Risk konsepsiyasi: riskning aniqmasligi, riskning manbasi va turlari


Risklarni boshqarish jarayoni va belgilari



Download 71,52 Kb.
bet7/11
Sana01.07.2022
Hajmi71,52 Kb.
#724733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Balkibaev A. Innovatsion

2.2. Risklarni boshqarish jarayoni va belgilari
Risklarni boshqarish jarayonini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
1) tahlil qilinadigan obyektlarni va ularni ko‘rib chiqi uchun detallashtirish
darajasini tanlash.
2) risklarni baholash metodologiyasini tanlash.
3) aktivlarni identifikatsiya qilish.
4) tahdidlar va ularning oqibatlarini tahlil qilish, himoyadagi zaif nuqtalarni
aniqlash.
5) risklarni baholash.
6) himoya choralarini tanlash.
7) tanlangan choralarni amalga oshirish va tekshirish.
8) qoldiq riskni baholash.
Sanab o‘tilgan bosqichlar shuni ko‘rsatadiki, risklarni boshqarish davriy
jarayon hisoblanadi. Mohiyatiga ko‘ra, oxirgi bosqich bu – yana boshiga
qaytishga ko‘rsatma beruvchi davr yakuni operatoridir. Risklarni doimiy nazorat
qilish, vaqti-vaqti bilan ularni qayta baholash zarur. vijdonan bajarilgan va
puxtalik bilan hujjatlashtirilgan dastlabki baholash keyingi faoliyatni sezilarli
darajada soddalashtirishi mumkin. Risklarni boshqarish, axborot xavfsizligi
sohasidagi boshqa har qanday faoliyat kabi, hayotiylik davriga integratsiya
qilinishi lozim. Shunda samara eng katta, xarajatlar esa – minimal bo‘ladi.
Initsiatsiya bosqichida ma’lum bo‘lgan risklarni butun tizimga, xususan,
xavfsizlik vositalariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqishda hisobga olish
lozim. Xarid (ishlab chiqish) bosqichida risklarni bilish xavfsizlikni ta’minlashda
asosi rol o‘ynaydigan mos keluvchi me’moriy qarorlarni tanlashga yordam
berishi mumkin.
Yo‘naltirish bosqichida aniqlangan risklarni ilgari ifodalangan talablarni
sinab ko‘rish va tekshirishda hisobga olish, risklarni boshqarish to‘liq sikli esa
tizimni foydalanishga topshirishdan oldin kelishi lozim.
Ekspluatatsiya bosqichida risklarni boshqarish tizimdagi barcha jiddiy
o‘zgarishlarga hamrohlik qilishi lozim.
Tizimni ekspluatatsiyadan chiqarishda risklarni boshqarish
ma’lumotlarning ko‘chib o‘tishi xavfsiz tarzda ro‘y berishiga ishonch hosil
qilishga yordam beradi. Bugungi kunda biz nafaqat risklar haqida ma`lumotlarga
egamiz, balki ularni tahlil qilib, baho berib, risklarni boshqarish imkoniyatiga
egamiz. Lekin tahlilni ham, risklar boshqaruvini ham birinchi bosqichi - bu risk
turini aniqlashdir.
Risklarini turli belgilar bo`yicha tasniflash mumkin:
1) Tarkibi bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadilar: iqtisodiy risk;
bozor riski; inflyatsiya riski; valyuta riski; siyosiy risk; ijtimoiy risk; ekologik
risk; texnologik risk; marketing riski; moliyaviy risk; kredit riski; aksiyadorlik
jamiyatrotlik riski; ilm-texnika riski; informatsion risk va boshqalar;
2) muddati bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadilar: qisqa muddatli
risklar; uzoq muddatli risklar;
3) olinadigan natijaga qarab risklar: spekulyativ risk - ular ta`sirida katta
zarar yoki katta foyda olish imkoniyati bor; sof risklar - ular ta`sirida nolga teng
bo`lgan zarar(foyda) ko`rish mumkin;
4) loyihaga ta`sir etish darajasi bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadi:
mumkin bo`lgan risklar - ular ta`sirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik
risklar - loyiha pul tushumlaridan ayrilish xatari; katastrofik risklar - daromaddan
va kiritilgan investitsiyalardan ayrilish xatari.
Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uning har bir bosqichi
(fazasi) o`ziga xos risklar bilan bog`liqdir. Birinchi bosqichda (investitsiya oldi
fazasida) ko`proq loyiha tashabbuskorlari marketing riskiga, bozor riskiga,
informatsion va ijtimoiy risklarga ta`sirchan bo`ladi. Investitsiya bosqichida
ko`proq ilm-texnika riski, moliyaviy risklar, tashqi iqtisodiy risklar va siyosiy
risklar o`z ta`sirini ko`rsatadi.
Ekspluatatsiya bosqichida esa loyiha ishtirokchilari texnologik, ekologik,
fors-major, nolikvidlik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan yuzma-yuz bo`lish
ehtimoli mavjud. Bundan tashqari, loyiha faoliyatida eng ko`p uchraydigan
risklar ham mavjud. Masalan: iqtisodiy qonunlarning va iqtisodiy holatning
o`zgarib turishi; investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan bog`liq
risklar; savdo va mahsulot yetkazib berishga cheklashlar kiritish; chegaralarning
berkilishi; siyosiy holatning noaniqligi yoki hududdagi yohud mamlakatdagi
noma`qul ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar, texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar
dinamikasi, yangi texnika-texnologiya parametrlari, mahsulot sifati haqidagi
ma`lumotlarning to`liq emasligi yoki noaniqligi, bozor kon`yunkturasining, ya`ni
baho, valyuta kurslari, yalpi ichki mahsulot va boshqalarning o`zgarib turishi,
tabiiy iqlim sharoitlarining o`zgarishi, tabiiy ofatlarning yuz berishi, ishlab
chiqarish texnik risklari - asbob-uskunalarning buzilishi va to`xtab qolishi; loyiha
ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi, ularning moliyaviy holati va ishdagi
obro`si haqidagi ma`lumotlarning to`liq emasligi va boshqalar.
Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo`lgan soha deb hisoblanadi.
Undagi risklar ikkita katta guruhga bo`linadi:
- tizimli risklar;
- tizimsiz risklar.
Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) - bu xatar ta`siriga ba`zi bir
qimmatli qog`ozlar emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga
uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko`ra
ko`pchilik emitent va qimmatli qog`ozlar egalari zarar ko`rishlari mumkin.
Tizimli risklarga quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski;
siyosiy risklar.
Tizimsiz risklar - xatarga ba`zi bir qimmatli qog`ozlar yoki ularni majmuasi
uchraydi, ya`ni ma`lum bir korxonaning qimmatli qog`ozlari yoki tarmoqning
qimmatli qog`ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik
riski; moliyaviy risklar; nolikvidlik riski.

Download 71,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish