Sanoati rivojlangan mamlakatlarning eksportining tuzilishida fan yutuqlari asosida yaratilgan eng zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan maxsulotlar katta ahamiyatga egadir. SHuningdek, sanoat maxsulotlari ichida katta ahamiyatga ega bo’lganlari elektronika va axborot texnologiyalar, axborotni avtomatik qayta ishlovchi, elektroaloqa asbob-uskunalari, yarim o’tkazgichli asboblar, elektron mikrosxemalar va boshqalar alohida ahamiyatga egadir. - Sanoati rivojlangan mamlakatlarning eksportining tuzilishida fan yutuqlari asosida yaratilgan eng zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan maxsulotlar katta ahamiyatga egadir. SHuningdek, sanoat maxsulotlari ichida katta ahamiyatga ega bo’lganlari elektronika va axborot texnologiyalar, axborotni avtomatik qayta ishlovchi, elektroaloqa asbob-uskunalari, yarim o’tkazgichli asboblar, elektron mikrosxemalar va boshqalar alohida ahamiyatga egadir.
90-yillarniig o’rtasida SRM tomonidan jahon bozoriga 70 % shunday maxsulot yetkazib berildi. Bu maxsulotlarning asosiy eksportyori AQSH va YAponiya bo’lib ularning hissasi 40 foizni, G’arbiy yevropaning hissasi esa 28%ni tashkil etadi. Xizmat ko’rsatish bilan bog’liq sohaning o’sishi juda tez suratlar bilan bormoqda. Ayniqsa, keyingi 15 yilda tovarlar eksportiga nisbatan bu soha juda tez rivojlanib borib, 2010 yilda jami eksportning 23%ini tashkil etdi.
Bu jarayonga 90-yillardan rivojlanishiga internet va boshqa axborotlar uzatish tarmoqlar tizimi katta turtki berdi. Bu sohaning ahamiyati beqiyos o’sdi va yanada o’sib bormoqda. Tez suratlar bilan ayniqsa, ishbilarmonlik bilan bog’liq xizmatlar tez o’sib bormoqda.
- Bu jarayonga 90-yillardan rivojlanishiga internet va boshqa axborotlar uzatish tarmoqlar tizimi katta turtki berdi. Bu sohaning ahamiyati beqiyos o’sdi va yanada o’sib bormoqda. Tez suratlar bilan ayniqsa, ishbilarmonlik bilan bog’liq xizmatlar tez o’sib bormoqda. Bu xizmatlar 1980 yildan 1994 yilga qadar 28%dan 49%ga o’sdi. Turizm umumiy xizmatlar eksportini 1/3 ni tashkil etmoqda. YAngi texnologiyalar sog’liqni saqlash, ta’lim, fan, madaniyat, san’at sohasida xizmatlar eksportini kengayishiga katta imkoniyatlar yaratmoqda. SHu bilan birga bu mamlakatlar katta miqdorda maxsulotlarni ham import qiladi. 2010 yili turli xil oziq-ovqatlarni 69,2 %ini, oziq-ovqat xom-ashyosi 61,6%ni, yoqilg’ini 61,4%ni, ruda va metallar 63,7%ni, ximikatlar 63,5% ni, mashina va transtortlar 65%ni, va 67,5 foizi boshqa maxsulotlarni SRM import qiladi. 80-yillarga nisbatan hozirda bu mamlakatlar import tuzilmasini tarkibi ham o’zgaradi. Importning katta qismini hozirda oziq-ovqatlar, transport vositalari va boshqa uzoq foydalanish mumkin bo’lgan maxsulotlar tashkil qilayotganini kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |