Risk va minimallashtirish texnologiyalari



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/22
Sana07.01.2022
Hajmi0,98 Mb.
#329280
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
2 5240355843425177939

3.

 

Sug’urta- riskni minimallashtirishda eng optimal yechim. 

Risk darajasini kamaytirishning eng muhim va keng tarqalgan usuli riskni sug‘urta 

qilish hisoblanadi. 

 

      Sug‘urtalanuvchi (yoki sug‘urtalangan) – sug‘urtalanayotgan shaxs.  

      Sug‘urtalovchi – sug‘urta qilayotgan shaxs.  

 

      Sug‘urta summasi – sug‘urtalanuvchining mol-mulki, hayoti,  sog‘lig‘i sug‘urta 



qilingan  pul  mablag‘i  miqdoridir.  Sug‘urta  hodisasi  yuz  berganda  sug‘urtalovchi 

tomonidan  sug‘urtalanuvchiga  ushbu  summa  to‘lab  beriladi.  Sug‘urta  summasini 

to‘lash  sug‘urta  qoplamasi  deb  ataladi.  Sug‘urta  to‘lovi  sug‘urtalangan  shaxs 

tomonidan sug‘urtalovchiga to‘lanadi.  

      Umumiy holatda sug‘urta  – bu shunday bitimki, unga muvofiq  sug‘urtalovchi 

(masalan, qandaydir sug‘urta kompaniyasi)  muayyan  kelishilgan mukofot evaziga 

(sug‘urta  mukofoti)  sug‘urtalanuvchi  yoki  u  tomonidan  sug‘urtalangan  mol-mulk 

duchor bo‘lgan sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan xavf-risk va (yoki) hodisalar 

(sug‘urta hodisasi) oqibatida yuzaga kelgan zarar yoki uning bir qismini (sug‘urta 

summasi)  to‘lash  majburiyatini  o‘z  zimmasiga  oladi.  Shunday  qilib,  sug‘urta  pul 

badallari  hisobidan  maqsadli  sug‘urta  fondini  shakllantirish  va  undan  zararni 

qoplash  hamda  sug‘urta  summasini  to‘lash  uchun  foydalanish  bo‘yicha  uning 

qatnashchilari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar majmuini o‘zida aks ettiradi.  

      Sug‘urta zararni bartaraf etish maqsadida sug‘urta mukofoti yoki sug‘urta badali 

to‘lashni (sug‘urta uchun siz to‘laydigan narx) nazarda tutadi. Sug‘urta polisini sotib 

olar ekansiz, siz sug‘urta yo‘qligi tufayli ancha katta zarar ko‘rish ehtimoli o‘rniga 

kafolatlangan  xarajat  qilishga  (polis  uchun  to‘lanadigan  sug‘urta  badali)  rozilik 

bildirasiz.  Masalan,  agar  siz  mashina  sotib  olgan  bo‘lsangiz,  baxtsiz  hodisalar, 

o‘g‘irlab  ketish,  siz  yoki  atrofdagi  boshqalarga  yetkazilishi  mumkin  bo‘lgan  tan 

jarohatlaridan  sug‘urtalash  kabi  sug‘urta  turlaridan  biriga  muqarrar  ravishda 

murojaat  etasiz.  Bugun  sug‘urta  badali  1000  sh.b.ga  teng  bo‘lishi  mumkin.  Uni 

to‘lagach,  kutilmagan  holatlarda  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  zararni  qoplash 

uchun  bir  yil  muddatga  sug‘urtalanasiz.  1000  sh.b.  summaga  teng  kafolatlangan 



31 

 

xarajat yuz minglab sh.b. ga yetishi mumkin bo‘lgan juda katta xarajatlar ehtimoli 



o‘rnini bosadi.   

       Sug‘urta polisidan tashqari, odatda, sug‘urta toifasiga mansub bo‘lmagan, lekin 

xuddi  shunday  iqtisodiy  vazifasini  bajaradigan,  ya’ni,  zararlar  kompensatsiyasini 

ta’minlaydigan shartnomalar va qimmatli qog‘ozlarning boshqa turlari ham bor. Eng 

keng  tarqalgan    misol  –  kredit  kafolati  yoki  kredit  kafilligi  bo‘lib,  u  kreditorlarni 

to‘lovga  layoqatsiz  qarz  oluvchilar  oqibatida  yuzaga  keladigan  zararlardan 

sug‘urtalaydi.  Zararlardan  sug‘urtalashning  boshqa  yana  bir  usuli  –  bu 

optsionlarning har xil turlaridir.  

      Sug‘urtalovchi professional risk tashuvchi hisoblanadi. Shartnoma shartlaridan 

faqat biri hisoblanuvchi riskni o‘tkazish haqida uchinchi tomon bilan kelishuvdan 

farqli o‘laroq, bu yerda riskni o‘tkazish shartnomaning asosiy  mazmuni sanaladi. 

Sug‘urta  –  bu  sug‘urta  hodisasi  yuzaga  kelgan  vaqtda  risk  uchun  moliyaviy 

javobgarlikni  o‘tkazish  bo‘lib,  odatda,  shartnoma  shartlarida  ayrim  hollarda 

sug‘urtalovchi to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lash majburiyatini emas, balki sug‘urta hodisasi 

oqibatlarini  huquqiy  tartibga  solish  majburiyatini  olishi  kelishib  olinishi  lozim 

bo‘lsa-da,  zararni  to‘lash  bo‘yicha  sug‘urtalovchining  majburiyatini  o‘zida  aks 

ettiradi.  

      Sug‘urta  riskni  shartnoma  asosida  o‘tkazish  bo‘lgani  uchun,  sug‘urtalovchi 

hodisa uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladigan hodisalar va shart-sharoitlarning 

turlari batafsil kelishib olinishi va moliyaviy qoplama chegarasi belgilangan bo‘lishi 

kerak. Bu qoplashning turli yo‘llari mumkin bo‘lganda yoki sug‘urta polisi chet el 

sug‘urta  bozorida  zararni  qoplayotganda  muhim,  chunki  qoplab  berish  shartlari, 

qoplash  chegarasi  va  oqibatlarini  aniqlash  turli  mamlakatlarda  turlicha  bo‘lishi 

mumkin.  

      Voqea  turi  va  sug‘urta  polisi  shartlari  kelishib  olingan  bo‘lsa,  sug‘urta 

mukofotini  to‘lash  sug‘urta  hodisasida  pul  mablag‘lar  manbaini  ta’minlaydi. 

Shunday  qilib,  sug‘urtalovchi  saqlab  qo‘yilgan  risklarning  noaniq  xarajatlarini 

sug‘urta  mukofotining  muayyan  qiymati  bilan  almashtiradi.  Bu  qiymat  sug‘urta 

shartnomasi  muddati  davomida  sof  yo‘qotishlarni  baholashga  asoslanadi  va 



32 

 

sug‘urtalanuvchi  uchun  fiksirlangan  hisoblanadi.  Ehtimoliy  zararning  bunday 



stabillashuvi  korxonalar  daromadliligi  riskni  saqlab  qolgan  holatdan  ko‘ra  sof 

yo‘qotishlar  oqibatlariga  kamroq  ta’sirchan  ekanligini  anglatadi.  Biroq  sug‘urta 

sug‘urtalanuvchiga yetkazilgan zararni har doim ham to‘liq kompensatsiyalamaydi. 

Bu  sug‘urtalovchi  o‘z  zimmasiga  olgan  cheklangan  javobgarlik,  yo‘qotishlarning 

barcha ehtimoliy kanallarini nazarda tutmay yomon tuzilgan sug‘urta shartnomasi 

yoki sug‘urta qilinmagan zararlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.  

      Sug‘urta  sug‘urtalanuvchiga  muayyan  shartlar  asosida  yo‘qotish  riskini 

sug‘urtachiga  o‘tkazish  imkonini  bergan  holda  uni  yo‘qotishlardan  moliyaviy 

himoya  qiladi.  Sug‘urta  shartnomasining  asosiy  xususiyatlari  quyidagilar 

hisoblanadi:  

   -  zarar yetishiga olib keladigan hodisalar sodir bo‘lmasidan avval xulosa qilish, 

sug‘urta polisida barcha shartlar kelishib olinadi;  

   - hodisaning oqibatlarini o‘tkazish (ya’ni, sug‘urta qoplamasini to‘lash) – sug‘urta 

hodisasidan keyin darhol amalga oshiriladi;  

   -  yo‘qotishning faqat moliyaviy oqibatlarini o‘tkazish.  

      Sug‘urtalangan  shaxs  moliyaviy  kompensatsiya  olingunga  qadar  binolar  yoki 

ishlab chiqarish jarayonlarining shikastlanishi yoxud buzilishi yoki boshqa kapital 

yo‘qotish oqibatida zarar ko‘radi.  

      Sug‘urta tuzilgan shartnomaga muvofiq riskni o‘tkazish ekanligi sababli, bunday 

shartnomada  sug‘urta  sifatida  ko‘rib  chiqiladigan  aniq  hodisalar  va  sug‘urta 

qoplamasining shakli hamda miqdori aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.  

     Standart sug‘urta shartnomasida sug‘urta summasini to‘lash faqat barcha talablar 

taqdim etilganidan va tegishli tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin belgilanadi. 

Boshqacha  aytganda,  sug‘urtalanuvchi  sug‘urtalovchiga  pul  to‘laydi,  keyin 

sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi yoki qoplab berish uchun kelishib olingan hodisa 

yuz bergan taqdirda, olingan summaning bir qismini, hammasini yoki undan ham 

ko‘p qismini to‘lab beradi. Sug‘urta mukofotini to‘lash (sug‘urta badali) va da’vo 

arizasini  berish  o‘rtasida  har  doim  muayyan  vaqt  o‘tadi,  ya’ni,  sug‘urtalanuvchi 

shartnoma  davri  boshida  sug‘urtalovchiga  bo‘nak  taqdim  etadi.  Ayrim  yillarda 



33 

 

zararni  qoplash  summasi  sug‘urtalovchi  tomonidan  olingan  summadan  kamroq 



bo‘lsa, boshqa yillarda buning teskarisi kuzatiladi. Odatda, barcha mablag‘lar bir 

vaqtning  o‘zida  to‘lanmaydi.  Ko‘pincha,  oldin  sug‘urtalanuvchi  pulni  to‘laydi, 

keyin esa sug‘urta qoplamasini sug‘urtalovchidan kechikish bilan oladi.  

      Mohiyatan, sug‘urta riskni o‘tkazishning qisqa muddatli mexanizmi hisoblanadi. 

Zararlarni  qoplash  xarajatlari  yakunda  sug‘urtalovchi  emas,  sug‘urtalanuvchi 

tomonidan  qoplanadi.  Sug‘urta  tashkilotni  o‘z  yo‘qotishlarini  uzoq  muddatli 

ko‘lamda  to‘lashga  majbur  qiluvchi  va  qisqa  muddat  uchun  o‘rta  hamda  katta 

yo‘qotishlarda  moliyaviy  inqirozdan  himoyani  ta’minlovchi  “yo‘qotishlarni 

tekislovchi” mexanizm sanaladi.  

       Sug‘urta  kompaniyalari  sug‘urta  shartnomasi  doirasida  o‘z  zimmasiga  olishi 

mumkin  bo‘lgan  risklarga  qat’iy  talablarni  qo‘yadi.  Bu  boshqa  istalgan  tijorat 

korxonasi  singari  sug‘urta  kompaniyasi  ham  o‘zini  zararlardan  himoya  qilish  va 

foyda  olishga  intilishi  bilan  bog‘liq.  Shuning  uchun  u  muayyan  korxonaning 

faoliyatiga xos qismini tanlab oladi:  

   -  hodisalarning tasodifiy va oldindan aytib bo‘lmaydigan tabiati;  

   -  riskning o‘lchanuvchanligi;  

   -  yo‘qotishlarning cheklanganligi;  

   -  sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishining nisbatan kichik ehtimolligi.  

Sug‘urta riskining asosiy mezonlari: 

•  risk  tasodifiy  xarakter  kasb  etishi  kerak,  bunda  sug‘urta  shartnomasida  ishtirok 

etayotgan  barcha  tomonlarga  sug‘urta  hodisasining  ro‘y  berish  aniq  vaqti  va 

ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararning hajmi oldindan ma’lum emas; 

• mazkur riskning namoyon bo‘lish tasodifiyligini bir turdagi obyektlar jamlamasi 

bilan solishtirish mumkin, ya’ni statistik kuzatuvlar olib borish kerak; 

•  riskni  amalga  oshishida  aks  etuvchi  sug‘urta  hodisasining  ro‘y  berishi 

sug‘urtalanuvchi  yoki  boshqa  manfaatdor  shaxsning  xohish-irodasi  bilan  bog‘liq 

bo‘lmasligi kerak; 

• sug‘urta hodisasining ro‘y berishi davr va makonda ma’lum emas; 




34 

 

•  riskni  amalga  oshish  oqibatlarini  pul  ifodasida  obyektiv  o‘lchash  va  baholash 



imkoni mavjud. 


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish