Riv ojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari



Download 2,99 Mb.
bet12/14
Sana11.04.2022
Hajmi2,99 Mb.
#542029
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
KEYINGI AVLODNING KONVERGENT TARMOQLAR

SDH texnologiyasining afzalliklari:
- tarmoqning soddaligi. Sinxron tarmoqlarda bir kirish/chiqishli multipleksor oqimlarni bevosita chiqarishi (kritishi) mumkin masalan, STM-1 (155 Mbit/s) freymidan E1 (2 Mbit/s) signalini. Natijada bitta kirish/chiqishli multipleksor bir necha PDH multipleksorlarining o’rnini bosa oladi, bu nafaqat qurilmalarning iqtisodiy (uning namenklaturadagi narxi bo’yicha) tejamkorligi, balki ularni talab qilingan joyda o’rnatish, ta’minot va xizmati bilan ham bog’liqdir;

  • tarmoqning ishonchliligi va o’zini qayta tiklashi. Birinchidan, tarmoqda optik tolali kabellar qo’llaniladi, amalda axborotlarni uzatishda elektromagnit ta’sirlar mavjud emas; ikkinchidan, tarmoq arxitekturasi va uni moslashgan holda boshqarish himoyalangan ish rejimini qo’llash imkonini beradi. Bunda signallarning tarqalishi ikki alternativ yo’l bilan amalga oshadi: signal uzatiladigan birorta yo’l shikastlanganda bir zumda zaxiraga ulanish, shikastlangan tarmoq tugunini aylanib o’tish. Bu tarmoqni o’z-o’zini qayta tiklash imkonini beradi.

  • moslashuvchan tarmoq boshqaruvi, bu etarli darajadagi juda ko’p keng polasali boshqaruv kanallarining mavjudligi, tarmoq satxi va element menedjmenti bilan bog’liq bo’lgan kompyuterli ierarxik boshqaruv tizimi, shuningdek kanallarning dinamik rekonfiguratsiyasini va tarmoqni funksionallashtirish haqidagi ma’lumotlarni to’plash bilan birgalikda bitta markazdan avtomatik holda masofadan boshqarish imkoni bilan bog’liq

  • talab bo’yicha o’tkazuvchanlik polasasini ajratish. Oldin, amalga oshirilishi mumkin bo’lgan xizmatlar, oldindan rejalashtirilgan ishonchnoma (masalan, bir necha kun oldin) bo’yicha (masalan, videokonferensiyani o’tkazishda talab qilinadigan kanalni chiqarish) amalga oshar edi, hozir esa boshqa (keng polosali) kanalga ulanish orqali sanoqli daqiqalarda amalga oshadi;

  • har qanday trafikni uzatishda shaffoflik, boshqa texnologiyalarda shakllangan, zamonaviy Frame Relay, ISDN, ATM texnologiyalarini biriktirgan holda trafiklarni uzatish uchun virtual konteynerlarni qo’llash bilan bog’liq;

  • qo’llashning universalligi. Texnologiyani, nuqtadan-nuqtagacha minglagan kanallarni 40 Gbit/s tezlikda uzatishni ta’minlovchi, global tarmoqlarni yoki global magistrallarni yaratishda qo’llanish mumkinligi kabi, o’nlagan lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi halqali korporativ tarmoqlar uchun ham qo’llash mumkin;

  • quvvatni oshirishning soddaligi, apparaturani o’rnatish uchun universal ustunning mavjudligi, bir gurux funksional bloklarni olib o’rniga (yuqori tezlikga mo’ljallangan) yangi bloklar guruxini qo’yish, ierarxiyaning keyingi ancha yuqori tezliklariga o’tish imkonini beradi.

SDH texnologiyasining kamchiliklari sifatida sezilarli xarajatlar tufayli ma’lumotlarni uzatishda o’tkazish qobiliyatidan samarali foydalanmaslikni ko ’rsatish mumkin.
SDH texnologiyasining kamchiligi:

  • xizmat trafiklari uchun kanallardan bittasini to’liq qo’llanilishi;

  • aloqa kanallarining o’tkazuvchanlik qobiliyatidan samarali foydalana olmaslik, turli ilovalar ostida o’tkazuvchanlik polasasini dinamik taqsimlay olmaslik, trafiklar ustunligi mexanizmining mavjud emasligi;

  • tayanch tarmoq bo’ylab (ma’lumot, ovoz) xar xil turdagi trafiklarni ta’minlash uchun qo’shimcha qurilmalarni qo’llash zarurati.

SDH texnologiyasini quyidagi mavjud sharoitlarda NGNning
tayanch tarmoqlarini qurishda qo’llash uchun tavsiya etish mumkin:

  • chegaradan uzoqdagi kanallarni yuklash;

  • shaffof aloqa kanallarini taqdim etish zaruratining mavjudligi, masalan ATSlar orasida ovozli trafiklarni uzatish uchun;

  • tijorat rejasi nuqtai nazaridan, uzatilgan trafiklarni miqdori bo’yicha xizmatlar narxini va taqdim etilgan xizmatlar sifatini aniqlamay, belgilangan o’tkazuvchanlik qobiliyati bilan mijozlarga kanallarni taqdim etish.

  1. ATM texnologiyasi

Tarmoq operatorining asosiy vazifasi real vaqtda multimedia trafigini va telemetriyani (videodasturlarning translyasiyasi, datchiklar va boshqa qurilmalardan xizmat ko’rsatish trafigini uzatish, bularda axborotning kechikishi kritik ahamiyatga ega) uzatish bo’lganda ATM texnologiyasini ishlatish samarador hisoblanadi.
ATM tarmog’i mijozning butun tarmoq bo’ylab yuqori QoSni taqdim etadi va ba’zi xollarda o’zini iqtisodiy tomondan oqlaydi.

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish