2.3. Loyiha faoliyatidagi risklar va ularning turlari
Yuqorida keltirilgan tasniflashlarga asoslangan holda, loyiha faoliyatidagi
risklarni quyidagi guruhini keltirish mumkin:
1) loyiha ishtirokchilari riski;
2) loyiha smeta qiymatining oshish riski;
3) qurilishni o`z vaqtida tugamaslik riski;
4) ish va ob`ekt sifatining pastligi riski;
5) konstruktsion va texnik risklar;
6) ishlab chiqarish riski;
7) boshqaruv riski;
8) sotish riski;
9) moliyaviy risk;
10) mamlakat riski;
11) ma`muriy risk;
12) huquqiy risk;
13) fors-major riski.
Loyiha ishtirokchilari riski - bu ishtirokchilarning loyiha faoliyati doirasida
o`z majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik riski.
Loyiha smeta qiymatining oshish riskiga- quyidagilar sabab bo`lishi
mumkin: loyihalash jarayonidagi xatolar, pudratchilarning resurslardan samarali
foydalanishni ta`minlay olmasligi, loyihani amalga oshirish shartlarini o`zgarishi
va boshq.
Qurilishni o`z vaqtida tugallanmaslik riskiga quyidagilar ta`sir ko`rsatadi:
pudratchilarning o`z majburiyatlarini bajarmasliklari; tashqi shart-sharoitlarning
o`zgarishi, qurilish ishlari muddatining cho`zilib ketishi natijasida qo`shimcha
xarajatlar kelib chiqishi: kredit bo`yicha foizlarni hisoblash, narxlarning
inflyatsiya natijasida o`sishi oqibatida ish va material qiymatining oshishi kabi
qo`shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi.
Ish va ob`ekt sifatining pastligi riski – pudratchilar majburiyatining
buzilishi, loyihalashtirishdagi xatolar va boshqalar natijasida kelib chiqishi
mumkin.
Konstruktsion risk - bu investitsiya fazasidayoq loyihaning texnik amalga
oshmaslik riskidir.
Texnologik risk - bu ishlab chiqarish texnologiyalarining sanoat darajasida
qo`llanilmasligi natijasida ma`lum texnik-iqtisodiy parametrlardan ob`ekt
ekspluatatsiyasidagi cheklanishlar riski.
Ishlab chiqarish riski - bu ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarni
yuzaga kelish riski.
Boshqaruv riski - bu ishlab chiqarish riskining bir turi, boshqaruvchi
shaxsning tajriba va malakasini yetarli darajada emasligi natijasida ro`y beradi.
Sotish riski - bu loyiha mahsuloti sotish hajmining va shu mahsulot
bahosining kamayish riskidir.
Moliyaviy riski. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari:
a) kredit riski;
b) valyuta riski;
c) foiz stavkasini o`zgarish riskidir.
Kredit riski - bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor
aksiyadorlik jamiyatka kredit shartnomasi bo`yicha to`lov majburiyatlarini to`liq
yoki umuman to`lay olmaslik riski.
Valyuta riski- bu risk loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va
hokimiyat mahsulotni milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori
bo`ladi.
Foiz stavkasining o`zgarish riski- bu risk kredit resurslari o`zgaruvchan
stavkada qo`llanilganda ro`y beradi.
Mamlakat riski- bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo`lib, uning mazmuni
shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy
jarayonlari va davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar
yaratishi va hatto loyihani barbod qilishiham mumkin.
Siyosiy mamlakat riski- hukumatning chet el investorlari va kreditorlari
ishtirokidagi loyiha faoliyatini to`xtatish yoki cheklashga qaratilgan harakati
bilan bog`liq. Iqtisodiy mamlakat riski davlatning loyihani amalga oshirilishi
sharoitida qo`llaydigan soliq, valyuta, bojxona va boshqa iqtisodiy shartsharoitlarni o`zgartirishi bilan bog`liq.
Ma`muriy risklar- loyiha kompaniyalari va loyiha faoliyatining boshqa
ishtirokchilarini davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli
litsenziyalar, ruhsatlarni olishi bilan bog`liq.
Huquqiy risk- bu risk qaysidir darajada mamlakat, ma`muriy va boshqaruv
risklari bilan bog`liq.
Fors-major riski - loyiha faoliyatiga tegishli bo`lmagan tashqi risklardan
biri bo`lib, unga yer silkinishi, yong`inlar, suv toshqini, bo`ronlar va tabiiy
hodisalar.