YUnusobod — Toshkent shahrining yangi dahalaridan biri. Bu joy 1917
yildan keyin tashkil topgan. Usha qishloqni barpo qilishda ishtirok etgan keksa
kosib Abdulla ota Nu'monov va o'tkir ota Hoshimovlar 1919 yilda taxtapullik
kosib YUnus ismli kishi o'sha joyda chayla qurib, atrofidagi bo'sh yotgan erlarni
o'zlashtirib olgan. Keyinchalik ko'pgina taxtapullik kishilar qatori biz ham ko'chib
kelganmiz va yangi er ochib dehqonchilik qilganmiz, deydilar. O'shalarning
aytishlaricha, birinchi bo'lib qo'riq er ochgan YUnus akaning nomi bilan
YUnusobod bo'lib qolgan. B. A. Ahmedovning fikricha 1784 yili Toshkent hokimi
YUnusxo'ja bu joylarni obod qilganligi sababli, uning nomi bilan YUnus obod deb
atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |