Rivojlangan Osiyo davlatlari ta’lim tizimlari



Download 126,59 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi126,59 Kb.
#831306
Bog'liq
Rivojlangan Osiyo


Rivojlangan Osiyo davlatlari ta’lim tizimlari

Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida qadimdan fan va ta'lim sohasida hamkorlik aloqalari juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Uzoq yillar davomida bu mintaqada yashagan xalqlar bir-birining yurtiga borib ta'lim olishi, fan sohasidagi yutuqlar bilan o'rtoqlashish imkoniyatlaridan foydalanishgan kelishgan. Mintaqa bag'rida joylashgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo'qon, Turkiston, Toshkent va boshqa shahrlar uzoq yillar davomida fan va ta'limning markazlari bo'lib kelgan. Bu shaharlardagi madrassalarda mintaqada yashagan barcha xalqlar vakillarini uchratishimiz mumkin bo'lgan. Bu kabi jihatlar XX asr boshlarigacha davom etgan. Keyinchalik suniy omillar sabab bu jihat anchagina to'xtab qoldi.Markaziy Osiyo Respublikalari Sobiq Ittifoq parchalanib mustaqil bo'lgach,boshqa sohalarda bo'lgani kabi, fan va ta'limda ham hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishga harakat qildi. Davlatlar o'rtasida imzolangan diplomatik shartnomalar bandlarida ta'lim va fanga doir bo'limlari borligini ko'rish mumkin Markaziy Osiyoning o'rtasida joylashgan O'zbekiston mustaqillikning ilk kunlaridan fan va ta'lim sohasini rivojlantirishga aloxida etibor qaratdi. Bu sohani yakka holda rivojlantirib bo'lmasligini to'g'ri tushungan davlat rahbari qo'shni respublikalar bilan keng hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishga harakat qildi
Qozog'iston mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ta'lim sohasida O'zbekiston bilan hamkorlik aloqalari urnatilishiga kirishdi mustaqilligmizning ilk kunlariga borib taqaladi. 1992-yilda ular o'rtasida imzolangan do'stlik va hamkorlik shartnomasining 17-bandida bevosita ta'lim sohasida hamkorlikni yo'lga qo'yish ko'zda tutilgan edi. Bu shartnomaning amaliy ifodasi sifatida o'sha yilning kuzida bir guruh o'zbek olimlari Qozog'istonda bo'lib o'zaro tajriba almashinib qaytishdi. Bu safar davomida ikki davlat olimlari o'rtasida kelajakda ilmiy izlanishlar sohasida birgalikda amalga oshiradigan ishlar belgilab olindi. 1993-yilda bir guruh qozog'istonlik ilm-fan vakillari O'zbekistonda bo'lishdi. Qozoq olimlari O'zbekistonning qishloq xo'jaligi sohasida erishgan yutuqlarini o'rganib, o'z yurtida ham sinab ko'rishini aytishdi. Bu hamkorlik aloqalari ayniqsa 1994-yilda ikki davlat o'rtasida madaniyat kunlarining o'tkazilishi bo'yicha 11 moddadan iborat chiqarilgan qaror bilan yanada mustahkamlandi. Bu qarorning 8 moddadasida ikki davlat o'rtasida hamkorlik qilishning asosiy yo'nalishlari bo'yicha. o'zaro faoliyatining aniq turlari va shakllari madaniyat, ta'lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik aloqalarni yanada rivojlantirish belgilab qo'yilgan edi. Qozog'iston bilan O'zbekiston o'rtasida fan sohasidagi hamkorlik aloqalari XXI asrg kelganda ham rivojlanib bordi. Ta'lim sohasidagi hamkorlik aloqalarning rivojlanishida 2018-yilda O'zbekistonda Qozog'iston oliy ta'lim muassasalarining taqdimotli ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Xususan, bu tadbirlar Samarqand davlat universitetida ham bo'lib, unda Qozog'istonning o'ndan ortiq universitetlari hodimlari ishtirok etishgan.

YAponiya ta’lim tizimi. YAponiya ta’limining shakllanishi 1867-1868 yillarda boshlangan. YAponiya o’z oldiga ikki vazifani: birinchi — boyish, ikkinchi - G’arb texnologiyasini YAponiya ishlab chiqarishiga kiritish masalasiin qo’yadi va bu ishni amalga oshirish uchun birinchi galda ta’lim tizimini tubdan o’zgartirish kerakligi aytildi. 1872 yili «Ta’lim haqidagi qonun» qabul qilindi. Bunda YApon ta’limi G’arb ta’limi bilan uyg’unlashtirildi. 1908 yilda YAponiyada boshlang’ich ta’lim majburiy 6 yillikka aylantirildi. 1893 yili kasb yo’nalishidagi dastlabki kollej paydo bo’ldi. 1946 yili qabul qilingan Konstitutsiya fuqarolarning ta’lim sohasidagi xuquq va burchlarini belgilab berdi. Unda barcha bolalar bepul umumiy ta’lim olishlari belgilab qo’yilgan.
Yaponiyada hozirgi zamon ta’lim tizimlarini tarkibi quyidagicha:

  • bolalar bog’chalari, boshlang’ich maktab, kichik o’rta maktab, yuqori o’rta maktab, oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi o’quv yurtlaridan iborat.

  • Bolalar bog’chalari. Ta’limning bu bosqichiga 3 - 5 yoshli bolalar qabul qilinadi.

  • Bolalar yosh xususiyatlariga muvofiq ravishda 3, 2, 1 yillik ta’lim kurslariga jalb qilinadilar.

Majburiy ta’lim. Ta’limning bu pog’onasiga 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalar jalb qilinib ular shu muddat ichida 6 yillik boshlang’ich maktab va 3yillik
Kichik o’rta maktab kursini o’taydilar. 9 yillik bu ta’lim majburiy 9 bo’lib barcha bolalar bepul o’qitiladilar va tekin darsliklardan foydalanadilar. Tokio universiteti, Todai nomi bilan ham tanilgan, Yaponiyaning poytaxti - Tokio shahri markazida joylashgan. U 1877 yilda imperatorlik tibbiyot maktablari va G'arb madaniyatini o'rganish fakulteti negizida tashkil etilgan. 1886-yilda maktab imperatorlik maktabining maqomiga ega bo'ldi va o'sha vaqtdan beri u Osiyodagi eng obro'li universitetlardan biri bo'lib qoladi. Tokio universiteti Xalqaro tadqiqot universitetlari ittifoqi va Tinch okean universitetlari assotsiatsiyasi kabi nufuzli xalqaro assotsiatsiyalarning a'zosi.
Tokio universiteti Tokio markazida - Bunko tumanida joylashgan. uning besh kampus ichida eng katta hududida joylashgan ta'lim muassasasining ma'muriy markazi - Hongo. idoralar, talaba-joy binolari va ba'zi tadqiqot muassasalari bilan ko'p ham bor. Universitet talabalariga qulaylik yaratich uchun: kichik kafe va oshxona, sport zallari, kutubxonalar va kompyuter markazlari bor. Hongo kampus hududida 1827 yilda bunyod etilgan Qizil darvozasi, bir hovuzga Sansiro "yurak" deb rus tiliga tarjima qilingan Kanji shaklida (XVII asr) mashhur joylaridan bor.
Iqtisodiy qudrati jihatidan Yaponiya jahonda Amerika Qo’shma Shtatlaridan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Jahonning ko’zga ko’ringan ruhshunoslari va iqtisodchilari Yaponiya rivojlanishidagi bu ulkan parvozni mamlakatda ta’lim tizimlari taraqqiyotiga berilgan yuqori darajadagi e’tibor samarasi, deya qayd etadilar. Bu bejiz emas. Kun chiqish mamlakati deb yuritiladigan bu o’lkada ta’lim tizimlarini bosqichma-bosqich takomillashtirib borilishiga hukumat, xususiy kompaniyalar, jamoat tashkilotlari, ota-onalar qanchalik omilkorlik bilan yondashayotganliklarini hisobga olsak, jahon ilmiy tadqiqotchilarining yuqoridagi xulosalari asosli ekanligining guvohi bo’lamiz. Tabiiyki, Yaponiya ta’lim tizimlarining yuksak parvozi o’z-o’zidan bo’lgani yo’q. Uning ham o’ziga xos inqirozi va muammolari bo’lgan. Bularni to’liqroq tasavvur qilish uchun mamlakat pedagogik tamoyillari va taraqqiyotining tarixiy bosqichlariga n
azar tashlash maqsadga muvofiq.

Yapon ta’limining mumtoz shakllanishi 1867 — 1868 yillardagi mamlakat hukmdori Meydzi tomonidan amalga oshirilgan islohotlarga borib taqaladi. Bu hukmdorning o’z oldiga qo’ygan ikki qat’iy shiori bo’lib, biri «Fukoku- kioxsi” — boyish, mamlakatni mustahkamlash va harbiylashtirish, ikkinchisi esa «Siokusan kogio” — ilg’or G’arb ishlab chiqarish texnologiyasi asosida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish edi. Meydzi bu ikki maqsadni amalga oshirishning bosh omili ta’lim tizimlarini tubdan o’zgartirish va yangilashda deb hisoblardi.


Davlat boshlig’ining bu xulosalari Yaponiyada 1872 yilda «Ta’lim haqida Qonun» qabul qilinishiga olib keldi. Qonunga muvofiq tez orada eski uslubdagi ta’lim tizimi o’rnida mamlakat rivojlanishini ta’minlashga samarali xizmat qiluvchi yangi yo’nalishdagi 53750 ta boshlang’ich 256 ta o’rta maktab, 8 ta dorilfunun tashkil etildi. Bu o’quv yurtlaridagi ta’lim shakllari ma’rifatli G’arb ta’lim uslublari bilan uyg’unlashtirildi, 1890 yilga kelib ilgarigi 3.4 yillik boshlang’ich maktablar muntazam 4 yillikka aylantirildi va u bepul amalga oshirila boshlandi. 1908 yildan boshlab Yaponiyada boshlang’ich ta’lim majburiy 6 yillikka aylantirildi. O’quv-tarbiya ishlari bepul amalga oshiriladigan bo’ldi. 1893 yildan e’tiboran Yaponiyada kasb yo’nalishidagi dastlabki kollejlar paydo bo’la boshladi.
Birinchi dorilfunun 1886 yilda Tokioda tashkil etildi. Lekin bu dorilfununga oliy tabaqali aslzodalarning bolalari qabul qilinardi. Asr boshida mamlakatda ayollar uchun ham dorilfununlar tashkil etildi. Lekin bu bilim maskanlarida xotin-kizlar uchun faqat xo’jalik yuritish, oila iqtisodiyotidangina ta’lim berilardi. 1897 yilda Kiatoda ikkinchi dorilfunun ochildi. Ikkinchi jahon urushida Yaponiya mag’lubiyatga uchragandan keyin mamlakat maorifi tizimlariga Amerika Qo’shma Shtatlari ta’lim tamoyillari kirib kela boshladi. 1946 yilda qabul qilingan Konstitustiya Yaponiya fuqarolarining ta’lim sohasidagi huquq va burchlarini belgilab berdi. Unda «Layoqatiga ko’ra barcha fuqarolar bilim olish huquqiga ega. Barcha bolalar bepul umumiy ta’lim olishlari shart» ekanligi belgilab qo’yilgan.
1947 yilda qabul qilingan «Ta’lim haqida Qonun» Yaponiya Konstitustiyasi ruhiga uyg’un bo’lib, mamlakatda ta’limning maqsad va vazifalarini to’la ifoda etadi. Unda, jumladan, shunday deyiladi: «Biz shaxsiy g’ururi bor, o’zining qobiliyati va imkoniyatiga ishonuvchi, haqiqat va tinchlikni sevuvchi odamlarni tarbiyalaymiz, toki ular ko’p qirrali madaniyat sohibi bo’lsinlar». Shunday qilib, Yaponiya’ning Ta’lim, fan va madaniyat vazirligi boshqaruvi hozirgi paytda qat’iy markazlashdi, ilg’or xalqaro standartlar darajasidagi yapon ta’lim tizimlari qaror topdi
Download 126,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish