2.2 Haykaltaroshlik metodikasi.
Bolaga 5 daqiqa davomida plastilindan biror-bir narsa o‘ylab topib, yasash topshirig'i beriladi. Bola fantaziyasi, topshiriqni bajarishdagi qobiliyati quyidagi ball - mezoni bo‘yicha baholanadi.
0-1 ball — 5 daqiqa mobaynida bola hech narsa o'ylab topib yasay olmasa;
2-3 ball - agar bola shu vaqt ichida biror oddiyroq narsalarni, masalan: kubik-aylanalami yasasa;
4-5 bail - agar bola faqat 3-4 qismdan iborat narsa yasasa:
5-7 bail - boy fantaziyasi bilan ajralib turadigan,g‘ayrioddiy narsa yasasa;
8-9 bail - bola original narsani o'ylagan, lekin yasalishida kamchiliklari b o isa ;
10 bail - agar o`ylab topilgan narsa original va puxta, estetik did bilan yasalgan bo‘lsa.
Rivojlanish darajasi haqida xulosa
10 ball - bola maktab ta'limiga tayyor. 8-9 bail - maktab ta'limiga tayyor desa bo‘ladi. 6-7 ball - maktabga tayyorgarligi o‘rtacha. 4-5 ball - bolaning maktab ta'limiga tayyorgarligi yetarli emas. 3 balldan past - bola maktab ta'limiga umuman tayyor emas.
Xulosa.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bu yoshdagi bolalarda mavjud bo’lgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida tarbiyalash uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Kichik maktab yoshi davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy shaxsiy xususiyatlarning yuzaga kelish va mustahkamlanish davri deb hisoblash mumkin. Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni ko’proq topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. SHuningdek, shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish lozimki, unda bolaga biron bir ma’sul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola o’zini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilishiga imkon yaratib berish lozimdir. Ana shu his bolada keyinchalik mustaqil bo’lishga undovchi motivlarni yuzaga keltirishda asosiy rol o’ynashi mumkin. Pedagogika shaxsning shakllanishiga ta’sir ko’rsatadigan asosiy omillar irsiyat (biologik omil), muxit (ijtimoiy, tabiiy, psixologik, ma’naviy...omillar), ta’lim tarbiya to’g’risidagi xulosalarni ancha ilgari ishlab chiqqan. Jamiyat taraqqiyotining turli davrida pedagogik ularning insonning shakllanishdagi ahamiyati va nisbati turlicha mafkuraviy-siyosiy ta’sirida izohlab kelgan.
Tug’ma qobiliyatlarning irsiy berilishi, masalan, tabiat ilmida va unga muvofiq pedagogikada xam alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan: ichkilikboslikka berilgan ayrim oilalardagi bolalarda ba’zi bir irsiy kuchib utadigan ruxiy kasalliklariga chalinish xollari uchraydi. Soglom kishilar farzandlarida aqliy faoliyat darajasi va sifasi yuqori bulishi kuzatiladi. Shaxsning xamma ruxiy fazilatlari uning atrof muxit bilan muloqati natijasida insonni mexnat qilishdek xayotiy faoliyati natijasida qulga kiritiladi. Insonga tug’ma ravishda xatti-xarakatlarning xech qanaka ijtimoiy, noijtimoiy dasturlari berilgan emas. Har bir odam uchun shaxs sifatidagi fazilatlarning shakllanish jarayoni amalda noldan boshlanadi.
Ijtimoiy muhit ko’p jihatdan sotsial shart-sharoitlarga bevosita bog’liq. Insonning ijtimoiy qiyofasi uning ijtimoiy va davlat tuzumiga mansubligi, ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarining mahsus, u yoki bu davlatning fuqaroligi, shaxsning sinfiy o’rnini belgilaydigan mazkur jamiyatda, mamlakatda o’rnatilgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning maxsuli hisoblanadi. Inson rivojlanishining shaxar va qishloqlarda xayot sharoitlarining o’zgarishi, mamlakat xududida aholining kuchishi, tug’ilishning o’sishi, umrning uzayishi yoki kamayishi, nikoxdan o’tish yoshining o’zgarishi, mexnat taqsimoti, bozor iktisodiyoti sharoitida, ya’ni sinflar tadbirkor, ishbilarmon, savdogar, bankir, menejmentlarning paydo bo’lishi ko’p jihatlardan bogliqdir. Muhitning ta’siri ko’pchilik hollarda stixiyalik ekanligini xisobga olinsa, ta’lim, tarbiya aniq maqsadli ta’sir etish bulib, rejali amalga oshiriladi va muhitdagi voqealikni to’g’ri va ijobiy ta’sirini ham vujudga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |