Mashrab osilganda qayoqda eding ?
Cho'lpon otilganda qayoqda eding?
Surishtirganmiding Qodiriyni yo?
Qalqon bo'lganmiding ,kelganda balo?
Hukmlar o'qilur ,sening nomingdan,
Tarixlar to'qilur sening nomingdan .
Nimasan? Qandayin sehrli kuchsan?
Nechun tamoshoga bunchalar o'chsan?
Qarshingda hasratli o'yga tolaman,
Qachon xalq bo'lasan ,ey-sen olomon?!
Ushbu she'r mantiqan shu darajada yaxlitki,biror bandini olib tahlil qilishni imkoni yo'q. Ushbu she'rda guvohi bo'lganingizdek deyarli har bir misrada ritorik so'roq gapdan juda ham mohirona foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |