Rivojlanish psixalogiyasi


O‘yin turlari va ularni psixologik xususiyatlari



Download 49,74 Kb.
bet7/9
Sana11.07.2022
Hajmi49,74 Kb.
#776363
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abduxalilova Dilbar kurs ishi rivojlanish

O‘yin turlari va ularni psixologik xususiyatlari.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘yini xilma-xildir. Ularni o‘yin turlarini asosan kuyidagi klassifikatsiya kilish mumkin.
1) syujetli va rollarga bulib uynaladigan o‘yinlar;
2) Dilaktik o‘yinlar;
3) Xarakatli yoki koidali o‘yinlar;
4) Aralashtirilgan o‘yinlar;
5) Kurish va yasash o‘yinlari.
Syujetli va rollarga bulib uynaladigan bogcha yoshi bolalarni eng asosiy o‘yin formasidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar kuprok «bogcha-bogcha», «poezd-poezd» kabi kizikarli bulgan o‘yinlar uynaydi. Lekin turli yoshdagi bolalarning o‘yinlari bir xil bulsa xam syujeti xar xil buladi. Masalan: kichik gurux bolalari «bogcha-bogcha» o‘yinini uynar ekan ular peshinga ovkat pishiradilar, nonni kesadilar, idishni yuvadilar. Ammo kesilgan non kugirchoklarga berilmaydi, pishirilgan ovkat tarelkaga suzilmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga sensor tarbiya berishda didaktik o‘yinlarni roli katta. Didaktik o‘yinlar maktabgacha ta’lim muassasasida maxsus dastur asosida olib boriladigan mashgulotlarni muvaffakiyatli utkazishga, katta gurux bolalarini maktabdagi ukish faoliyatiga tayyorlashga katta yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yinlari ichida xarakatli yoki koidali o‘yinlar xam muximdir. Chunki xarakli o‘yinlar bolalarni jismoniy jixatdan chiniktiradi, dadil, kurkmas, epchil bulishga undaydi.
Bolalarga tashabbuskorlik, jamoaizm, burch xislarini ustiradi. Bunga «Kim birinchi», «koptok», «ok kuyonchautiribdi», «etib ol» o‘yinlari kiradi. Xarakatli o‘yinlar asosan sayr va jismoniy tarbiya mashgulotlarida utkaziladi. Drammalashtirilgan o‘yinlarni xam bolalar sevib uynaydilar. Bu o‘yinlar turli xil ertak va xikoyalar saxnaga kuyiladi,rollarni esa bevosita bolalarni uzlari ijro etadilar. Masalan: «Qizil shapkacha», «Tormok», «Sholg`om» drammali o‘yinlar bolalarni nutki xayol va kobiliyatlarini tarkib toptiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yinlari orasida qurish-yasash o‘yinlari hammaga ma’lum bir maksadga qaratilgan bo`ladi. O‘yin faoliyati bolalarni individual ravishda urganish imkonini beradi. Ayrim bolalar jamoa bulib uynashni yoktiradilar bu psixologik bolani umumiy tarakkiyotiga ta’sir etadi. SHuning uchun tarbiyachilar jamoa o‘yinlarga tortishlari kerak.
Bola psixikasining taraqqiy etishda o‘yinning roli beqiyosdir. Biz bolaning psixik taraqqiyotini o‘yinsiz tasavvur qilishimiz qiyin. CHunki, o‘yin orqali bola faqat jismoniy tomondan emas, balki psixologik tomondan ham rivojlanadi. O‘yin orqali bola olamni, undagi narsa hodisalarni, ularga xos xususiyatlarni o‘rganibgina qolmay, balki nutq so‘zlashga, mustaqil fikrlashga xayol qilishga, ijod qilishga, muomala madaniyatiga o‘rganadi.
Ko‘pchilik psixologlar hamda pedagoglar o‘yinning psixologik masalalari bilan bevosita shug‘ullanib, o‘yinlarning bolani psixik kamol toptirishdagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tganlar. Ma’lumki, o‘yin bola uchun voqelikni aks ettirishdir. Bu voqelik bolani qurshab turgan voqelikdan ancha qiziqarlidir. o‘yinning qiziqarliligi uni anglab etishning osonligidadir. Kattalar hayotida faoliyat, xizmat, yumush qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, bola hayotida o‘yin ham xuddi shunday ahamiyat kab etishi mumkin. Jahon psixologiyasi fanida to‘plangan boy ma’lumotlarga asoslanib, quyidagicha mulohaza yuritish mumkin. Masalan, eng sodda psixik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o‘yinlar katta rolь o‘ynaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda harakatning o‘sishiga o‘yinning ta’siri haqida gap borganda avvalo shuni aytish kerakki, birinchidan, o‘yinni tashkil qilishning o‘ziyoq mazkur yoshdagi bolaning harakatini o‘stirish va takomillashtirish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi. Ikkinchidan, o‘yinning bola harakatiga ta’sir etishining sababi va xususiyati shuki, harakatning murakkab ko‘nikmalarini sub’ekt aynan o‘yin paytida emas, balki bevosita mashg‘ulot orqali o‘zlashtiradi. Uchinchidan, o‘yinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. SHu boisdan o‘yin faoliyati xatti-harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligini ta’minlovchi mutaqil maqsadga aylanadi. Negaki, u (o‘yin) sub’ekt (jonzot) ongining dastlabki ob’ekti darajasiga o‘sib o‘tadi. Maktabgacha yoshdagi bola muayyan xususiyatga ega bo‘lgan rolni tanlaydi, shu bilan birga u yoki bu personajga xos qat’iy yurish-turishni ongli ravishda ijro etishga intiladi. SHunday ekan, o‘yin mazkur bola uchun eng zarur faoliyatga aylana boradi va yangi shakldagi harakatlarni, takomillashtirish, ularni anglagan holda esga tushirish ehtimoli yaqqol voqelikka aylana boshlaydi. Mazkur harakatlarni egallash bolada jismoniy mashqlarni ongli ravishda bajarish imkoniyatini vujudga keltiradi (A.V.Zaporojets).
Bolaning o‘yinlar shart-sharoitidan kelib chiquvchi ongil maqsadi harakatlarni bajarish kezida o‘z ifodasini topadi va uning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi esda olib qolish va esga tushirish jarayonlariga aylanadi.
Bolaning laboratoriya sharoitiga nisbatan o‘yinlarda ko‘proq so‘zlarni eslab qolish va esga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq ochishga yordam beradi. Tajribada yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish quyidagicha xulosa chiqarish imkonini beradi: a) o‘yinda bola tomonidan ma’lum rolь tanlash va uni ijro etish jarayoni bir talay axborotlarni eslab qolishni talab qiladi; b) shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, xatti-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada olinroq paydo bo‘ladi va oson amalga oshadi.
O‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, bolaning xulq-atvoriga ham jobiy ta’sir ko‘rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z xulqini boshqarish ko‘nikmalarini tarkib toptirishga bog‘liq psixologik muammoni o‘rgangan Z.V.Manuylenkoning fikricha, biror maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotga nisbatan o‘yinda xulq ko‘nikmalarini oldindan vva osonroq egallashmumkin. Ayniqsa, bu omil maktabgacha yoshdagi bolalarda yosh davrining xususiyati sifatida o‘zining ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z xulqini o‘zi boshqarish ko‘nikmasi o‘yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda qariyb baravarlashadi. Ba’zan ular ayrim vaziyatlarda, masalan, musobaqa paytida o‘yindagiga qaraganda yuqoriroq ko‘rsatkichga ham erishishlari ham mumkin. YUqoridagi mulohazalar asosida umuman aytganda, o‘yin va o‘yin faoliyati bolada o‘z xulqini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolaning aqliy o‘sishi to‘g‘risida fikr yuritilganda, oldingi bobda qayd qilinganidek, shuni aytish ham kerakki, narsalarni yangi nom bilan atashda yoki yangicha nomlash holatidan kelib chiqib, sub’ekt o‘yin paytida faol harakat qilishga urinadi. CHuniki u moddiy narsalarga asoslangan harakat rejasidan tasavvur qilinayotgan, fikr yuritilayotgan jismlar mohitini aks ettiruvchi harakat rejasiga o‘tadi. Bola jismlarning moddiy shaklidan birdaniga hayoliy ko‘rinishiga o‘tishida unga tayanch nuqtasi bo‘lishi kerak, vaholanki shunday tayanch nuqtasi vazifasini o‘tuvchi narsalarning aksariyatidan o‘yinga bevosita ob’ekt sifatida foydalaniladi. O‘yin faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvchi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar to‘g‘risida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek, tayanch nuqtasi harakatning yaqqol narsa bilan bog‘liq jihatini aks ettiradi. Yuqorida aytilganidek, narsa bilan o‘yin harakatlarining takomillashuvi harakat shakli, xususiyati bosqichi kabilarni qisqartirish va umumlashtirish hisobiga amalga oshiriladi. O‘yin harakatlarining qisqarishi va umumlashuvi ularning aqliy ko‘rinishdagi mantiqan izchil, yig‘iq shaklga o‘tishning asosini tashkil qiladi.
Yan Amos Kamenskiy Grammatik o`yinlardan sistemali foydalanishning ahamiyati xususida gapirib, bunday deb yozgan edi: “Bola sog`lom bo`lishi uchun u doimiy harakatda bo`lishi zarur, shundagina o`yin qiziqarli o`tadi. O`yinga rahbarlik qilish va bolalarning hatti-harakatlarini doimo kuzatib turishi kerak. Chunki bolalar o`yin jarayonida har tomonlama tarbiyalanadilar.
Psixologik olimlar o`yinlarni to`rt guruhga bo`ladilar:
1. Funksional o`yinlar.
Bu o`yinlar bola organizmining har tomonlama rivojlanishida muhim rol o`ynaydi. Bu kichik yoshdagi bolalar uchun harakterli bo`lib, unda bolalar nima bilandir shug`ullanadilar, turli predmetlar bilan tanishadilar.

  1. Qoidali o`yinlar.

Bu o`yinlarda bolalar tevarak-atrof va muhitdagi voqealardan habar topib, idrok etish bilan kifoyalanadi.Bunda ko`rish, eshitish, his qilish kabi sezgi organlari idrok qiladi.
3. Rolli o`yinlar.
Bu o`yinda bolalar o`zlarini ma’lum bir rolini, qandaydir kasb egasi (shifokor, o`qituvchi, quruvchi kabi) vazifasini bajarayotgandek his etadilar. Har bir bola o`ziga tegishli rolni muvofaqiyatli bajarishga harakat qiladilar.

  1. Konstruktorli o`yinlar.

Bu o`yinning asosiy mazmuni qurilishi komplekslari, taxta, qum, qog`oz materiallarining parchalarini qirqish, taxlash singari mehnat ko`nikmalarini hosil qilish kabilardan iboratdir.
Konstruktorli o`yinlar asosan ikkiga bo`linadi.
Ijodiy o`yinlar bolalar o`zlari o`yinning mazmunini, maqsadini, qoidasini topadilar. Ijodiy o`yinlarning asosiy qismini syujetli rasmli o`yinlar tashkil qiladi. Ijodiy o`yinlardan yana biri dramatik o`yindir. O`yinning mohiyati hikoya va ertaklardagi voqealarning mazmunini tasvirlashdan iborat bo`lib, ularda badiiy adabiyotlardagi persanajlar tasvirlanadi.
Qoidali o`yin. Huddi xalq o`yinlari singari qiziqarli bo`lib, unda bolalar hayoti, o`z tengqurlari va kattalarning mehnat faoliyatini tasvirlashga harakat qiladilar. Demak, barcha turdagi o`yinlar bolalarning kattalar faoliyatiga qiziqishlariga, ularga taqlid qilishiga intilishlarining mehnati va oilaviy hayotini, uchuvchilar, kosmonaftlar, dengizchilar hamda boshqalarning qahramonliklarini aks ettiradi. Ko`pchilik o`yinlarda didaktik o`yinchoqlar va bunga bevosita a’loqador bo`lgan boshqa qo`llanmalar foydalaniladi. Didaktik o`yin jarayonida shunday holatlar ham tez-tez bo`lib turadiki bolalardagi eng yaxshi kayfiyat birdan sho`xlik, notinchlik va intizomsizlik bilan ham almashib qoladi. Bunday paytlarda o`qituvchi ayrim bolalarga tanbex berishga majbur bo`ladi va bu boshqarning o`yin kayfiyatini shubhasiz tushiradi. Agar shunday vaziyat sodir bo`lsa ham o`yin qoidasi bilan birga qo`shib tushuntirsa metodik jihatdan to`g`ri bo`ladi.
Individual didaktik o`yin o`qituvchi bilan o`quvchi o`rtasida bevosita munosabat yaratishga va bolalarning orqada qolishi sabablarini chuqurroq anglashga yordam beradi. Bunda o`ituvchining quyidagi kabi mantiqiy topishiriqli o`yin mashqlarini o`tkazishi maqsadga muvofiqdir.
O`qituvchi yoki o`quvchilardan birontasi bir so`z aytadi, bolalar ana shu so`zga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli so`z topib aytadilar. Masalan: osh-mosh, tosh, bosh…
O`qituvchi yoki tarbiyachi bolalarga kaptok otadi. Kaptok otayotganda, o`qituvchi masalan: “anor”-, deydi. O`quvchilar esa sholi-poli, uy-o`y, rom-pom, uch-o`ch degan so`zlarni topib aytishlari kerak. Har bir o`quvchiga stol ustida turgan rasmlardagi bir-biriga nomlari yaqin bo`lganlarini topib aytishi topsiriladi. Grammatik o`yinlar til o`rgatishdagi qiyinchiliklarni yengishga, ona tilidan olgan bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Ayniqsa birinchi sinfga kelgn bolalarning ancha kamchilikari bo`ladi. Masalan:
Ular r,z,s,t,sh kabi tovushlarni to`g`ri talaffuz eta olmaydilar. Shuning uchun ham boshlang`ich sinf o`yin mashqlari ovoz, havo yo`lining ishlashini normallashtiradi, tovushlarni to`g`ri talaffuz qilib, eslab qolishga yordam beradi.
1-sinfda talaffuz etilishi qiyin bo`lgan so`zlar ishtirokida turli o`yinlar o`tkaziladi.
O`qituvchi bir necha so`zni (olma, shahar, gulzor) aniq, lekin juda tez aytadi. O`quvchilar bu so`zarni yaxshilab eshitib olishga va uni takrorlashga harakat qiladilar. Bu o`yin bolalarning eshitush qobiliyatini mustaxkamlashga yordam beradi, ularni intizomli bo`lishga o`rgatadi. O`yin jarayonida bola xarakteridagi o`ziga xos tomonlari oydinlashib boradi, tarbiyachi ularning har biriga mos muomila qilishiga o`rgatadi. Ularning salbiy tomonini ochadi o`qituvchi esa o`z navbatida uni to`g`irlashga harakat qiladi. O`yin orqali bola ko`rgan bilganini tasvirlaydi. Masalan: “Maktab-maktab”, “Magazin”, “Sotuvchi” kabi o`yinlar shular jumlasidandir.
A.S.Makarenko bola qanday o`ynasa ishni ham shunday bajaradi, deb juda to`g`ri ta’kidlaydi va o`yinni tarbiyaning muhim vositalaridan biri deb hisoblaydi.
O`qituvchi didaktik o`yinlarni rejalashtirayotganda quyidagi muayyan talablarga amal qilishi muhimdir.

  • O`yin o`rganilayotgan material uchun dalil va uni mustahkamlovchi omil bo`lib hizmat qilishi, ammo uning o`rnini to`liq egallab olmasligi, shuningdek qolgan vaqtda to`ldiruvchi vosita bo`lmasligi;

  • O`ynaladigan o`yinning maqsadini aniq bilishi va shu maqsdga erishishi uchun harakat qilishi;



  • O`yin qoidalarini, vazifalarini bolalarga ravshan va qiziqarli qilib tushuntirishi, ularda o`yinga bo`lgan qiziqishni oshirish hamda uni mashq bilan almashtirib yubormasligi;



  • O`yinning qanday o`ynalayotganini tez, to`g`ri, tushunish va uni o`quvchilar qanday bajarayotganini kuzatib turishi;



  • O`yin natijalariga mohirlik bilan yakun yasash va ularni erishilgan natijalar bilan bog`lash;



  • O`ynni qizqarli o`tkazish kerak.

O`yin paytida o`quvchilar har doim o`zlariga tanish bo`lgan manbaalarga asoslangan holda ish tutadilar, natijada bu material ularning xotirasiga yana ham mustakam o`rnashib qoladi. O`yin elementlari bolalarni bilim saviyasini, nutqini, o`qishini o`stiradi.


“Xarflarni esda saqlash” o`yini
O`yinning maqsadi: o`quvchilar tovushlarni to`g`ri talaffuz etishga va esda saqlab qolishga o`rgatish.
Qo`llanmalar: o`quvchilarga tanish bo`lgan turli predmetlarning rasmlari shu predmetlarning nomlari bilan boshlanadigan unli xarf na’munalari (kartochkalar)
O`yinning borishi: O`yinda sinf o`quvchilarining bir guruhi qatnashadi. O`yin boshqaruvchi o`yinning o`tkazilishi haqida tushuncha beradi va u oldingi darsda o`rganilgan o, a, l, n xarflar yozilgan kartochkalarni olib qoladi.
Bir guruh o`quvchilarga oy, olma, olxo`ri, olcha, ot, ari, anor, ayiq, archa, lola kabi predmetlarni rasmlari tasvirlangan kartochkalar tarqatiladi.
O`yin boshqaruvchi o xarfi va predmet rasmi tasvirlangan kartochkalarni olib qo`yadi. So`ng boshqa a xarfi yozilgan boshqa bir kartochkani stol ustiga qo`yadi. O`yin ishtirokchilari esa shunga mos rasmli kartochkalarni ko`rsatadilar. O`yin ana shu xolda davom etadi.Agar o`quvchi berilgan xarfni rasmli kartochkadan topa olmasa, u o`z rasmli kartochkasini ochib qo`yadi.
O`yin ishtirokchilaridan kimda kim xarf bo`yicha rasm kartochkani topib ayta olsa, shu o`quvchi kartochkasini hammaga ko`rsatb, keyin uni to`ntarib qo`yadi.
“Pochtachi o`yini”
O`yinning borishi: O`quvchilardan biri pochtachi qilib tayinlanadi. Pochtachi sumkasida kartochkalar bo`ladi. Ular quyidagicha tuziladi:
So`zlardagi unli xarflar yoki bo`g`in tushib qoldiriladi: …+ta, …+na, bo+…, sho+… .
Tushirilgan xarflarni qo`yib so`z hosil qilish, ya’ni bo`g`inlarga xarflarni qo`shish: lim…n, tom…n, …lim.

Ikki, uch so`zdan tuzilgan gaplar yozilgan kartochkalar. Bu gaplarda, biror so`z tushurib qoldiriladi.


O`quvchilar nuqtalar o`rniga shu so`zlarni topib yozadilar:
Lola mana…
Nabi ana…
Iqbol… ol
Dono… o`ynadi
“Quruvchilar” o`yini
Bu o`yinda berilgan so`zlarni o`z o`rniga qo`yib, chiroyli va to`g`ri gap tuza olgan o`quvchi g`olib hisoblanadi. Masalan: otdi, tong, sakkiz, soat, ketdi, Ravshan kabi gaplardan to`g`ri gap tuzdiriladi. Kim chiroyli va to`g`ri gaplar ko`p tuzsa, u yaxshi quruvchi hisoblanadi.
“Bu qanday so`z” o`yini
So`z uch xarfdan iborat. Birinchi xarf alfavitda o`n 16-o`rinda, keyingisi 15-o`rinda va oxirgisi 1-chi o`rinda turadi. Bu so`zni topib daftarga yozish. O`yin shu tariqa davom etadi.
“Estafeta” o`yini
Bu o`yin 2-sinfda “Urg`u” mavzusi o`tilgandan keyin o`tkaziladi. Doskaga uchta qatorga alohida so`zlar beriladi. Har bir qatordan bittadan o`quvchi doskaga chiqadi. Ular so`zlarga urg`u qo`yadilar:
I II III
ro`znoma oynaijahon jarida
do`kon oynoma daftar
xona bog`cha sumka
Kim urg`u belgisini doskadagi so`zlarga birinchi bo`lib, tez va to`g`ri qo`yib ulgursa, shu qator o`quvchilari o`yinda g`olib hisoblanadi. Estafeta g`oliblariga bayroqcha topshiriladi va sinfga osib qo`yiladi. Bu o`yinni tutuq belgisini o`tganda ham qo`llasa bo`ladi. Bunda so`zlarning tutuq belgisi tushib qoladi va o`quvchilar o`ylab shu so`zlarga belgilarni qo`yadilar:
Ra…no a…lo san…at
Tal…at ma…no e…tibor
“Harflarni qo’shish bilan yangi so`z hosil qiling”
Doskaga so’zlardan namuna yoziladi. O`quvchilar so`zlarni bironta harfini o`zgartirib boshqa nom yoki ism hosil qiladilar:
Ra’no-ma’no Zafar-Zufar
kiyik-kiyim ayiq-qayiq
Kimni ismi doskaga yozilgan bo`lsa, o`sha o`quvchi joyidan turib, o`z ismini va familiyasini hammaga eshittirib to`liq aytadilar.
Yuqorida berilgan o`yinlarning barchasi ona tili, o`qish darslariga oid. Shu fanlarda dars o`tishda shu o`yinlardan foydalanish mumkin. O`yin elementlaridan darslarda, sindan tashqari mashg`ulotlarda foydalanish mumkin. Matematika fanida quyidagicha o`yinlardan foydalanish mumkin.
“Eng yaxshi hisobchi”
O`quvchilar biri oldinga chiqib hisobchi bo`ladi. O`quvchilar “hisobchi”ga misollar beradilar. U misollarni og`zaki yechadi. Agar hisobchi bironta misolni yecha olmasa yoki noto`g`ri hisoblasa unung o`rniga bu misolni bergan bola turadi. O`quvchilardan qaysi biri hamma misolni yechsa shu o`quvchi “eng yaxshi hisobchi:» bo`ladi

Download 49,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish