Riv ojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari



Download 2,99 Mb.
bet10/14
Sana11.04.2022
Hajmi2,99 Mb.
#542029
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
KEYINGI AVLODNING KONVERGENT TARMOQLAR

ЛГСТ1
















  1. jadvaldan ko’rinib turibdiki, zamonaviy kirish tarmoqlarining qurilmalari nafaqat 5 km gacha bo’lgan masofada magistral (transport tarmoq)ga lokal ulanishni tashkil etish uchun qo’llaniladi, balki uzatish tezligi 100 Mbit/s bo’lgan 150 km gacha uzunlikdagi masofaga

ulanishni tashkillashtirish imkonini beradi.
Umuman olganda paketli kommutatsiyaga asoslangan kirish tarmoqlarining yig’indi narxi, odatdagi kanallarni kommutatsiyalash texnologiyali tarmoqlarga nisbatan past bo’lishi mumkin. Bunda qurilgan kirish tarmog’i telefon uchun qo’llanilgani kabi ma’lumotlarni uzatish uchun ham qo’llaniladi.






  1. rasm. Lokal ulanish texnologiyalari

  1. Kirish texnologiyalari sinflari

Hozirgi vaqtda, kirish tarmoqlarini takomillashtirish uchun aloqa tarmoqlari operatorlari turli texnologiyalardan foydalanishlari mumkin.
Qo’llaniladigan uzatish muxitiga bog’liq holda ularning sinflari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Kirish tarmoqlarini takomillashtirish uchun juda ko’p texnologiyalar ishlab chiqilgan, biroq TfUF operatorlari shak- shubxasizki iqtisodiy ziyraklik bilan ikki simli fizik zanjirlarni almashlashga shoshilishmayotirlar. Yangi kirish texnologiyalarini xar xil usullar bilan sinflash mumkin. Shunday usullarning biri texnologiyalarni ikki guruxga bo’lish hisoblanadi.
Birinchi guruxga ikki simli fizik zanjirlarni (to’liq yoki qisman) qo’llovchi texnologiyalar kiradi.






  1. rasm. Qo’llaniladigan uzatish muxitiga bog’liq holda kirish

texnologiyalarining sinflari
Ikkinchi guruxi bunga o’xshash imkoniyatlarni qarab chiqmaydi. Yangi texnologiyalarning bunday sinflanishi 3.3- rasmda ko’rsatilgan.
Birinchi guruxni hosil qiluvchi texnologiyalar ikki nuqtai nazardan qiziqarli. Birinchidan, ular NGN tarmoqlarining bir qator yangi infokommunikatsiya xizmatlarini qo’llab-quvvatlashni ta’minlaydi. Ikkinchidan, bu texnologiyalar kirish tarmoqlarini takomillashtirish xarajatlarini kamaytiradi, xattoki yangi xizmat to’lovlariga ehtiyoj
bo’lmasa ham.
Hozirgi vaqtda ADSL qurilmalari yaratadigan assimetrik raqamli traktlar ancha ommobop hisoblanadi. Bu qarab chiqilayotgan texnologiya oilasining asosiy qo’llanish soxasi Internetga ulanishdir. Kelajakda SHDSL qurilmalari tomonidan yaratiladigan simmetrik traktlar ancha faol qo’llaniladi. Ularni qo’llanilishiga namunaviy misol yagona tarmoqda bitta kompaniyaning tarqoq ofislarini birlashtirish bo’lishi mumkin. Birinchi gurux FTTx texnologiyasida X nuqtadan keyin ikki simli fizik zanjir qo’llaniladi.


(3)Faqat FTTx texnologiyasL foydalanuvchi binosi tarmog'igacha tola olib borishni qarab chiqadi




  1. rasm. Ikki gurux bo’yicha yangi kirish texnologiyalarining

sinflanishi
Bunday usulda kirish tarmoqlarini qurish, iqtisodiy tejamli bo’lishi mumkin, agar X nuqtada raqamli kommutatsiya stansiyasining ko’chma konsentratori o’rnatilsa. Agar ayrim foydalanuvchilarga keng polosali kirish zarur bo’lsa, unda bunday imkoniyatni FTTx va xDSL texnologiyalari birgalikda ta’minlashi mumkin.
Ayrim hollarda (ko’p hollarda qishloq joylarda) simsiz abonent liniyalarining (Wireless Local Loop, WLL) texnologiyalarini fizik zanjir bilan birgalikda qo’llash maqsadga muvofiq. WLL texnologiyasining bir qancha turlari mavjud, ular bir-biridan kanallarni ajratish (chastotaviy, vaqtli va kodli) usullari va boshqa xarakteristikalari bilan farq qiladi.
Ikkinchi guruxga kiruvchi texnologiyalar o’z navbatida ikki turga bo’linadi: simli (wireline) va simsiz (wireless). Birinchi turdagi texnologiyalar uchun 3.3-rasmda to’rtta misol
keltirilgan. Ularga quyidagilar kiradi:

  • FTTx, foydalanuvchi binosida joylashgan tarmoqgacha optik tola olib borish uchun mo’ljallangan;

  • tola-koaksial aralash muhit, HFC (Hybrid Fibre-Coaxial) abbreviaturasi bo’yicha ishlab chiqilgan va kabelli televidenie operatorlari tomonidan qo ’ llanilgan;

  • passiv optik tarmoq PON (Passive Optical Network), patensial mijozlarning bir nechta guruxi uchun keng polosali xizmatlarni ta’minlaydi;

- PLC (Power Line Communication) texnologiyasi, ulanish tarmog’i orqali signallarni uzatish muhiti sifatida elektr ta’minoti liniyasidan foydalanadi.
Ikkinchi turdagi texnologiyaga yana to’rtta misol keltirilgan. SHularni uchtasi keng polosali xizmatlarni qo’llab-quvvatlovchi BWA simsiz kirish texnologiyasini qo’llashga asoslangan.
Nuqta-nuqta aloqa konfiguratsiyasini qo’llovchi qurilma, ikkita qabul qilib uzatgich orasida traktni tashkil qilish uchun qo’llaniladi.
Nuqta-ko’p nuqta konfiguratsiyasi terminallarni yoki ko’chma modullarni ulanishini ta’minlaydi.
FSO (Free Space Optics) keng polosali simsiz ulanish texnologiyasi lazerli aloqa tizimidir. Signallarni uzatish uchun lazer qo’llaniladi, bunda nur ochiq muxitda tarqaladi.
LMDS (Local Multipoint Distribution System) simsiz kirish texnologiyasi, dastlab televizion dasturlarni uzatish uchun mo’ljallangan.

    1. Transport pog’onasi texnologiyalari

Bugungi kunda amaliyotda paketli texnologiyalarga asoslangan, yagona universal infratuzilmaga ega bo’lgan tarmoqlar bilan bir qatorda an’anaviy telefon xizmatlarini amalga oshiradigan kanallar kommutatsiyali tarmoqlar mavjud va ular yana ancha davrgacha mavjud bo’ladi.
Bunda bir qancha odatiy xizmatlari bilan tavsiflanadigan an’anaviy tarmoqlar bir qator afzalliklarga ega: ular barqaror daromad keltiradi va vaqt bilan tekshirilgan tizim va ishonchli interfeyslar orqali tashkil qilinadi. Shularni inobatga olganda, aloqa operatorlari hali uzoq vaqt mobaynida turli transport texnologiyalari asosida tashkil etilgan parallel ravishda mavjud bo’luvchi tarmoqlar bilan ishlashlariga to’g’ri keladi.
Mavjud transport tarmog’i texnologiyalari. NGN tarmoqlarida bazaviy protokol bo’lib IP hisoblanar ekan, transport tarmog’i ham shu protokol orqali ma’lumotlarni uzatishga moslashgan bo’lishi kerak [1].
Shu sababli NGN tarmog’ini tashkil qilishda quyidagi magistral tarmoq texnologiyalari yig’indisi bo’lish i mumkin.(3.4-rasm):

  • IP/ATM/SDH/optika;

  • IP/ATM /optika;

  • IP/ SDH/optika;

  • IP/optika.

Bugungi kunda dunyo aloqa operatorlari faoliyatida tarmoq texnologiyalarining rivojlanishi birinchi navbatda, tayanch transport tarmoqlari qurilish texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi bilan tavsiflanmoqda. Aloqa kanallarining o’tkazish polasasini sezilarli darajada oshirishga imkon beruvchi texnologiyalarga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Bular: xWDM, SDH, ATM, DPT, Gigabit ETHERNET.
Biroq yuqori o’tkazish qobiliyati ham NGN aloqa operatorining 100% lik muvafaqqiyatini kafolatlamaydi. Bu erda tarmoqning ma’lum biznes modellarni amalga oshirish imkoniyati, ishonchlilik, samaradorlik va rivojlantirishdagi talablarning qoniqtirilishi birinchi o’ringa chiqadi.



tugunlan


Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish