davlat-xususiy sheriklik — xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish shaklidagi davlat sherigi va xususiy sherikning aniq muddatga yuridik rasmiylashtirilgan maktabgacha ta’lim sohasidagi o‘zaro samarali hamkorligi;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim (keyingi o‘rinlarda bitim deb ataladi) — xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etishga qaratilgan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasini ijro etishning boshqa shartlarini belgilab beradigan davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida tuzilgan yozma shartnoma;
davlat-xususiy sheriklik loyihasi (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) — xususiy sherikka tegishli bo‘sh turgan yer uchastkalari, qurilishi tugallanmagan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital ta’mirlanadigan yoki jihozlanadigan bino va inshootlar negizida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim obyekti — xususiy sherikka tegishli bo‘sh turgan yer uchastkalari, qurilishi tugallanmagan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital ta’mirlanadigan yoki jihozlanadigan bino va inshootlar;
davlat sherigi — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi;
xususiy sherik — davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish bo‘yicha bitim tuzgan yoki bitim tuzish istagini bildirgan yuridik shaxs. Davlat tashkilotlari xususiy sherik bo‘la olmaydi, shuningdek, xususiy sherik tarafida ishtirok eta olmaydi;
ijtimoiy ko‘makka muxtoj oilalar — kam ta’minlangan oilalar, a’zolari nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, bolaning ota-onasi kvotalar bo‘yicha mintaqalarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari bo‘lgan oilalar, to‘rt yoki undan ko‘p bolalari bo‘lgan oilalar;
maxsus kontingent — harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bolalari, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari va davlat umumta’lim maktablari pedagog xodimlarining bolalari.
Davlat-xususiy sheriklik loyihasi xususiy sherikning tashabbusi bilan va u tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish asosida tanlov o‘tkazilmay to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borish orqali amalga oshiriladi.
Davlat-xususiy sherikchilik loyihasini taklif etish tartibi.
Davlat xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish istagini bildirgan talabgor O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga quyidagilarni ilova qilgan holda ariza beradi:
yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;
binoga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda);
ariza taqdim etiladigan kundan uzog‘i bilan bir oy oldin soliqlar, yig‘imlar, boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik hamda boshqa moliyaviy sanksiyalar yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumot;
loyiha qiymatining kamida 25 foizini moliyalashtirish bo‘yicha xususiy sherikning imkoniyatini tasdiqlovchi hujjat yoki boshqa tashkilotning kafilligi;
tashkil etish rejalashtirilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining belgilangan tartibda tasdiqlangan va kelishilgan loyiha-smeta hujjatlari
hududdagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologiya xizmati organlarining maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish bo‘yicha xulosalari;
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini qurish uchun dastlabki texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |