O’zbekistonning Markaziy Osiyo Respublikalari bilan aloqalarining rivojlanishi.(Almati, Jambul, Do’rmon, Markaziy Osiyo hamkorligi, konstruktiv siyosat)
38. O’zbekistonning Markaziy Osiyo Respublikalari bilan aloqalarining rivojlanishi.(Almati, Jambul, Do’rmon, Markaziy Osiyo hamkorligi, konstruktiv siyosat) Mamlakatimiz taraqqiyotining chegaralarimiz xavfsizligidan tortib suv resurslarini oqilona taqsimlashgacha bo‘lgan barcha muhim hayotiy masalalarini hal etish mintaqamiz bilan chambarchas bog‘liq. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan, xavfsizligi ta’minlangan Markaziy Osiyo O‘zbekiston uchun eng asosiy maqsaddir. Transport-kommunikatsiya va energetika sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni qo‘shni mamlakatlar bilan faol hamkorlik qilmasdan, ularning yuksak darajada integratsiyalashuvini ta’minlamasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo nafaqat geografik va geosiyosiy, balki qadriyatlari mushtarak yagona madaniy makondir. Mintaqada istiqomat qilayotgan xalqlarni umumiy ma’naviy qadriyatlar va o‘tmish, o‘xshash milliy an’ana va urf-odatlar, asrlar davomida shakllangan mentalitet birlashtirib turadi.Hozirgi kunda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2,9 barobar oshdi, Shuni ta’kidlash joizki, ayrim iqtisodiy faoliyat turlarida o‘ziga xos xususiyatlar va raqobat ustunliklariga ega bo‘lgan O‘zbekiston tovar va xizmatlarni eksport qilishda munosib o‘rin egallaydi. Va yana O‘zbekiston Markaziy Osiyodan energiya va neft mahsulotlari, rangli va qora metallar va boshqa mahsulotlarning asosiy importyori hisoblanadi. Hamkorlikni kengaytirishning muhim omili qo‘shma va xorijiy korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishidir. Hozirgi kunda O‘zbekistonda qozoq sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 200 dan ortiq korxona va qirg‘iz sarmoyadorlari ishtirokida tuzilgan 96 ga yaqin kompaniya mavjud. O‘z navbatida, Qozog‘iston hududida 150 ga yaqin korxona, Qirg‘izistonda esa keng turdagi tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 200 dan ortiq qo‘shma qirg‘iz – o‘zbek korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
39. O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan olib borayotgan ochiq va konstruktiv siyosati. (Orol dengizi, Sardoba, Tadao Chino, “Xalq diplomatiyasi”,global pandemiya) Oʻzbekiston 1991-yil mustaqillikka erishgandan soʻng dunyo hamjamiyatining toʻlaqonli aʼzosi sifatida oʻzining mustaqil tashqi siyosatini amalga oshira boshladi. Oʻtgan 30 yil mobaynida oʻzbek diplomatiyasi katta yoʻlni bosib oʻtdi. Bugungi kunda Oʻzbekiston dunyoning 134 mamlakati bilan diplomatik aloqalarni oʻrnatgan va xorijiy mamlakatlarda 35 ta elchixona, 17 ta bosh konsulxona va xalqaro tashkilotlar huzurida 3 ta doimiy vakolatxona faoliyat olib bormoqda. 2017-yildan boshlab oʻzbek diplomatiyasida sifat jihatdan butunlay yangi sahifa ochilib, respublikamizning xalqaro maydonda olib borayotgan faoliyati yangi bosqichga chiqdi, deb aytish mumkin. Buning asosoiy sababi – mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan dunyoga ochiqlik siyosati, birinchi navbatda yaqin qoʻshnilarimiz, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik yangi bosqichga olib chiqildi. Davlatimiz rahbari tashqi siyosatda amalga oshirilishi moʻljallangan birinchi navbatdagi vazifalar xususida BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida soʻzlagan nutqida alohida taʼkidlab oʻtdi. Chorak asrdan koʻproq vaqt davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida bir qator muammolar vujudga kelgan edi. Suv-energetika resurslari va transport kommunikatsiyalaridan foydalanish, davlat chegaralarini delimitatsiya qilish va chegara punktlarini kesib oʻtish kabilar shular jumlasidandir.Tanlangan yangi tashqi siyosat yoʻnalishiga mos ravishda, Oʻzbekiston rahbari soʻnggi 3 yil mobaynida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan mintaqaviy xavfsizlik, tinchlik va osoyishtalik hamda barqaror iqtisodiy taraqqiyotga oid dolzarb masalalarni birgalikda hal etishga qaratilgan konstruktiv muloqotni olib bormoqda.Qayd etilishicha, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari global miqyosga ega bo‘lib, O‘zbekiston hududida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Birgina Orol dengizi falokati natijasida Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi dunyo ko‘rsatkichlaridan 2 barobar jadalroq kechmoqda. Daryolar suvini shakllantiruvchi muzliklarni tobora erib borishi, chang bo‘ronlari davriyligi va ularning ortib borishi, yerlarning degradatsiyaga uchrashi, suv resurslarining taqchilligi kabi salbiy ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda.Iqtisodiyot tarmoqlari, qurilish va energiya tejamkorligini oshirish yuzasidan qabul qilingan strategik dasturlar va ularni ijrosi “O‘zgidromet” tomonidan hisob-kitoblar va tadqiqotlar asosida tahlil qilingan. Natijada, O‘zbekiston Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvi doirasida 2030-yilga yalpi ichki mahsulotga nisbatan issiqxona gazlari ulushini 35 foiz kamaytirishga erishiladi.Shuningdek, Iqlim o‘zgarishining O‘zbekistondagi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi kiritilgan 51 ta tadbirdan hozirda 16 tasi to‘liq bajarilgan. Qolgan vazifalar ijrosi amalga oshirilmoqda. Jumladan, o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 700 gektardan ortiq maydonda niholxona va ko‘chatxonalar tashkil etilgan. Chorvoq suv ombori yuqori qismida 66 gektar maydonda yong‘oq va bodom daraxt turlaridan o‘rmonzorlar barpo etilgan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlarida shamol va suv eroziyasidan himoya qilish uchun 500 gektarda ihota daraxtzorlari tashkil etilgan.Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan qiymati 993 million so‘mlik loyiha, shuningdek, Orol dengizining qurigan tubida tuproq sho‘rlanishi va iqlim o‘zgarishiga qarshi innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda Orolbo‘yi mintaqasi sho‘rlangan yerlarida ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan 664,2 million so‘mlik 2 ta startap loyiha moliyalashtirilgan.