rsatilgan edi, ammo O'zbekiston
Fanlar akademiyasining Arxeologiya instituti tomonidan tarix fanlari doktori A. R.
Muhdmmadjonov boshchiligida olib borilgan arxeologik tekshirishlar natijasida
Buxoroning «yoshi» 2300 yil ekanligi aniqlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |