Qurilish ekologiyasining aniqlanishi (Charles J. Kibert, Jan Sendzimir, and G. Bradley Guy (Edited by 2003) Construction ecology: nature as the basis for green buildings. London and New York p. 303. (p. 5-12)). Sun’iy atrof-muhitning qurilishi va foydalanishi tabiiy atrof-muhitga iqtisodiyotdagi o’rniga qaraganda nomutanosib ta’sir o’tkazadi. Garchi bu AQSHning yalpi ichki mahsulotining 8% tashkil etsa ham, qurilish sohasida qazib chiqarilgan materiallarning 40% sarflaydi. Umumiy yerga ko’miladigan chiqindilarning uchdan birini chiqaradi va o’zining ishi uchun milliy energiya iste’molini 30% tashkil etadi.
Sanoat sohasining muvozanatini saqlash manbalari ishlatish yo’llarining fundamental o’zgarishlarga va qurilish faoliyatini qo’llab-quvvatlaydigan sanoat jarayonlarining chiqindilariga taalluqli past tan narxli mahsulotlarga bog’liqdir. Qurilish boshqa sanoat turlari kabi tabiiy tizimlarning metapolik hatti-harakatini kuzatishdan yutib, muvozanatni saqlash elementlarining murakkab yig’indisining xususiyati bo’ladi. Tabiatni o’z sanoati uchun o’rganayotgan, paydo bo’layotgan sanoat ekologiyasining sohasi sun’iy atrof-muhitni yoki muvozanatli qurilishning ma’nosini anglash qobiliyatini beradi. Bu fan qurilish sohasini va materiallarni qo’llab-quvvatlaydigan, muvozanatni ideallariga yaqinroq qilish uchun bizga tabiiy va sanoat ekologiyasidan tashkil topgan qurilish ekologiyasi tushunchasini, sanoat qurilishlarining turlarini taklif etadi. Bundan tashqari qurilish ekologiyasi bizni hamma narsalar bilan ta’minlaydigan tabiiy tizimlarni o’zi chiga oladigan yirik masshtabli biohududiy “yashil infratuzilma”ni o’z yo’lida ichiga oladigan simbiotik, sinenergetik, sun’iy atrof-muhit, tabiiy atrof-muhitning keng qamrovli aloqalarini o’z ichiga oladi.
Ekotizimlar inson faoliyatini muvozanatli yo’lga o’tkazishda juda muhim namuna sifatida manba bo’ladi. Jumladan:
tabiiy jarayonlar ko’proq davriy bo’ladi;
quyosh nurlari energiyasining oqimidan va organik omborlardan ishlaydi;
pastgi qismlarning funktsiyalarining bajarilishini turli tusga kiritib, har bir chegaradagi eguvchanlikni qo’llab-quvvatlaydi;
turli xil chegaralardagi funktsiyalarni ortig’i bilan bajarib, har bir chegaradagi muvozanatni qo’llab-quvvatlaydi;
murakkab jamoalarning kooperativ aloqalarini rivojlantirib, materiallarning samarali foydalanishini qo’llab-quvvatlaydi;
tashqi atrof-muhitning o’zgarishlariga javoban moslanuvchan va taraqqiy etish uchun yetarli turli xil ma’lumotlarni hamda funktsiyalarni qo’llab-quvvatlaydi.
Inson faoliyati sanoatning quyi tizimiga tabiiy tizimlarni loyihalashtirish tartiblarini qo’llanilishining turli xil yo’llarini ko’rib chiqadi. Tiklanmaydigan resurslardan foydalanishga asoslangan iqtisodiyotning harakatlanishini qayta loyihalashtirishni olib boradi.
Sanoat tizimlarini rejalashtirish ekologik tizimlarning modellarini moslashishiga asos bo’lib, shakllanayotgan sanoat ekologiyasi yangi-yangi intizomdir. ekologik sanoatning xususiyatlarini tasvirlaydigan sanoatsimbiozini (ikki xil organizmning muayyan bir muhitda bir-biriga foyda yoki zarar keltirib, birga yashashi), atrof-muhitning dizaynini, sanoat metabolizmini, ekologik toza ishlab chiqarishni, ekologik samaradorlikni va boshqa yangi terminlarni o’z ichiga olish uchun oxirgi izlanishlarda sanoat ekologiyasi qayta ko’rilib kengaytirilmoqda.
Texnologik vositalardan yana ham kengroq foydalanish uchun hozirgi mavjud sanoat chiqindilarining oqimini boshqa sanoat jarayonlariga manba sifatida ishlatish uchun sanoat simbiozi ekotizimni kuzatishdan hosil bo’lganlarni dars mashg’ulotlarida foydalanishga e’tibor qaratadi. Mahsulot materialining tarkibiy qismlarini qayta ishlatish va ishlashda paydo bo’layotgan intizom, atrof- muhitni rejalashtirish inson loyihalashtirish jarayonini o’zgartiradi. Manbalarni ishlatish foydaliligini ko’paytirishni ko’zlab, manbalarni ishlatish va sanoat chiqindilarini ishlab chiqarish haqida tushunchalarni olish uchun sanoat metabolizmi sanoatning kirish, jarayon va chiqishlarini ko’radi.
Materialllarni ishlatishning tizimli qisqarishi va nazorat qilish hamda mahsulot hayotining oxiriga qadar xom ashyo sifatida foydalanishdan sanoat jarayonlarining zanjiri bo’ylab ifloslanishning oldini olish ekologik toza ishlab chiqarishdir. Ekologik samaradorlik ishlab chiqarish kompaniyalarini tovar va xizmatlarga material va energiyani ishlatishni kamaytirishga, zaharli chiqindilarni kamaytirishga, materiallarni qayta ishlab chiqarish xususiyatiga ega qilib chiqarishga, materiallarning muvozanatli ishlatishni ko’paytirishga, mahsulotning chidamligini ko’paytirishga hamda xizmat ko’rsatish qizg’inligini oshirishga chaqiradi.