Eshitildi:
4-masala yuzasidan so`zni maktabning XIBDO`- F.Mirboboyev quyidagilarni so`zladi.
Hozirgi kunga kelib maktabning isitish tizimi yaxshi yo`lga qo`yildi. Maktabimizga bu yilda ___ tonna ko`mir zaxirasi keltirildi. Noyabr oyining 5-kunidan boshlab xonalarni isitishga o`tildi, singan oynalarni qaytadan ta`mirlandi, eshiklarga prujinalar qo`yildi. Oyna romlari mustahkam berkitildi. Maktabimiz kuz-qish mavsumiga tayyor. Sinf xonalarida issiqlikni o`lchovchi termometrlar bilan ta`minlandi. Elektr tizimi qaytadan ta`mirlandi.
Yuqoridagilarga asosan yig`ilish qaror qiladi:
Masala yuzasidan eshitilgan axborot ma`lumot qabul qilinsin.
Sinf xonalarida issiqlikni o`lchovchi termometrlar qo`yilsin.
Barcha kabinet mudirlarining mas`ulligi oshirilsin.
Yig`ilish raisi V.Muxtarova
Kotibi: D.Usmonova
Do'stlaringiz bilan baham: |