Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda “Yangi industrial mamlakatlar”(“YaIM”) rivojlanayotgan davlatlarning ko‘pchiligidan iqtisodiy parametrlarining barcha sistemalari bo‘yicha ajralib turadi. “YaIM” ning rivojlanayotgan mamlakatlardan farqlanib turuvchi xususiyatlaridan biri ularni rivojlangan kapitalistik mamlakatlardan ham ajratib turishidir. Ya’ni ularning rivojlanishi “Yangi industrial” rivojlanish modeli sifatida mavjudligidir. Bunday xarakterli tomonlar, Lotin Amerikasidagi va shuningdek, Osiyodagi “YaIM”ning rivojlanish tajribasini chuqur tahlil qilish jarayonida ko‘zga tashlangan edi. - Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda “Yangi industrial mamlakatlar”(“YaIM”) rivojlanayotgan davlatlarning ko‘pchiligidan iqtisodiy parametrlarining barcha sistemalari bo‘yicha ajralib turadi. “YaIM” ning rivojlanayotgan mamlakatlardan farqlanib turuvchi xususiyatlaridan biri ularni rivojlangan kapitalistik mamlakatlardan ham ajratib turishidir. Ya’ni ularning rivojlanishi “Yangi industrial” rivojlanish modeli sifatida mavjudligidir. Bunday xarakterli tomonlar, Lotin Amerikasidagi va shuningdek, Osiyodagi “YaIM”ning rivojlanish tajribasini chuqur tahlil qilish jarayonida ko‘zga tashlangan edi.
Lotin Amerikasidagi “YaIM”larning rivojlanish tajribasi va shuningdek, Osiyodagi “YaIM”larning ko‘pchiligi ozodlikka erishgan jahonning rivojlanayotgan mamlakatlari uchun xalq xo‘jaligining ichki rivojlanish dinamikasi bo‘yicha ham, tashqi iqtisodiy munosabatlarining ekspansiyasi bo‘yicha ham, rivojlanishning o‘ziga xos namunasi bo‘lib qolmoqda. Odatda, rivojlanayotgan “Yangi industrial mamlakatlar” qatoriga Osiyodagi Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong, Singapur, Malayziya shu bilan bir qatorda Lotin Amerikasidagi “YaIM”lar – Argentina, Braziliya, Meksika kabi mamlakatlar taalluqlidir. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha mamlakatlar “YaIM”larning birinchi avlodlari yoki birinchi qaldirg‘ochlari hisoblanadi. Ularning orqasida “YAIM”ning so‘nggi avlodlari (Filippin va Xitoyning janubiy chegaralari va boshqalar) yetishib chiqmoqda. - Lotin Amerikasidagi “YaIM”larning rivojlanish tajribasi va shuningdek, Osiyodagi “YaIM”larning ko‘pchiligi ozodlikka erishgan jahonning rivojlanayotgan mamlakatlari uchun xalq xo‘jaligining ichki rivojlanish dinamikasi bo‘yicha ham, tashqi iqtisodiy munosabatlarining ekspansiyasi bo‘yicha ham, rivojlanishning o‘ziga xos namunasi bo‘lib qolmoqda. Odatda, rivojlanayotgan “Yangi industrial mamlakatlar” qatoriga Osiyodagi Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong, Singapur, Malayziya shu bilan bir qatorda Lotin Amerikasidagi “YaIM”lar – Argentina, Braziliya, Meksika kabi mamlakatlar taalluqlidir. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha mamlakatlar “YaIM”larning birinchi avlodlari yoki birinchi qaldirg‘ochlari hisoblanadi. Ularning orqasida “YAIM”ning so‘nggi avlodlari (Filippin va Xitoyning janubiy chegaralari va boshqalar) yetishib chiqmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |