Rivojlanishdagi kritik davrlar Yosh davrlarining ta’rifi


Rivojlanish organizmning sifat koʻrsatkichi



Download 59,5 Kb.
bet3/4
Sana21.05.2022
Hajmi59,5 Kb.
#606237
1   2   3   4
Bog'liq
2 5449859305832453227

3. Rivojlanish organizmning sifat koʻrsatkichi.
Yangi tug‘ilgan go‘dak nisbatan kalta qo‘l-oyoqlari, tanasi va boshiningkattaligi bilan farqlanadi. Uning kallasining uzunligi tanasi uzunligining 1/4 qismini, ikki yashar bolada esa 1/5, olti yasharda – 1/6, o‘r ikki yasharda – 1/7 va voyaga etgan odamda – 1/8 qismni tashkil etadi. Yosh kattalashagan sari kallaning o‘sishi sekinlashadi, oyoq-qo‘llarning o‘sishi esa kuchayadi. Jinsiy etilish davrining boshlanishiga qadar tana proporsiyalarida farq bo‘lmaydi va ular rubertat davrida yuzaga chiqadi. Tananing bo‘yi va eni o‘rtasidagi proporsiyalarni turlicha bo‘lishining uchta bosqichini ajratish mumkin: 4 yoshdan 6 yoshgacha, 6 yoshdan 15 yoshgacha va 15 yoshdan to voyaga etgunga qadar. Agar rubertat oldi davrida umumiy bo‘y oyoqlarning o‘sishi hisobiga ortsa, rubertat davrida esa tananing o‘sishi hisobiga (suyaklarning qalinlashishi va mushak to‘qimalarining o‘sishi) ortadi. Rivojlanish uzluksizligi. O‘sish va rivojlanish jarayonlari uzluksiz sodir bo‘lishi aniqlangan va u organizmning o‘zgarishlarida, ya’ni uning yangilanishida, yangi hujayralarning paydo bo‘lishida, funksiyalarning va faoliyat turlarining murakkablashishi hamda takomillashishida ayon bo‘ladi.Yurishning boshlanishi va motorikaning keyingi rivojlanishi, birinchi so‘zlar va nutq funksiyasining keyinchalik rivojlanishi, jinsiy balog‘atga etish davrida bolaning o‘spiringa aylanishi, markaziy asab tizimining va birinchi galda bosh miya pg‘stlog‘ining uzluksiz rivojlanishi hamda reflektor faoliyatiningmurakkablashuvi rivojlanishining bu bosqichlari organizmdagi ko‘p qirrali va turli xildagi uzluksiz o‘zgarishlarning bir qisminigina tashkil qiladi. Bunda barcha a’zolar va to‘qimalarning rivojlanishi ularning funksional jihatdan takomillashuvi bilan bir vaqtda sodir bo‘ladi. Uzluksiz rivojlanish qarilik chog‘ida ham kuzatiladi va involyusion tavsifga ega. Qarilik chog‘ida organizmda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar juda murakkab va ushbu muammo buyuk allomalarni juda qadimdan o‘ziga jalb qilganligiga qaramasdan hali etarlicha o‘rganilgani yo‘q.Rivojlanishning individualligini bolaning aqliy rivojlanishi misolida ko‘rish mumkin. Bunga ayrim hollarda bolaning aqliy jihatdan orqada qolishi bo‘lsa, boshqa hollarda shaxsning nisbatan tez o‘zib ketishi sabab bo‘ladi. Birinchi holda bu xususiyatning ustunligi kichik maktab yoshidagi bolalarga xos bo‘lsa, boshqa holatda o‘qituvchining dars berish mahoratiga ham bog‘liqdir. Ikkinchi holatda o‘quvchi o‘z sinfdoshlaridan o‘zib ketgan holda, u mustaqil bo‘lishga va o‘zbilarmonlikka berilib, o‘qituvchi ham bo‘ysunmay qoladi. SHuning uchun bolalarni nisbatan o‘zib ketishiga nisbiy munosabatda bo‘lish kerak. Bolalarni individual o‘sish va rivojlanishini e’tiborga olmasdan turib ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish mumkin emas.Bolalarning yoshlariga nisbatan aqliy kamol topishlarining shaxsiy qobiliyatiga va atrof-muhit sharoitiga ham bog‘liqdir. Ularning aqliy va psixologik rivojlanishi bolalarni o‘rab turgan muhitga va o‘quv-tarbiyaviy ishlarga ham bog‘liqdir. Shuni yodda tutish kerakki, bolalarni nisbatan bir necha yil bir xil sharoitda yashashi ularning shaxsiy o‘sish sur’atiga ta’sir etadi. SHu bilan birga kichik maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida o‘ta qobiliyatlilari ham uchrab turadi. Bularni “vunderkind”lar (nemis tilida sehrli bolalar) deyiladi. Ko‘pgina ataoqli kishilarning yoshligidanoq katta qobiliyatga ega bo‘lganliklari bizga ma’lum. Jumladan buyuk allomalarimizdan Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy va Abu Ali ibn Sinolarni misol keltirishimiz mumkin. Abu Ali ibn Sino 16-17 yoshidanoq mashhur tabib xakim bo‘lib tanilgan. Dunyoning birinchi birinchi vundirkindi deb Italiya yozuvchisi Takvato Tasso e’lon qilingan. U 13 yoshida Balon universiteti talabasi bo‘lgan. Viktor Gyugo esa 12 yoshida Fransiya akademiyasining rahbatnomasini olgan. Buyuk kompozitor Motsartni misol qilishimiz. U 4 yoshida musiqa yozgan. Hozirga davrda bunday bolalarga mamlakatimizda katta e’tibor berilmoqda. Ular uchun maxsus litsey va gimnaziyalar tashkil etilgan. Bolalarning jismoniy, aqliy va jinsiy jihatdan rivojlanishida yuqorida aytib o‘tilganidek, irsiy faktorlar bilan bir qatorda turmush sharoiti, maktab va litseydagi mehnat faoliyati, jismoniy mashqlar, kasalliklar bilan og‘rigani muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari ob-havo sharoiti, iqlim sharoiti, quyosh radiatsiyasi ham ularning o‘sishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar yoz faslida (iyul-avgust) xususan tez o‘sadi. Agar bola kichikligidan muntazam ravishda jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullansa, u sog‘-salomat o‘sadi, uning organlari uyg‘un rivojlanadi. (masalan, bola nafas organlarining takomillashuvi, yurak-qon tomir tizimining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi).

Download 59,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish